IV BO‘LIM. YUqORI ANIqLIKDA NIVELIRLASH
bob. DAVLAT NIVELIRLASH TARMOqLARI
-§. Nivelirlash tarmoqlari va ularning ahamiyati
Nivelir tarmoqlari davlat va soha (marksheyderlik, qurilish va boshqalar) tarmoqlariga bo‘linadi. Davlat nivelirlash tarmog‘i de ganda davlat butun hududida joylashtirilgan va joyda ishonch li mahkamlangan, balandliklari esa hisoblash boshi (noli) deb qabul qilingan boshlang‘ich punktdan bir sistemada aniqlangan geodezik punktlar (reperlar) sistemasi tushuniladi.
Davlat nivelir tarmog‘i «umumiydan xususiyga» prinsipi asosi da barpo etilib, to‘rtta klassga bo‘linadi: i, ii, iii va iV.
klass nivelirlash tarmog‘i davlat hududidagi bosh balandlik asosi bo‘lib, eng yuqori aniqlikda, yuqori aniqlikdagi asboblar bi lan va mukammal yuqori aniq nivelirlash usullarida, gravimetrik syomkani bajarish bilan bir vaqtda quriladi.
klass nivelirlash tarmog‘i davlat yuqori aniqlikdagi tarmog‘ini zichlash uchun quriladi va aniq tarmoqlar qatoriga kiradi. ii klass nivelirlash tarmog‘i asosida avval iii va keyin iV klass nivelirlash tarmoqlari quriladi.
i va ii klass davlat nivelirlash tarmoqlari eng aniq hisoblanib, birinchi navbatda butun davlat hududida balandliklar yagona sis temasini tarqatish maqsadida kerak bo‘ladi. Ular ilmiy maqsad lar uchun ham qo‘llanadi. Yuqori aniqlikdagi nivelirlash usuli bi lan hal etiladigan ilmiy muammo va vazifalarga birinchi navbatda quyidagilar kiradi:
Yerning fizik sirti, rasmi va tashqi gravitatsiya maydonini batafsil o‘rganish;
dengiz va okeanlar o‘rta sathiy yuzalarining balandliklari farqlari va qiyaliklarni aniqlash;
Yer qobig‘i yirik bloklarning asriy ko‘tarilishi;
Yer osti massalari surilishidan sodir bo‘ladigan Yerning sathiy yuzalari deformatsiyasini aniqlash;
Yer sirtining zamonaviy vertikal harakatini o‘rganish, shu jumladan seysmoaktiv hududlarda yirik zilzilalar alomatlarini qidirish va kelgusida bashorat qilish;
yirik shaharlar hududlarini mikroseysmik rayonlash, bosh planlarini tuzish uchun zarur bo‘lgan hamda binolarning ishonchli konstruksiyalarini va qavatlarini tanlash va boshqa maqsadlarda.
Yuqori aniqlikdagi i va ii klass nivelirlash o‘rganilayotgan obyektlar va tabiat hodisalarini yer sirtining nuqtalari baland liklari farqi ko‘rinishida va bu balandliklarni vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib borishi haqida eng aniq miqdoriy ma’lumotlar beradi.
Yerning qobig‘i vaqt o‘tishi bilan birga astasekin ko‘tarilish va tushishni kechirib boradi va bu jarayon tezligi turli fizikgeografik hududlarda har xil bo‘ladi. Yer qobig‘ining vertikal harakati tufay li nivelir reper va markalarining balandliklari o‘zgaradi, o‘zgarish turli joylarda turli qiymatga ega bo‘ladi. Shu sabablarga ko‘ra nivelir tarmog‘ining aniqligi vaqt o‘tishi bilan astasekin pasayib boradi, ya’ni tarmoq «eskiradi».
Nivelir tarmog‘ining aniqligi yo‘l qo‘yarli darajadan pasayib ketmasligini ta’minlash uchun nivelirlash davriy, ma’lum vaqt oralig‘ida, takrorlab turishi talab etiladi.
Davlat nivelir tarmog‘ida takroriy i va ii klass nivelirlash ni o‘rtacha har 25 yilda bajarib turiladi. Seysmoaktiv hududlarda takroriy nivelirlash boshqalarga qaraganda qisqaroq vaqtlarda takrorlab turiladi.
i va ii klass nivelirlash tarmoqlari topografik syomkalarining balandlik asosini qurish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Bun dan tashqari ular joydagi nuqtalar balandligini turli injenerlik maqsadlar uchun aniqlashni ta’minlaydi.
Alohida guruhga yirik shaharlarda, geodinamik poligonlarda va qurilish maydonchalarida quriladigan yuqori aniqlikdagi nive lir tarmoqlarini kiritish kerak bo‘ladi. Bunday nivelir tarmoqla rining hamma turlari, maxsus maqsadi va barpo etilish tartibi bi lan o‘z xususiyatiga ega. Bu nivelir tarmoqlari davlat balandlik tarmoqlariga bog‘lanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |