Amaliy tilshunoslik — tilshunoslikning lingvistik masalalarni (mas., mashina tarjimasi) hal etishni hisobga olgan holda amaliy yo‘l bilan o‘rganuvchi sohalari(eksperimental fonetika, leksikografiya, lingvostatistika) kabi.
Antonimiya — til birliklarining semantik jihatdan o‘zaro zid, qarama- qarshi bo‘lish hodisasi: Leksik antonimiya. Affiksal antonimiya. Sintaktik antonimiya.
Argo — yasama til. Biror ijtimoiy guruh, toifaning (masalan, talabalar, sportchilar, o‘g‘rilar va b.) o‘ziga xos, boshqalar tushunmaydigan lug‘aviy birliklardan iborat yasama tili.
Arxaizm —ma’lum davr uchun eskirgan, iste’moldan chiqa boshlagan til birligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |