Kerakli asbob va maxsulotlar:
1mm gacha yanchilgan ruda: 4-8 kg.
Kleyonka:
Taxtacha yoki chizgich:
Kurakcha – shpatel
Paket qog‘ozchalar
Texnik tarozi (toshlari bilan)
Ishni bajarish tartibi
Voronka yordamida4 kg namunani toza va tekis kleyonka yuzasiga konus shaklida yoyamiz, kleyonkaning ikki qarama-qarshi chetini ko‘tarib 3-4 marta aralashtiramiz. Tekis taxtacha yoki chizg‘ich yordamida maxsulotni tekislab yoyib, bir-biriga perpendikulyar chiziqlar yordamida namunani 4 ga bo‘lamiz. Xar biri 1kg dan 4 ta namuna xosil buladi. So‘ngra 1 kg namuna klyonka ustiga to‘kilib, 15-20 marta kleyonkaning uchini ko‘tarib aralashtiradi. Keyin namuna yupqa qilib yoyilib, uning ustiga bironta uchli narsa bilan shaxmat taxtasi shakli chiziladi va xar qaysi bo‘limdan kurakcha yoki shpatel yordamida namuna olinadi. Olingan namuna qog‘oz paketchalarga joylanadi. Paket ustiga namunaning pasporti yoziladi: rudaning nomi, yanchish usuli va darajasi, namuna olingan vakti, og‘irligi, agar ma’lum bo‘lsa namunaning kimyoviy tarkibi, namuna olgan talabaning familiyasi va ismi.
Do'stlaringiz bilan baham: |