Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tillar kafedrasi



Download 3 Mb.
bet29/110
Sana14.04.2022
Hajmi3 Mb.
#551692
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   110
Bog'liq
SOHA yangi

ADABIYOTLAR


    1. Aminov M., Madvaliyev A., Mahkamov N., Mahmudov N. Ish yuritish. (amaliy qoʻllanma) – Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi, 2017.-455 b.

    2. Mahmudov N., Rafiyev A., Yoʻldoshev I. Nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish (Darslik)-Toshkent: ChOʻlpon, 2013.

    3. Lutfullayeva D. Mustaqillik davri rasmiy-idoraviy ish uslubi taraqqiyoti. (Monografiya.)-Toshkent, 2020.

Qoʻshimcha adabiyotlar:


    1. Mirziyoyev Sh. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. -Toshkent: 0’zbekiston, 2017.

    2. Mirziyoyev Sh. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. – Toshkent: Oʻzbekiston, 2017.

    3. 0’zbekiston Respublikasi Prezidentining «0’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bOʻyicha Harakatlar strategiyasi tOʻg’risida»gi 2017-yil 7- fevraldagi farmoni.

    4. Imamova T., Tuxvatulina L. Ish qogʻozlari qanday yoziladi? - Toshkent, 1992

    5. Tojiyev Y., Hasanova N., Tojimatov, Yoʻldosheva O. Oʻzbek nutqi va uslubiyat asoslari. - Toshkent, 1994.

Axborot manbalari


    1. https://lex.uz//docs

    2. https://sahifa.tj/uzbeksko-russkij.aspx-Uzbekskogo-russkiy

    3. https://library.ziyonet.uz/-ta‘lim

6-mavzu: Ilmiy uslub. Sohaviy terminlarning yasalishi


Mavzu rejasi:
1.Sohaga oid terminlarning turlari.
2. Sohaviy leksikada ma’nodoshlik, shakldoshlik.
3. Koʻp ma’nolilik munosabatlarining namoyon boʻlishi.
4. Ilmiy-ommabop matnlar
Terminlarning ifoda plani soʻzga (hujayra, toʻqima) yoki turgʻun birikmaga (Oʻq ildiz, popuk ildiz) teng boʻladi. A.A.Potebnya «keyingi ma‘no» deb atagan va
«u tilshunoslikning Oʻrganish obyektiga kirmaydi, uni boshqa fanlar oʻrganadi» deb koʻrsatilgan terminologik leksika uzoq davrlargacha alohida nominativ birlik, atama sifatida tilshunoslikda tadqiq qilinmadi. Tilshunoslik fani rivojlanib, Oʻz tadqiqot doirasini kengaytirgan sayin terminlarni Oʻrganish uning eng muhim va tarkibiy qismlaridan biriga aylandi. Hozirgi paytda atamashunoslik bir qancha tadqiqot yoʻnalishlariga boʻlinadi:

  1. Nazariy terminologiya – maxsus leksika (termin)larning rivojlanish va qoʻllanish qonuniyatlarini oʻrganadi.

  2. Amaliy terminologiya – terminlarning amaliy prinsiplari, terminlar va terminologiyaning kamchiliklarini yoʻqotish bOʻyicha tavsiyalar, ularning Qoʻllanilishi, yaratilishi va tarjimasiga doir vositalarni ishlab chiqish bilan shugʻullanadi.

  3. Umumiy terminologiya – maxsus leksika (termin)larning umumiy xossalari, muammolarini oʻrganadi.

  4. Xususiy terminologiya – ma‘lum bir tilning aynan bir sohasiga mansub boʻlgan terminlarni oʻrganadi.

  5. Tipologik terminologiya – alohida terminologiyalarni qiyoslab Oʻrganib, umumiy va alohida terminologiyaning xossalarini belgilaydilar.

  6. Chogʻishtirma terminologiya – turli tillardagi umumiy va maxsus terminologiyani chogʻishtirib Oʻrganadi va xossalarini keltirib chiqaradi.

  7. Semasiologik terminologiya – maxsus leksemalarning semantika bilan bogʻliq muammolarini, semantik birliklarning Oʻzgarishi, polisemiya, sinonimiya, antonimiya, giponimiya kabilarni tadqiq qiladi.

  8. Onomastik terminologiya – nomlashning maxsus leksemalarini, ularningnomlanish jarayoni, nomlashning optimal shaklini tanlashni tadqiq etadi.

  9. Tarixiy terminologiya – terminologiya tarixini oʻrganib, terminlarning kelib chiqishi, shakllanish jarayonini tahlil etadi. Shu orqali terminlar tartibga solinadi. Shu yoʻnalishning natijalariga asoslangan holda tilshunoslikda yangi mustaqil fan – antropolingvistika ajralib chiqdi.

  10. Funksional terminologiya – zamonaviy terminlarning turli matnlardagi, professional muloqot holatlarida, mutaxassislarni tayyorlashdagi vazifalari, shu bilan birga nutqda va kompyuter tizimida terminlardan foydalanish xossalarini Oʻrganadi.

«Termin» umum iste‘moldagi soʻzdan quyidagi belgilarga koʻra farqlanadi:

  1. termin-umumadabiy tilning maxsus vazifa bajaruvchi bir turi boʻlmish ishlab chiqarish, fan va texnika tiliga mansub lisoniy birlik, bir soʻz yoki birikmadir;

  2. termin-konkret narsa-predmet, ashyo hamda mavhum tushunchalarning maxsuslashtirilgan nomidir;

  3. termin uchun muayyan ta‘rif zaruriydirki, uning yordamida tegishli tushuncha mazmunini aniqroq ifodalash, tushunchaning birini ikkinchisidan chegaralab ajratish imkonini beruvchi, ayni mahalda ma‘lum tushunchani muayyan tasnifiy qatorga joylashtirishga yoʻl qoʻyuvchi, farqlovchi belgilarini ravshanroq koʻrsatish mumkin. Oʻzbek tili lugʻaviy tarkibining asosini tashkil etuvchi asli Oʻzbekcha, forstojikcha, arabcha leksemalardan iborat iqtisodiy terminlar sinonimiyasini darslik va Qoʻllanmalarda, lugʻatlarda va boshqa manbalarda bot- bot uchratib turish mumkin. Masalan: bitim-shartnoma boshqarma-mahkama daromad-kirim foydaxOʻr-chayqovchi mezon-Oʻlchov-belgi nazoratchi- tekshiruvchi pul-aqcha qarzdor-nasiyador xarajat-chiqim xaridor-buyurtmachi xaridor-mijoz ustama-qoʻshimcha uyushma-birlashma sarmoya-mablag sarf- xarajat-chiqim chorakor-koranda.

Leksema yasash sohasida tilning ichki rivojlanish qonunlari yaqqol koʻrinasi. Uning rivojlanishi va takomillashuvi bilan bog‘liq holda yangidan vujudga kelayotgan modellar hamda soʻz yasash usullari buningisbotidir. Hozirgi zamon ingliz tilida anashunday usullardan biri – soʻzlarni Oʻzaro qoʻshib soʻz
yasash turlisha nomlanadi. Ba‘zi adabiyotlarda «morfologik – sintaktik usul bilan soʻz yasash», «Grammatik uslub bilan soʻz yasash» deb berilsa, ayrimlarida «leksik
– sintaktik uslub bilan soʻz yasash» atamasi Qoʻllaniladi. Oʻzbek tilshunosligida aynan shu usul bilan yangi termin hosil qilishni «sintaktik usul bilan termin yasash» deb yuritiladi. Oddiy soʻzlar ma‘nosini Oʻzgartirish yoʻli bilan yangi termin yasash koʻpgina tillarda xalqaro sohalarda lugʻat boyligini oshirishga imkon beradi. Xalqaro terminlarning kattagina miqdori umumadabiy til soʻzlarining, ijtimoiy va iqtisodiy tarmoqlardan olingan terminlarning ma‘nolarini Oʻzgartirish yoʻli bilan boyitilgan. Terminlar yasashning bu usuli boshqalardan shunisi bilan farq qiladiki, boshqa hollarda yangi tushunchani ifodlash uchun m qaytadan yangi shakl (ya‘ni elimentlari yangicha birlashtirilgan soʻz ) yaratilsa, bu yerda yangi mazmun ma‘no eski shakliga (ya‘ni oldin mavjud boʻlgan tayyor soʻz olinadi) joylashtiriladi. Ma‘noni Oʻzgartirish yoʻli bilan termin yasashning Oʻziga xos tomoni shundaki, terminlashtirilayotgan obyekt (ya‘ni nom berish kerak boʻlgan perdmet yoki hodisa) xar doim nomi termin sifatida Qoʻllanilayotgan perdmet yoki hodisa bilan qandaydir umumiylikka ega boʻladi. Bu umumiylik ularning tashqi koʻrinishi yoki bajaradigan vazifasi Oʻrtasidagi Oʻhshashlik va shu kabilarda nomoyon boʻlishi mumkin. Mavjud predmetning nomini yangisiga faqatgina bu perdmetlar tugʻrisidagi tushunchalar aniq, ularni Oʻzaro bogʻlaydigan umumiy jihatga ega boʻlgan holatdagina koʻchirish mumkin xolos, aks holda buni amalga oshirib boʻlmaydi. Shuning uchun ham terminlar yasashda ularning ma‘nosiga, strukturaviy tuzilishiga e‘tibor qaratish darkor. Struktural – ma‘noviy jihatdan tahlil etilayotgan xalqaro terminlari qisqartma holda ham uchraydi. Bizning ilmiy tadqiqotimizda ularni tahlil qilishda avvalam bor qisqartmalarni semantik tahlil qilib boʻlmasligini ta‘kidlamoqchimiz. Shu sababli ularning tOʻliq ma‘nolariga ega boʻlish maqsadida yoyma soʻzlarning tahlil etish lozim boʻladi. Semantik sintaktik usulda termin yasash boshqa sohalar terminologiyasiga nisbatan ijtimoiy va iqtisodiy sohalarida keng Qoʻllaniladi. Buning asosiy sababi ikkala soha terminlarinig Oʻtmish davrlarda xalq tili asosida yuzaga kelganligi va jonli soʻzlashuv tili bilan mustahkam aloqada boʻlganligi bilan izohlahs mumkun.
Sjuning uchun xalq tiliga xos boʻlgan koʻpdan koʻp metografik Qoʻllanishlar, ya‘ni leksemalar ma‘nosining koʻchirilishi xalqaro sohalardagi terminlar tizimida nisbatan koʻp uchraydi. Xalqaro sohalardagi terminlarinig affiksatsiya usuli bilan yasalishi sintaktik usul bilan yasalishga qaraganda kammaxsul boʻlsada, diaxronik nuqtai nazardan muhum Oʻrin egallaydi. Ingliz tilida xalqaro sohada koʻplab lingvistik vositalardan, xususan, soʻz yasalishidan foydalaniladi. Binobarin, ingliz tilida terminlar yasash maqsadida (prefiksatsiya, sufiksatsiya)bir nechta soʻz yoki soʻz birikmalaridan foydalanishi mumkun. Quyida ingliz tilida terminlarning yasalish tamoillari va uslublarini keltiramiz: Prefiksatsiya yordamida terminlar, asosan, ingliz tilida old soʻz qoʻshimchalari (pre, inter, im,re, de, com, con, dis, ex) orqali yasaladi va biror bir ish-harakatning oldindan bajarilganlidini yoki bajarilishi kerakligini bildirishi mumkun. Pre- ushbu prefix harakatning oldindan bajarilish holatining oldindan bajarilish holatini bildiradi: Precivilization - sivilizatsiyadan oldin preannounce - e‘lon qilinishidan avval Shuningdek, ingliz tilida iqtisodiy terminlar yasalishida boshqa qator prefiksatsiyaga oid morfologik omillar ham ahamiyatli hisoblanadi. Sufiksatsiya yordamida ingliz tilida gapda ot, ravish yoki fe‘l vazifasini bajaruvchi terrminlar yasalishi mumkun. Mаsаlаn, -er, - or,-antkabisuffikslar orqali ma'lum amalni bajaruvchi shaxs, mexanizmni ifodalanishi mumkun; minister,administer, superior, ambassador, physiсist, philologist Drier, cutter, computer Soʻz oxiriga qoʻshiluv -ion, -tion, -sion, -ment, - ure, -age, suffikslari orqali fe‘llardan otga aylanuvchi ma‘lum tushunchalarni anglatadigan terminlar yasalishi mumkun. Маsаlаn: collaboration, documentation, resolution, identification mission, expression, admission development, punishment, achievement advantage, baggage, plumage Bundan tashqari, -ism, -ty, -ity, -ness, - ence, -ance, оrt qoʻshimchalar yordamida sifatlardan yangi terminlar yasaladi.
Professor U.Tursunov asarlarida Oʻzbek tili terminologik tizimining ichki va tashqi manbalar hisobiga rivojlanishi haqida ma‘lumot beradi. Har bir tilda boʻlganidek, Oʻzbek tilida ham u yoki bu tushunchani ifodalash uchun bir qancha usullardan foydalanadilar. Ular quyidagilardan iborat:

  1. Terminlarning semantik yoʻl hisobiga boyishi.

  2. Terminlarning morfologik usul bilan yasalishi.

  3. Terminlarning sintaktik yoʻl bilan yasalishi. Qator terminologik sistemalarda semantik yoʻl bilan termin yasashdan unumli foydalanib keladilar. Chunki semantik soʻz yasash terminologiyada amal qilinadigan doimiy va an’anaviy yoʻldir. Terminlarni tekshirish jarayonida qator leksik qatlamlar semantik Oʻzgarish tufayli terminologik sistemadan joy olishi mumkinligini koʻrsatdi. Ular biror ma‘noni ifodalash uchun xizmat qiladigan Oʻzbek tilining odatdagi soʻzlaridir. Ulardan termin sifatida foydalanadilar:

  1. Roʻzgʻor buyumlari nomlari: qozon, choʻmich, quti, kurak, panjara, pichoq kabilar.

  2. Odam yoki hayvon a‘zolarining nomlari: barmoq, tirnoq, quloq, boʻgʻiz, qanot kabilar.

  3. Maishiy narsa-buyum nomlari: taroq, koʻzgu, qalpoq kabilar.

  4. Texnikaga oid boʻlmagan soʻzlar: kalit, burqi, pona, payvandlash kabi texnik termin sifatida Qoʻllaniladi. Sanab Oʻtilgan odatdagi soʻzlarni termin deb qabul qilinar ekan, Oʻsha soʻz ifodalaydigan tushuncha belgilari yoki ma‘nolaridanbittasi termin anglatishi lozim predmetning biror muhim belgisini ifodalashi lozim. Bunday soʻzlar termin boʻlishi uchun ular olimlar tomonidan ta‘riflanadi va mantiqan qanday ma‘no anglatishi chegaralab koʻrsatiladi. Shundan sOʻng qaysi sohaning termini ekanligi qayd etiladi. Soʻzning semantik taraqqiyoti tilda yangi soʻzning yuzaga kelishiga sabab boʻladi va util terminologiyasini boyitishga xizmatqiladi. Morfologik usul bilan termin yasashda Oʻzak-negizga soʻz yasovchi qoʻshimchalar qoʻshiladi. Bunday termin yasash Oʻzbek tilida eng mahsuldor usuldir.

Terminlarni yasashda -gich (-qich, -qich, -kich), -soz, -ma, - lik, -sh(-ish), - lash, -cha, -chi affikslari faol ishtirok etadi: chang ajratgich, em buqlatgich; mashinasoz, asbobsoz; moslama, tirkama; temirchilik, mashinistlik; burq‘ilash, payvandlash; bakcha, vagoncha; aniqlovchi, tOʻldiruvchi kabilar. Oʻzbek tili terminologiyasida yakka soʻzli terminlarga nisbatan sintaktik usul bilan yasalgan terminlar ancha salmoqli Oʻrinni egallaydi. Buning sababi shundaki, sintaktik usul
bilan yasalgan terminlar barcha tillarda boʻlganidek, Oʻzbek tilida ham muhim nominativ manba sanaladi. Ma‘lumki, har bir til Oʻziga xos grammatik qonuniyatlar asosida ish koʻradi. Terminlar tuzilish materiali, ya‘ni qandaysoʻzlardan tashkil topganiga qarab bir necha xil boʻlishi mumkin: Ot+ot tipidagi terminlar: samolyot borti, bugʻmashina, shamol tegirmon, moy juvoz, temir qopqoq, arava gupchagi, radioning qulogʻi, samolyotning parragi kabilar. Nisbiy sifat+ot tipidagi terminlar: motorli qayiq, parrakli samolyot, magnitli diska, tirkama plug, halqasimon zichlagichkabilar. Sifatdosh+ot tipidagi terminlar: Oʻta sezgir apparat, sezgir asbob, Oʻzi yurar mashina, pilla tortadigan avtomat, qirquvchi asbob, yurgizuvchi aravacha kabilar. Hozirgi Oʻzbek terminologiyasini yaratishda boshqa tillardan olib foydalaniladigan leksik material etimologik jihatdan ikki guruhga boʻlinadi:

  1. Arab va fors-tojik soʻzlari. Arab va fors-tojik tillariga mansub boʻlgan soʻzlar yordamida termin yasash koʻproq davlatni boshqarish, ta‘lim-tarbiya va fan, madaniy qurilish sohalariga oid boʻlib, ular XX asrning boshlaridan uning 90- yillarigacha yaratilgan, ularning umumiy miqdori, deyarli, bir nuqtada saqlandi. XX asrning 90-yillaridan sOʻng islomiy leksikaning hajmi koʻpaydi. Chunonchi nur, hujayra, davlat, huquq, moliya mudofaa, sanoat, ittifoq, millat, ma‘rifat, maorif, doira, markaz, nisbat, isbot, san’at kabilar arab tilidan; barg, dastgoh, ohang, rang, poydevor kabilar fors-tojik tilidan kirgan soʻzlardan hosil boʻlgan terminlar sanaladi.

  2. Rus tili orqali Oʻtgan terminlar.

Yuqorida aytilgan xulosalar ilmiy terming quyidagi tarifni keltiramiz: ilmiy termin bu – Oʻzining ma‘no (semantik) tuzilishida terminlashtirilayotgan obyektning boshqalarbilan Oʻzaro aloqasini yetarli aniqlik bilan aks ettirgan holda amaldagi terminologiya tizimida ma‘lum ilmiy darajada tasniflovchi soʻz, turg‘un soʻz birikma yoki qisqartmadir.

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish