Abbreviatura – qisqartma so‘zlar.
Agglyutinativ tillar — so‘z yasalishi va shakl yasalishi agglyutinatsiya yo‘li bilan bo‘ladigan tillar. Mas., turkiy tillar, fin-ugor tillari.
Agglyutinatsiya — 1. So‘z yasalish yoki shakl yasalish asosi o‘zgarmagan holda yangi so‘z yoki so‘z shakli hosil bo‘lishi. Bunda har bir affiks ma’lum bir ma’no, vazifa bilan qatnashadi: ter-im-chi-lar-imiz- ga. 2. Ikki so‘z (asos) ning bir so‘zga, bir so‘z shakliga aylanishidan iborat morfologik jarayon. Mas., echkini emar>echki emar>echkemar. Adabiy me’yor — til birliklarining adabiy til qoida-talablariga mos holda, namunali tarzda qo‘llanishini, tilning adabiyligini ta’minlovchi vositalarni belgilovchi me’yor.
Adabiy til — umumxalq tilining ishlangan, sayqal berilgan, ma’lum me’yorga solingan, xalqning turli madaniy ehtiyojlariga xizmat qiluvchi shakli.
Alifbo — yozuv shakllarining (harf va belgilarning) majmuyi, ma’lum tartibda joylashgan holati: o‘zbek alifbosi.
Do'stlaringiz bilan baham: |