Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti san’atshunoslik fakulteti qo’lyozma huquqida: udk 37. 04 Jumayeva Farangiz Istam qizi


Zamonaviy innavatsion texnologiyalarni o`quv jarayoniga tadbiq etishda ko`p faktorlar salbiy ta`sir etadi, ularga



Download 15,64 Mb.
bet19/62
Sana23.07.2022
Hajmi15,64 Mb.
#840561
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   62
Bog'liq
diss-Farang-2022

Zamonaviy innavatsion texnologiyalarni o`quv jarayoniga tadbiq etishda ko`p faktorlar salbiy ta`sir etadi, ularga:

  1. ta`lim muassasalarining komp`yuterlar va elektron vositalar bilan ta`minlanganlik darajasining etarli emasligi;

  2. ta`lim muassasalarining internet va boshqa axborot tarmoqlariga yetarlicha ulanmaganligi;

  3. o`qituvchilarning zamonaviy komputer texnikasi bo`yicha malakasining yetishmasligi;

  4. tahsil oluvchilarning ham komputerdan yetarli foydalana olmasliklari, elektron kitoblar bilan ishlashni bilmasliklari;

  5. ta`lim muassasalari rahbariyatining ta`limni bu sohasiga jiddiy e`tibor bermasliklari va h.k.

Ta`limda yo`l qo`yilayotgan bunday kamchiliklarni bartaraf etish omillari quyidagicha:
– yangi innovatsion texnologiyalarni o`rganish uchun o`qituvchilarni qayta tayyorlashni tashkil etish; multimedia disertatsiyalari ishlab chiqqan o`qituvchilarni rag`batlantirishni; internet tarmog`i orqali on-lain konferensiyalar, seminarlar va boshqa o`qitish tadbirlarini tashkil etish; ta`lim muassasalarida multimedia sinflari, laboratoriyalar va kutubxonalar sonini ko`paytirish; internet va boshqa elektron o`quv vositalari bo`yicha o`qitish akademik soatlari miqdorini ko`paytirish; tahsil oluvchilar bilan zamonaviy axborot texnologiyalari haqida ko`proq ilmiy tanishtiruv ishlarini olib borish.
Shunday ekan, musiqa madaniyati darslarini ham hozirgi zamon talabida olib borish muhim ahamiyatga egaligini har birimiz anglab yetmog`imiz darkor. Ammo e`tibor bersak, umumta`lim maktablaridagi musiqa madaniyati sinf xonalarida fortopianino, cholg`u sozlari respublikamizning ko`pgina maktablarida mavjud emas. Bo`lsa ham yaroqsiz yoki talab darajasida emas. Musiqa madaniyati darsi qashqar rubobi, dutor va boshqa o`zbek milliy cholg`u sozlarida o`tib kelinmoqda. Natijada fan - texnika rivojlangan bir paytda yoshlarimizga an`anaviy dars o`tish orqali musiqa faniga nisbatan qiziqishi pasayadi.
Xalq ta`limi musiqani, texnikaning eng ilg`or marralariga olib chiqish, keng ko`lamda musiqa ta`limini joriy qilish bilan maktablarga yetuk musiqa o`qituvchilarini yetkazib berishi lozim. Bu musiqa - texnika tizimi talablarini bajarish uchun o`quvchilarni musiqa ta`limi mazmuni bilan tubdan tanishtirish, ularda nota bilan ishlash, eshitib o`z ovozida kuylash, so`zsiz ijroni seza bilishi kabi qobilyatlarni shakllantirish kerak.
“Дирижерлик” darsida qo`llaniladigan har bir musiqiy faoliyat turi uning ajralmas mantiqiy bo`lagi bo`lib, aniq maqsad sari yo`naltirilishi lozim.
Maktablarimizdagi boshlang`ich va yuqori sinf dasturida haftada 1 soat musiqa darsini o`qitish mo`ljallangan. Shuni e`tiborga olib, musiqa ta`limini komputerning «Pitch Invasion» (Вторжение подачи) hamda «Music Replay» (Переигра музыки) musiqiy o`yinlari yordamida tashkil etish, yoki “Power Point” dasturlarini qo`llash ta`limga innovatsion texnologiyalarni joriy qilishni yana bir yutug`i sifatida qarashimiz mumkin.
Bundan ko`zlangan maqsad: komputerdan foydalanib o`quvchilarning bilim saviyalarini oshirish, mavzu mohiyatini aniq idrok etishiga yordam berish, sof kuylashga o`rgatish, musiqaga bo`lgan qiziqishlarini oshirish, musiqa ta`limini texnik ta`lim bilan bir-biriga bog`lashdir.
Musiqaning san`at sifatida eng muhim xususiyati shuki, u ijodiy kuchni qo`zg`otishning ta`sirchan vositalariga ega. O`quvchilar tinglagan yoki ijro etgan musiqa asarlari ularda estetik munosabatni vujudga keltirishga xizmat qiladi. Shuningdek, musiqa o`zining alohida usullari bilan chuqur fikr va hissiyotni, davrning harakterini aks ettirishi mumkin. O`quvchilarni tarbiyalash shunday olib borish kerakki, musiqa san`ati ular oldida voqealikni obrazli in`ikosi, kishi ijtimoiy hayotining undagi ideallar, intilish va fikrlarning ifodasi sifatida namoyon bo`lsin. Shundagina musiqadan muntazam va keng foydalanish yosh avlodni g`oyaviy estetik tarbiyalashning samarali omili bo`ladi.
Musiqa asarlari ustida uzluksiz va maqsadga muvofiq yo`sinda olib boriladigan ishlar orqali hatto mintaqaviy – estetik jihatdan yetarlicha tayyorgarlik ko`rmagan o`quvchilarda ham musiqaning eng yaxshi na`munalariga qiziqish uyg`otish mumkin. Bastakorlarning bolalar va kattalarga mo`ljallangan asarlari keng o`quvchilar ommasiga hozirgi zamon kishisining fikr-o`ylari va orzu-umidlarini, voqealikdagi xodisalarni aniqroq hamda to`liqroq tushunishlariga yordam vazifalar bilan chegaralanmaydi. Boshqacha aytganda, musiqa tarbiyasini takomillashtirshda faqat professional musiqachilarni yosh musiqaning malakali ixlosmandalarini yetishtirishni emas, balki musiqa orqali va musiqa yordamida kishi shaxsining hamma tomonlarini shakllantirishni nazarda tutish kerak. Ilg`or pedagogik va innovatsion texnologiyalar jarayonida musiqa madaniyati darsi samaradorligini oshirish.
Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo’yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni o’quvchilarga yetkazib berish, ularda ma’lum faoliyat yuzasidan ko’nikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek, o’quvchilar faoliyatini nazorat qilish, shuningdek, o’quvchilar faoliyati nazorat qilish, ular tomonidan egallangan bilim, ko’nikma hamda malakalar darajasini baholash o’qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta’lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi.
Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamalakatlarda o’quvchilarning o’quv va ijodiy faoliklarini oshiruvchi hamda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi pedagogik texnologiyalarni qo’llash borasida katta tajriba to’plangan bo’lib, ushbu tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda.
Intеrfaol - o`qituvchi va o`quvchilarning o`zaro hamkorligi asosida do`stona muhit yaratish, dars samaradorligini oshirish, o`quvchilarda mustaqil fikrlash, fikr – mulohaza yuritish, munosabat bildirish ko`nikmasini shakllantirish dеmakdir. Bu usulda o`quvchi o`zi faol ishtirok etgan holda, yakka, juftlikda, guruhlarda muammo va savollarga javob topishga harakat qiladi, fikrlaydi, baholaydi, yozadi, so`zga chiqadi, dalil hamda asoslar orqali qo`yilgan masalani yoritib bеrishga harakat qiladi.
Bu esa o`quvchilarning xotirasida uzoq saqlanadi. Yangi mavzuni o`zlashtirishda tanqidiy, tahliliy yondosha oladi. O`qituvchi faqat fasilitator (yo`l-yo`riq ko`rsatuvchi, tashkil qiluvchi, kuzatuvchi) vazifasini bajaradi.
Quyida ta’lim amaliyotida foydalanilayotgan interfaol metodlardan bir nechtasining mohiyati va ulardan foydalanish borasida so’z yuritamiz.
Shaxsiy fikr" metodi - talabalar tomonidan yangi bilimlar o’zlashtirishida, olgan bilimlarini mustahkamlashda, ongda hosil bo’lgan ma’lumotlarni tahlil qilish, taqqoslash va tegishli xulosalar chiqarishda shaxsiy fikr metodi yaxshi natija beradi.
Hozirgi paytda o`quvchi, talabalar ko’proq bilimni mustaqil ishlar bajarish jarayonida egallamoqdalar. Mustaqil o’qib o’rgangan materiallarni qayta ifodalash amalga tatbiq etishda ushbu metoddan foydalanilganda talabalarning ongli va faol o’zlashtirishlari amalga oshadi.
Ilmiy, nazariy, amaliy va muammoli o’quv materiallarini tahlil qilish jarayonida talabalar alohida kichik guruhlarda yoki ikkiga bo’lingan holda o’z yondashuv va munosabatlarini bayonetadi. Boshqalar bu fikrni inkor etadigan nuqtai nazarlarini ilgari suradi. Dalil va isbotlar keltiradi. Qarshi fikr aytganlarii o’z tomoniga o’tkazishga harakat qiladi. Ekspert guruhi qaysi g’oyaning ustunligini aniqlash maqsadida so’rov varaqasi to’ldiradi. Qaysi bir guruh qaysi g’oyaning ustunligini aniqlash maqsadida so’rov varaqasi to’ldiradi. Qaysi bir guruh ortiq ovoz olsa, ularning fikri haqiqatga yaqin deb hisoblanadi. Talabalar (mikroguruhlarning faolligiga qarab keltirilgan dalil va isbotlarining haqiqatga yaqinligiga mos holda reyting qo’yiladi).

Bumеrang” tеxnologiyasi; Mazkur tеxnologiya bir mashg`ulot davomida o`quv matеrialini chuqur va yaxlit holatda o`rganish, ijodiy tushunib yеtish, erkin egallashga yo`naltirilgan. U turli mazmun va xaraktеrga (muammoli, munozarali, turli mazmunli) ega bo`lgan mavzularni o`rganishga yaroqli bo`lib, o`z ichiga og`zaki va yozma ish shakllarini qamrab oladi hamda bir mashg`ulot davomida har bir ishtirokchining turli topshiriqlarini bajarish navbat bilan o`quvchi yoki o`qituvchi ro`lida bo`lishi kеrakli ballni to`plashga imkoniyat bеradi.
“Bumеrang” tеxnologiyasi tanqidiy fikrlash, mantiqni shakllantirishga imkoniyat yaratadi: g`oyalarni, fikrlarni, dalillarni yozma va og`zaki shakllarda bayon qilish ko`nikmalarini rivojlantiradi.
Ta'lim bilan bir qatorda mazkur mеtod tarbiyaviy xaraktеrdagi qator vazifalarni amalga oshirish imkonini bеradi.

  • Jamoa bilan ishlash,

  • Muomalalilik,

  • Hushfе`llilik,

  • Ko`nikuvchanlik,

  • O`zgalar fikriga hurmat,

  • Faollik,

  • Raxbarlik sifatlarini shakllantirish,

  • Ishga ijodiy yondashish,

  • O`z faoliyatining samarali bo`lishiga qizihish,

  • O`zini holisona baholash.


Download 15,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish