Kurs ishi rejasini tuzish



Download 22,26 Kb.
bet1/2
Sana02.07.2022
Hajmi22,26 Kb.
#730863
  1   2
Bog'liq
Kurs ishi bo\'yicha ko\'rsatma


Kurs ishi rejasini tuzish.
Kurs ishi tanlangan mavzuning dolzarbligi asoslangan kirish qismidan, ilmiy raxbar bilan kelishib tuzilgan rejaga ko’ra nazariy va amaliy masalalar yoritilgan asosiy bo’limdan, shuningdek, xulosa va takliflar yozilgan xotimadan iborat ishdir.
Rejadagi ko’zda tutilgan masalalar tarkibiy mavzuning mohiyatidan kelib chiqishi, aniq bo’lishi va o’rganilayotgan muammoni har taraflama aks ettirishi muhimdir. Rejadagi har bir masala o’zaro bog’langan bo’lishi lozim.
Quyida reja tuzish tartibi misol tariqasida keltirilmoqda.
Mavzu: Kasb-hunar ta’limida seminar mashg’ulotlarni rolli o’qitish usullari
yordamida tashkil etishni takomillashtirish.
Reja:
1. Kirish.
2. Asosiy qism:
2.1 Kasb-hunar ta’limida seminar mashg’ulotlar mazmuni.
2.2 Kasb-hunar ta’limiga hos pedagogik metodlar.
2.3 Kasb-hunar ta’limida seminar mashg’ulotlarni tashkil etishda rolli o’qitish
usullarini qo’llash metodlari samarasini oshirish.
2.4 O’qitishni tashkil etishda rolli o’qitish usullarini qo’llashni
takomillashtirish masalalari.
3. Xulosa va takliflar
4. Foydalanilgan adabiyotlar
5. Ilovalar
Kurs ishi matnini yozish.
Kurs ishini bajarishda uni yozish va rasmiylashtirish muhim va ma’suliyatli bosqich hisoblanadi. Kirish qismida talaba tanlagan mavzuning dolzarbligi, maqsadi, vazifalari, ahamiyati, uni o’rganish darajasi, metodlari, yangiligi, muammoni o’rganishga qaratilganligi, va kurs ishi bo’yicha o’z oldiga qo’ygan masalalar mazmunining qisqa (3-4 bet) bayon etadi. Shuningdek, kurs ishining kirish qismida mavzuning hozirgi kundagi dolzarbligi, amaliy ahamiyati, rivojlantirishga nisbatan talablari, maqsadi, vazifasi, amaliy ahamiyati, ilmiy ahamiyati, iqtisodiy samarasi, axborot bazasi, yangiligi kabi ilmiy-ijodiy talablarga javob berishi lozim. Kurs ishi kirish qismida mavzuning asl masalasi, tadqiqot printsiplari, ishni yoritishning metodik omillari, tahlil printsiplari keltirilgan bo’lishi lozim.
Asosiy qismda belgilangan savollarni yoritishda masalaga uzviy bog’liq bo’lgan nazariy bilimlar bilan bir qatorda talaba tomonidan to’plangan materiallar, statistik ma’lumotlar, yoritiladi va taxlil qilinadi. Olingan natijalar, yangiliklar, g’oya va fikrlar ilmiy jihatdan asoslanadi va o’rganilgan adabiyotlar, me’yoriy xujjatlar va boshqa manbalardan to’plangan ma’lumotlar to’la tahlil qilinadi. Agar talaba mavzu bo’yicha olgan natijalarni tanqidiy baxolay olsa kurs ishining qiymati yanada oshadi. Asosiy qismda mavzu moxiyati yanada kengroq ochishda mavzuga doir chizmalar va jadvallarni (xaritalar) ko’rsatib o’tish mumkin.
Nazariy tomondan o’rganilayotgan masala chuqur yoritilgandan so’ng kurs ishini bajaruvchi nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan o’zaro bog’lay olishi kerak. Ish bo’yicha berilayotgan takliflar asosli bo’lishi va takliflar aniq, lo’nda va tushunarli qilib bayon qilinishi kerak.
Talaba kurs ishi matnini yozishda adabiyotlar va manbalardan olingan sitatalar va mualliflarning qarashlari qo’shtirnoq ichida berilishiga e’tibor berilishi lozim.
Xulosa qismida kurs ishining barcha qismlari doirasida bajarilgan ishlarga umumiy yakun yasaladi. Ushbu kurs ishi doirasida erishilgan asosiy natijalar xulosa va takliflar, tavsiyalar ko’rsatib o’tiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatini tuzishda ishning xulosa qismidan keyin keltiriladi, ro’yxatga faqat ishni yozish jarayonida muallif tomonidan foydalanilgan adabiyotlar, qonunlar, qarorlar, maqolalar, tezislar, avtoreferetlar, jurnallar, gazetalar va x.k.lar kiritiladi.
Amaldagi «Xujjatlarni bibliografik ro’yxatga olish» davlat standartiga muvofiq kurs ishlarida foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatida quyidagilar keltiriladi:
- kitob, monografiya, darslik, o’quv qo’llanmalar uchun muallif (lar) ning familiyasi, ismi, va otasining ismi bosh harflari, kitobning nomi, nashr joyi (shahar), nashriyot nomi, nashr yili, betlar ;
- to’plamdagi maqolalar va tezislar uchun muallif (lar) ning familiyasi, ismi va otasining ismi bosh harflari, maqola nomi, to’plamning nomi, nashr joyi (shahar) nashr yili, betlar to’plamdagi maqola nomi to’plam nomidan // belgisi bilan ajratiladi.
- jurnaldagi maqolalar uchun muallifning familiyasi, maqola nomi, jurnal nomi yili, betlari, maqola nomi ham jurnal nomidan // belgisi bilan ajratiladi.
Kurs ishida foydalanilgan manbaalar adabiyotlar ro’yxatidan alfavit bo’yicha joylashtiriladi. Agar talaba ayrim ma’lumotlarni internetdan olgan bo’lsa, muallif va ishning nomi keyin WEB sayti ko’rsatiladi.
Kurs ishini yozish jarayonida talaba adabiyotlarida keltirilgan boshqa olim va mutaxassislarning fikrlarini keltirish mumkin. Bunday xollarda matnda ushbu adabiyotlardan foydalanilganlik belgisi qo’llaniladi.
Ayrim vaqtlarda mavzuga oid qonunlar, xukumat qarorlari va me’yoriy xujjatlardan aynan ko’chirmalar keltiriladi. Bunday hollarda satr osti izohi beriladi.
Satr osti izohlari sahifa so’ngida berilib, matnda har bir sahifa uchun ketma – ketlik asosida raqamlanadi yoki yulduzchalar bilan belgilanadi.
Ilovalar qismida kurs ishi mavzusiga oid chizmalar, jadvallar, klaster texnologiyasi asosidagi kategoriyalar va turli tushuncharni keltirib o’tishi yoki matn tarzida atamalar asosida izohlarni keltirib o’tishi lozim. Ilovalar qismida kurs ishi mavzusiga tegishli boshqa chizmalardan ham foydalanish mumkin.
Kurs ishini yozishda talaba avallo raxbarning ko’rsatma va maslahatlariga rioya etishi zarurdir.

Kurs ishi qismlari quyidagicha joylashtiriladi: jild varag’i, mundarija, kirish, asosiy qism, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati, ilovalar.


Ilovada turli xujjatlar, katta xajmdagi chizmalar, jadvallar va shu kabilar beriladi. Kurs ishi yuzasiga taqriz uchun oq qog’oz qo’yilishi maqsadga muvofiqdir. Kurs ishi materiallarida ilovalarni keltirish tartibi harb bir berilayotgan mavzuga tegishli ilovaning jadval, matn, rasm, animatsion ko’rinishlari pastki qismida ilovaning nomi keltirilishi, izohlari berilishi lozim. Ilovalarni keltirishda hisob ishlari, kasb-hunar ta’limida ma’lum mavzuga tegishli hisob jadvallarini kiritishning qiymati, natijasi aniq va ravon keltirilishi lozim. Unga ko’ra ilovalarni mavzuga tegishli hisob ishlari yoki kurs ishlari jadval va grafiklarining ijodik xususiyatini aks ettiradi.



Download 22,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish