Ishlab chiqarishni ekologiyalashtirish
Bizning mamlakatimizda ekologiya va tabiatni muhofaza etish masalalariga katta e‘tibor beriladi. Har yili davlat tomonidan ekologiya va tabiat muhofazasi uchun million-million miqdorda pul-mablag‗ ajratiladi. Bundan tashqari, aholining ekologik madaniyatini sifatiy jihatdan yangi bosqichga ko‗tarish borasida rejali ishlar yo‗lga qo‗yilgan. Ayniqsa, bugungi yoshlarni, kasb-hunar ta‘limi muassasalari bolalarini talabalarni ekologik jihatdan tarbiyalash o‗ta muhimdir, chunki aynan ular ilmiy-texnika taraqqiyotini tezlashtirish masalalarini amalda joriy etadilar. Kelgusida ular, eng birinchi navbatda, xom ashyo va materiallar, tabiat boyliklaridan to‗la va kompleks foydalanish imkonini beruvchi, atrof-muhitga zararli ta‘sirlarni butunlay yo‗qotuvchi yoki sezilarli darajada pasaytiruvchi kombinatsiyalangan ishlab chiqarishni rivojlantirishlari kerak.
Tabiatni muhofaza etish bo‗yicha an‘anaviy chora-tadbirlar (masalan, murakkab tozalash qurilmalarini qurish) garchand tabiiy muhit ifloslanishi va biosfera holati yomonlashuvining oldini olsa-da, ammo bu - ekologik jarayon yo‗nalishini prinsipal o‗zgartira olmaydi. Ular tabiatni himoya qilishda yordam beradi, xolos. Ammo undan olingan mahsulot boyliklarni qayta tiklash, uzilib qolgan hayotbaxsh biosferik sikllarni o‗z izmiga tushirish borasida samarasizdir. Negaki qayta tiklanmaydigan organik manbalar (neft, ko‗mir, slanslar) o‗simlik qatlami
qoldiqlari "tabiat laboratoriyasi"da organik qayta ishlangan mahsulot hisoblanadi. Ular endi qaytadan hech vaqt sintezlanmaydi. +irqilgan o‗rmonlar ham ko‗p joylarda o‗z-o‗zidan qayta tiklanmaydi. Sun‘iy ravishda ekilgan ko‗chatlar o‗rnida esa, qimmati qadimgi daraxtzorlarnikiga o‗xshamagan o‗rmon paydo bo‗ladiki, ko‗pincha ular oziqlanish tartibini buzib yuboradi. Oqibatda faqat ma‘lum ekologik shart-sharoitlardagina mavjud bo‗la oladigan ko‗plab hayvon va o‗simliklar qirilib ketadi.
Ekologiyalashtirilgan ishlab chiqarish murakkab yopiq jarayondan iborat. Bunda barcha chiqindilar yana qaytadan ishlab chiqarish siklida foydalaniladi. Bu yerda biotexnologiyaning o‗rni beqiyos bo‗ladi, ya‘ni ishlab chiqarishda mikroorganizmlardan foydalaniladi. Ular oksidlash-tiklash jarayonini tezlashtiradi. Biotexnologiya yordamida ishlab chiqarilgan mahsulotlar ishonchli va toza bo‗ladi. Ekologiyalashtirilgan ishlab chiqarishda bir bosqich chiqindilari ikkinchi bosqich uchun xom ashyo vazifasini o‗taydi. Inson ehtiyojlari uchun olingan mahsulotdan foydalanilgandan so‗ng u yana qayta ishlanib, ishlab chiqarish jarayoniga kiritiladi. Bunday ishlab chiqarishga uzoq vaqt kosmik parvozda bo‗lgan kosmonavtlar chiqindilarini qayta ishlash misol bo‗la oladi.
Ekologiyalashtirilgan sanoatda organik moddalarni bunday tarzda ishlab chiqarish tabiatdagi resurslarning o‗zaro aylanishi va o‗z-o‗zini tiklash prinsipiga tayaniladi. Kasb-hunar ta‘limi o‗qituvchilari, muhandis-pedagoglari, murabbiy va tarbiyachilari bolalarga shuni ta‘kidlash lozimki, bayon etilgan ishlab chiqarish usuli kelguvsida voqelikka aylanadi va demakki, yosh o‗g‗il-qizlarimizning o‗zlari ishlab chiqarishni ekologiyalashtirish bo‗yicha takliflarni ishlab chiqadilar.
+ishloq xo‗jaligida o‗simliklarning yovvoyi turlari genlarini o‗tkazish yo‗li bilan madaniy o‗simliklar (javdar, bug‗doy, kartoshka)ning virusli kasalliklarga chidamli bo‗lishiga erishish borasida tajribalar olib borilmoqda. Bu sohada erishilgan yutuqlar qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni oshirishga xizmat qilgan bo‗lur edi.
Ekologiyalashtirilgan ishlab chiqarishda sifat jihatdan yangi energiya manbaiga o‗tiladi. Bu uning xususiyati hisoblanadi. Negaki, hozirgi zamon industrial ishlab chiqarish yonilg‗ining kimyoviy turlari - ko‗mir, neft, tabiiy gaz, torifdan foydalanishga asoslanilgan. Bu tabiiy boyliklar million yillar davomida to‗plangan. Bugungi kunda esa ulardan juda jadal sur‘atlardan foydalanilmoqda va ko‗p vaqt o‗tmay ular tugab qolishi ham mumkin.
Energiyaning yangi manbalariga o‗tish zarurati faqat manbalarning tugab qolishi va atrof-muhitning ifloslanishi tufayli tug‗ilmagan. Yangi energiya manbalaridan foydalanish xom ashyo resurslarining tugashi bilan bog‗liq global tanglikning oldini olishi mumkin. Bunada bizga fan-texnika yordam beradi. Sanoat ishlab chiqarishi "yopiq jarayon"larga o‗tkazilishi kerak. Bunday jarayon tabiatning o‗zida mavjud bo‗lib, unda hech narsa chiqitga tashlanmaydi, chunki hammasi
qaytadan iste‘molga kiradi. Ilmiy nuqtai nazardan qaraganda, garchand ancha murakkab bo‗lsa-da, "yopiq jarayonlar"ni to‗la amalga oshirish mumkin. Yopiq jarayonlarni amalga oshirishda, energetik jarayonlarni oshirish zarurati eng asosiy masala hisoblanadi. Shu bois bu jarayonlarni global miqyosda o‗zlashtirib olish uchun odamlar amalda cheklanmagan quvvatli energiya manbaiga ega bo‗lishlari kerak.
Yangi energiya manbalarini izlash bugungi kunda ilmiy tadqiqot markazida turibdi. Dunyoning ko‗pgina mamlakatlarida atom energiyasidan foydalanilmoqda. Butun dunyoda 300 ga yaqin AES ishlab turibdi. Dunyoda ishlab chiqilayotgan butun elektr enegiyaning 20 foizi AESlarga tegishlidir.
Kimyoviy usullarda olinadigan va atom energiyalaridan tashqari yana quyosh, geoterminal, shamol, dengiz suvining ko‗tarilish-pasayishi va noan‘anaviy qayta tiklanmaydigan boshqa turdagi energiyalar ham mavjud. Bu qayta tiklanadigan energiya manbalari va ikkilamchi energiya resurslaridan kengroq foydalanish masalasini hayotning o‗zi ilgari surmoqda.
Mutaxassislar vodorodga energiyaning istiqbolli manbai sifatida qaraydilar. Bizning
sayyoramizda vodorod zahiralari deyarli cheklanmagan. Undan issiq energiya manbai sifatida, shuningdek, transportda, sanoatda, turmushda foydalanish mumkin. Buning esa atrof-muhitni sof saqlashda ahamiyati juda kattadir. Chunki vodorod yonishi jarayonida faqat distillangan suv bug‗i hosil bo‗ladi, xolos. Sanoat miqyosida asosan oddiy suvdan vodorod ishlab chiqarishning ko‗pgina usullari topilgan. Vodorod ishlab chiqarish uchun atom elektr stansiyalari, quyosh, shamol, dengiz suvlarining ko‗tarilish-pasayishi energiyalaridan foydalanish taklif etilmoqda.
Energiyaning mutlaqo yangi manbaidan biri - issiqlik nasoslaridir. Bu nasoslar freon yordamida atrof-muhitga sochilgan issiqlikni yig‗adi va uni amaliy maqsadlarda qo‗llash uchun "quyuqlashtiradi". Issiqlik nasosini ishga tushirishda sarflanadigan energiya atrof-muhit havosidan olinadigan energiyadan bir necha marta kichikdir. Shunday qilib, energiyaning saqlanish qonunini buzmasdan turib, atrof-muhitdan issiqlikni kondensatsiya qilish hisobiga go‗yoki "abadiy ishlaydigan dvigatel" yaratiladi. Har qalay, hali atrof-muhit yetarli darajada yuqori haroratga ega ekan (holbuki, hatto harorat minus darajada bo‗lganida ham issiqlik kondensatsiyasini yo‗lga qo‗yish mumkin), u ishlayveradi. Hozirgi vaqtda issiqlik nasoslari Yevropaning turli mamlakatlarida ishlab turibdi. Ularning quvvati taxminan 100 ming. kVt ga teng.
Ekologiyalashtirilgan ishlab chiqarishga o‗tish materiya harakatining biologik shakli, ya‘ni tirik tabiatdagi modda almashinuv jarayonlari qonuniyat va xususiyatlaridan kengroq foydalanish bilan bog‗liqdir. Biokimyoviy texnologiya yaratish va uni rivojlantirish, bu yo‗nalishda qo‗yilgan birinchi qadam hisoblanadi. Bunda asosiy ishlab chiqarish jarayonlari sanoat qurilmalari va apparatlarida emas, balki tirik hujayrada kechadi. Yangi ishlab
chiqarishning eng muhim omili-ko‗rinmas mikroorganizm. Aynan uning yordamida oddiy xom ashyo (ko‗pincha ishlab chiqarish chiqindilari)ning murakkab va juda qimmatbaho moddaga aylanishi hodisasi yuz beradi. boshqa usullar bilan bunday moddani olib bo‗lmaydi. Masalan, mikroorganizmlar qipiqlarni qayta ishlab, qimmatli oqsil mahsulotiga aylantirish qobiliyatiga ega. U hayvonlarning ozuqasiga qo‗shimcha tarzida solinadi.
Ba‘zan bolalarga mikroorganizmlar haqida bilimlar berilganda ular faqat turli kasalliklar tarqatuvchi manba sifatida talqin etiladi. Biroq tabiatda ekologiyalashgan ishlab chiqarish uchun juda zarur va foydali bo‗lgan turli mikroorganizmlar mavjuddir.
Hozirgi vaqtda fizika-kimyoviy biologiya va biotexnologiyaning rivojlanishiga dunyo miqyosida katta e‘tibor berilmoqda. Ularning yutuqlaridan esa tibbiyot, qishloq xo‗jaligi va sanoatda keng foydalanilmoqda. O‗zbekiston Fanlar Akademiyasining qator ilmiy tadqiqot institutlari oldiga gen injeneriyasi (irsiyat muhandisligi) va o‗simliklar seleksiyasi, mikroorganizmlar va hayvonlar, oqsillar sintezining biotexnologiyasi, biologik faol moddalar muammolari bo‗yicha nazariy va amaliy tadqiqotlarni rivojlantirish masalalari qo‗yilgan. Qiyin iqtisodiy sharoitlar bo‗lishiga qaramasdan bu yo‗nalishlarda tegishli tadqiqot va amaliy ishlar olib borilmoqda. Masalan, Mikrobiologiya institutida keyingi yillarda salmoqli ishlar qilindi.
Ekologik tarbiyaga nafaқat bugun, balki ota-bobolarimiz ҳam chuқur mas‘uliyat bilan қarashgan. Masalan, atrof – muҳitni iflos қilmaslik maқsadida, axlat tashlash, chiқindilarni tashlash uchun aloҳida chuқurlar қazilgan, ҳojatxonalarni ariқ, soy, buloқ suvlaridan uzoқrok joyda kovlashgan, turli eҳtiyojlar uchun faқat қurib қolgan daraxtlarni kesishgan, ҳayvonlarni azob berish, қushlar uyasini buzishni, gunoҳ sanashgan. Bu borada oilada «Suvga tupurma, uni iflos қilma, chunki barcha jonivorlar uni ichib baҳra oladi», «Gullab turgan mevali daraxtning shoxini sindirma, u meva beradi, uni ўzing iste‘mol kilasan», «Pishib yetilmagan uzumni uzma, agar uzsang katta gunoҳ ish bўladi, chunki unda aҳli mў‘minning nasibasi bor» deb tarbiya berilgan.
Mamlakatimizda ekologik ta’lim uzluksizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar qamrovi tobora kengayib bormoqda. Ta’limning ushbu dolzarb yo‘nalishida nafaqat tegishli vazirlik va idoralar, balki jamoat tashkilotlari ham faol ishtirok etayotgani quvonarlidir.
— Bu xayrli ishga o‗z hissamizni qo‗shayotganimizdan mamnunmiz, — deydi Toshkentdagi «Alfa va Omega» ta‘limni qo‗llab-quvvatlash jam-g‗armasi ijrochi direktori Irina Shetinina. — Buning uchun tashkilotimizda ekologik ta‘lim yo‗nalishida internet resurslardan foydalanish loyihasini ishlab chiqdik va ushbu loyiha 2009 yilning dekabr oyida O‗zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‗llab-quvvatlash Jamoat fondining grantiga sazovor bo‗ldi.
Ma‘lumki, O‗zbekiston o‗zining yovvoyi tabiatini asl holicha saqlab qolgan barmoq bilan sanarli davlatlar sirasiga kiradi. Shu bilan birgalikda, mamlakatimiz sayyoramiz biosferasi bar¬qarorligini qo‗llab-quvvatlash va uning tirik mavjudotlarini asrab-avaylash hamda saqlab qolishda yuqori samaradorlikka erishayotgan markazlardan biri sifatida ham e‘tirof etilmoqda. Markaziy Osiyo ekologik barqarorligini ta‘minlash, ekologik fojia o‗choqlarini bartaraf etish borasida O‗zbekiston tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va tashabbuslar jahon hamjamiyati hamda xalqaro tashkilotlar tomonidan ham qo‗llab-quvvatlanayotir. Yurtimizda O‗zbekiston ekologik harakati kabi faoliyati serqirra jamoat tashkiloti tashkil etilgani esa, bu yo‗nalishdagi muhim qadamlardan biri bo‗ldi, deyish mumkin. Nafaqat mamlakatimizda, balki mintaqamizda ekologik vaziyatni yaxshilashda, atrof tabiiy muhitni asrab-avaylash yo‗nalishida amalga oshirilayotgan ishlarni yoshlarning ishtirokisiz tasavvur etib bo‗lmaydi. Shu bois, maktab ta‘limida ekologik ta‘lim-tarbiyaga yanada katta e‘tibor qaratilishi zarur. Chunki, yoshlar ongida ekologik dunyoqarashni shakllantirmasdan va uni mustahkamlamasdan turib, ekologik barqarorlikka erishish qiyin. Maktab ekologik ta‘limi esa inson faoliyatining barcha qirralariga ta‘sir eta oladigan kuchga ega bo‗lishi darkor.
Bir masalaga chuqurroq yondashsak. Amaldagi maktab dasturlari, misol uchun, biologiya va shunga o‗xshash tabiiy fanlar, yoshlarga mamlakatimizdagi o‗simlik va hayvonot olami haqida umumiy nazariy bilim beradi, xolos. Aniqrog‗i, tarbiyalanuvchi o‗z yurtidagi biologik xilma-xillik haqida tushunchaga ega bo‗layapti-yu, ammo uni asrab-avaylash uchun nimalarga e‘tibor qaratish zarurligi to‗g‗risida yetarlicha ko‗nikma olmayapti, fikrimizcha. Bu albatta yosh avlodning ekologik madaniyatini yuksaltirish masalasini dolzarb vazifa sifatida kun tartibiga qo‗ymoqda. Ekologik ta‘limda ekologik dunyoqarashni shakl¬lantirishning eng muhim jihatlaridan biri bo‗lgan inson bilan tabiat uyg‗unligiga amal qilinishiga erishish zarur. Bundan tashqari, zamonaviy ekologik ta‘lim shu jihatni e‘tiborga olishi kerakki, bilim orqasidan darrov unga ishonch tug‗ilmaydi, demak, ishonchdan harakatlar kelib chiqmaydi. Tarbiyalanuvchilarga ma‘lum hayvon va o‗simlik turlari haqida bilim berish – bolalar ularni asrab-avaylashni boshlaydi, degani emas. Zamonaviy maktab vazifalaridan biri – bu, istagan yo‗nalishda vaziyatni ijobiy tomonga o‗zgartirish bo‗yicha harakatlarda mujassam topgan ekologik irodani tarbiyalash ham hisoblanadi. Buning uchun, avvalo, o‗qituvchilar yangi pedagogik texnologiyalarga ega bo‗lmog‗i lozim. Aynan ularning qo‗llanilishi tarbiyalanuvchilarda anglash faolligini va amaliy faoliyatda ishtirok etishga intilishni muayyan darajada oshiradi. Ta‘limning interfaol usullarini tatbiq etishga undagan holda, maktab
o‗qituvchilariga shu kabi darslar va darsdan tashqari tadbirlarni ishlab chiqishda yetarlicha yordam ko‗rsatilishi maqsadga muvofiq. Mamlakatimizda maktab ta‘limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturining amalga oshirilishi umumta‘lim maktablarini zamonaviy kompyuter texnikasi bilan jihozlashga imkon yaratdi. Ko‗pgina maktablar turli xil ta‘lim dasturlari doirasida internet tizimiga ulangan. Ammo, ekologik yo‗nalishdagi saytlar materiallari asosan rus tilida, o‗zbek tilidagilarini yetarli deb bo‗lmaydi, tarbiyalanuvchilar uchun mo‗ljallangan lotin alifbosidagi materiallarning esa undan ham kamligi bu borada oldimizga amalga oshirilishi lozim bo‗lgan ulkan vazifalarni qo‗yadi.
Bir so‗z bilan aytganda, biz kelajakda nafaqat o‗sib kelayotgan yoshlar, barkamol avlodni, balki aholining barcha qatlamlari ekologik madaniyatini yuksaltirish borasidagi izlanishlarni davom ettirib, aniq yo‗naltirilgan amaliy ishlarni yanada jonlantirish niyatidamiz.
XULOSA
Maktabgacha yoshdagi bolalarda ekologik ta‘lim va madaniyatni shakllantirish mazmuni, shakllari, vositalari va metodlarini ishlab chiqish yuzasidan olib borilgan tajriba-sinov ishlari quyidagi xulosalarni chiqarish imkonini berdi:
Odamlar ming yillar davomida tabiat bilan kurashib, uni zabt qildi, qayta o‗zlashtirdi. Endi esa tabiat aziyat chekmoqda. Aslida tabiatga odamlarning himoyasi kerak emas. Aksincha, nafas olish uchun musaffo havo, ichish uchun toza suv, hayot kechirish uchun butun tabiat odamlarga kerak. Ona tabiat hamisha odamdan ustun bo‗lgan va shunday bo‗lib qolaveradi; odam – tabiatning farzandi, uning hayotidagi bir zarra va lahza, xolos. Biroq odamlarning tabiatga mas‘uliyatsiz munosabati va texnik aralashuvi uni tilka-pora qildi. Uni sog‗lomlashtirish – bizdan atrof-muhit haqidagi bilim, tafakkur va unga nisbatan to‗g‗ri, mas‘uliyatli munosabatni talab qilmoqda. Bu fazilatlar esa har bir shaxsda maktabgacha ta‘lim yoshidan boshlab shakllantirilishi lozim.
«Atrof-muhitga munosabat» tushunchasi falsafiy, psixologik-pedagogik tahlil etildi,
«mas‘uliyat» tushunchasining ekologik madaniyat, ong, tafakkur, dunyoqarash, e‘tiqod, bilim va faoliyat bilan bog‗lanishi aniqlandi, ekologik ta‘lim va tarbiyada «atrof-muhitga mas‘uliyatli munosabatni shakllantirish‖ tushunchasining imkoniyatlari talqin qilindi.
Bola shaxsida mas‘ullik kurtaklari hosil bo‗lmasa, qat‘iyatsizlik, jur‘atsizlik kuzatiladi. Shunga ko‗ra, mas‘uliyatli munosabatni amalda namoyon etish uchun bola, bir tomondan, qaysi hatti-harakatlar atrof-muhitga nisbatan nojo‗ya sanalishi, ona tabiatga zarar yetkazishini bilishi, ikkinchi tomondan, o‗zidagi qat‘iyatsizlik, jur‘atsizlikni yengib o‗tishi darkor.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning muayyan qismida atrof-muhitga mas‘uliyatli munosabat elementlari shakllanib kelayotgan bo‗lsa-da, ular barqaror emas, ya‘ni ayrim tengqurlari tomonidan sodir etilayotgan nojo‗ya hatti-harakatlarni qat‘iyat bilan qaytara olmaydi, aksariyat kichkintoylarda esa bunday munosabat hali tarkib topmagan.
«Maktabgacha yoshdagi sinf bolalar ta‘lim-tarbiyasiga qo‗yiladigan davlat talablari»,
«Uchinchi mingyillikning bolasi» tayanch dasturi va «Tabiat bilan tanishtirish» dasturi va ularga doir metodik tavsiyalarda atrof-muhitga mas‘uliyatli munosabat tarbiyasiga da‘vat etilgan bilim, ko‗nikma va malakalar yetarlicha o‗z ifodasini topmagan va o‗qituvchilarning ekopedagogik mahorati zamonaviy talablar darajasida emas.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda atrof-muhitga mas‘uliyatli munosabatni shakllantirish imkoniyatlari: tasavvurlarning nisbatan yuqori darajasi, atrof-muhit haqidagi axborotlarga qiziquvchanlik bilan qarash, atrof-muhitdagi ob‘ektlar va hodisalarga hissiy javob berish qobiliyati mavjud.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda atrof-muhitga mas‘uliyatli munosabatni shakllantirishning samarali vositalari, shakl va metodlari ishlab chiqildi, mashg‗ulotlar bilan bolalarning atrof-muhitni bilishga oid ehtiyojlariga asoslanib qo‗shimcha tashkil qilinadigan mashg‗ulotlar birligi mazkur fazilatni shakllantirishning muhim vositalaridan biri bo‗lishi mumkin.
Bolalarni ekologik to‗g‗ri yo‗l tutishga o‗rgatadigan qulay didaktik o‗yinlar, voqeaband rolli o‗yinlar, sayr-sayohatlar va ehtiyojga asoslangan mashg‗ulotlarning qat‘iyatsizlik, jur‘atsizlik kabi sifatlarni bartaraf etishda tutgan o‗rni katta.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda atrof-muhitga mas‘uliyatli munosabat asoslarini shakllantirish bo‗yicha mashg‗ulotlarning tashkiliy shakllari va vositalari majmuining uyg‗unligi mashg‗ulotlarning maqsadi (atrof-muhitga mas‘ullikni tarbiyalash), mazmunining xususiyatlari (tevarakdagi atrof-muhit) va tanlangan metodlarning o‗zaro hamohangligiga bog‗liq.
Tajriba-sinov jarayonida maktabgacha ta‘lim yoshidagi bolalarni atrof-muhitdagi ob‘ektlar va hodisalarga qiziqtirish asosida ularda atrof-muhitga mas‘uliyatli munosabat asoslarini shakllantirish mumkinligi isbotlandi.
Maktabgacha ta‘lim muassasasi bilan oila hamkorligini yo‗lga qo‗yish orqali bolalarda atrof-muhitga mas‘uliyatli munosabat asoslarini shakllantirish bo‗yicha ota-onalar uchun pedagogik shart-sharoitlarni vujudga keltirish yo‗llari hamda oila, tevarak-atrofda sog‗lom ekologik muhitni yaratishga doir tavsiyalar ishlab chiqildi:
-dasturlar va talablarda belgilangan barcha mavzularni mazmunan bolalarda atrof-muhitga mas‘uliyatli munosabatni shakllantirish bilan bog‗lash imkoniyatlari doirasida boyitish lozim;
-maktabgacha ta‘lim muassasalari xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash kurslari rejasiga «Maktabgacha ta‘lim yoshidagi bolalarda atrof-muhitga mas‘uliyatli munosabat asoslarini shakllantirish metodikasi» mavzusini kiritish va uning o‗quv-metodik majmuasini yaratish maqsadga muvofiq;
- maktabgacha yoshdagi bolalarni atrof-muhitdagi ob‘ektlar va hodisalar bilan
mashg‗ulotlardan tashqari vaqtlarda yakka tartibda va guruh tarzida tanishtirish va amalga oshirish maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |