Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti san’atshunoslik fakulteti qo’lyozma huquqida: udk 37. 04 Jumayeva Farangiz Istam qizi



Download 15,64 Mb.
bet13/62
Sana23.07.2022
Hajmi15,64 Mb.
#840561
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   62
Bog'liq
diss-Farang-2022

Dinamik belgilar


Tavsif/ talqin etilishlar

4/4 12/8
6/8

M:m = 60-80
M:m = 140

f>mf>sf2f>
2>mf

  1. CHaqiruvchan,

  2. Hayajonli,

  3. jangovor,

  4. tantanali

usullar:



Nizomiy “Xusrav va Shirin” dostonida “ Barbadning 30 ta kuyi” bo’limida Barbadning mahorati, so’ng 30 baytda qo’shiqlarining nomlari sanalgan. Bular quyidagicha:

1

Ganji bodovard (5/8 o’lchov)

16

Sarvi sihi

2

Ganji gov

17

No’shinboda

3

Ganji so’xta

18

Romishi chon (2/4 o’lchov)

4

Shodurvoni marvarid (6/8).

19

Nozi Navro’z

5

Taxti taqdisi

20

Mushkuya

6

Noqosu (Zang) (8/8/)

21

Mehrgoni

7

Avrangi

22

Marvoi nek (7/8-o’lchov)

8

Ho’qqam Kovus (7/8 o’lchov)

23

Shabdiz

9

Moh bar kuhon

24

Shabi Farrux

10

Mushkdona

25

Farrux ro’z (6/8 –o’lchov)

11

Oromish Xurshed (4/4)

26

G’unchai kabki daro

12

Nimro’z (3/8,3/4 –o’lchov)

27

Naxchirgon

13

Sabzdar sabz

28

Qini Siyovush (8/8-o’lchov)

14

Qulfi rumi (10/8 –o’lchov)

29

Qini Eradj (10-8 –o’lchov)

15

Sarviston

30

Bog’i Shirin

Turkmanistonda Barbad bilan Nakiso orasidagi ijodiy raqobat ko’rsatilgan. Nakiso Shirin nomidan 27 baytli, Barbad esa 26 baytli qo’shiq ijro etadi29. Dostonning oxirida Barbad Xusrav II o’limidan so’ng barmoqlarini kesishi haqida parchalar bor.
Amir Xusrav Dehlaviy esa “Shirin va Xusrav” dostonida Barbadni ikki asosiy ko’rinishda tilga oladi:
1-ko’rinish. Xusrav ovda Shirinni ko’rib sevib qoladi. Quvonchidan Xusrav tantanali kecha o’tqazadi. Bu yerda Barbad va uning san’ati yuqori darajada tasvirlanadi. “Ganji bodovard” kuylanadi. Barbad qo’shig’i Xusravni mast qilib qo’yadi, u dunyodagi hamma narsalarni unga bahshida etishini aytadi. Xusrav Barbadning har bitta musiqa tovushini marvaridga qiyoslaydi va Barbadga ko’p sovg’alar beradi. Barbad qimmatbaho sovg’alar bilan uyga qaytib “Shodurvoni Marvarid” qo’shig’ini yozadi va buni Xusravga ko’rsatadi. Bu qo’shiq Xusravga kuchli ta’sir qilib, sevgi his - tuyg’ulariga berilib ketadi.
2 - ko’rinish. Xusrav saroyida tantanali bazm o’tkaziladi. Bu bazmda Barbad va Nakiso qatnashadi. So’ng Nizomiy dostonidek Barbad va Nakiso sevishganlar nomidan duet kuylaydilar. Parchalarda ayriliq va uchrashuv, yoshlik va qarilik, sevgi, do’stlik to’g’risida falsafiy qarashlar tasvirlangan.30
Firdavsiyning “Shohnoma” asarida ham Barbad haqida fikr yuritilgan. Uning yozishicha, Barbadning mashhur bo’lganligi Sarkashgacha yetib boradi, Sarkash raqobatchilikdan qo’rqib uni saroyga kiritmaslikni buyuradi.
Barbad saroyga kirmoqchi bo’lganida uni soqchilar qo’ymaydi. U Xusrav shohning Navro’z bayramini bog’da o’tqazishini eshitib qoladi. Mardo’y nomli bog’bon orqali u yashil kiyimlarda bog’ga kirib barglar orasida yashirinadi. Quyosh botgandan so’ng Barbad o’zining musiqa asbobida “Dodofarid” 31qo’shig’ini kuylaydi. Hamma bu kuydan hayron qolib, podshoh musiqachini topishini buyuradi. Lekin hech kim topolmaydi. Shoh ikkinchi qadahni ko’targanda Barbad “Paykargurd” qo’shig’ini kuylaydi. Yana podshoh uni izlashni buyuradi, yana hech kim topolmaydi. Shoh uchinchi qadahni endi ichmoqchi bo’lgan vaqtida u “Sabz andar sabz” qo’shig’ini kuylaydi va Barbad daraxtdan tushadi. Shunda Xusrav uni musiqachilar boshlig’i etib tayinlaydi.
“Shohnoma”da Barbadning Xusrav uchun achinib yig’lagani ham tasvirlangan. Shohning o’g’li otasidan taxtni tortib olganligini eshitib Barbad yig’lab yuboradi.
Manbalarda Barbad ayniqsa turkumli, xususan marosimlar bilan bog’liq bo’lgan asarlarga mehr qo’yganligi ta’kidlanadi. Har bir o’tqazilgan xalq sayllarida, shohning tantonavar kunlarida yangi asarlar yaratib, shohga hadya etgan. “Xusravoniy” yoki “Shohona” pardalarni takomillashtiradi. Har bir yaratilgan asari saroy muhiti, shohning ruhiyati bilan bog’liqdir.
Manbalarda qo’shiqlarning ba’zi bir nomlari saqlangan: “Yazdan ofrid”, “Ganji bod ovar”, “Bog’i Shahriyor”, “Nimro’z”, “Sabr dar sabz”, “Qini Eradj”, “Qini Siyavush”, “Xaft ganz”, “Rohi Shabdiz”, “Bog’i Shirin”. 32
Shuningdek, u Navro’z bayramiga atab marosim qo’shiqlari yozgan. “Vostariyushan”, “Vangix”, “Sozi Navro’z” kabi qo’shiqlarda Navro’zni kutib olish, aholining mehnati kuylanadi.
Al-Johiz va Saolibiylarning ta’kidlashlaricha, bu qo’shiqlar “dehqon qo’shiqlari” deb yuritilgan. Bular: “Bodi Navro’z”, Nozi Navro’z”, “Sozi Navro’z”, “Navro’zi Xurdak.”
Barbad bir necha asarlarini xalq qahramoni Siyovushga bag’ishlaydi. Bular: “Bog’i Siyovush”, “Qini Siyovush”, “Siyovushon”,”Сарьезор”, Яздонофарин,Сурушгоh, harbiy qo’shiqlaridan “Ho zam-zam”, “Mozandaron” 32va boshqalar.
Xulosa qilib aytish mumkinki, Barbad O’rta Sharqda mumtoz musiqa san’tining ilk professional namoyondasi darajasiga ko’tarilgan va aynan shu soha asoschisi sifatida tarixdan o’rin olgan.Shuningdek, Sharq o’lchovlarining shakllanishi va rivojlanishiga ham asossolgan ilk bastakorlardan biridir.



Download 15,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish