Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samrqand davlat universiteti boshlang‘ich ta’lim fakulteti 3-kurs 3O6-guruh talabasi



Download 33,67 Kb.
bet1/8
Sana01.01.2022
Hajmi33,67 Kb.
#292853
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ikkinchi sinfda jarangli va jarangsiz undoshlarni o’rgatish



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI


OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAMRQAND DAVLAT UNIVERSITETI
BOSHLANG‘ICH TA’LIM FAKULTETI
3-KURS 3O6-GURUH TALABASI

Obloqulova Baxtigulning



ONA TILI O’QITISH O’QITISH METODIKASI

fanidan


Ikkinchi sinfda jarangli va jarangsiz undoshlarni o’rgatish

uslubiyati




KURS ISHI


mavzusida bajargan


Topshirdi : Ilmiy rahbar:


B.Obloqulova

Sh.G’iyosova


1



Samarqand -2O2O


Mavzu : 2-sinfda jarangli va jarangsiz undoshlarni o’rgatish

uslubiyati




KIRISH.

  1. ASOSIY QISM.

1.1 Tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlarning xususiyatlari bilan tanishtirish.

  1. “Aytilishda tushib qoladigan undoshlar” mavzusu ustida ishlash

  2. “Talaffuzda tushib qoladigan undoshlar” mavzusi ustida ishlash Xulosa.

Foydalanilgan adabiyotlar.


2



KIRISH.


Kurs ishining dolzarbligi: O‘zbekiston Respublikasi mustaqillik sharofati bilan taraqqiyot bosqichiga ko‘tarildi. Respublikamiz birinchi Prezidenti I. A. Karimovning rahnamoligi va bevosita ishtirokida ishlab chiqilgan —Kadrlar tayyorlash Milliy dasturill O‘zbekiston ta'lim tizimining samarasi va yutug‘i ekanligi shak-shubhasizdir. Mustaqillik sharofati bilangina bunday keng miqyosli ijtimoiy loyihalarni hal etish imkoniyati paydo bo‘ldi. Faxr va iftixor tuyg‘ulari bilan aytishimiz mumkinki, yurtimizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari yuz yillarga tatigulik mazmun-mohiyat kasb etmoqda. 1 —Barcha ezgu niyatlarimizning markazida farzandlarimizni ham jismoniy, ham ma'naviy jihatdan sog‘lom qilib o‘stirish, ularning baxt-u saodati, farovon kelajagini ko‘rish, dunyoda hech kimdan kam bo‘lmaydigan avlodni tarbiyalash orzusi turadil.

Iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, madaniy va ma'naviy sohalarda amalga oshirilayotgan jarayonlar, yangiliklar ana shu niyatlarimizning pirovad natijasidir.

—Maktabga e'tibor — kelajakka e'tiborl degan olijanob shior yurtimizda keng tarqalib, ustuvor davlat siyosati va umumxalq harakati sifatida hayotda o‘zining amaliy aksini topmoqda. Darhaqiqit, kecha, bugun va ertangi kun istiqboli va taraqqiyotida o‘qituvchining o‘rni va roli beqiyosdir. Har bir davrda ta'lim-tarbiya jamiyat munosabatining asosi sanalgan. Ta'lim jarayonining yadrosi sanalgan o‘qituvchi zimmasiga bugungi kun katta talablar qo‘ymoqda. Ta'limda hamma narsa tarbiyachining faoliyatiga asoslanishi kerak. Shaxsning rivojlanishi va shakllanishiga shaxs ta'sir ko‘rsata oladi, xarakterini faqat xarakter vositasida yaratish, vujudga keltirish mumkin. Bolalarni shaxs sifatida 11


11 I. A. Karimov. O‘zbekiston Konstitutsiyasi - biz uchun demokratik taraqqiyot yo‘lida va fuqarolik jamiyatini barpo etishda mustahkam poydevordir.—Xalq so‘zil gazetasi, 2009- yil, 6- dekabr soni.


3





shakllantirish masalasi o‘qituvchi uchun, mashhur muallim, faylasuf va shoir Abdulla Avloniy aytganlaridek, —Yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo sadoqat, yo falokat masalasidirl.

—Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarimizning bugun qanday ta'lim va tarbiya olishiga bog‘liq. Buning uchun har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida, avvalo, shaxsni ko‘rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish - ta'lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi bo‘lishi lozim, deb qabul qilishimiz kerak. Bu esa ta'lim- tarbiya ishini uyg‘un holda olib borishni talab etadi.

Ta'limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta'limdan ajratib bo‘lmaydi — bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasil. 2

Boshlang‘ich sinflarda ona tili ta'limi bolalarning tafakkur qilish faoliyatlarini kengaytirishga, ularda erkin fikrlay olish, o‘zgalar fikrini anglash, o‘z fikrini og‘zaki va yozma ravishda ravon bayon qila olishga, jamiyat a'zolari bilan erkin muloqotda bo‘la olish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu o‘rinda ona tili ta'limiga o‘quv fani sifatida emas, balki butun ta'lim tizimini uyushtiruvchi ta'lim jarayoni sifatida qarash lozimligini alohida ta'kidlash joizdir.

Boshlang‘ich ta'lim davlat qonunini hayotga tadbiq etishda muhim bosqich hisoblanadi. —Bolaning jismoniy va psixologik rivojlanishidagi eng asosiy davr - bu boshlang‘ich sinf davridir. Hammamiz bilamizki, sobiq tuzum sharoitida bu masalaga, afsuski, yetarlicha ahamiyat berilmas edi. Quyi sinflarga dars berish, asosan, o‘rta maxsus ma'lumotga ega bo‘lgan muallimlarga topshirib qo‘yilgan edi. Boshlang‘ich ta'limning yosh avlod hayotidagi roli va ahamiyatini hisobga olgan holda, bunday nomaqbul holatga butunlay barham berildi va bu vazifani bugungi kunda oliy ma'lumotli, yuksak professional mahoratga ega * 4


  1. I. Karimov. Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. Toshkent.llMa'naviyatll, 2008, 61-bet.


4



bo‘lgan pedagogik kadrlar bajarmoqdal. 3 4 5

Boshlang‘ich sinflarda unoshlar haqida tushunchalarni shakllantirish ancha murakkab ish hisoblanadi. Ba‘zan katta yoshdagi o‘qimishli kishilarning ayrimlari ham unli-undosh, jarangli-jarangsiz, bo‘g‘in yoki urg‘u tushunchalarini farqlayolmaydi. O‘quvchilar unli tovushni undosh tovushdan ongli farqlashlari uchun u tovushlarning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘zlashtirishlari talab etiladi. Tovush murakkab tushuncha bo‘lganligi uchun boshlang‘ich sinflarda unga ta'rif berilmaydi. Shunga qaramay, —Bolalarda tovush haqida to‘g‘ri ilmiy tasavvur amaliy mashqlar orqali hosil qilinadi4

Shunga e'tibor berish kerakki, adabiy tilning fonetikasini o‘rganish natijasida o‘quvchilar nutqidagi har xillik yo‘qoladi. Shuningdek, fonetik tushunchalarni puxta o‘zlashtirmagan o‘quvchi orfografik (imloviy) tushunchalarga ham ega bo‘lmaydi.

Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida fonetik-grafik tushunchalar ustida ishlash jarayoni o‘quvchilarda imloviy malakalarni shakllantirishda asosiy davr hisoblanadi, bu davr o‘quvchi savodli yozuvining shakllanishida muhim bosqich bo‘lib, fonetik-grafik tushunchalar bilan bog‘liq mavzularni o‘rganish dolzarbligini e‘tirof etadi.


Download 33,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish