5.8-rasm. N05 nivelirining optik sxemasi:
1 – qo‘ndiriladigan linza; 2 – optik klin; 3 – yassi parallel plastinka; 4–5 – obyektiv linzasi; 6 – fokuslovchi linza; 7 – optik mikrometrning uzatuvchi linzasi; 8 – iplar turi; 9 – okular; 10–13 va 18 – okular ko‘rish maydoniga adilak pufakchasi uchlarining tasvirini uzatuvchi optik sistema;
14 – optik mikrometr shkalasi; 15 – yoritish oynasi; 16–17 – silindrik adilakning himoya oynasi.
-§. Invar nivelirlash reykalari
N-05, N-3, N-10 nivelirlari bilan ishlatish uchun ularga mos ravishda RN-05, RN-3,RN-10 reykalar ishlab chiqiladi. RN-05 reykasi yuqori aniqlikdagi nivelirlashda ishlatiladi. Bu reykadan foydalanib 1 km ikkilangan yo‘lga 0,5 mm aniqlikni ta’minlash mumkin.
RN-05 reyka (5.9rasm) uzunligi 3080 mm, eni 85 mm, qalinligi 40 mm bo‘lgan qog‘oz korpusga ega. Uning yuzi to monida chuqurligi 6–8 mm bo‘lgan bo‘yma ariqchasimon o‘yiq qilingan bo‘lib, uning ichiga bo‘laklar tushirilgan invar len ta joylashtirilgan. invar lenta uzunligi 3000 mm, eni 25 mm, qalinligi 0,6 mm. Lenta oxiri (5.10rasm) reyka (tavoni) po‘lat poynaka mahkamlanadi, lentaning ikkinchi tomoni, yuqorida po‘lat richagga 2ulangan, uning ikkinchi tomoniga purjina 3 mahkamlangan. Prujinaning ikkinchi uchi orqa tomonda reyka korpusiga mahkamlangan; 4gaykani burash bilan invar lenta ni tortilishini (taranglik holatini) boshqarish mumkin, u doimiy bo‘lib 200N ga teng bo‘lishi kerak. invar lentaga ikkita shka la tushirilgan (5.9rasm): asosiy shkala o‘ng tomonda, chap to monda qo‘shimcha shkala. Har ikki shkalada 5 mm oraliqda shtrixlar chizilgan. Shtrix qalinligi 1 mm, uzunligi 6 mm. Bir shkala ikkinchisiga nisbatan yarim bo‘lakka, ya’ni 2,5 mm ga siljitilgan. Asosiy shkalada bo‘laklar 0 dan 60 gacha nomerlab yozilgan, ko‘pincha shkala 60 dan 119 gacha nomerlab yozil gan, ular yarim detsimetrni ifodalaydi. Asosiy shkalani nol rey ka tavonidan hisoblanadi. Asosiy va qo‘shimcha shkalalardan olingan sanoqlarning farqi doimiy kattalik bo‘lib, 59.25 yarim diyemetrga teng.
Reyka orqa tomonida qaytarib qo‘yiladigan dastasi (ushla gich) va bo‘lak qiymati 2 mm ga 10' bo‘lgan doiraviy adilaki bor. Reykadan sanoq olishdan reyka kostilga (maxsus temir qoziqcha) tik (vertikal) o‘rnatiladi va bu holatda tirgagich yordamida ush lab turiladi.
Reykani tayyorlashga katta talablar qo‘yiladi: Reyka tavoni ni shkala o‘qiga perpendikular emasligini balandlikka ta’siri 0,08 mm dan oshmasligi kerak. Shkala nolini tavonga to‘g‘ri kelishi ning xatoligi 0,10 mm dan oshmasligi kerak. Reyka o‘rta qismi
da uning bukilishi 3 mm dan oshmasligi kerak. invar lentasining 1°C da chiziqli kengayish koeffitsienti 2,5 mkm dan oshmasligi kerak. Reykani olib yurishda unga ta’sir etuvchi turli xildagi me xanik ta’sirlarga turg‘un bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |