23
Transpiratsiya faoliyatiga qarab, bu kuch ham shuncha yuqori bo‘ladi. Transpiratsiya faolligi
haroratga, o‘simlik turlariga, yashash sharoitlariga va boshqalarga bog‘liq. Ularni bir-biri bilan
solishtirish va o‘rganish uchun transpiratsiya jadalligi degan tushuncha mavjud. Transpiratsiya jadalligi
deb bir metr kvadrat barg yuzasidan bir soat davomida bug‘latilgan suv miqdoriga aytiladi. Ko‘pchilik
o‘simliklar uchun transpiratsiya jadalligi o‘rtacha bir soatda kunduzi 15-250g/m2 ,kechasi 1-20 g/m
2
ga
teng bo‘ladi. Ayrim hollarda bu ko‘rsatgich yuqori bo‘lishi ham mumkin. O‘rta Osiyo sharoitida yozning
issiq kunlarida g‘o‘zaning transpiratsiya jadalligi 450-1200 g/m
2
gacha ko‘tarilishi mumkin.
Suvdan unumli foydalanish o‘simlik organizmining eng muhim xususiyatlaridan biridir.Bu
xususiyat ma’lum miqdorda quruq modda hosil qilish uchun sarflangan suv miqdori bilan belgilanadi va
transpiratsiya koeffitsiyenti deb ataladi. Ya’ni 1 g organik modda hosil qilish uchun sarflangan suvning
miqdoriga-transpiratsiya koeffitsiyenti deyiladi. Bu ko‘rsatgich ham juda ko‘p omillarga bog‘liq.
Masalan, g‘o‘zaning har xil navlari o‘rtasida 891 dan 1040 g gacha (Iton,1955) g‘o‘zaning o‘sish va
rivojlanish jarayonida 600 dan 1420 g gacha bo‘lishi mumkin (Rijov, 1948). Umuman ko‘pchilik
o‘simliklar uchun bu son 125-1000 g, o‘rtacha esa 300 bo‘ladi. YA’ni bir
tonna organik modda olish
uchun 300 tonna suv sarflanadi.
Transpiratsiya unumdorligi deb 1000 g sarflangan suv hisobiga hosil bo‘lgan organik modda
miqdoriga aytiladi. Bu ko‘pchilik o‘simliklar uchun 1-8 g ga teng, o‘rtacha 3 g atrofida bo‘ladi.
Boshqacha qilib aytganda butun o‘simlik tanasi orqali bug‘langan suvning 99,8% transpiratsiyaga, qolgan
0,2% organik modda hosil qilish uchun sarflanadi.
Transpiratsiya murakkab biologik hodisa bo‘lib, o‘simliklar hayotida har tomonlama katta rol
o‘ynaydi. Masalan, g‘o‘za qancha tez o‘sa va transpiratsiya jadalligi yuqori bo‘lsa, u suvdan shunchalik
unumli foydalanadi.
O‘simliklar hayotida transpiratsiya serqirrali ahamiyatga ega. Biroq asosan u suv va har xil
moddalarni o‘simlik tanasining pastki qismidan yuqorisiga tomon harakatga keltiradi. Transpiratsiya
natijasida so‘rish kuchining hosil bo‘lishini tajribada ko‘rish mumkin. Buning uchun 2-3 bargli shoxchani
kesib olib, pastki qismini suvlik idishga solib qo‘yilsa, u idishdagi suvni so‘ra boshlaydi. Suv barglar
orqali qancha tez bug‘lansa, idishdagi suv ham shuncha kamaya boradi. Agar shoxchadagi barglar kesib
tashlansa, suvning sarflanishi ham to‘xtaydi.
Umuman transapiratsiyaning so‘rish kuchi o‘simlik turlariga ham bog‘liq. Daraxtchil o‘simliklarda bu
kuch ildiz bosimidan bir necha marta yuqori. O‘tchil o‘simliklarda esa aksincha ildiz bosimi yuqori, lekin
shunga qaramay transpiratsiyaning so‘rish kuchi ham muhim ahamiyatga ega.
Transpiratsiya o‘simliklarni yuqori harorat ta’siridan saqlaydi. Odatda transpiratsiya tufayli
o‘simlik tanasi harorati atmosfera haroratidan bir necha gradus past bo‘ladi. Biroq ayrim o‘simliklarda
yuqoriroq bo‘lishi ham mumkin. Masalan, sahrolardagi o‘simliklar barglarining harorati quyoshning
kuchli issiqlik energiyasini yutishiga qaramasdan, soyadagi barglarga nisbatan 6-7
0
C ga ko‘p.
Bu esa
yozning issiq kunlarida o‘simlikning butun hayotiy jarayoni uchun katta ahamiyatga egadir. Ayniqsa
fotosintez uchun qulay sharoit yaratiladi.
Chunki og‘izchalarning ochiqligi CO
2
ning o‘zlashtirilishini faollashtiradi. Protoplazma kolloid
mitsellalarining, xloroplastlar strukturasi va funksiyalari faoliyatiga sababchi bo‘ladi.
Agar suv yetishmasligi oqibatida transpiratsiya jadalligi pasaysa yoki to‘xtab qolsa, o‘simlik
harorati tez oshib ketadi. Bu esa undagi barcha jarayonlarning o‘zgarib ketishiga olib keladi.
Protoplazmaning kolloid xossasi buziladi, fotosintez to‘xtaydi, nafas olish tezlashadi. Bu uzoqroq davom
etsa o‘simliklar nobud bo‘ladi.
Bargning plastinkasimon (keng) tuzilishi fotosintez va transpiratsiya jarayonlari uchun eng qulay
sharoit yaratadi. Bargning asosiy qismi-mezofillidir. U bir qator joylashgan epidermis hujayralari bilan
qoplangan (62-rasm). Qoplovchi to‘qima odatda ikki qavatdan iborat:ustunsimon
hujayralar bargning
ustki epidermisining ostida va bulutsimon hujayralar bargning pastki qismida joylashgan. Ko‘pchilik
o‘simliklarda og‘izchalar bargning pastki epidermisida joylashgan. Natijada bulutsimon hujayralar
orasidagi kengroq bo‘shliqlar,suv almashinishi va bug‘lanishi uchun qulaylik tug‘diradi. Barg epidermisi
aksariyat holda kutikula qavati va tirik yoki o‘lik tukchalar bilan qoplangan. Barglardagi transpiratsiya
ikki bosqichni o‘z ichiga oladi; 1) suvning barg tomirlaridan mezofillga o‘tishi; 2) mezofill
hujayralarining devoridan bug‘langan suv hujayralararo bo‘shliqlarga va undan og‘izchalar yeki kutikula
qavati orqali atmosferaga chiqishi.
Transpiratsiya asosan barg og‘izchalari orqali idora qilinadi. Ya’ni
transpiratsiya natijasida
bug‘langan suvning 95-97% og‘izchalar va qolgan qismi kutikula orqali atmosferaga tarqaladi. Shuning
uchun ham transpiratsiya jadalligi bargdagi og‘izchalarning soniga va ularning ochiq yoki yopiqligiga
ham bog‘liq. Og‘izchalarning soni 1 m
2
barg yuzasida 50-500 ta va undan ko‘proq ham bo‘lishi mumkin.
24
Bu ko‘proq o‘simlik turlariga, navlariga va suv bilan ta’minlanish sharoitlariga bog‘liq. Og‘izchalar ochiq
yoki yopiq bo‘lishi mumkin. Bunga har xil omillar sabab. Eng muhimi suv bilan ta’minlashdir. Suv
yetarli sharoitda og‘izchalari ochiladi va kamligida aksincha yopiladi. Ko‘pchilik o‘simliklarning
bargidagi og‘izchalar yorug‘likda ochilib, qorong‘ilikda yopilishi ham mumkin.
Ko‘pchilik o‘simliklarning og‘izchalari tong otganda ochila-boshlaydi, ertalabki soatlar ularning eng ko‘p
ochilgan vaqti bo‘ladi. Tush vaqtlarida og‘izchalarning ochiqligi yoki toraya boshlashi o‘simliklarning
suv bilan ta’minlanish darajasiga bog‘liq. Kechga tomon yopila boshlaydi. Havo juda issiq va quruq
vaqtlarda kun bo‘yi yopiq turadi va ertalabgina qisqa muddatga ochiladi. Og‘izcha lar holatining
sutkalik dinamikasiga qarab transpiratsiya jadalligi ham o‘zgaradi. Bu o‘zgarish hamma o‘simliklarga
xos, faqat ularning jadalliklarida farq
bor.
Ko‘pchilik
o‘simliklarda
transpiratsiya
jadalligi
ertalabki
soatlardan kunning o‘rta
qismiga
tomon ortib boradi va eng yuqori
darajaga
yetadi,
so‘ngra
yana
kuchsizlana boshlaydi. Bu ko‘pincha
quyoshning o‘zgarishi natijasida hosil
bo‘ladigan haroratning ortishi va
og‘izchalarning holatiga bog‘liq. Havo
juda issiq va suv miqdori kamroq
kunlarda transpiratsiya asosan ertalabki
soatlarda va kechga tomon jadal borib,
kunning o‘rta
soatlarida juda past
bo‘lishi mumkin. Bunday holatlar o‘z
navbatida o‘simlik turlariga ham
bog‘liq.
21-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: