Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi



Download 2,15 Mb.
bet18/109
Sana18.03.2022
Hajmi2,15 Mb.
#499681
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   109
Bog'liq
2-курс маънавият соати (Lotincha)

Ustoz o‘giti – kamolot kaliti

Rivoyat


Ustoz Mavlono Tanburiy degan ustod musiqachi o‘tgan ekan. U kishi tanbur, dutor, nay, changni shunday mahorat bilan chalar ekanki, eshitgan kishi sel bo‘lib ketarkan. Ustod ko‘plab shogirdlar tayyorlagan ekan. Ammo u kishining shogird tanlashda qiziq bir odatlari bo‘lib, kim shogird bo‘laman desa, darrov qo‘liga cho‘p yo hassalarini tutqazar ekanlar. Bir boy o‘z o‘g‘lini qobiliyatli zo‘r musiqachi bo‘ladi deb, olib kelibdi. Ustoz bergan hassani bola bir qarich, ikki qarich deb o‘lchayotganini ko‘rgan ustoz: “Yo‘q, bolangizdan musiqachi emas, bozirgon – savdogar chiqadi”, - debdi.

YAna bir kishining bolasi berilgan yog‘ochni kesa boshlaganini ko‘rgan ustod undan musiqachi emas, duradgor chiqajagini aytibdi. Boshqa savdogarning o‘g‘li hassani ot qilib minishini ko‘rib, undan chavandoz chiqishligini aytibdi. SHunday qilib, ustoz shogird bo‘laman deb kelgan bola sinash uchun berilgan cho‘pni erga tiqsa – bog‘bon, qilich qilib o‘ynasa – sarboz deb jo‘natib yuboraveribdi. Keyin bolalarni yig‘ib, qo‘llariga bittadan hassa berdirib poylab o‘tiribdi. Ulardan biri hassani, yana qilich o‘ynabdi, ikkinchisi ot qilib minibdi... faqat bir usti yupun bola hassani nayga o‘xshatib chala boshlabdi. Buni ko‘rib, Tanburiy bag‘oyat xursand bo‘libdi-da, bolani o‘ziga shogird qilib olibdi. Bola keyinchalik mashhur naychi bo‘lib etishibdi.

MAVZU: BOLALAR MEHNATI

138-Konvensiya


Ishga qabul kilish uchun eng kichik yosh to‘g‘risidagi

1973 yilgi Konvensiya


(qiskacha mazmuni)
Konvensiya, uni ratifikatsiya kilgan davlatlarga bolalar mehnatini batamom bekor kilishni ta’minlashga yo‘naltirilgan va ishga qabul qilish uchun eng kichik yoshni o‘smirlarning to‘la jismoniy va akliy rivojlanish darajasiga mos keladigan yoshgacha bosqichma-bosqich oshirishga yo‘naltirilgan milliy siyosatni amalga oshirish majburiyatini yuklaydi.
Ushbu konvensiyani ratifikatsiya kilgan davlat hududi doirasida va hududida ro‘yxatga olingan transport vositalarida ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh majburiy maktab ta’limini tugallash uchun zarur bo‘lgan yoshdan kam bo‘lmasligi kerak va har qanday holda o‘n besh yoshdan kam bo‘lmasligi zarur.
Konvensiya qoidalariga binoan o‘z xususiyati yoki amalga oshiriladigan sharoitiga ko‘ra o‘smir sog‘ligi, xavfsizligi yoki ma’naviyatiga ziyon etkazishi mumkin bo‘lgan har qanday ish turiga yoki yollanma ish turiga qabul qilish uchun eng kichik yosh o‘n sakkiz yoshdan kam bo‘lmasligi kerak.
Konvensiya qoidalari hech bo‘lmaganda quyidagi sohalarda qo‘llanilishi lozim: shaxta va karьerlarda; ishlov berish sanoatida; qurilishda; elektr, gaz va suv ta’minoti xizmatlarida; sanitariya-texnik xizmatida; transport, omborlar va aloqa xizmatida; ekinzorlar va tijorat maqsadlari uchun mahsulot ishlab chiqaradigan boshqa qishlok xo‘jaligi korxonalaridagi ishlarda, ammo mahalliy iste’mol uchun mahsulot ishlab chiqaradigan, doimiy ravishda yollanma mehnatkashlardan foydalanmaydigan oilaviy va kichik xo‘jaliklar bundan mustasno.
Ushbu Konvensiya bolalar va o‘smirlar tomonidan umumta’lim maktablari, kasb-hunar va texnika ta’limi yoki boshka o‘quv muassasalarida bajariladigan ishlarga yoki kamida o‘n to‘rt yoshda bo‘lgan shaxslar tomonidan vakolatli hokimiyat organlari – ish beruvchilar va mehnatkashlarning tegishli tashkilotlari bilan, agar bunday tashkilotlar mavjud bo‘lsa, maslahatlashilgandan so‘ng - belgilab qo‘ygan shartlarga muvofiq korxonalarda bajaradigan ishlarga nisbatan va quyidagilarning tarkibiy qismi hisoblanadigan ishlarga nisbatan qo‘llanilmaydi:

  1. asosiy mas’uliyat maktab yoki kasbiy tayyorgarlik muassasasi zimmasida bo‘lgan ta’lim yoki tayyorgarlik kursining;

  2. asosan yoki butunlay korxonada amalga oshiriladigan, vakolatli hokimiyat organi tomonidan ma’qullangan kasbiy tayyorgarlik dasturining;


SHarh.


Mazkur Konvensiya XMTning asos soluvchi Konvensiyalaridan biri bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasi tomonidan 2008 yilning 4 aprelida ratifikatsiya qilingan.
Mehnat kodeksining 77-moddasiga binoan ishga qabul qilishga o‘n olti yoshdan yo‘l qo‘yiladi. O‘n besh yoshga to‘lgan shaxslar ota-onasidan birining yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxsning yozma ravishdagi roziligi bilan ishga qabul qilinishi mumkin. YOshlarni mehnatga tayyorlash uchun umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus, kasb-xunar o‘quv yurtlarining o‘quvchilarini ularning sog‘ligiga hamda ma’naviy va axloqiy kamol topishiga ziyon etkazmaydigan, ta’lim olish jarayonini buzmaydigan engil ishni o‘qishdan bo‘sh vaqtida bajarishi uchun - ular o‘n besh yoshga to‘lganidan keyin ota-onasidan birining yoki ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxslardan birining yozma roziligi bilan ishga qabul qilishga yo‘l qo‘yiladi.
O‘zbekiston Respublikasining 2007 yilda qabul qilingan "Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida"gi Qonunida o‘n sakkiz yoshga to‘lgunga qadar bo‘lgan shaxs bola deb hisoblanishi belgilab qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni bilan barcha bolalar uchun 12 yillik majburiy ta’lim tizimi joriy etilgan bo‘lib, bu bilan voyaga etmaganlar mehnat bozoriga kirib kelishining oldi olingan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 12 sentyabrdagi 207-sonli qarori bilan "Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh to‘g‘risidagi Konvensiyani hamda Bolalar mehnatining og‘ir shakllarini taqiqlash va yo‘q qilishga doir shoshilinch choralar to‘g‘risidagi Konvensiyani amalga oshirish bo‘yicha Milliy harakatlar rejasi" tasdiqlanib ushbu
konvensiyalarni amalga oshirishga oid qo‘shimcha choralar hamda nazorat va monitoring mexanizmlari belgilab berilgan.
Voyaga etmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarni profilaktika qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida 2010 yilning 29 sentyabrida O‘zbekiston Respublikasining "Voyaga etmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida"gi Qonuni qabul qilindi (O‘RQ 263-son).
Ushbu Qonunga binoan hamda voyaga etmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoyasini ta’minlash borasida voyaga etmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar rolini yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 17 yanvardagi 13-sonli "Voyaga etmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida"gi Qarori qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Xalk ta’limi, Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirliklari hamda "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan 2008 yilning 3 noyabrida "Ishga qabul kilish uchun eng kichik yosh to‘g‘risidagi Konvensiyani hamda Bolalar mehnatining og‘ir shakllarini taqiqlash va yo‘q qilishga doir shoshilinch choralar to‘g‘risidagi Konvensiyani ta’lim tizimida amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori (№01-04/ 340,_№43, №322) qabul qilinib amalga oshirilmoqda.
O‘quvchilar kontingentini saqlash va ularning davomati uchun ta’lim muassasalari rahbarlarining shaxsiy javobgarligi belgilab qo‘yilgan.
O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazining 2009 yil 25 fevraldagi 44-sonli Buyrug‘i bilan o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘quvchilarning o‘quv mashg‘ulotlari davomati ustidan monitoring olib borish bo‘yicha yo‘riqnoma tasdiqdangan va doimiy monitoring o‘tkazish guruhi tashkil etilgan.




Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish