«Madaniyat» atamasi hozirgi zamon ilmiy adabiyotlarda rang- barang ma‘nolarda ifodalangan. «Madaniyat» va «Kultur» atamalari mutaxassislar fikriga ko‗ra lotincha «ishlov berish», «parvarish qilish» ma‘nosini anglatgan. Keyinchalik «ma‘rifatli bo‗lish», «tarbiyali»,
«bilimli bo‗lish» mazmunida ishlatilgan. O‗zbek tilida keng ishlatiladigan «Madaniyat» atamasi arabcha «madaniy»-»shaharlik» degan ma‘noni bildiradi. Agar amerikalik madaniyatshunos olimlar A. Kreber va K. Klakxonlarning 1952 yildagi ma‘lumotlariga ko‗ra madaniyat hodisasiga berilgan ta‘rif 164 ta bo‗lsa, so‗nggi adabiyotlarda bu raqam 400 dan ortiqni1 tashkil etadi. Madaniyat hodisasi tavsifida juda ko‗p izohlar mavjud «insoniyatni yashash usuli; ijtimoiy insonning to‗laqonli faoliyati», «inson tomonidan yaratilgan muhit», «yaxlit sotsial organizm», insoniyat yaratgan moddiy va ma‘naviy qadriyatlar majmui; sun‘iy- ikkinchi tabiat; inson ijodiy faoliyati mahsuli; umuman jamiyat; jamiyatning ma‘naviy holati; jamiyat sifati; shartli belgilar tizimi yig‗indisi; me‘yor va andozalar va hokazo.
G‗arbiy Yevropada madaniyat tushunchasi XVIII asrning oxiridan e‘tiboran hozirgi aniyat kishilarga tana a‘zolari, instinktlar yoki tug‗ma iste‘dod kabi tabiatdan berilmaydi, har bir individ o‗zining shaxsiy tajribasi asosida, mustaqil ravishda bevosita tevarak atrofdagi kishilarning, jamiyatning va o‗tgan avlodlarning to‗plagan tajribalarini o‗zlashtiradi.
Individium ijtimoiy amaliyot mahsuli bo‗lgan madaniyatni o‗zlashtirish bilan birga unga aks ta‘sir etadi. Shaxsning shakllanishi jarayonida madaniyatning moddiy dunyosini ham boyitadi. Shuningdek inson madaniyat normalariga amal qilgan holda nafaqat tabiatni va jamiyatni, balki, shaxsiy «tabiati»ni ham o‗zgartiradi. Madaniyat shaxsning ichki dunyosi mazmuniga, «ikkinchi tabiati»ga aylanadi.
Shaxsning madaniyat bilan o‗zaro munosabati hech qachon to‗liq va uyg‗un bo‗la olmaydi. Ijtimoiy va individual hayot, shuningdek madaniyat stixiyasi bir-biri bilan mos kelmasligi mumkin. Madaniyat doimo inson Bilan chambarchas bog‗liq bo‗ladi va usiz yashay olmaydi. Lekin voqelikning murakkab, yaxlit birligi sifatida u o‗z rivojlanishi qonunlarida va borliqqa nisbatan mustaqildir. U madaniy merosni o‗zida mujassamlashtirgan konkret sotsial guruhlarning ma‘naviy hayotiga nisbatan boyroq va chuqurroqdir. Madaniyat doimo qadriyatlarning eng yirik zahirasi, tajribalar hazinasi bo‗lib qoladi.
Insoniyat avlodlari undan foydalanadilar va unga o‗z hissalarini qo‗shadilar. Yuqorida aytib o‗tganimizdek, individ bilan madaniyat o‗rtasidagi munosabat murakkab jarayon hisoblanadi. Individni ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishiga imkon beruvchi psixo-sotsial va madaniy dunyoqarashi ijobiy va salbiy qarashlarning yig‗indisidan tashkil topadi. Insonga ishchanlik, fidoiylik, matonat, o‗tkir zehn bilan birga kaltafahmlik, yalqovlik,
shafqatsizlik, o‗z manfaatlarini to‗g‗ri tushuna olmaslik, haqiqiy qadriyatlarni sohtasidan ajrata bilmaslik illatlari ham xosdir. Shuning uchun madaniyatni nafaqat qadrlash va saqlash, balki tanqidiy o‗rganish talab etiladi.
Qayd etilgan sabablar ta‘sirida muayyan ishlab chiqarish usuli hukmronligi sharoitidagi tarixan tarkib topgan ijtimoiy va madaniy muhitda jamiyat bilan individ o‗rtasida nisbatan o‗zgaruvchan muvozanat bo‗ladi. Bu muvozanatni hosil bo‗lishida madaniyatning ishtiroki salmoqlidir. Madaniyat shaxsga ta‘sir etadi va uning psixologik holatini shakllantiradi, shaxsning xarakterida va dunyoni bilishida muqim o‗rnashib qoladi.
«Ekologiya»— yunoncha so‗z bo‗lib, tirik mavjudotlarning yashash sharoiti va tevarak-atrofdagi muhit bilan o‗zaro muno-sabatlari hamda shu asosda yuzaga keladigan qonuniyatlarni o‗r-ganadigan fandir. «Ekologiya» atamasi 1866 yilda nemis zoolog olimi E. Gek-kel tomonidan fanga kiritilgan.
Yaqin vaqtlargacha bu atama faqat mutaxassislargagina ma‘-lum edi. Endilikda atrof-muhitga, tabiat boyliklariga e‘ti-borsiz bo‗lish butun sayyoraga jiddiy zarar yetkazishi mumkinligi aniq bo‗lib qoldi. Inson bilan tabiat o‗rtasidagi muno-sabatlar muammolarini yechish zarurati tug‗ildi. Shu barobarida ekologik vaziyatni sog‗lomlashtirish asosiy ishlardan biri bo‗-lib qoldi. Uquvchilarda ekologik madaniyatni tarkib toptirish, ularga tabiat, atrof-muhit bilan qanday munosabatda bo‗lish-ni o‗rgatish pedagogika nazariyasi va maktablar amaliyotining eng dolzarb mavzusiga aylandi.
Uzbekiston Konstitutsiyasining 18-moddasida yer va yer osti boyliklarini, suv manbalarini, o‗simlik va hayvonot dunyosini qo‗riqlash, bu boyliklardan ilmiy asosda, oqilona foydala-nish, havo va suvni toza saqlash, tabiiy boyliklarni uzluksiz ko‗paytirib borishni ta‘minlash, insonning atrof-muhitni yax-shilash uchun chora va tadbirlar ko‗rishi zarurligi ta‘kidlan- gan.
Uzbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrda qabul qilgan «Tabiatni muhofaza qilish to‗grisida»gi Qonuni, «Sog‗-lom avlod uchun» ordenining ta‘sis etilishi, shu nomda Davlat dasturi, «Ekologik ta‘lim-tarbiya konsepsiyasi»ning ishlab chiqilishi, «Ekosan» jamg‗armasining tuzilishi mamlakatda zkologik muammolarni bartaraf etishga kirishilganidan da-lolatdir.
Ayniqsa, umumta‘lim maktablarida ham ekologik yo‗nalish-dagi sinflarning tashkil etilishi, bu asosda litsey maktabla-rining shakllanishi yosh avlodga maktab partasidanoq tabiatga mevali va manzarali daralar havzalarini ozoda saqlash, uy hayvonlariga qarash kabi ish-larda kuchi yetgancha qatnashishga jalb etish katta ahamiyatga ega.
Ekologik savodxonlik va madaniyat, avvalo, oiladan boshla-nadi. Ekologik dunyoqarashni shakllantirishning negizi oila-dagi tarbiyaga bevosita bog‗liqdir. Agar bu masala oilada to‗g‗-ri yo‗lga qo‗yilmagan bo‗lsa, uni maktablarda, keyingi ta‘lim bosqichlarida hamda mehnat jarayonlarida qaror toptirish qi-yin bo‗ladi.
Ajdodlarimiz bola tarbiyasi masalasiga alohida e‘tibor bilan qaraganlar va bu borada ibratli an‘analarni vujudga keltirganlar. Bolalar go‗daklik chog‗laridanoq axloqiy va meh-nat tarbiyasini oilada boshlaganlar. Ularda mehnatga muhab-bat, atrof-muhitga hurmat, obodonchilik va ko‗kalamzorlashti-rish hissi sabot bilan singdirilgan. Masalan, atrofni iflos-lantirmaslik uchun axlatlarni alohida chuqurchalarga tashlash, hojatxonalarni ariq, soy, buloq suvlaridan uzoqroq joyda kovlash, yong‗in chiqmasligi chorasini ko‗rish, turli ehtiyojlar uchun yashnab turgan daraxtdan emas, balki qurib qolganlaridan. foydalanish, nihollarni sindirib, payhon qilmaslik, qush-larni uyasini buzmaslik kabi xatti-harakatlar shakllantiril-gan. Oila davrasida farzandlarga «Suvga tuflama, uni iflos qilma, chunki barcha jonivorlar uni ichib bahra oladi», «Gul-lab turgan mevali daraxtning shoxini sindirma, u meva beradi, uni o‗zing iste‘mol qilasan», «Pishib yetilmagan uzumni uzma,, agar uzsang katta gunoh ish bo‗ladi, chunki unda ahli mo‗min-ning nasibasi bor» deb pandu nasihatlar qilganlar. Ekolo-gik ta‘lim va tarbiyalash tizimi bolalar bog‗chalarida, umumiy ta‘lim maktablarida, keyingi ta‘lim bosqichlarida hamda mehnat jamoalarida davom etiiriladi. Bu o‗rinda hayotiy mi-sollar orqali hozirgi paytda oilalarda ekologik savodxon-likning pastligi uqtiriladi. Masalan, hozir ko‗plab odamlar mollarini ekinzorlarda, bog‗larda hatto mevali va manzarali daraxtlarga bog‗lab boqadigan bo‗lib-qolishmoqda. Axir o‗t-mishlya xalkimiz qaramog‗idagi hayvonlariga maxsus podachi saqlagan-ku. Yoki moli bor kishilar navbat bilan poda boqqan-ku. Buning ustiga hozirgidek hayvonlarni duch kelgan yerda emas, alohida ajratib qo‗yilgan yaylovlarda o‗tlatgan. Yoki oilaviy dam olishga chiqilganda o‗t-o‗lanlar payhon qilinma-gan, qir-adirlarda shisha siniqlari, ovqat qoldiqlari tashlab ketilmagan. Daraxtlarga, o‗simliklar olamiga, hayvonlarga zarar keltirilmagan.
Ulkamizning tabiiy o‗simliklar dunyosi, ularning foydasi, bu boyliklarni muhofaza qilish kerakligi haqidagi masala-lar bilan yoshlarni maktab partasidan keng tanishtirib borish o‗z samarasini beradi. Bunda ekologiyadan ilmiy tushunchalar maktablarda o‗qitiladigan barcha fanlarda, ayniqsa, tabiat-shunoslik, fizika, ekologiya, matematika, geografiya, tarix kabi fanlarni o‗qitishda umumlashtiriladi. Shu bilan birga fa-kultativ mashg‗ulotlarda, darsdan tashqari to‗garak yig‗ilish-larida, ekskursiya davrida hamda o‗zlarining kundalik fao-liyatlari davomida ekologik muammolarni o‗rgana boradilar.
Ekologik tarbiya berishni tayyorlashning mazmuni quyidagi- larni o‗z ichiga oladi:
Atrof muhit va uning shaxs ma‘naviy dunyosiga ta‘siri; Tabiat va uning ahamiyatini aniqlash;
Tabiatga muhabbatni rivojlantirishda maktab va oila-ny hamkorligi;
Uz rayonini, shaharini, qishloq va maktabi hovlisini ko‗kalamzorlashtirishda, hatto, sinf xonasidagi o‗simliklarni ham parvarishlashga qiziqishlarini oshirish;
Atrof-muhit muhofazasi, bunda bolalarning vazifa- lari; Tabiatni muhofaza qilishda ota-onalarning namuna- lari;
Oiladagi, maktabdagi tabiatni, o‗simliklar va hayvonot dunyosini e‘zozlashga o‗rgatish, jonivor va qushlarni parvarish qilish;
Tabiatga ongli munosabat jarayonida tarbiyalanuvchilarning dunyoqarashini kengaytirish;
Yoshlarning ekologik tarbiyalashda milliy an‘ana va udumlarni qayta tiklash, ularga e‘tiborni kuchaytirish.
Bolalarda ekologiya xususidagi tasavvurlarni kengayti-rishda tarix fanining imkoniyati katta. Bundan besh yuz yil, ming yil avval o‗lkamiz tabiati qanday bo‗lgan, o‗simliklar va hayvonot olami-chi, kabi sa^vollarga tarix fanidan javob to-pish mumkin.
Bog‗chada tarbiyalanuvchilarga tabiatni muhofaza qilishga doir bilim, tarbiyani geografiya darslarida har bir mavzuga bog‗lab berib borish mumkin.
Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish darslarida joy nomlaridan foydalanish ona tili bo‗yicha mashg‗ulotlarni yana-da qiziqarli qiladi.
Ona tili darslaridagi ko‗plab mashqlar tarbiyalanuvchilarda tabiatga mehr uyg‗otishda qo‗l keladi. Mashqlardagi suv va havo, o‗simlik va hayvonot olamiga taalluqli fikrlar ifodalangan
,matnlarni tahlil qilish orqali ham tabiatga mehr uyg‗otish mumkin.
Adabiyot fani ham ekologiya bilan chambarchas bog‗langan. Bunda har bir asarni o‗qib tahlil qilish vaqtida va tarbiyalanuvchiga tushuntirayotganda faqat bezash nuqtai nazaridan emas, balki axloqiy ekologiya, ya‘ni tabiatni muhofaza qilish nuqtai naza-ridan tahlil qilinadi. Mana shu usul bilan adabiyot darsla-rida ham tarbiyalanuvchilar ongiga zkologik tarbiyani singdira bori-ladi. Uquvchilarga aytiladigan ertaklarda hayvonlar va o‗simlik-larning xususiyatlari, ularning tabiattdagi o‗rni ochib berila-di. Uqilgan badiiy asarlar xmisolida o‗tkazilgan suhbatlarda, tabiatga yaxshi munosabatda bo‗lish va toshbag‗irlik bilan qa-rash dalillari muhokama qilinadi.
Matematika fanida beriladigan ekologik ta‘lim-tarbiya. jarayonida tarbiyalanuvchilar
tabiatdagi salbiy yoki ijobiy o‗zgarish-lar inson sog‗lig‗iga qanday ta‘sir qilishi haqida aniq tasavvurga ega bo‗lishadi. Masalan, respublikada 1200 ga yaqin sa-doat korxonasi borligi, ular havoga bir yarim ming tonnaga yaqin zaharli moddalarni chiqarayottanligi, bunday holat ,10 yil,
20 yildan keyin shu maromda ketaversa nimalarga olib-kelishi mumkinligi kabi misollar vositasida ekologik falo-kat oqibatlari abiat hodisalarini kuzatishga o‗rgatishda ekologik to‗ga-raklarni ta‘siri katta.
Uqituvchining bolalarga ekologik ta‘lim va tarbiya beri-shida xalqimizning o‗ziga xos milliy tarbiyasidan o‗rinli foy-dalanishi yaxshi samara beradi. Milliy tarbiyamizda to‗rt nar-sa — yer, suv, tuproq, havo muqaddas hisoblangan. Xalqimiz juda qadim zamonlardan suvga e‘tiqod qo‗yib,. yozning eng ja-zirama «unlarida «Suv sayli» o‗tkazgan. Ota-bobolarimiz «Suv — tabiat in‘omi, hayot manbai» deb bejiz aytishmagan. Har tomchi suvni gavhardek qadrlab, bog‗-rog‗lar yaratishgan.
Ma‘lumki, yer yuzining to‗rtdan uch qismi suv bilan qoplan-gan. Ammo faqa|t 500 ming km3 ga yaqin chuchuk suv bor, xolos. Demak, ichimlik suvidan ham tejab-tergab foydalanish kerak.
Donishmandlik durdonasi hisoblangan hadislar ta‘lim-tarbiyani singdirishga katta yordam beradi. Tabiatni muhofaza qilish haqidagi hadislarda ham diqqatga sazovor fikrlar ay-tilgan. Masalan, «Soyasidan xalq foydalanib turgan daraxtni kesib yuborgan odamni tangri do‗zaxga mahkum etur», deb inson-larni qo‗rqitish orqali ggabiatga zarar keltir'maslik targ‗ib qilinsa,
«Dehqonchilik bilan shug‗ullaninglar, dehqonchilik muborak kasbdir. Unga qo‗riqchilarni ko‗paytiringlar» deyish bilan halol mehnat samarasini «o‗rish zarurligini uqtirila-di. «Qaysi bir musulmon ekin eksa yoki biror daraxt o‗tqizsa, so‗ng uning mevasidan qush yoki hayvon yesa, uning ekinidan yeyil-gan narsaning har biridan unga sadaqa savobi yoziladi» deyil-gan hadis misolida bag‗ri kenglik, jonzodlarni asrash zarur-ligi g‗oyasi ulug‗lanadi. «Ekmak niyatida qo‗lingizda ko‗chat tur-gan paytda bexosdan qiyomatqoim bo‗lishi aniq bo‗lganida ham ulgursangiz, uni ekib qo‗yavering», «Kim suv toshqinini to‗xtat-sa yoki yong‗inni o‗chirsa, unga shahidlik ajri beriladi», kabi hadislarda ekologiya va ta'biat muhofazasiga oid tushunchalar bordir.
Demak, ota-bobolarimiz azal-azaldan tabiatga yuksak mehr va ehtirom ko‗rsatishgan. Yurtni obod etishgan, ko‗chalarni, hovlilarni sarishta saqlashgan. Xalqimizning tabiatga munosabati urug‗ qadash, qovun sayli, Suv sayli, Uzum sayli, Hosil bayrami, Gul bayrami, Navro‗z bayrami, Xirmon to‗yi kabi bayramlarida ham ifodalangan. Bunday tabiat bayramlari ularning hayot tarziga aylanib ketgan.
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so‗ng bu diyorni obod etish, uning atrof-muhitini toza saqlash, har bir fuqaro-ning insoniy burchiga aylandi. Obodonchilik va orastalik, po-kizalik va tejamkorlik, xushxulqlik va xushmuomalalik har byar inson uchun, xususan, pedagoglar va tarbiyalanuvchilar uchun ham eko-logik ma‘naviy mezondir. Uquvchilar ekologik tarbiya ishlari jarayonida quyidagilarni bilishlari zarur:
Tabiat haqida tushuncha, tabiiy muhit, tabiiy omillar va ular orasidagi bog‗lanish;
Tabiat boyliklaridan tejab-tergab foydalanish va ularni muhofaza qilish;
Atrof-muhitni ifloslanishlardan saklash;
Tabiatni kelajak avlodlar uchun tabiiy holda qoldi-rishga intilish.
Yuqoridagi omillar asosida ekologik tarbiyalash tarbiyalanuvchi-larda tabiatni muntazam kuzatib borishga qiziqishni uyg‗ota-di, tabiatni himoya qilish uchun kurashishga, uning go‗zalligini asrab-avaylashga olib keladi. Tabiatga muhabbatni va unga ehtiyotkorlik hissini tarbiyalash shaxsda axloqiy belgilarni rivojlantirishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |