Mavzu:
|
Undosh tovushlar va harflar
|
Dars maqsadi:
|
|
Ta’limiy:
|
O' quvchilarning undosh tovushlar va undosh harflar haqidagi bilimlarini aniqlash, undosh tovushlarni hosil bolishi, ularni soz tarkibida aniqlay olishini mustahkamlash.
|
Tarbiyaviy:
|
Oquvchilarni topqirlikka orgatish, tabiat ne'matlarining foydasi haqida tushuncha hosil qilish, tabiatni asrashga, parvarishlashga o'rgatish.
|
Rivoj lantiruvchi:
|
O' quvchilarning undosh tovush va harflar haqidagi bilimlarini, so'z boyligini, chiroyli yozuv malakalarini rivojlantirish.
|
Dars turi:
|
Mustahkamlovchi dars.
|
Dars jihozi:
|
Undosh harlarning kesma shakli, narsalarning rasmlari, ko'rgazmalar, proektor, 1-sinf darsligi muallif E.Shodmonova, T.G’afforova, 2014 yil, ona tilidan qo’llanma.
|
Dars uslubi:
|
Savol-javob, suhbat, o'tilgan mavzuni mustahkamlashda “So'z o'yini”dan foydalanish, tarmoqlash usulidan, proektor yordamida “Soz tuz” oyinidan foydalaniladi.
|
Darsning borishi TASHKILIY QISM:
Navbatchi axborotini tinglash.O’quvchilar davomatini aniqlash. (3 daqiqa)
O'qituvchi: Hozir qaysi fasl?
Kuz faslida ob-havo qanday bo’ladi? Bugun ob-havo qanday?
Shu kunning yangiliklari asosida suhbat tashkil etish
21
O'qituvchi:
|
Hozirgi kunda qanday yangiliklarning guvohi bo' lyapsiz yoki eshitdingiz?
|
O'quvchi:
|
Sport yangiliklari, poytaxtimizga tashrif buyurgan mehmonlar haqidagi yangiliklari aytiladi.
|
O'qituvchi:
|
Hozir qaysi dars? (6 daqiqa)
|
O'quvchi:
|
Ona tili.
|
O'qituvchi:
|
Biz o'tgan ona tili darsimizda qanday mavzu bilan tanishganmiz, uyga vazifa nima?
|
O'quvchi:
|
Unli tovush va harflarni mustahkamlash.Uyga vazifa 23-mashq. Shartiga ko'ra so'zlar tuzib, yozish lozim.
|
O'qituvchi:
|
2-3- o'quvchidan uy ishi so'raladi, muhokama qilinadi. Uyga berilgan vazifa baholanib, umumlashtiriladi.
|
O'qituvchi:
|
Otilgan mavzularni biz yodga olaylik. Unli tovushlar qanday aytiladi?
|
O'quvchi:
|
Unli tovushlar hech qanday to'siqqa uchramaydi, cho'zib talaffuz qilinadi.
|
O'qituvchi:
|
Unli tovushlar nechta va qaysilar?
|
O'quvchi:
|
6 ta: a, o, e, i, u, o'.
|
O'qituvchi:
|
Uchqur so'zini bo'g'in-tovush, tovush-harf jihatidan tahlil qilinadi.
|
O'quvchi:
|
Uch - 1 bo'g'in, 2 ta tovush (u, ch), 2 ta harf (u, ch). qur - 2 bo'g'in, 3 ta tovush (q, u, r), 3 ta harf (q, u, r).
|
O'qituvchi:
|
a, u, o unlilari bilan boshlanuvchi so'zlar topadi, izohlaydi.
|
O'quvchilar bilimlari izohlanadi, rag'batlantiriladi. Dam olish daqiqasi:
Bo'yin cho'zib qarag'ay,
Yon atrofga qaragay.
22
O'qituvchi:
|
O'zbek tilida unli tovushdan tashqari yana qanday tovush bor, u qanday hosil bo'ladi?
|
O'quvchi:
|
Undosh tovush to'siqqa uchraydi, cho'zilmaydi. O'zbek tilida 23 ta undosh harf bor.
|
Dars maqsadi e’lon qilinadi.
YANGI MAVZU BAYONI:
O'qituvchi:
Mana, sizlar bilan bugun undosh tovushlarni takrorlaymiz. Sinf daftariga sana, mavzuni yozing. Lug'at diktanti (kuz, qalam, kitob, shavla, burgut, bulbul).
Undosh harflarning tagiga chiziladi. Sinf taxtasidagi so'zlar bilan tekshiriladi.
DARSLIK BILAN ISHLASH:
O'quvchilarga undoshlar haqida, ularning yozilishini o'rgatish.
O'qituvchi:
|
Quyidagi topishmoqning javobini toping: Ikki yoni tog', o'rtasida sarig' yog'.
(yong'oq)
|
|
Darsligimizning 17-betidagi 24-mashqda Ibrohim Donishning “Yong'oq” she'ri berilgan. (5 daqiqa)
|
O'quvchilar o'qib, undoshlar tagiga chizish topshiriladi. Nechta undosh borligi aniqlatiladi (15 xil undosh, 9 xil undosh ishtirok etmagan).
Sinf taxtasiga yozilgan she'r matnini daftarlariga kochiriladi.O’quvchilarga chiroyli yozish qoidalari eslatiladi.
Dam olish daqiqasi:
Olma yedim baqalog’idan,
Anjir yedim yapalog’idan.
23
O'qituvchi:
|
Mehnat haqida qanday maqollar bilasiz? (4 daqiqa)
|
1-o'quvchi:
|
Mehnat - baxt keltirar.
|
2-o'quvchi:
|
Mehnat, mehnatning tagi rohat.
|
3-o'quvchi:
|
Ishlagan tishaydi, ishlamagan tishlamaydi.
|
O'qituvchi:
|
Barakalla, bolajonlar, mehnat insonni ulug'laydi sog'lom qiladi, chiniqtiradi.
|
Dam olish daqiqasi.
“Zanjir” o’yini: Bunda o’quvchilar aytgan birinchi so’zning oxiridagi harf bilan ikkinchi so’zni aytishlari kerak. (5 daqiqa)
O'qituvchi:
|
O'tilgan mavzuni mustahkamlovchi savollar, topshiriqlar beriladi. (5 daqiqa)Kesma harflar ichidan undosh tovushni ifodalovchi undosh harflarni ajratib ko'rsatish, o'kuz topshirig'I beriladi. Undosh tovushlarga qoida chiqariladi.
|
O'quvchi:
|
Undosh tovushlar og'izda to' siqqa uchraydi, qisqa aytiladi, ovoz va shovqindan hosil bo'ladi.
|
35-mashq uyga bajariladi. O'quvchilar undosh tovushni aniqlaydilar, harf birikmalarini ajratib tagiga chizadilar (sh, ch, ng). (2 daqiqa)
O'qituvchi:
Harf birikmalariga nechta katak ajratiladi (1 ta), nima uchun?
24
O'quvchilar:
|
Kuz keldi. (4 daqiqa)
Qalam bilan chiroyli rasm chizdim. Kitob-mening do'stim.
|
O'qituvchi:
|
Mana shu tuzgan gaplarimizda undosh tovushlar ishtirok etganmi?
|
O'quvchilar:
|
Albatta, har bir so'zimiz unli va undosh tovushlardan tuzilgan.
|
Bunda o'quvchilarning o'g'zaki nutqi, so'z boyligi o'sishi ko'zda tutilgan. Bilardim, bildim, bilmoqchiman. (4 daqiqa)
O'quvchilar oz bilimlarini belgilar qo'yish orqali aks ettiradilar. Har bir o’quvchiga uchta shakl chizilgan qog’ozlar tarqatiladi.
Agar dars o’quvchiga yoqsa,birinchi rasmga kulib turgan shakl chizadilar.
Agar dars yoqmasa,yig’lab turgan shaklni,darsga befarq bo’lsa to’g'ri chiziq chizadilar.
Oquvchilar bilimlari baholanib, ragbatlantiriladi. (2 daqiqa)
X u l o s a
Boshlang‘ich ta'lim o‘quv dasturiga muvofiq, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari fonetik-grafik ko‘nikmalar kompleksini egallaydilar: tovushlar va harflar; unli va undosh tovushlar; jufti bor jarangli va jarangsiz undoshlar; jufti yo‘q jarangli va jarangsiz undoshlar; so‘zni bo‘g‘inlarga bo‘lish; urg‘uli bo‘g‘inni ajratish ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar.
25
O‘quvchilarga jarangli va jarangsiz undoshlar ham tovushlar talaffuzini kuzatishga asoslanib tanishtiriladi. Bunda jufti bor jarangli va jarangsiz undoshlar ajratiladi. Kuzatishda o‘quvchilar faol qatnashishi va ularga jufti bor jarangli undosh bilan jarangsiz undoshlarni ajratish qanchalik muhim ekanligini yaqqol ko‘rsatish uchun.
Biz —2- sinflarda undoshlar ustida ishlash mavzusidagi kurs ishimiz mavzusi ustida ishlash va uni shakllantirish jarayonida quyidagi xulosalarga keldik:
Boshlang‘ich sinflar ona tili ta'limida fonetik va grafik tushunchalar ustida ishlash nihoyatda murakkab ish hisoblanadi. Chunki hatto katta yoshdagi kishilarning hali ko‘pchiligi unli - undosh, tovush - harf, jarangli - jarangsiz, til - yozuv tushunchaliring farqiga bormaydi.
Ba‘zan —lotin yozuvill bilan —lotin tili tushunchasini farqlay olmaslik holatlari uchrab turadi. Baholanki, lotin tili hozirda o‘lik til hisoblanadi.
Ona tili ta'limida undoshlar bilan bog‘liq fonetik-grafik tushuncha orqali o‘quvchilarda imloviy hamda grafik malaka shakllantiriladi.
Jarangli va jarangsiz undoshlar bilan bog‘liq fonetik tushunchalar ustida ishlashning muayyan bosqichlari, usullari ham uslubiy qo‘llnmalarda aniq berilmagan.
Undoshlar bilan bog‘liq fonetik tushunchalar ustida ishlash ta'limda muhim ahamiyat kasb etadi, aynan o‘quvchining savodxonligi mana shu tushunchalarni o‘zlashtirib borish bilan belgilanadi.
Fonetik tushunchalarni nazorat qilishda o‘qituvchi muntazam ravishda o‘quvchilar egallagan tushunchalarni tekshirib turishi, o‘quvchilar ko‘nikma va malakalarini tahlil vositasida aniqlab borishi, o‘quvchilarning kamchilik va nuqsonlarini bartaraf etib borishi yaxshi samara beradi.
Ona tili ta'limida jarangli va jarangsiz undoshlar bilan bog‘liq fonetik tushuncha orqali imloviy malaka shakllantiriladi. Shuning uchun mashg‘ulotlarda olingan yozma ishlarning sifatiga qarab, ularning imloviy jihatini tahlil qilib, o‘quvchilarning fonetik tushunchalarni o‘zlashtirish darajasi
26
qanday ekanligini aniqlash mumkin.
— Jarangli va jarangsiz undoshlar bilan bog‘liq fonetik tushunchalarni nazorat qilishda turli ta'limiy vositalar va o‘yinlardan foydalanish lozim.
FOYDALANILGAN ADABIY OTLAR
Karimov I.A. Yuksak ma‘naviyat -yengilmas kuch. -T.: Ma‘naviyat, 2008.
-B. 89-90.
Karimov I.A. Til elni birlashtirishi lozim. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. Toshkent: O‘zbekiston. 2012., 439 b, 66-bet.
«Ta'lim to‘g‘risida» gi Qonun // Barkamol avlod - O‘zbekiston
27
taraqqiyotining poydevori.-T., 1997.-B. 27.
Abuzalova M. Gapning eng kichik qurilish qoliplari haqida\\ O'TA. 2003. N . 42-46 b.
A. Rafiyev. Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi va imlosi. — T.: 2003. 6.Ikromova R, Muhamedova D., Shodmonqulova D., Maqsudova M., G‘ulomova X. Hozirgi o‘zbek adabiy tilidan ma'ruza matnlari (Morfemika. So‘z yasalishi. Morfologiya.). Toshkent. 2001-yil.
Yunusov R. O'zbek tilidan praktikum. 1-qism, TDPU, 2006.
Karimova Q., Matchonov S va .b. Ona tili o‘qitish metodikasi. Darslik. - Toshkent: Noshir. 2009. -351.
Mirzayev M., Usmonov S. , Rasulov I. O'zbek tili. T., «O'qituvchi» 2006 yil
Nigmatov X.G. Funktsionalnaya morfologiya tyurkoyazichnix pamyatnikov XI-XII vv. st.71-72.
Nurmonov A. Gap haqidagi sintaktik nazariyalar. T. 2013. Sayfullaeva R.,
Nurmonov A.,Shahobiddinova Sh. Grammatik kategoriya muammosiga doir ayrim mulohazalar \\ O'TA. 2014. N 6 22-26 b.
Otamirzaeva Z., Yusupova M. O'zbek tili. - Toshkent:, O'AJBNT markazi 2004.
14.Ona tili. 4-sinf maktab darsligi. Ikromov R., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Shodmonova D. Toshkent: O‘qituvchi., 2007.190 b.
Raxmatullaev Sh. Hozirgi adabiy o'zbek tili. Universitet nashriyoti, 2006.
R. Safarova va boshq. Savod o'rgatish darslari (Alifbeni o‘qitish bo‘yicha metodik qoMlanma). - T.: „Ma’naviyat“, 2003.
Sayfullaeva R.R. va.b. Hozirgi o'zbek adabiy tili. T., «Fan va texnologiya», 2009, -416.
Tursunov U., Muxtorov J., Raxmatullaev S. Hozirgi o'zbek adabiy tili. - Toshkent:, O'zbekiston, 2003.
Hamroev M, Muhamedova D., Shodmonqulova D. Ona tili. - Toshkent:, Moliya, 2008.
28
Hozirgi o'zbek adabiy tili. 1-qism. T., «O'qituvchi» 1980 yil
O'zbek tili grammatikasi. T. 2007.144 b.;
22.Shoabdurahmonov Sh, Asqarova M., Xojiev A, Rasulov I, Doniyorov X. Internet saytlari
Savod o’rgatishda interfaol usullardan foydalanish http://alifbe.zy.uz/11 Vasikova Shaxnozani maxsus sayti.
Yo’ldosheva Sh. 3- sinf o’qish darslarida interfaol usullardan foydalanish. 0’quvchilarning milliy ma’naviyati shakllantirishda boshlang’ich ta’limning orni.(ilmiy-metodik to’plam). NTDPU Toshkent-2009. Ziyonet.uz
29
Do'stlaringiz bilan baham: |