Hosil bo’lish o’rniga ko’ra undoshlar uch turga bo’linadi.
Til undoshlari. To’rt xil bo’ladi: a) til oldi: d,j,z,l,n,r,s,t,ch,sh.b) til o’rta: y. c) til
orqa: k,g,ng. d) chuqur til orqa.
Lab undoshlari. Bevosita lablar ishtirokida hosil qilinuvchi tovushlar bo’lib,
ulargab,v,m,p,fundoshlari kiradi. Bular ham o’z navbatida ikki turga bo’linadi. A) lab-lab undoshlari: b,p,m. B) lab-tish undoshlari: v,f. Lab tish
undoshlari boshqa tillardan o’zlashgan so’zlar tarkibida keladi: vagon, vaqt, vafo, fazo, farmon, telefonkabi.
3Bo’g’iz undoshlari:h
Hosil bo’lish usuliga ko’ra undoshlar uch turga bo’linadi.
Portlovchi undoshlar ikki nutq a’zosining o’zaro jipslashuvi va o’pkadan
chiqayotgan havo oqimining ana shu a’zolariga zarb bilan urilib, portlab o’tishidan hosil bo’ladi: b,g,d,j,k,p,t,ch,q. portlovchilar ham o’z xususiyatiga ko’ra ikki turga bo’linadi: sof portlovchilar: b,g,d,k,p,t,q. Qorishiq portlovchilar: ch,j.
Sirg’aluvchi undoshlar ikki nutq a’zosi o’zaro yaqinlashuvi va havo oqimining ana shu ikki a’zo orasida ishqalanib-sirg’alib chiqishi bilan hosil bo’ladi va unga v,j ,z,y,s,f,x,h,sh,g’undoshlari kiradi.
Masalan, havo oqimining ikki lab o’rtasidagi yoki pastki lab bilan yuqori tishlar orasidagi tor oraliqdan sirg’alib o’tishi v, f undoshlarini;Til bilan yuqori milk o’rtasidagi tor oraliqdan sirg’alib o’tishi j,z,s,shundoshlarini; Tilning o’rta qismi bilan qattiq tanglay o’rta qismi orasidagi tor oraliqdan sirg’alib
o’tishiyundoshini;Tilning o’rta qismi bilan tanglayning orqa qismi o’rtasidagitor oraliqdan sirg’alib oTishig^xundoshlarini^Bo^gTzdagi un paychalari orasidagi tor oraliqdan sirg’alib o’tishihundoshini hosil qiladi.
Portlovchi-sirg’aluvchi undoshlar portlash va sirg’alish jarayoning bir vaqtda yuz berishi natijasida vujudga keladi. Bularga m,n,ng,rundoshlari kiradi.
Tarkibida yonma-yon bir xil undoshlar kelgan so’zlar qo’sh undoshli so’zlardir.
11
Ikki,chaqqonkabi so’zlarda undosh qismlari aniq talaffuz qilinadi va shunday yoziladi.
Million,artillereyakabi so’zlarda kelgan qo’sh undoshlar bir undoshdek talaffuz etiladi, lekin qo’sh undosh bilan yoziladi.
Gramm,metalkabi so’zlar oxirida kelgan qo’sh undoshlardan biri talaffuzda tushirilib qoldirilsa ham yozuvda hamisha ifodalanadi. Bunday undosh bilan tugagan so’zlarga qoshimchalar qo’shilganda qo’sh undoshning biri yozilmaydi.
Qatorundoshlarning talaffuzi va imlosi.Bir bo’g’inida yonma-yon ikki xil undosh kelgan so’zlar qator undoshli so’zlardir.So’z boshidagi qator undoshlar o’rtasiga yoki oldiga bir qisqa unli qo’shib talaffuz qilinsa ham bu qisqa unli yozilmaydi.Go’sht,do’st,bargkabi so’z oxirida kelgan qator undoshlardan biri talaffuzda tushib qolsa ham yozuvda ifodalanadi. Paxta nimcha o’simlik so’zlarida ham yonma-yon kelgan ikki undosh bor, lekin bu undoshlar bir bo’g’inda bo’lmaganligi uchun qator kelgan undoshlar hisoblanmaydi.
Quyidagi so’zlarning ichidan ng harfi bitta tovushni ifodalaydiganlarini ajratib oling va ular ishtirokida gaplar tuzing:bunga, tongga, so’nggi, arqonga, ko’nglim, bongi, jarangi, ingliz, arang senga, o’shanga.Tovushlar va harflar. Tovushlar va harflarga oid asosiy bilimlar o‘quvchilarning savod o‘rgatish jarayonida o‘rgangan amaliy bilimlariga asoslangan holda, 1-, 2-sinflarda beriladi, ularga oid ko‘nikma va malakalar hosil qilinadi. Tovushlar va harflar, unli va undoshlar, ularning harfiy ifodasi; bo‘g‘in, jarangli va jarangsiz undosh tovushlar haqida tushuncha beriladi. Bolalar shu bilimlar asosida aytilishi va yozilishida farq qiladigan so‘zlar; a va o, u va i tovushli so‘zlarning atilishi va yozilishi; so‘z oxirida kelgan jarangli b va d undoshlarining jarangsiz jufti p va t eshitilsa ham, b va d harfining yozilishi; ayrim so‘zlar oxirida kelgan d va t undoshlarining talaffuzda tushib qolishi, ammo yozuvda saqlanishi; yonma-yon kelgan ikki bir xil undoshli so‘zlarning aytilishi va yozilishini bilib oladilar 2.2. 2-sinfda “Aytilishda tushib qoladigan undoshlar” mavzusu ustida ishlash
O‘quvchilarga jarangli va jarangsiz undosh tovushlar talaffuzini kuzatishga
12
asoslanib tanishtiriladi. Bundajufti bor jarangli va jarangsiz undoshlar ajratiladi. Kuzatishda o‘quvchilar faol qatnashishi va ularga jufti bor jarangli undosh bilan jarangsiz undoshlarni ajratish qanchalik muhim ekanini yaqqol ko'rsatish uchun faqat bitta undosh tovush bilan farqlanadigan baqir — paqir, gul - kul, dil — til, zina — sina, joy — choy kabi so'zlardagi tovushlarni taqqoslash maqsadga muvofiq. Bunda o‘qituvchi o'quvchUar diqqatini b~p, v—f, g~k, d~t, z~s,j—ch, j—sh tovushlari bid jarangli, ikkinchisi jarangsiz undoshdan iborat tovush juftlarini hosil qilishiga qaratadi, ularning talaffuzidagi farqni amaliy tushuntiradi (jarangli undosh tovushlarda shovqin va qisman ovoz qatnashadi, jarangsiz undoshlarda esa faqat shovqin eshitiladi).
O‘zbek tilida ikki har xil undosh yonma-yon keladigan so‘zlar mavjud. Oxirida yonma-yon kelgan ikki undoshli rost, do’st, xursand, payvand, xo’rozqand kabi so‘zlardagi d, t undosh tovushlar ba‘zan aytilmaydi (talaffuz qilinmaydi), ammo yoziladi.
Dasturga ko‘ra, o‘quvchilar nutqida ko‘p qo‘llanadigan, ularning faol lug‘atiga aylangan ayrim so‘zlar misolida bunday so‘zlarning aytilishi va yozilishi haqida o‘quvchilarda ko‘nikma hosil qilish ko‘zda tutiladi.
dars
Mavzu: Aytilishda tushib qoladigan undoshlar
Ta‘limiy maqsad: So‘z oxirida aytilishida tushib qoladigan d va t undoshli so‘zlarning to‘g‘ri aytilishi va imlosi haqida ko‘nikma hosil qilish.
Ta‘rbiyaviy maqsad: o‘quvchilarni so‘zlarni orfoepik me‘yorlarga amal qilgan holda talaffuz qilishga o‘rgatish, ularda nutq madaniyatini shakllantirish.
Darsning borishi:
Oxirida yonma-yon kelgan ikki undoshli so‘zlarning to‘g‘ri aytilishi va yozilishini kuzatish.
Lug‘at ustida ishlash.
Lug‘at ustida ishlashda so‘zlarning izohi o‘qituvchi tomonidan aytiladi, o‘quvchilar izohga mos so‘zni topib aytadilar. Bi mashq —Bir so‘z bilan aytingll deb nomlanishi mumkin.
13
0’zbekistonning markaziy shahrining nomi. (Toshkent)
Biror o’simlikni boshqa o’simlik tanasiga ulab o’tkazish usuli. (Payvand) Ota-onaning o’g’il va qizi. (Farzand)
Tana qo’yib, shoxlar chiqarib o’sadigan o’simlik. (Daraxt)
Oziq-ovqat mahsuloti. (Go’sht)
Insonning yaqin kishilaridan biri. (Do’st)
Biror harakatni bajarish uchun astoydil bel bog’lash. (Qasd)
Odamning shod bo’lgandagi holati. (Xursand)
Amir Temur poytaxt qilgan shahar nomi. (Samarqand)
Bolalarning sevimli shirinligi nomi. (Xo’rozqand)
O‘quvchilar aytgan so‘zlarni o‘qituvchi doskaga yozib boradi.
Shu so‘zlarning oxirida nechta undosh harf yozilgan?
O‘qituvchi muammo mohiyatini qisqacha tushuntiradi: o‘zbek tilida mana shu kabi oxirida ikkita undosh yonma-yon kelgan so‘zlarni aytganimizda, ba‘zan so‘z oxiridagi d, t tovushlari tushib qoladi, ammo bu so‘zlarni yozganda, asliga muvofiq, ya‘ni oxiridagi undosh harfni tushirib qoldirmay, xursand, Samarqand, do’st, g’isht kabi yozamiz.
Aytilishda tushib qoladigan undoshlarni kuzatish.
So‘z oxirida d, t harflari tushirib qoldirilgan so‘zlarni yozdirish, aytilishi va yozilishni qiyoslash.
131-mashq. Nuqtalar o‘rniga d, t harflaridan mosini qo‘yib ko‘chiring.
Xursan... , balan... , darax... , pas... , farzan... , payvan... , ros... , do‘s... .
O‘quvchilarga qoidani darslikdan o‘qitish.5
Qoida: Samarqand, farzand, do'st, daraxt kabi so'zlar oxirida kclgan d, t tovnshlari ba'zan aytilmasa ham yoziladi.1
O‘quvrhi1arga qoidani tushuntirishda Samarqand, farzand, do’stj daraxt
so‘zlari bilan obod, ozod, hayot, iqtisod, ma’naviyat kabi so‘zlar qiyoslanadi, ya‘ni qoida ketma-ket kelgan undoshli so‘zlar uchun yozilganligi eslatib o‘tiladi
5 K. Qosimova, S. Fuzailov, A. Ne‘matova. Ona tili. Umumiy o‘rta ta‘lim maktablarining 2-sinfi uchun darslik. T., Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2012, 52-bet.
14
Aytilishda tushib qoladigan undoshlarning aytilishi va yozilishi haqidagi ko‘nikmani shakllantirish. Buning uchun darslikdagi 132-mashqdan foydalaniladi.
Mashq sharti quyidagicha: O‘qing. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning aytilishi va yozilishidagi farqni ayting.
Ona shahrim - azim Toshkent,
Go’zallikda tengsiz poytaxt.
Kelajagi buyuk shahar,
Quchog’ida yuz ochar baxt.
Ko’chalari ravon, nurli,
Binolari ko’rkam, baland.
Bo’lsam deyman bir koriga Yaraydigan komil farzand.
Abdurahmon Akbar 1 * * IV.
1. O‘qituvchi o‘quvchilarga —Men she‘rni o‘qib beraman, sizlar aytilishida tushib qoladigan d va t undoshli so‘zlarni aniqlab aytasizl topshirig‘ini berib, yuqoridagi she‘rni ifodali o‘qiydi. O‘quvchilar Toshkent, poytaxt, payvand, baland so‘zlarini aniqlaydilar (zarur bo‘lsa, o‘qituvchi yordam beradi).
O‘quvchilar 133-mashqni mustqil bajaradilar. O‘qituvchi o‘quvchilar javobini umumlashtiradi, mavzu haqidagi fikrlarni xulosalaydi.
Darsni yakunlash.
Savol: Darsda nimalarni bilib oldingiz?
IV. Uyga vazifa. 134-mashq. O‘rganilgan mavzuga mos to‘rtta so‘z yozish.
dars
Mavzu: Aytilishda tushib qoladigan undoshlar
Maqsad: So‘z oxirida aytilishida tushib qoladigan d va t undoshliso‘zlarning to‘g‘ri aytilishi va imlosi haqidagi ko‘nikmani o‘stirish.
15
Darsning borishi.
Uy vazifasini tekshirish.
Mashq parta oralab ko‘rib chiqilgach, bir necha o‘quvchi yozib kelgan so‘zlarni o‘qiydi, qanday yozganini tushuntiradi.
So‘zlarning aytilishi va yozilishini taqqoslash bilan aytilishda tushib qoladigan undoshlarning imlosi haqidagi ko‘nikmani mustahkamlash.
Izohli yozuv: o‘qituvchi quyidagi so‘zlarni to‘g‘ri qilib aytadi: payvand, farzand, baland, xursand, Samarqand, do’st, mashinist, juft, g’isht, go’sht.
O‘quvchilar navbat bilan so‘zlarni izohlab doskaga yozadilar, qolgan o‘quvchilar daftarlariga ko‘chirib yozadilar. Masalan, payvand so‘zida ikki bo‘g‘in bor: pay-vand, so‘z oxiridagi d undoshi aytilishda ba‘zan eshitilmaydi, ammo so‘z oxirida d harfi yoziladi.
135-mashqni birgalikda bajarish.
135-mashq. Maqollarni o‘qing.
Mehnatdan do‘st ortar. Boshingga qilich kelsa ham rost gapir. Rejasiz ish - olipsiz g‘isht. Baland tog‘da qor bo‘lar, mard kishida or bo‘lar.
Ikkita maqolni ko‘chiring. Aytilishi va yozilishida farq qiladigan so‘zlarning tagiga chizing.
136-mashqni mustaqil bajarish.
O‘z diktant yoki yoddan yozuv. 137-mashq.
Darsni yakunlash.
Uyga vazifa. 138-mashq.
Do'stlaringiz bilan baham: |