Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti botanika va ekologiya kafedrasi



Download 5,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/137
Sana29.05.2022
Hajmi5,36 Mb.
#618240
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   137
Bog'liq
2 5323726613249008818

vazifalarni
umumlashtirib quyidagicha izohlash mumkin.



1.
O‘simliklar hayot faoliyati qonuniyatlarini o‘rganish. 
2.
Qishloq xo‘jaligi o‘simliklaridan eng yuqori hosil olishning nazariy asoslarini ishlab chiqish. 
3.
Sun’iy sharoitda fotosintez jarayonini amalga oshirish imkonini beruvchi moslamalarni yaratish. 
O’simliklar fiziologiyasi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi va asosiy usullari. O‘simliklar 
fiziologiyasi botanika, biokimyo, biofizika, molekulyar biologiya, mikrobiologiya, hayvonlar 
fiziologiyasi, kimyo, fizika kabi fanlar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ularning yutuqlaridan 
foydalaniladi va o‘z navbatida ularga ta’sir etadi.
O‘simliklar fiziologiyasi fanida keyingi yillardagi tabiiy fanlar yutuqlaridan, xususan fizik-
kimyoviy usullardan, xromatografiya, nishonlangan atomlar, elektron mikroskopiya, elektroforez, 
differensial sentrafugalash, spektrofotometriya, rentgen tuzilish analizi va boshqalardan foydalanish 
natijasida juda katta yutuqlarga erishildi. Jumladan, o‘simlik hujayrasining murakkab tuzilishi, hujayra 
organoidlarining tuzilishi va tarkibi ham fiziologik funksiyalari, hujayraga moddalarning kirishi va 
chiqishi jarayonlarida membranalarning ahamiyati va boshqalar birmuncha puxta o‘rganildi. Ayniqsa, 
o‘simliklar hujayrasida energiyaning to‘planishi va sarflanishi mexanizmlari haqidagi tushunchalar 
kengaydi.
O‘simliklar fiziologiyasi fani eksperimental fandir. Bunda tajribalar orqali olingan dalillarga 
asoslanib, ilmiy nazariyalar yaratiladi. Tajribalar yordamida tabiiy sharoitda o‘sadigan yoki 
laboratoriyada parvarish etilayotgan o‘simliklarning hayotiy jarayonlari o‘rganiladi. Bu fan biokiyo, 
agrokimyo, botanika, mikrobiologiya va boshqa fanlar bilan chambarchas bog‘langandirki, shu fanlarda 
qo‘llaniladigan usullardan tajribalar o‘tkazish jarayonida keng foydalaniladi. Jumladan, sitoplazmaning 
yopishqoqlik va elastiklik xususiyatini aniqlashda fizik va kolloid kimyo fanlaridagi asboblardan, 
o‘simliklarning kimyoviy tarkibini aniqlashda biokimyoda ishlatiladigan usullardan qo‘llaniladi. Tuban 
o‘simliklarning hayotiy jarayonlarini tekshirishda mikrobiologiyada ishlatiladigan asbob-uskunalardan 
foydalaniladi va hokazo. Masalan, o‘simlik hujayrasi tarkibidagi organoidlarni bir-birilan ajratib olishda 
ultratsentrifugalar, juda nozik kesiklarni tayyorlash uchun ultramikrotomlar ishlab chiqilgan. 
Organoidlarning nozik tuzilishlarini o‘rganish maqsadida bir necha ming marta kattalashtirib 
ko‘rsatadigan elektron mikroskoplar ham ishlab chiqildi. 
O‘simliklar fiziologiyasi o‘simliklar tanasida sodir bo‘ladigan hayotiy jarayonlar, murakkab 
qonuniyatlar va hodisalar zanjirini o‘rganuvchi fandir. Fotosintez, nafas olish, suv rejimi va tiriklik 
asosini tashkil etuvchi boshqa hayotiy kechinmalarni o‘rganish,tahlil qilish va ularni odam uchun foydali 
tomonga o‘zgartirish, ya’ni yuqori va sifatli hosil olishga qaratish mazkur fanning asosiy vazifasi 
hisoblanadi. Shu ma’noda o‘simliklar fiziologiyasi agronomiya fanlarining nazariy asosini tashkil etadi. 
Chunki fiziologiya sohasida erishilgan har bir yutuq, o‘simlikshunoslikda ham yangi muvaffaqiyatlarga 
sabab bo‘ladi. Ayniqsa keyingi yillarda bu sohada erishilgan ijobiy natijalar: tabiiy suvlardan tejamkorlik 
bilan foydalanish maqsadida suђorish ishlarini tartibli yo‘lga qo‘yish, mineral va organik o‘ђitlardan 
samarali foydalanish, o‘sish va rivojlanishni boshqarish, tashqi sharoitning noqulay omillariga o‘simliklar 
chidamliligini oshirish kabi ishlarning hammasi o‘simliklar fiziologiyasining yutuqlariga asoslangandir. 
К.A.Timiryazev o‘simliklar fiziologiyasining maqsadi o‘simlik tanasidagi hayotiy hodisalarni 
o‘rganish va tushunish hamda shu yo‘l bilan o‘simlik organizmi kishi xohishiga qarab o‘zgarishi, undagi 
hodisalarni to‘xtata olish yoki aksincha ro‘y berishga majbur qilish, xullas o‘simlikni kishi ixtiyoriga 
bo‘ysundirishdan iborat deb yozgan edi. 
O‘simliklar fiziologiyasida asosiy ish usuli tajribadir. Fiziolog o‘simlik hayoti haqida yetarli 
darajada aniq va to‘la tasavvur olish, unga xos bo‘lgan qarama-qarshiliklarni ochish, ularni o‘simlik 
tanasining umumiy rivojlanishida qanday ahamiyatga ega ekanligini aniqlash maqsadida laboratoriya
va dala usullaridan foydalanadi. o‘simliklarning o‘sish va rivojlanish qonuniyatlarini tabiiy sharoitda 
o‘rganishda kompleks kuzatishlar olib borish katta ahamiyatga ega.Chunki o‘simlik hayotini tabiiy 
omillar ta’sirisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. K.A.Timiryazev aytganidek, fiziolog eksperimental yoki 
nazariy tushunchaga ega bo‘lish uchun hayotiy hodisalarning tahlili bilangina qanoatlana olmaydi, u 
organizm tarixini ham o‘rganishi kerak. 
O‘simliklar fiziologiyasi botanika fanlari qatoriga kirishi bilan bir qatorda hayvonlar 
fiziologiyasi, biokimyo, biofizika, molekulyar biologiya, mikrobiologiya, kimyo, fizika kabi fanlar bilan 
ham chambarchas boђliqdir,ularning yutuqlaridan foydalanadi, o‘z navbatida ularga ta’sir etadi.Keyingi 
yillarda kimyo va fizika fanlarining zamonaviy usullari: xromotografiya nishonlangan atomlar, elektron 
mikroskopiya, elektroforez, differensial sentrifugalash, spektrofotometriya, rentgenostruktura analizi va 
boshqalardan foydalanish natijasida fiziologiya fanida juda katta yutuqlarga erishildi. Bu usullarni 
qo‘llash tufayli o‘simlik hujayrasining murakkab tuzilishi, hujayra organoidlarining strukturasi va
fiziologik funksiyalari, hujayraning moddalarni o‘zlashtirish va ajratib chiqarish jarayonida 



membranalarning ahamiyati va boshqalar birmuncha muncha puxta o‘rganildi. Ayniqsa o‘simliklar 
tanasida energiyani to‘plash va sarflash haqidagi tushunchalar kengaydi. Chunki yoruђlikning 
elektromagnit energiyasini organik moddalar tarkibidagi erkin kimyoviy energiyaga aylantirish va 
to‘plash yashil o‘simliklarning eng muhim spetsifik xususiyatidir. Bu xususiyati bilan yashil 
o‘simliklar tabiatdagi barcha boshqa tirik organizmlardan farq qiladi va yer yuzida hayotning
barqarorligini ta’minlaydi. S.P.Kostichev (1872-1931) «Agar yashil barg bir necha yilga ishlashni 
to‘xtatsa, yer yuzidagi barcha jonzot, jumladan insoniyat ham nobud bo‘ladi» degan edi. 
Hozirgi vaqtda biologiyaning turli sohalari orasida o‘simliklar fiziologiyasi alohida o‘rin tutadi. 
o‘simliklarning fiziologiyasi yangi-yangi navlar chiqarishda, ularning hosildorligini oshirishda, hosil 
sifatini yaxshilash va ularni saqlashda mazkur fanning ahamiyati yildan yilga ortib bormoqda. 
O‘simliklar fiziologiyasi XVII-XVIII asrlarda va XIX asrning boshlarida mustaqil fan sifatida 
shakllandi. Dastlab italiyalik olim M.Malpigi (1675), ingliz R.Guk (1665) o‘simliklarning mikroskopik 
tuzilishi haqidagi ta’limotni yaratdilar. 1727 yilda ingiz botanigi S.Geyls o‘zining «o‘simliklar statikasi» 
asarida bir qancha fiziologik tajribalarning natijalarini yakunlab, o‘simliklarda ikki xil oqimning 
mavjudligini, ya’ni suv va ozuqa moddalarning pastdan yuqoriga va yuqoridan pastga qarab oqishini 
tasdiqladi. o‘simliklarda suvni harakatga keltiruvchi kuch ildiz bosimi va transpiratsiya ekanligini 
isbotladi. 
Ingliz D.Pristli (1771), gollandiyalik Y.Ingenxauz (1779), Shvetsariyalik olimlar J.Senebye 
(1782) va T.Sossyur (1804) bir-birlarining ishlarini to‘ldirish natijasida o‘simliklarda fotosintez 
jarayonining mavjudligini ochdilar. Ya’ni yoruђlikda yashil o‘simliklar karbonat angidritni o‘zlashtirib 
uglerodli birikmalarni to‘plash xususiyatiga ega ekanligi aniqlandi. 
O‘simliklar fiziologiyasi tarixida 1800 yil burilish yili hi-soblanadi. Chunki, shu yili 
J.Senebyening 5 tomlik «o‘simliklar fiziologiyasi» kitobi chop etildi va u o‘simliklar fiziologiyasining 
mustaqil fan sifatida tuђilishi va kelajakdagi rivojlanishiga asos soldi. J.Senebye «o‘simliklar 
fiziologiyasi» terminini taklif etish bilan chegaralanib qolmasdan, bu fanning asosiy vazifalarini, predmeti 
va usullarini aniqlab berdi. 
Rossiyada o‘simliklar fiziologiyasi XIX asrning ikkinchi yarmidan rivojlana boshladi. Unga 
Andrey Sergeyevich Faminsin (1835-1918) va K.A.Timiryazev (1848-1920) asos soldilar. A.S.Faminsin 
(1867) Peterburg universitetida mustaqil o‘simliklar fiziologiyasi kafedrasini tashkil etdi va 1887 yilda 
o‘simliklar fiziologiyasidan birinchi o‘quv kitobini yozdi. Uning asosiy ilmiy izlanishlari fotosintez va 
o‘simliklardagi modda almashinuv jarayonlarini aniqlashga qaratilgan edi. A.S.Faminsin tajribalar 
natijasida sun’iy yoruђlikda ham karbonat angidrit o‘zlashtirilib, kraxmal hosil bo‘lishini ko‘rsatdi. 
A.S.Faminsin shuningdek, chor Rossiyasi davrida fanlar Akademiyasi tizimidagi yagona 
o‘simliklar anatomiyasi va fiziologiyasi laboratoriyasining rahbari edi. Shu laboratoriyada 1892 yilda D.I. 
Ivanovskiy viruslarni kashf etdi. 1903 yilda esa M.S.Svet o‘simlik pigmentlari va ularga yaqin bo‘lgan 
tabiiy birikmalarni ajratish uchun xromotografiya usulini ishlab chiqdi. Bu usul yordamida u xlorofillni 
birinchi bo‘lib xlorofill "a" va xlorofill "b" ga ajratdi. 
O‘simliklar fiziologiyasi sohasida Moskva maktabining tashilotchisi K.A.Timiryazev bo‘ldi. U 
1870-1892 yillarda Petrov dehqonchilik va o‘rmon akademiyasining (hozirgi K.A.Timiryazev nomidagi 
Moskva qishloq xo‘jalik akademiyasi) professori va 1878-1911 yillarda Moskva universiteti professori 
bo‘lib ishladi. U yangi fizik va kimyoviy usullarni qo‘llash natijasida fotosintezning muhim 
qonuniyatlarini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi, xlorofillning fizikaviy va kimyoviy xossalarini o‘rganishga 
katta hissa qo‘shdi. Fotosintez yoruђlik jadalligiga, spektral tarkibiga va quyosh yoruђligining 
energiyasiga boђliq ekanligini aniq tajribalar orqali isbotladi. K.A.Timiryazevning «o‘simliklar hayoti» 
(1878), «Charlz Darvin va uning ta’limoti (1883), o‘simliklar fiziologiyasining yuz yillik natijasi» (1901), 
«o‘simliklar fiziologiyasi va dehqonchilik» (1906) va boshqa asarlari o‘simliklar fiziologiyasi fanning 
rivojlanishida alohida ahamiyatga ega. 
O‘simliklar ekologik fiziologiyasiga asos solgan olimlardan biri N.A.Maksimovdir (1880-
1952). U o‘zining shogirdlari (I.I.Tumanov, F.D.Skazkin, V.I.Razumov, B.S.Mashkov, L.I.Djaparidze, 
V.G.Aleksandrov, I.V.Krasovskaya va boshqalar) bilan birgalikda o‘simliklarning qishning noqulay 
omillari ta’siriga sovuqqa, qurђoqchilikka chidamlilik fiziologiyasi, o‘sish va rivojlanish, sun’iy 
yoruђlikda o‘sish kabi jarayonlarning nazariy asoslarini ishlab chiqdi. 
XX asrning birinchi yarmidan o‘simliklar fiziologiyasi yanada tezroq rivojlandi. Murakkab 
fiziologik jarayonlarning biokimyoviy mexanizmlari o‘rganila boshlandi. Jumladan fotosintez (M.S.Svet, 
190Z; R.Xill, 1937; M.Kalvin, 1948-1956; R.Emerson, 1943-1957; D.I.Arnon, 1954; M.D.Xetch va 
K.R.Slek 1966 va boshqalar) va o‘simliklarning nafas olishi (V.I.Palladin, 1912; S.P.Kostichev, 1912-
1927; G.A.Krebs,1937; G.Kalkar va V.A.Belitser, 1937-1939; L.Kornberg, 1957; P.Mitchel, 1961-1966 



va boshqalar) o‘rganildi. o‘simliklarning o‘sish va rivojlanish jarayonlarini idora qiluvchi moddalar 
fitogormonlarning ochilishi va o‘rganilishi juda katta yutuq bo‘ldi (M.G.Xolodniy va F.Vent, 1926-1928; 
F.Kegel, 1934-1935; M.X.Chaylaxyan, 1937; T.Yabuta, 1938; S.Skug,1955; F.Eddikott va F.Uoring, 
1963-1965). 
Dastlab A.S.Faminsin rahbarligida tashkil etilgan o‘simliklar anatomiyasi va fiziologiyasi 
(keyinchalik biokimyo va o‘simliklar fiziologiyasi) laboratoriyasi tarkibida 1934 yil Moskvada 
o‘simliklar fiziologiyasi instituti tashkil etildi. Institutga 1936 yilda K.A.Timiryazev nomi berildi va u 
o‘simliklar fiziologiyasini o‘rganish sohasidagi eng yirik va yagona markazga aylandi. Taniqli olimlar 
A.A.Kursanov, M.X.Chaylaxyan, P.A.Genkel, Y.V.Rakitin, R.G.Butenko, A.A.Nichiporovich, 
I.I.Tumanov, A.T.Makronosov va boshqalarning ilmiy faoliyatlari shu institut bilan boђliq. Hozirgi 
paytda esa Kiyev, Minsk, Novosibirsk, Kishinyov, Dushanbe kabi shaharlarda ham o‘simliklar 
fiziologiyasi va biokimyosi institutlari bor. Barcha universitetlarda o‘simliklar fiziologiyasi kafedralari 
mavjud. 
O‘zbekistonda o‘simliklar fiziologiyasi mustaqil fan sifatida 1920 yil o‘rta Osiyo davlat 
universitetining tashkil etilishidan keyin (Toshkentda) rivojlana boshladi. Universitetda o‘simliklar 
fiziologiyasi va biokimyosi kafedrasi tashkil etildi. 
Keyinchalik Samarqand davlat universiteti tashkil etilgandan so‘ng o‘simliklar fiziologisi va 
mikrobiologiya kafedrasi ochildi. Bu kafedralar hozir ham mavjud. Ular o‘simliklar fiziologiyasi fanining 
rivojlanishiga katta hissa qo‘shdilar. 
O‘zbekiston sharoitida fitofiziologlar (A.V.Blagoveshenskiy, N.D.Leonov, V.A.Novikov, 
V.Shardakov, N.A.Todorov, M.X.Ibragimov, N.N.Nazirov S.S.Abayeva, M.A.Belousov, X.X.Yenileyev, 
A.Imomaliyev va boshqalar) birinchi navbatda g’o’za va boshqa o‘simliklarning hayotiy jarayonlarini 
keng o‘rganib, nazariy va amaliy xulosalar qildilar. Hozirgi vaqtda O‘zFA tizimidagi ilmiy-
tekshirish institutlari (eksperimental biologiya, botanika), qishloq-xo‘jalik Akademiyasi va boshqa ilm 
dargohlarida akademik professorlar tinmay izlanish ishlarini olib bormoqdalar. Umuman 
Respublikamizda o‘simliklar fiziologiyasi fani keng ko‘llamda rivojlanib bormoqda. O‘zbekiston 
fitofiziologlari birlashmasining ta’sis etilishi (1989) va 1991 yilda Toshkentda o‘zbekiston 
fiziologlarining birinchi sezdi o‘tkazilishi bunga yaqqol dalil bo‘ladi. 
O‘zbekiston o‘simlik fiziologlari taklifiga asosan syezd muhokama qilgan asosiy hayotiy 
jarayonlarni (Fotosintez, mineral oziqlanish va hosildorlik, lipidlar, o‘simliklar immuniteti, sho‘rlikka 
chidamlilik, rivojlanish jarayonlari va tashqi sharoitning noqulay omillari ta’siriga chidamlilik, 
reproduktiv a’zolar fiziologiyasi, fiziologik faol moddalar ta’siri va boshqalar) o‘rganish, qishloq xo‘jalik 
o‘simliklaridan eng yuqori hosil olishning nazariy asoslarini ishlab chiqish o‘simliklar fiziologiyasi fani 
oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biridir. 

Download 5,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish