I BOB XULOSASI
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda shuni ta’kidlash joizki,har qanday orkestrda dirijyorning o’z o’rni bor !, va ushbuda dirijyorga juda kata mas’uliyat yuklatilgan bo’lib, bunda; orkestrni rahbar sifatida boshqarish, partiturani aniq ijro marromiga yetkazish uchun kompozitor asarini ushbu muallif ko’ngliga mosravishda bajarish, hatto kompozitorning asarini o’zi ya’ni muallifiga ma’qul bo’lishi hamda ijodiy jihatdan boyitib ko’rsatishga intiluvchanligi, bu dirijyor va orkestrning mahoratiga bo’g’liq.
Shuningdek, orkestrni sozlash va har bir guruh bilan alohida –alohida mashqlarni marromiga yetkazib turishi va ijrodan oldin dirijyorning imo-ishoralarini payqab bilishi va mimikalarning ma’nosiga qarab pastu-balandligini sodir etish teatral kompozitsiyasi ilg’ab olish, - bu esa orkestr ijrochilariga xos metoddir. Ya’ni har bir dirijyorning o’ziga xos dirijyorlik mahorati va teatral obrazlarni asar tavsilotiga qarab imo-ishoralar orqali yetkazib turishi natijasida, orkestr shu ushbu dirijyorning mahorati va harakatlarini o’rganib oladi va dirijyor o’zini tutishiga qarab ilg’ab oladilar.
Yana bir misol tariqasida shuni ta’kidlash joizki, orkestrlar dirijyorga va dirijyor orkestrga o’rgangan holda ,-har bir orkestrda o’zining dirijyorimavjud va orkestr o’z dirijyorining harakatlarini o’rgangan holda ijrolarni bajaradi. Boshqa ya’ni begona dirijyorda esa orkestr diqqat bilan ijro etib dirijyorni ham ko’rib turgani bilan, bar-bir yangi yo notanish dirijyorning imo-ishorasi va teatral mimikalarni bajarishini tezda payqab olishi qiyin ko’rinadi. Bunda yo o’z dirijyoridan past oddiy dirijyorlik yo hatdan ziyod mahoratli dirijyorning dirijyorligi ostida ijroga duch kelishi bu tabiiy hol albatta.
II BOB
2.DIRIJYORLIKNING O’ZBEK MODULIDA KREATIV-KOMPOTENTLIGINI QO’LLASH ISTIQBOLLARI
2.1. Dirijyorlik fanini o’qitishdagi innovatsiyalar va xorijiy tajribalar.
Innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o`quv jarayonida qo`llashga bo`lgan qiziqish, e’tibor kundan –kunga kuchayib bormoqda. Bunday bo`lishini sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o`quvchi-talabalarni faqat tayyor bilimlarini egallashga o`rgatilgan bo`lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o`zlari qidirib topishlariga, mustaqil o`rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o`zlari keltirib chiqarishlariga o`rgatadi.
Pedagogik texnologiya va pedagog mahoratga oid bilim, tajriba va interfaol metodlar o`quvchi-talabalarni bilimli, yetuk malakaga ega bo`lishlarini ta’minlaydi.
"Texnologiya"- grekcha "techne" so'zidan olingan bo'lib, mahorat, hunar va "logos"- tushuncha, ta'limot ma'nosini anglatadi. Texnologiya samarali vositalar yordamida ishlab chiqarishda mahsulotning sifat o'zgarishga olib keluvchi tizimli usullar yig'indisidir.
“Innovatsiya” - inglizcha inovation (yangilik kiritish, yangilik yaratish, novatorlik) so`zidan olingan bo`lib, novatsiyalarga invistitsiyalar sifatida talqin qilinadi.
Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o`qituvchi va o`quvchi faoliyatiga yangilik, o`zgarishlar kiritish bo`lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol metodlardan to`liq foydalaniladi.
Interfaol metodlar bu –jamoa bo`lib fikrlash deb yuritiladi, ya’ni pedagogik ta’sir etish usullari o`ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va o`quvchi –talabalarning birgalikda faoliyat ko`rsatishi orqali amalga oshiriladi.
Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni o`ziga xos xususiyatlariga ega bo`lib, ularga quyidagilar kiradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |