Bog‘langan qo‘shma gap — tarkibidagi predikativ birliklar o‘zaro teng bog‘-lovchilar yordamida birikkan (teng aloqali) qo‘shma gap: Otdan tushib, jilovini Ortiqqa berdi-yu,o‘zi direktorni molxonalar tomonga boshlab ketdi (P.Qodirov).
Bog‘lovchisiz ergashgan qo‘shma gap — tarkibiy qismlari (bosh va ergash gap) o‘zaro bog‘lovchi, bog‘lovchi vazifasini bajaradigan yordamchi so‘z bilan emas, balki boshqa vositalar, mas., fe’l shakllari, ko‘makchi va yuklamalar yordamida bog‘lanadigan qo‘shma gap: Tog‘lar orqasidagi bulutlar tarqalib, quyosh ko‘rina boshladi (Sh.Rahmon). Yoshing ulg‘aygan sari, tajribang ham orta boradi (A.Qahhor).
Do'stlaringiz bilan baham: |