Frazeologik birlik — tuzilishiga ko‘ra so‘z birikmasiga, gapga teng, semantic jihatdan bir butun, umumlashgan ma’no anglatadigan, nutq
jarayonida yaratilmay, nutqga tayyor holda kiritiladigan lug‘aviy birlik. Turg‘un birikmalarning obrazli, ko‘chma ma’noga ega turi. Mas., tomdan tarasha tushganday, oyog‘ini qo‘liga olmoq, sichqonning ini ming tanga va b.
Xalqaro til — millatlararo aloqa vositasi sifatida tavsiya etiladigan sun’iy til.
Sheva — mahalliy dialektning fonetik, leksik, grammatik umumiylikka ega bo‘lgan, bir yoki bir necha qishloqni o‘z ichiga oluvchi kichik bir qismi, guruhi.
O‘lik til — jonli iste’moldan chiqqan (tabiiy so‘zlashuv tili bo‘lmagan), yozma yodgorliklarda saqlangan til. Mas., lotin tili.
Harfiy yozuv — har bir grafik shakl bilan alohida nutq tovushi ko‘rsatiladigan yozuv.
Hikmatli so‘z — aniq va ixcham shaklli, chuqur mazmunli, muallifi aniq gap: Oz demak - hikmatga bois, oz yemak ]- sihatga bois.
Do'stlaringiz bilan baham: |