So‘zlashuv uslubi — funksional uslubning bu turi o‘ziga xos ish ko‘rish sharoiti bilan, intonatsiya vositalari, mimika, imo-ishora kabilardan keng foydalanishi bilan, oddiy leksik va frazeologik birliklarning keng ishlatilishi va shu kabi xususiyatlari bilan ajralib turadi.
Tabiiy til — haqiqiy ma’nodagi, ya’ni fikr alishuv quroli sifatida avloddan avlodga o‘tib kelayotgan til.
Talaffuz — nutq tovushlarining aytilishi: to‘g‘ri talaffuz, adabiy talaffuz.
Termin — fan, texnika va boshqa sohaga oid narsa haqidagi tushunchani aniq ifodalaydigan, ishlatilish doirasi shu sohalar bilan chegaralangan so‘z yoki so‘z birikmasi; atama.
Do'stlaringiz bilan baham: |