-§. Geodezik punktlarning markazlari
Geodezik tarmoqlarning har bir punktini o‘rni joyida odatda kamida 1,5–2 m, ayrim rayonlarda kamida 6 metr chuqurlikda gruntga o‘rnatiladigan maxsus markazlar yordamida mahkamla nadi.
Markazning yuqori qismiga sement qorishmasida chugun mar ka o‘rnatiladi yoki markaz metall trubaga kovsharlanadi. Marka ning sferik yuzasida diametri 2 mm li teshikcha belgisi qo‘yilgan bo‘lib, uni markaziga punktning koordinatalari va unda baja rilgan o‘lchash natijalari tegishli bo‘ladi, shuning uchun ular joy larda mustahkam mahkamlanishi lozim.
Davlat geodezik tarmoqlari klassiga bog‘liq bo‘lmagan holda markazning saqlanishi va uni uzoq vaqt davomida gruntda planli va balandlik o‘rnining o‘zgarmas bo‘lishi geodezik punktlarning markazlariga qo‘yiladigan muhim talab hisoblanadi.
Markazlarning uzoq vaqt saqlanishini ta’minlash uchun ular korroziyaga qarshi vositalar bilan qoplangan yuqori sifatli quri lish materiallaridan: temirbeton pilon va svaylardan, asbosement va metall quvurlardan tayyorlanadi. Markazning asosi yuqorida
gi qurilmalar bilan mahkamlanadi va grunt muzlash chegarasi dan pastda o‘rnatiladi.
Tuproqda markazning mustahkamligi ko‘plab faktorlarga bog‘liq, jumladan gruntning tarkibi va xususiyatiga, tuproqning muzlash va erish chuqurligiga, tuproq namligining o‘zgarishiga, yerosti suvlari sathining o‘zgarishiga va boshqalarga. Bularning ichida eng muhimi tuproq grunti muzlashi va erishi hisoblanadi. Shuning uchun geodezik markazlarni mahkamlash va saqlanish masalasiga juda katta e’tibor beriladi. Markazlar konstruksiyasi va ularni mamlakatning turli mintaqalarida o‘rnatish texnologiyasi ning tavsifi «Davlat geodezik to‘rlarning markazlari va reperlari» yo‘riqnomasida keltirilgan.
1tipdagi markazlar (3.19rasm) tuproqning mavsumiy muz laydigan joylarida qo‘llaniladi.
10
300–400
1-tip 2-tip
50
16
20
3.19-rasm. Gruntlari mavsumiy muzlaydigan hududlar uchun geodezik punktlarning markazlari:
1 – armatura D 10–12 mm; 2 – armaturali halqa D 5–6 mm; 3 – tuproqning muzlash chegarasi; 4 – temir dasta; 5 – temirbeton qoziq (svay).
Markaz 16x16 sm diametrdagi temirbeton (yoki beton bi lan to‘ldirilgan 14–6 sm diametrli asbosementli truba), burg‘ilab o‘rnatilganda diametri 50 sm va balandligi 20 sm li yoki kot lovanga o‘rnatilganda 50x50x20 sm o‘lchamdagi beton yakordan
150
400–600
80
tashkil topadi. Markazning asosi grunt muzlash chegarasidan ka mida 0,5 m pastda va barcha holatlarda yer yuzasidan kamida 1,5 m pastda joylashishi lozim.
200–300
20
100
3.20-rasm. Ko‘p yillar davomida muzlaydigan rayonlar uchun geodezik markazlar: 1 – metall truba;
80
100
0
10
20
≥100
50
2 – topish belgisi; 3 – yakorli; 4 – muz erish chegarasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |