Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi



Download 2,15 Mb.
bet26/109
Sana18.03.2022
Hajmi2,15 Mb.
#499681
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   109
Bog'liq
2-курс маънавият соати (Lotincha)

MAVZU: TIL VA MA’NAVIYAT


Tilning tirikligi xalqning mavjudligidir. Tilsiz xalq yo‘qdir. Tilning oti millatning nomidir. SHuning uchun ham “Millatimiz o‘zbek, tilimiz o‘zbek tili”,-deymiz. Til va xalq – jon va tan. Bular qaror topgan va himoya qilingan tuproq vatandir. O‘zbek xalqi va tili uchun ana shunday muqaddas tuproq vatandir. Til – millat vakillarini mustahkam birlashtiruvchi, tutib turuvchi belbog‘ demak. Til – tarix ko‘zgusi, tarix esa til ko‘zgusi demak. Masalan, Kultegin bitiklari milodiy YIII asr, Ahmad YUgnakiy, YUsuf Xos Hojib, Mahmud Qoshg‘ariy asarlari XI asr, Ahmad YAssaviyning “Hikmat”i XII asr, Navoiy asarlari XY asr, Bobur asarlari XYI asr, Mashrab asarlari XYII asr, Nodira g‘azallari XIXasr, Abdulla Qodiriy romanlari XX asr tilimizning ko‘zgusidirlar.
1989 yili Oliy kengash sessiyasida “Davlat tili haqida”gi qonunning loyihasi ishlanib, YUrtboshimiz sa’y-harakatlari bilan 21 oktyabrda qonun qabul qilindi. Oradan yillar o‘tgach, ushbu qonunning ayrim moddalarida vaqtdan o‘zib ketishlik holati xam mavjudligi ayon bo‘lib qoldi. Vaholanki, so‘zsiz ijro etiladigan qonunda vaqtdan o‘zib ketishlik yoki vaqtdan orqada qolishlik holatlarining bo‘lishi maqbul emas. SHuni e’tiborga olib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995 yil 21 dekabrda bo‘lgan sessiyasida “YAngi tahrirdagi “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilindi. Bu qonunda YUrtboshimiznming “Jamiyatimiz mafkurasi xalqni – xalq, millatni – millat qilishga xizmat etsin”-degan shiori o‘z aksini topdi.
“O‘zbek – jahon halqlari orasida birinchilardan bo‘lib, turkiy halqlar o‘rtasida birinchi bo‘lib o‘troqlashgan, madaniy turmush kechiruvchi, jahonssivilizatsiyasiga hissa qo‘shgan millat…” deb yozilgan “Jahon qomusiy lug‘ati”da. SHunday ekan, yozma adabiy tilimiz ham o‘z tarovatini kamida o‘n asrdan buyon saqlab kelmoqda. Ahmad YAssaviy, Qutb Xorazmiy, Hofiz Xorazmiy, Lutfiy, Otoyi, Sakkokiy, Alisher Navoiy, Husayniy, Bobur, Mashrab, Uvaysiy, Nodira, Huvaydo va shu kabi barcha mumtoz shoirlarimizning asarlari dunyoga mashhur.
Millatimiz quyoshi Alisher Navoiyning faoliyati va ijodi shunday ma’naviy xazinaki, undan tafakkur doirasidagi juda ko‘p muammolarga echim, savollarga javob topish mumkin. Biz bilgan va yashab turgan olamda Quyosh bitta bo‘lganidek, har bir millat manglayida o‘zining Quyoshi bo‘ladi, u takrorlanmaydi va sira so‘nmaydi. Alisher Navoiy biz uchun shunday quyoshdir. Bu fikrimizning isboti uchun Navoiy bobomizning so‘z boyligini misol qilib keltiramiz. Jahon tilshunos olimlari dunyo miqyosida e’tirof etilgan
eng ulug‘ ijodkorlarning so‘z boyliklari bo‘yicha tadqiqot o‘tkazib, quyidagi natijaga erishganlar.
Alisher Navoiy 26 ming 35 ta, Aleksandr Pushkin 21 ming 193 ta, Uilьyam SHekspir 20 mingdan ortiq, Migelь de Servantes 18 mingdan ortiq, Abdurahmon Jomiy 17 ming 600 ta, Abdulla To‘qay 14 mingdan ortiq so‘zni o‘z badiiy va ilmiy asarlarida ishlatganlar, takroriy qo‘llashlar bu hisobga kirmaydi. Ushbu ro‘yxatdan ham ko‘rinib turibdiki, daho shoirimiz so‘z boyligi bobida ham jahon ulug‘lariga sarvarlik qiladilar. Bu bizkim, o‘zbeklarning tafakkuriy kamoloti va zakovatiga ham yorqin dalildir. O‘zbeklarning tafakkur ummoni buyukdir, so‘zimizda shu ummonning tomchilari ifodalanadi, ummonimiz bemisl bo‘lgani uchun ham so‘zlarimiz ko‘p. YAna shunisi ham borki, ilgaridan mavjud bo‘lgan yoki yangi tug‘ilgan tushuncha va tasavvurlar qaysi sohada bo‘lmasin baribir so‘z orqali ifodalanadi. SHuning uchun ham o‘zbek xalqining iligi to‘q, baquvvat. Milliy borlig‘imiz, madaniyatimiz ildizi, tomiri o‘troq bo‘lgan. Ana shu millionlab xalqni birlashtirgan omillardan biri – millatimizning ma’naviy belbog‘i – ona tilimizdir. SHu tilda ijod qilgan va uni boyitgan Alisher bobomizga jahon lisoniy musobaqasida birinchi o‘rin berilgan ekan. Bu holatga Sulton Husayn Boyqaro o‘zbek(turkiy) tiliga davlat tili maqomini berish haqida chiqargan farmonining hissasi bo‘lgan.
X asrdan boshlab siyosiy hokimiyat arablar qo‘lidan turkiy tilli xalqlar va sulolalar qo‘liga o‘tishi natijasida turkiy til o‘sha zamonda xalqlararo va mamlakatlararo til mavqeiga erishishga kirishgan. Bu qoraxoniylar, saljuqiylar, g‘aznaviylar sulolalari va xorazmshohlar faoliyati bilan bog‘liq; o‘sha davrda G‘aznadan Qohiragacha, Xirotdan Bulg‘orgacha, SHarqiy Turkistondan Bolqongacha turkiy til asosiy xalqaro aloqa vositasiga aylanadi. Amir Temur va temuriylar zamonida turkiy (o‘zbek) tilining qadri oshdi, mavqei kuchaydi. Alisher Navoiy dahosining yuz ko‘rsatishi ana shu holning bir in’ikosidir. Bugina emas, to bungacha Qutb Xorazmiy, Ahmad YAssaviy, Sayfi Saroyi, Lutfiy, Otoyi, Sakkokiy kabi so‘z san’atkorlari ona tilimizda barakali ijod qilib, bezavol meros qoldirgan edilar. Navoiy bobomizga ana shu badiiy meros ijodiy maktab vazifasini o‘tagan. SHu bilan birga ul hazratga arab va fors tilida yaratilgan asarlar ham mahoratni oshirishda yordamchi manba bo‘lib xizmat etgan.
O‘zbek tilining ichki imkoniyatlari shu qadar keng va teranki, dunyodagi hamma tillar ham bu borada unga tenglasha olmaydi, ayniqsa, juda nozik ma’nolarni ifodalashda uning oldiga tushadigani yo‘q. O‘zbek millatining jonkuyari va fidoiylaridan biri bo‘lmish Abdurauf Fitrat “Ishtirokiyun” gazetasining 1919 yil 12 iyunь sonida bosilgan “Tilimiz” degan maqolasida
o‘zbek tilining boyligi, so‘z yasalishining kengligi, mukammalligi to‘g‘risida so‘zlab, birgina “bil” fe’lidan 99 ta so‘z yasab, tilimizning arab, fors, rus, nemis, fransuz tillaridan mukammalroq va nozikroq ekanini ko‘rsatadi. Hatto ko‘makchi fe’llarga xos ma’nolarni nozik ifodalay oladigan vositalarni boshqa biror tilda uchratish mushkul. Tilimizga xos bunday fazilatni yirik-yirik turkolog olimlar ham tan olganlar, Ona tilimizda yaratilgan adabiyot va san’at, ilm-fan asarlarining ohanrabosi kuchli, mazmuni chuqurdir. Bizkim, o‘zbeklarning tili, madaniyati, adabiyoti va san’ati ham barcha turkiy tilli xalqlarning adabiyoti va san’ati ravnaqiga samarali ta’sir ko‘rsatdi. Masalan, Turkiyalik qardoshlarimiz Ko‘niyo sultonligida nash’u namo topgan yurtdoshimiz Jaloliddin Rumiyni turk adabiyotining asoschilaridan biri deb biladilar. Buyuk ozarbayjon shoiri Muhammad Panoh o‘g‘li Fuzuliy Alisher Navoiyni o‘zining ustozi deb hisoblagan. XIII asrda yashab, ijod qilgan turkman shoiri Mahtumquli, XIX asrda yashab ijod etgan qozoq shoiri Abay va boshqalar ham shunday e’tiroflarni izhor etganlar.
Atoqli qirg‘iz adibi CHingiz Aytmatov ham O‘zbekiston va o‘zbek xalqi haqida bunday yozgan edi: «Qadim Gretsiya Ovrupodassivilizatsiya o‘chog‘i sifatida qanday o‘rin tutgan bo‘lsa, O‘zbekiston va o‘zbek xalqi Osiyoda, butun turkiy o‘lkalar va barcha turkiy xalqlar tarixida xuddi shunday o‘rin egallagan”.14



14 Matn I.Yo‘ldoshev va M.Mirzarahimovalarning “Ma’nan etuk avlod – millatimiz tayanchi” ( T.: 2012 y. 57-
b.) kitobidan olindi.

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish