Kurs ishi tanlangan mavzuning dolzarbligi asoslangan kirish qismidan, ilmiy rahbar bilan kelishib tuzilgan rejaga ko‘ra nazariy va amaliy masalalar yoritilgan asosiy bo‘limdan, shuningdek, xulosa va takliflar yozilgan xotimadan iborat ishdir.
Rejadagi ko‘zda tutilgan masalalar tarkibiy mavzuning mohiyatidan kelib chiqishi, aniq bo‘lishi va o‘rganilayotgan muammoni har taraflama aks ettirishi muhimdir.
Rejadagi har bir masala o‘zaro bog‘langan bo‘lishi lozim, ularni yoritishda esa matematika o‘qitish metodikasining mohiyatini va nazariy asoslarini aks ettiruvchi tushunchalarning biror ta’lim muassasalarining amaliy ish faoliyatiga bog‘langan bo‘lishi ham e’tibordan chetda qolmasligi kerak.
Ushbu bosqichda talaba adabiyotlar, internet ma’lumotlari va boshqa manbalar asosida mavzuni har tomonlama yoritish maqsadida ma’lumotlar to‘playdi va ular bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshiradi. Kurs ishi mavzusini to‘la yoritib berish uchun ilmiy-metodik manbalarning o‘zigina yetarli emas. Buning uchun ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish hamda ularni umumlashtirishga intilish lozim.Tajribali o‘qituvchi tashkil etilgan o‘quv-tarbiya jarayonini kuzatar ekan, uning materiallarini to‘playdi va nazariy materiallarni asoslashda ulardan misollar tarzida foydalanadi. Kurs ishi rejadagi ayrim masalalarni yoritishda maktabda ishlash, pedagogik amaliyot va kuzatish vaqtida to‘plangan amaliy materiallardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Agar kurs ishini yozish vaqti o‘qituvchi talabaning ana shu mavzuga oid materiallarni o‘qitish vaqtiga mos kelsa, o‘z shaxsiy tajribalarini yoritishi ham mumkin. O‘quvchilardan so‘rash va ijodiy ish o‘tkazish orqali talaba-o‘qituvchi bilim berish, mustahkamlash va takrorlashda qo‘llagan o‘z metod va usullarining naqadar samarador ekanligini, ish natijalarining yuqori yoki past bo‘lishi sabablarini belgilab olishi hamda o‘quvchilar bilimidagi kamchiliklarni bartaraf qilish yo‘llarini topishga urinib ko‘rishi mumkin. Talaba-o‘qituvchi shaxsiy tajribalarini umumlashtirish jarayonida kichik tajriba (eksperiment) tayyorlashi va o‘tkazishi mumkin. Bu tajribanatijasidan esa, kurs ishini yozishda foydalanishi mumkin. Ikkinchidan, adabiyotlarni o‘rganish orqali ular qaysilariga asoslanib ish olib borishini belgilab olishi zarur.Uchinchidan, ilmiy izlanish obyektini belgilab olishi lozim. Pedagogik eksperiment o‘tkazish maqsadida eksperiment asosida tekshirib kuriladigan masalani ilmiy rahbar yordamida, avvalo qismlarga bo‘lib chiqish, ilmiy-tekshirish rejani tuzish lozim. Eksperimental o‘qitish jarayonida esa, bu rejaga amal qilinadi. So‘ngra eksperimental o‘qitish materiallari to‘planadi, analiz qilinadi, xulosalar chiqariladi.
Maktabda, biror sinf o‘quvchilari bilan ishlamaydigan talaba uchun o‘z shaxsiy pedagogik tajribalarini umumlashtirish imkoni bo‘lmaydi. Ammo u ham pedagogik amaliyot davrida hosil qilgan ozgina tajribasini, xulosalarini umumlashtirish, kurs ishida ulardan foydalanish mumkin.
Kurs ishi nazariy jihatdan turli manbalardagi ma’lumotlar tahliliga asoslangan bo‘lib, mavzuga mos muammolar, takliflar, sxema, grafik, jadval va diogrammalarda mujassamlashtirilgan bo‘lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |