Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti botanika va ekologiya kafedrasi



Download 5,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/137
Sana29.05.2022
Hajmi5,36 Mb.
#618240
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   137
Bog'liq
2 5323726613249008818



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
 OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
 
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI 
TABIIY FANLAR FAKULTETI 
 
BOTANIKA VA EKOLOGIYA KAFEDRASI 
5140100 - 
Biologiya (turlar bo’yicha)
ta’lim yo’nalishi (bakalavr) talabalari uchun 

“O’simliklar fiziologiyasi”
 
fanidan
MA’RUZALAR MATNI 
Qarshi-2021 y. 



1-MAVZU:
 O‘SIMLIKLAR FIZIOLOGIYASI FANIGA
KIRISH 
REJA: 
1.O‘simliklar fiziologiyasining ob’ektlari va predmeti. 
2.O‘simliklar fiziologiyasining rivojlanish tarixi va uning metodlari. 
3.O‘simliklar fiziologiyasi fanining vazifalari. 
4.O‘simliklar fiziologiyasi fanning boshqa fanlar bilan bog’liqligi. 
Tayanch atama va iboralar: 
Fiziologiya, o‘simlik tanasi, hayotiy, jarayon, fotosintez, nafas olish, suv rejimi, 
o‘simlikshunoslik, o‘ђitlar, o‘sish va rivojlanish, biologik hosil, chidamlilik, Timiryazev, nazariy, amaliy, 
laboratoriya, 
tajriba, 
xromatografiya, 
nishonlangan 
atomlar, 
elektrofrez, 
sentrifuglash, 
spektrofotometriya, hujayra, energiya, Kostichev, Geyls, Pristli, Ingenxauz, Senebye, Sossyur, Faminsin, 
Maksimov, Emmerson, Arnon, Xetch-Slek, Palladin, Krebs, Kursanov, Nazirov, Abayeva, Belousov va 
boshqalar.
O’simliklar fiziologiyasi fanining predmeti, vazifalari. 
O‘simliklar fiziologiyasi 
o‘simliklarning hayot-faoliyatidagi umumiy qonuniyatlarni o‘rganadi. Bularning asosida moddalar 
almashinuvining assimilyatsiya va dissimilyatsiya jarayonlari yotadi. Shu bilan birga u o‘simliklarni 
o‘sishi va rivojlanishi, gullash, meva tugish, plastik moddalarning sintezi va to‘planishi kabi fiziologik 
jarayonlarni tashqi muhit bilan bog‘lab o‘rganadi. 
Yashil o‘simliklar yer sharidagi boshqa tirik organizmlardan o‘zining bir qancha hususiyatlari 
bilan farqlanadi.
Birinchidan,
yashil o‘simliklar energiya manbai sifatida yorug‘likning elektromagnit 
energiyasidan foydalanib, ularni organik moddalar tarkibidagi erkin kimyoviy energiyaga aylantirish 
qobiliyatiga ega (fotosintez). Shuning bilan birgalikda, o‘simliklar tashqi muhitdan bir qancha anorganik 
moddalarni o‘zlashtirib, ularni hujayradagi moddalar almashinuvi jarayonida energiya bilan boyitadi va 
organik modda ko‘rinishida yer sharidagi barcha tirik mavjudotlar uchun moddiy va energetik asosni 
yaratadi.
Ikkinchidan,
yashil o‘simliklar nisbatan yuqori rivojlangan foto assimilyatsion yuzaga hamda yer 
ostki va ustki organlarining yuqori darajada shoxlanish qobiliyatiga ega. Bu hol o‘z navbatida 
o‘simliklarning ildiz orqali tuproqdan suv va unda erigan moddalarning o‘zlashtirilishiga, barglar orqali 
esa atmosfera havosidan oziqlanish doirasining kengayishiga olib kelgan.
Uchinchidan,
qishloq xo‘jaligida o‘simliklarning yangidan-yangi navlarini yaratishda, 
ekinlarning turli noqulay muhit omillariga nisbatan chidamliligini oshirish va ularning hosildorligini 
ko‘paytirishda, hosil sifatini yaxshilash va ularni saqlashda mazkur fanning ahamiyati yildan-yilga ortib 
bormoqda. 
O‘simliklar fiziologiyasida asosan oltita 
yo‘nalish
mavjuddir, yani: 
- biokimyoviy yo‘nalish-fotosintez va nafas olish jarayonida hosil bo‘ladigan turli xildagi moddalarning 
funksional ahamiyatini o‘rganadi. Shu bilan birga o‘simliklarni tuproqdan oziqlanish qonuniyatlarini 
va turli xildagi anorganik moddalardan organik moddalarni sintezlanish qonuniyatlirini ochib beradi. 
- biofizik yo‘nalish-bu hujayra energetikasi masalalarini, o‘simlik elektrofiziologiyasini suv rejimining 
fizik-kimyoviy qonuniyatlarini, o‘sish qo‘zg‘alish hamda nafas olish va fotosintez masalalarini 
o‘rganadi. 
- ontogenetik yo‘nalish-bu o‘simliklarning yoshiga qarab rivojlanish qonuniyatlarini, morfogenez hamda 
o‘simliklarni rivojlanishining boshqarish qonuniyatlarini o‘rganadi. 
- tadrijiy yoki solishtirma yo‘nalish-bu filogenezning hususiyatlarini belgilab beradi. U ontogenezga 
genotip funksiyasi sifatida qaraydi. Bu belgilar filogenezda kuzatilgan bo‘ladi. 
- ekologik yo‘nalish-bu o‘simlik organizmini ichki jarayonlarini tashqi muhitga bog‘liqligini o‘rganadi. 
Masalan: mineral o‘g‘itlarni qo‘llash, yorug‘lik va suv rejimini yaxshilash, ekin maydonlarida 
o‘simliklarni taqsimlash va boshqalar. Natijada, o‘simliklarda moy, qand, oqsil moddalarini oshirish 
bilan tashqi muhitning noqulay ta’sirlarga chidamliligini oshiradi. 
- sintetik yoki kibernetik yo‘nalish-o‘simliklar o‘sishining umumiy qonuniyatlarini hamda bir-biriga 
bog‘liq bo‘lgan hujayra energetikasini va kibernetikasini o‘rganadi. Masalan, oziq organlarning hosil 
bo‘lishi. 
O‘simliklar fiziologiyasidagi ushbu yo‘nalashlarining barchasi o‘zaro bir-biriga bog‘liq bo‘lib, bir 
xil miqyosli ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda o‘simliklar fiziologiyasi fani oldida turgan 

Download 5,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish