Test topshiriqlari
Hujjatning qaysi turida ma’lum bir davr mobaynidagi faoliyat natijalari aks ettiriladi?
a) ma’lumotnoma b) hisobot
s) bildirgi d) majlis bayoni.
Tarjimayi hol qaysi uslubda yoziladi?
a) publitsistik uslub b) badiiy uslubda
s) ilmiy uslubda d) rasmiy uslubda
Axborot qayd etilgan hamda uni vaqt va makonda uzatish imkonini beruvchi moddiy obyekt bu-…
a) guvohnoma b) dalil s) hujjat d) xat
Hujjatning qaysi turida hujjat nomi ko‘rsatilmaydi?
a) majlis bayonidan ko‘chirma b) bildirgi s) xat
d) hisobot
Majlis bayonida qaysi sana qo‘yiladi?
a) yig‘ilish o‘tkazilgan sana b) hujjat rasmiylashtirilgan sana
s) hujjat imzolangan sana d) hujjat tasdiqlangan sana
Dalolatnomada qaysi sana qo‘yiladi?
a) hujjat tuzilgan sana b) tekshiruv o‘tkazilgan sana
s) hujjat imzolangan sana d) hujjat bilan tanishtirilgan sana
Hujjat tuzilgan joy qaysi hujjatda qo‘yilmaydi?
a) buyruqda b) bildirgida s) farmoyishda d) majlis bayonida
Muayyan muassasaga yoki mansabdor shaxs nomiga biror iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat —
a) ma’lumotnoma b) ariza s) tavsifnoma d) tarjimayi hol
Kafolat xati bu – …
biror narsaning muddati tugayotganligini ma’lum qiladigan hujjat
tadbirga taklif qiladigan hujjat
s) qimmatbaho buyumning yetkazilganligini tasdiqlovchi hujjat
d) biror narsa yoki ish uchun haq to‘lanishiga ishontiradigan hujjat
Xizmat xatlari odatda quyidagi jumla bilan tugaydi: …
Sizning iltimosingizga binoan
hurmat bilan
s) Sizning takliflaringiz ko‘rib chiqildi
d) … munosabati bilan
Qaysi hujjatda shartnomaning bajarilishiga e’tiroz bildiriladi?
a) shartnoma b) axborot xati s) yo‘llanma xati d) da’vo xati
Adresatga yuborilayotgan hujjatlar haqida xabar beruvchi xat turini ko‘rsating.
a) yo‘llanma xati b) eslatma xati s) tasdiq xati d) kafolat xati
Xizmat xatining muallifi – ...
a) xatni jo‘natadigan tashkilot b) xatni tayyorlagan xodim
s) xatni jo‘natgan xodim d) xatni imzolagan rahbar
Ish yuritish hujjatining xizmat yozishmalari gurihiga taalluqli bo‘lmagan turini toping.
a) telegramma b) xatlar s) tilxat d) taklifnoma 15.Tarjimayi holda fe’llarning qaysi zamon shakli qo‘llanadi?
a) faqat hozirgi zamon b) hozirgi va o‘tgan zamon
s) hozirgi va kelasi zamon d) faqat o‘tgan zamon
Qaysi hujjatda xodimning ijobiy va salbiy xislatlari ko‘rsatiladi?
a) bildirgi b) tushuntirish xati s) tavsifnoma d) tarjimayi hol
Xizmat sohasidagi, xizmatga aloqador masalani, uning ba’zi bir jihatlarini yozma izohlovchi va muassasa rahbariga yoki yuqori tashkilotga yo‘llanuvchi hujjat —
dalolatnoma b) tushuntirish xati s) bildirgi d) tilxat
Muassasa yoki ayrim shaxslar faoliyati bian bog‘liq biron-bir sodir bo‘lgan voqea, hodisa, ish-harakatni yoki mavjud holatni tasdiqlash, unga guvohlik berish maqsadida bir necha kishi tomonidan tuzilgan hujjat-bu…
a) tilxat b) tushuntirish xati s) bildirgi d) dalolatnoma
Ado etmoq so‘ziga sinonim so‘zni toping.
a) eplamoq b) bajarmoq s) tugatmoq d) qatnashmoq
Rasmiylashtirish so‘zining rus tilidagi muqobilini toping.
a) полномочие b) визировать s) оформление d) деловой
Dalolatnoma necha nusxada tuziladi?
a) bir nusxada b) ikki nusxada s) uch nusxada d) nusxa olinmaydi
Dalolatnoma so‘zining rus tilidagi muqobilini toping.
a) доверенность b) aкт s) факт d) иск
Ishonchnoma so‘zining rus tilidagi muqobilini toping.
a) доверенность b) aкт s) факт d) иск
Tavsiyanoma so‘zining rus tilidagi muqobilini toping.
a) характеристика b) рекомендация s) требование d) иск
Da’vo so‘zining rus tilidagi muqobilini toping.
a) характеристика b) рекомендация s) требование d) иск
Tashkiliy hujjatlar berilgan qatorni ko‘rsating.
buyruq, farmoyish, qaror, ko‘rsatma, farmon
hisobot, tilxat, ariza, tavsifnoma, e’lon
s) guvohnoma, nizom, shartnoma, yo‘riqnoma
taklifnoma, telegramma, kafolat xati, iltimos xati
Mustaqil ish uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
Buyuk Ipak yo‘li va uning insoniyat tarixidagi o‘rni.
To‘maris va Shiroq haqidagi afsonalar.
Qomusiy olim Al Xorazmiy.
Ahmad al Farg‘oniy va uning merosi.
Abu Nasr Forobiy va uning buyuk asarlari.
Ibn Sinoning “Tib qonunlari”
“Temur tuzuklari”
Mirzo Ulug‘bek – olim va davlat arbobi
Alisher Navoiy – o‘zbek adabiy tilining asoschisi
Jadidchilik harakati namoyandalari
Birlashgan Millatlar Tashkiloti
Milliy madaniy markazlar
O‘zbekiston muzeylari
Dunyoning mashhur universitetlari
Terrorizm va uning insoniyatga tahdidi
Shanxay hamkorlik tashkilotining faoliyati
O‘zbekiston Respublikasining hukumat portali.
ilova GLOSSARIY (QISQACHA IZOHLI LUG‘AT)
Do'stlaringiz bilan baham: |