Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samrqand davlat universiteti boshlang‘ich ta’lim fakulteti 3-kurs 3O6-guruh talabasi


-sinfda “Talaffuzda tushib qoladigan undoshlar” mavzusi ustida



Download 33,67 Kb.
bet7/8
Sana01.01.2022
Hajmi33,67 Kb.
#292853
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ikkinchi sinfda jarangli va jarangsiz undoshlarni o’rgatish

3-sinfda “Talaffuzda tushib qoladigan undoshlar” mavzusi ustida

ishlash


16





Fonetik tushunchalar ustida ishlash ona tili o‘qitish tizimida asosiy vazifalardan biri sanaladi. Chunki tovush tilshunoslikda til birligi sifatida muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun tovush ma‘no farqlovchi fonema sifatida boshlang‘ich sinflardan boshlab o‘rgatib boriladi.

  1. sinfda fonetik tushunchalarga oid bilimlar yanada kengaytiriladi.

3-sinfda sinfda —Talaffuzda tushib qoladigan undoshlarl mavzusi asosida o‘quvchilar so‘z oxirida tushib qoladigan undoshli so‘zlar va ularning imlosi bilan tanishadilar. Quyida aynan shu mavzu asosida tashkil qilingan dars ishlanmasini keltirib o‘tamiz.

Mavzu: Talaffuzda tushib qoladigan undoshlar

Darsning maqsadi: Talaffuzda tushib qoladigan undoshlarning imlosini takrorlab, mustahkamlash; chiroyli yozuv malaka va ko‘nikmalarini takomillashtirish; Vatanga mehr-muhabbat tuyg‘ularini tarbiyalash.

Darsning turi: takrorlash, mustahkamlash.

Darsning metodi: suhbat, savol-javob, kuzatish.

Darsning jihozi: shahar va qishloqlarning bugungi go‘zal qiyofasi tasvirlangan rangli rasmlar.

Darsning borishi:

Darsni tashkil etish. O‘quvchilarning darsga tayyorgarligi kuzatiladi. Yoddan yozuv diktanti.

53-mashqdagi she'r kitobdan bir necha marta o‘qitiladi (o‘qituvchi bilan birgalikda jo‘r bo‘lib, ovozsiz, ichdan, yakka holda).

Farzand bo’lib maqtayman,

Xursand bo’lib maqtayman.

Shu o’lka suvin ichdim,

Dilband bo’lib maqtayman.

Onajon O’zbekiston,

Mehribon O’zbekiston.

Po’lat Mo’min

O‘qituvchi o‘quvchilar she‘rni yod olganlariga ishonch hosil qilgach, kitoblar


17





olib qo‘yiladi. O‘quvchilarga she‘rni yoddan mustaqil yozish tavsiya etiladi. O‘quvchilar yozganlarini kitobdan tekshiradilar. Talaffuzda tushib qoladigan undoshlarning imlosini kuzatish, o‘rgatish. So‘z oxirida tushib qoladigan t, d undoshlarining imlosi 54-mashqni o‘quvchilar jamoasi bilan doskada va daftarda bajarish orqali eslatiladi. O‘quvchilar mashq talabini bajarib, so‘zlarni qayta o‘qib, yozganlariga qiyoslaydilar. O‘qituvchi rahbarligida bunday so‘zlarning talaffuzi va yozilishidagi farqni aniqlaydilar, shu so‘zlar bilan og‘zaki gaplar tuzadilar. Darslikdagi qoida ustida ishlanadi. O‘qituvchi qoidani tushuntirgach, o‘quvchilar uni kitobdan o‘qiydilar, qoidaga mos misollar tanlaydilar, o‘quvchilar aytgan so‘zlardan 6 - 8 tasi doskaga (talaffuzda tushib qoladigan undoshlar o‘rniga nuqta qo‘yilgan holda) ikki ustun

shaklida yozib boriladi.

Samarqan... Toshken...

Payvan... darax...

Bahraman... kaf...

O‘quvchilar birinchi ustundagi so‘zlarning oxiriga —dl, ikkinchi ustundagi so‘zlarning oxiriga —tl undoshlarini qo‘yib, so‘zlarni ko‘chiradilar. O‘qituvchi so‘zlarni o‘qiydi. Bolalar so‘zlarning aytilishi bilan yozilishini kuzatib boradilar. Birinchi ustundagi so‘zlar o‘qilganda —dl undosh tovushining tushib qolayotganini, ikkinchi ustundagi so‘zlar o‘qilganda esa —tl undosh tovushi tushib qolayotganini aniqlaydilar. Qoidani bilganlaricha aytib beradilar. So‘ngra 55-mashq bajariladi. Mustaqil ish. O‘qituvchi doskaga farzan., mush., balan., mashinis., dilban., g‘ish., ros. so‘zlarini yozib qo‘yadi, o‘quvchilarga nuqtalar o‘rniga —dl, —tl undoshlaridan mosini qo‘yib, doskada berilgan so‘zlarni ikki ustun shaklida yozishni topshiradi

va birinchi ustunga oxirida —dl harfi yoziladigan so‘zlarni yozish tushuntiriladi. Mustaqil ish o‘quvchi rahbarligida tekshiriladi.

Mantiqiy mashq.

57-mashq. Bu mashq topshirig‘iga ko‘ra og‘zaki bajariladi. O‘quvchilarning diqqati juft, to‘rt so‘zlarining talaffuzi va imlosiga qaratiladi. Bu so‘zlar o‘quvchilarga


18





takror-takror talaffuz qildiriladi. Talaffuzda to‘rt emas to‘r eshitilayotgani, bunda so‘z ma'nosi butunlay o‘zgarib ketganligi, juft so‘zini talaffuz qilishda juft emas, jup, ya'ni —fl o‘rnida —pl eshitilayotgani, shunga qaramay, bu so‘zlar aslicha yozilishi tushuntiriladi. So‘ngra gap mazmunan qanday gap ekanligi aniqlanadi. Gap mantiq tomondan ko‘rib chiqiladi va unda so‘raldayotgan narsa qanday joylashtirilishi haqida xulosa chiqariladi.

Husnixat mashqlari. Husnixat uchun material.

Uu. Umid, Murod, Umid Murod bilan inoq.

Darsni yakunlash.

Uyga vazifa: 56-mashq. Talaffuzda —dl, —tl undoshlari tushib qoladigan so‘zlardan 10 ta topib yozish.

Dars davonida o‘quvchilarning bilimini mustahkamlash, orfografik hushyorligini ta‘minlash uchun “So’z ichida ketma-ket kelgan har xil undoshlar” mavzusiga doir ta‘limiy mashqlarni o‘ylab toppish, ijod qilish hamda ularni dars davomida qollash yaxshi samara beradi. Quyida ana shunday mashqlardan misollar keltirilgan.

Tushunchani so’z bilan ifodalash mashqlari:

Onalarda tugamaydigan —narsal (mehr)

Eng yaqin o‘rtoq (do‘st)

O‘zbekistonning poytaxti (Toshkent)

Nomi shirinlik bilan tugaydigan shahar (Samarqand)

Ayollar bayrami oyi (mart)

Va‘dasida turadigan, saxiy (mard)

Ertaklardagi podshohlar yashaydigan joy (qasr)

Yuz yil (asr)

Hech to‘xtamaydigan jarayon (vaqt)

Bolalar yaxshi ko‘radigan shirinlik (qand)

Antonim so’zlardan:

Xafa emas (xursand)

Tez emas (sust)


19



Baland emas (past)

Suyak emas (go‘sht)

Yolg‘on emas (rost)

Bo‘sh emas (band)

Aql emas (jahl)

Nasiya emas (naqd)

Loy emas (g‘isht)

Vodiy emas (dasht)

Bunday mashqlar o‘quvchining so‘z boyligini oshiradi, darsga bo‘lgan

qiziqishini orttiradi.

Mavzu: Diktantni tahlil qilish. Yo‘l qo‘yilgan xatolar ustida ishlash. O‘rganilgan mavzularni mustahkamlash mashqlarni bajarish.

Maqsad: Xatolar ustida ishlash ko‘nikmasini shakllantirish; jarangli va jarangsiz undoshlarni, talaffuzda tushib qoladigan va ketma-ket kelgan bir xil undoshli so‘zlarni to‘g‘ri yozish ko‘nikmasini o‘stirish.

Darsning borishi.

Diktant natijasi haqida tushuntirish.

  1. Ko‘pchilik o‘quvchilar yo‘l qo‘ygan xatolar ustida ishlash.

  1. Diktant matnidagi so‘z oxirida talaffuzda tushib qoladigan undoshli so‘zni va shu qoidaga mos o‘zingiz yozgan so‘zlarni o‘qing.

  2. So‘z ichida ketma-ket kelgan bir xil undosh harf yozilgan so‘zlarni o‘qing. Talaffuzda tushib qoladigan undoshli va ketma-ket kelgan bir xil undoshli so‘zlarni xato yozgan o‘quvchilar shu so‘zlarni to‘g‘ri yozadilar. Boshqa o‘quvchilar aytilishida tushib qoladigan va ketma-ket ikkita bir xil undosh harf yoziladigan so‘zlarga ikkitadan misol aytadilar va yozadilar.

  1. Darsni yakunlash.

  2. Tarqatma materiallar bilan ishlash.

  3. Uyga vazifa. O‘rganilgan qoidalarni yodda tutish.

Mavzu bo’yicha dars ishlanma


20





Download 33,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish