Oliy va o’rta



Download 50,45 Kb.
bet1/7
Sana30.03.2022
Hajmi50,45 Kb.
#518234
TuriReferat
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalarda ekologik talim va madaniyatni tarbiyalashga innovatsion yondashuv (1)


OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI PEDAGOGIKA FAKULTETI
PEDAGOGIKA-PSIXOLOGIYA TA’LIM YO’NALISHI 3-KURS TALABASI
No’monova X. PEDAGOGIKA FANIDAN
Maktabgacha yoshdagi bolalarda ekologik ta’lim va madaniyatni tarbiyalashga innovatsion
yondashuv


MAVZUSIDAGI
REFERAT


Ilmiy rahbar: I.Sattarova


Andijon 2014 yil

  1. KIRISH




  1. ASOSIY QISM




  1. Maktabgacha yoshdagi bolalarda ekolgik ta‘limni shakllantirishning nazariy asoslari




  1. Ekologik madaniyat tushunchasi




  1. Ekologik muammolar va ularni hal etishda fanning ahamiyati.


  1. XULOSA



FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR

KIRISH


Keyingi yarim asr mobaynida jahonda ro‗y bergan ekologik xavfli jarayonlar O‗zbekistonni ham chetlab o‗tmadi. Xususan, Orol va Orolbo‗yi hududi ekologik tanazzulga yuz tutdi, yerlarning cheklanganligi, sho‗rlanganligi va sifat tarkibi pastligi bilan bog‗liq xavflar oshdi, shamol va suv ta‘sirida yemirilish tuproq unumdorligiga salbiy ta‘sir ko‗rsatdi, atmosfera havosi va chuchuk suv zahiralari taqchilligi sharoitida uning ifloslanishi ro‗y berdi. Bu jarayonda sanoat va qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishi, maishiy turmush, transport vositalari, mashina va mexanizmlar alohida o‗rin tutib, inson bilan tabiat o‗rtasidagi munosabatda ehtiyotsizlikka yo‗l qo‗yilib, o‗zaro tabiiy aloqadorlik va muvozanatga putur yetdi.


Prezidentimiz I.A.Karimov ijtimoiy ekologiya muammolarini dialektik tahlil qilar ekan,
tabiat va inson o‗zaro muayyan qonuniyatlar asosida munosabatda bo‗lishini, bu qonuniyatlarni buzish o‗nglab bo‗lmas ekologik falokatlarga olib kelishini ta‘kidlab, ularni milliy xavfsizlikka qarshi yashirin tahdidlardan biri sifatida baholaydi. «Buni sezmaslik, qo‗l qovushtirib o‗tirish –o‗z-o‗zini o‗limga mahkum etish bilan barobardir. Afsuski, hali ko‗plar ushbu muammoga beparvolik va mas‘uliyatsizlik bilan munosabatda bo‗lmoqdalar»1 deb fuqarolarning ona-tabiat, atrof-muhit uchun ekologik mas‘ulligi haqida alohida to‗xtaladi. Zero, O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham «fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‗lishga majburdirlar»2, deb yozib qo‗yilgan.
Ayni paytda, ekologik xavfsizlikni ta‘minlash ko‗p omilli jarayon ekanligini alohida ta‘kidlash lozim. Uni faqat siyosat, iqtisod yoki ma‘naviyatga bog‗lab qo‗yish yaramaydi. Bu borada atrof-muhitga nisbatan sodir etilayotgan ekologik noo‗rin hatti-harakatlar yoki jinoyatlar kabi ekologik huquq masalalari muhim o‗rin tutadi. Bu xildagi noo‗rin hatti- harakatlar yoki jinoyatlar fuqarolarning, ayniqsa, o‗sib kelayotgan yosh avlodning ekologik ongi, madaniyati va mas‘uliyati nisbatan pastligi (atrof-muhit, ekologiya va tabiat muhofazasiga oid qonunlarni, qadriyatlarni, milliy urf-odat va udumlarni bilmasligi yoki ularga rioya etmasligi), xususan, hayotiy ekologik bilim va ko‗nikmalari yetarlicha rivojlanmaganligi oqibatida kelib chiqadi.
Ekologik noo‗rin hatti-harakatlar yoki jinoyatlarning salbiy oqibatlarini birdaniga aniqlash qiyin va murakkab jarayon. Ular atrof-muhitning, ya‘ni atmosfera havosi, suv va tuproqning sekin-asta, deyarli sezilmasdan ifloslanishiga, bu esa ulardagi tabiiy muvozanatning buzilishiga, oxir-oqibat, o‗simliklar va hayvonot dunyosi noyob turlarining yo‗qolishiga,





1 Каримов И.А. Ўзбекистон ХХ1 аср бўсағасида: хавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёт кафолатлари.-Т.: «Ўзбекистон», 1997. -112- б.
2Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси: XII чақириқ Ўзбекистон Республикаси Олий Кенгашининг XI сессиясида 1992 йил 8 декабрда қабул қилинган.- Т.: «Ўзбекистон», 1992. - 18-б.
odamlarning esa turli xil kasalliklarga chalinib, o‗rtacha umrning pasayishiga olib keladi. Yurtboshimiz ta‘kidlaganlaridek, «Tabiatga qo‗pol va takabburlarcha munosabatda bo‗lishga yo‗l qo‗yib bo‗lmaydi. Biz bu borada achchiq tajribaga egamiz. Bunday munosabatni tabiat kechirmaydi»3.
Jahonning barcha mamlakatlari kabi O‗zbekistonda ham shaxs va jamiyatning moddiy va ma‘naviy madaniyati ekologik mazmunga ega bo‗lmoqda. Endilikda respublikamizda chiqindisiz, kam chiqitli va ekologik toza texnologiyalarni joriy etish, atrof-muhitni muhofaza qilishning iqtisodiy mexanizmlarini rivojlantirish va takomillashtirish, ekologik huquqbuzarliklar uchun ma‘muriy-huquqiy choralar ko‗rish, ekologik ma‘rifat orqali aholining ekologik tafakkurini rivojlantirish, xalqaro ekologik munosabatlarni yo‗lga qo‗yish, tabiatga, atrof-muhitga ko‗rsatilayotgan salbiy antropogen ta‘sirlarni kamaytirishga, insonning atrof-muhitga sifat jihatidan yangicha munosabatini shakllantirishga olib kelmoqda.
Kadrlar tayyorlash bo‗yicha milliy dasturda ham "inson, jamiyat va atrof-muhit o‗zaro munosabatlarining uyg‗unlashuvi"ga, "ta‘lim oluvchilarning … ekologik va sanitariya-gigiena ta‘limi hamda tarbiyasini takomillashtirish"ga alohida e‘tibor qaratilgan4. Shu bois umumiy o‗rta ta‘lim maktabgachalari, xususan, maktabgacha ta‘lim muassasalari tarbiyalanuvchilariga qo‗yilgan umumiy talablarda ham ularning ekologik mas‘uliyatni his qilishi, tabiat muhofazasi sohasidagi bilimlarga ega bo‗lishi lozimligi alohida ko‗rsatib o‗tilgan.
Demak, Vatanimiz tabiatiga, atrof-muhitiga nisbatan hurmat, ehtiyotkorona munosabat va unga mas‘uliyat bilan qarash hissini maktabgacha yoshdagi har bir bola shaxsida tarbiyalashimiz lozim. Maktabgacha yoshdagi bola o‗z atrofidagi tabiiy-ijtimoiy muhit ta‘sirida va mahallada o‗rnatilgan axloqiy-ekologik tartibotlar asosida yashaydi. Zero, yurtimizning go‗zal tabiati, uning kelgusi holati aynan ularning atrof-muhitga bo‗lgan munosabati orqali belgilanadi. Shu bois pedagog olimlar va amaliyotchilar ekologik ta‘lim va tarbiyani ilk bolalik yoshidan boshlash maqsadga muvofiq deb hisoblashadi.
Bir qarashda tabiatga xunuk oqibatlarini oldindan o‗ylamay, bilmasdan ziyon-zahmat yetkazish bilan bila turib yo‗l qo‗yish yoki ongli ravishda qo‗l urish o‗rtasida farq yo‗qday tuyuladi. Lekin tabiatga bilmasdan zarar keltirgan kishi o‗z hatti-harakati bilan xato ish qilib qo‗yganligini payqagach, zimmasidagi mas‘uliyatni his etib, o‗zini to‗g‗ri yo‗lga soladi. Tabiatga ziyon yetkazayotganini bila turib, o‗z hatti-harakatini to‗xtatmasdan ongli ravishda



3 Каримов И.А. Ўзбекистон ХХ1 аср бўсағасида: хавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёт кафолатлари.-Т.: «Ўзбекистон», 1997. -116- б.


4 Баркамол авлод - Ўзбекистон тараққиётининг пойдевори. – Т.: «Шарқ» нашриёт-матбаа концернининг Бош таҳририяти, 1998. - 44-45- бетлар.
davom ettiradigan odamni esa bu ishdan qaytarish ancha mushkul. Noo‗rin hatti-harakatlarning guvohi bo‗lib turganlar esa bunga ko‗p vaqt to‗sqinlik qilish payida bo‗lsalar-da, qat‘iyatsizlik namoyon qilib, o‗zlarini chetga oladilar. Atrof-muhitga bilmasdan zarar yetkazgan odam uchun ekologik ta‘lim zarur bo‗lsa, o‗zi keltirayotgan zararni bilsa ham, yo‗lidan qaytmaydigan mas‘uliyatsiz odamga ekologik ta‘limgina emas, balki tarbiya ham lozim. Chunki birinchisi ongga bog‗liq bo‗lsa, ikkinchisi axloqqa borib taqaladi.
Bularning barchasi shaxs kamolotining dastlabki bosqichlarida bolalarda shaxsiy munosabatlarni hosil qilish uchun ularni atrof-muhit qadriyatlariga o‗rgatish zarurligidan dalolat beradi. Uning eng muhim vositalaridan biri esa bolalarni atrof-muhit bilan tanishtirish hisoblanadi.
Demak, maktabgacha ta‘lim muassasalaridagi ekologik madaniyatning maqsadi bolalarni atrof-muhit bilan tanishtirish jarayonida ijtimoiy ekologik axloq qoidalariga mos keluvchi va uning holati uchun fuqarolik mas‘ulligini ta‘minlovchi dastlabki ekologik bilimlar, qarash va e‘tiqodlar asoslarini majmua sifatida tarkib toptirishdan iboratdir.
Shunday qilib, maktabgacha ta‘lim muassasalarida ekologik madaniyatni samarali amalga oshirish, bolalarda atrof-muhitga mas‘uliyatli munosabat asoslarini shakllantirish pedagogika fani va amaliyotidagi eng dolzarb muammolardan biriga aylangan. Zero, tabiatga muhabbat, unga mas‘ullik tuyg‗usi - juda keng qamrovli va murakkab psixologik-pedagogik tushunchalardir. Ular yuksak ruhiy va aqliy qatlamlarni o‗z ichiga oladigan yaxlit bir butunlikni tashkil etadi. Bunday tuyg‗uni tarbiyalash ishini ilk bolalik yoshidan boshlash kerakligi uchun mazkur muammo o‗ta dolzarb sanaladi.

Download 50,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish