Investitsiya – sarmoyaning biron–bir korxona, ishga uzoq muddatga joylashtirish.
Inflyatsiya — qog’oz pullarning qadrsizlanish va real tovar taklifiga nisbatan muomalada ularning ko`payib ketishi bilan bog’liq bo`lgan qobiliyatning pasayish jarayoni.
Integratsiya (lot. Integratio, integer dan — butun) — biror bir qism va elementlarni bir butunga birlashtirish, iqtisodda xo`jalik hayotini internatsionalizatsiyalashning oliy formasi bo`lib, bo`nga xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashtirish ob`ektiv ravishda sabab bo`ladi. U turli mamlakatlarning o`zaro yaqinlashuvida va ularning korxonalari, tarmoqlari va hatto milliy iqtisodning yagona xo`jalik organizmiga birlashuvida ifodalanadi, hamda bu protsessni tartibga solib turuvchi iqtisodiy siyosatdir.
Ixshid — Sug’d hokimlarining nasabi, unvoni. Tarixiy ma`lumotlarga Sug’d arab halifaligi tomonidan istilo qilingunga qadar bu erda 13 ixshid hukmronlik qilib turgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |