Tuproqqal’a shahri planirovkasi



Download 0,59 Mb.
bet1/3
Sana06.07.2022
Hajmi0,59 Mb.
#749418
  1   2   3
Bog'liq
2 5233407071671557227


Tuproqqal’a shahri planirovkasi
Reja
1. Qal’aning o‘rganilish tarixi va umumiy ma’lumot
2. Tuproqqal’a shahri tuzlishi va qurilish rejasi
3. Yodgorlikdan topilgan moddiy buyumlar
Tuproqqal‘a — qadimgi shaharqal‘a xarobasi; milodiy 3—4-asrlardagi
xorazmshohlar qarorgohi. Hozzirgi Beruniy shahari atrofidagi hududda joylashgan.
1938—50 yillarda S. P. Tolstov rahbarligidagi Xorazm arxeologiya- etnografiya
ekspeditsiyasi tomonidan o‘rganilgan.
Tuproqqal’a qadimiy manzilgohi 3-asrda qurilgan. Qalʼa eramizning 305-yillarigacha xorazmshohlar — oʻlka hokimlarining qarorgohi sifatida foydalanilgan. Koʻp sonli bosqinchilik urushlari hukmdorlarni qarorgohni tark etishga majbur qilgan va shahar asta-sekin vayronaga aylangan1.
Ellikqal’a tumani hududida joylashgan, to’g’riburchak shaklda, umumiy maydoni – 17 ga: Tuproqqal’a yodgorligining qurilishi tarixi masalasida turli fikrlar mavjud. Tuproqqal’ada eng qadimiy madaniy qatlamgacha tadqiqot ishlari olib borilgan emas, shuning uchun ham uning qurilish xronologiyasi munozarali bo’lib qolmoqda. Bizningcha yodgorlik mil.av. IV asrda qurilgan bo’lsa kerak. Vazamar davrida Tuproqqal’a Xorazmshoxlarning yozgi qarorgohi, poytaxt esa Akshaxon qal’asi bo’lgan2.
Shahar darvozasi janub tomonda joylashib, to’g’riburchakli labirint bilan mustahkamlangan, kungurga ega emas. Darvozadan qarshi tomonda kengligi 10 m ko’cha o’tgan bo’lib, ichki qismini ikki mahallaga ajratgan uy-joylar zich joylashgan. Shaharning shimoliy-g’arbiy qismida saroy joylashgan, uchta kungur bilan mustahkamlangan. Saroyning maydoni 6,5 ming m2. Saroyda bir necha «Katta zallar» ochilgan bo’lib, ularning devorlarida turli haykal tasvirlari tushirilgan, topilgan ashyolarga qarab uy xonalari «Podsho zali», «Askar zali», «Bug’u zali» nomini olgan. Saroy xonalaridagi katta ahamiyatga ega bo’lgan ashyolardan biri teri va yog’och taxtachalarga yozilgan 120ga yaqin podsholik arxiv xujjatlari olinganligidir3.
Unda 2000-2500 kishi istiqomat qilgan. Shahar gumbazsimon yo‘lakli va burjli mudofaa devori bilan o‘ralgan. Shaharning ichida joylashgan xonadonlarning orasidagi yo‘laklar juda tor bo‘lib, g‘ishtlarga tushirilgan tamg‘alar orqali yashagan jamoalarning qaysi uruqqa mansubligini aniqlash mumkin bo‘lgan. Hayratlanarlisi shuki, tashqari devorlarning qalinligi 7-9 metrga teng bo‘lgan. Shaharni arxeologik qazish jarayonida 100ga yaqin turar joy va 8ta saroy zali aniqlangan. Zallar bo‘rtma naqshlar va rangli xaykallar bilan jixozlangan.
«Tuproq-qal’a» eramizning I-IV asrlarida Xoraz davlatining poytaxti hisoblangan. Shahar tarixi to hozirgi kunga qadar o‘rganilmoqda. Arxeologik yodgorlikka chiqish uchun zinapoyalar barpo etilgan. Chunki, zinalardan avval, loysimon yo‘laklar noqulayliklar tug‘dirgan.
Ammo yodgorlikni konservatsiya qilish davrida ilmiy kengash bilan kelishilmagan holda ish olib borilgan va oqibatda yemirilib borayotgan devorlarni o‘rnatilgan qoidasi bo‘yicha ta’mirlanmagan. Bu masala ommaviy axborot vositalarida mart-aprel oylarida keng tus olgan edi. Hozirda barcha konservatsiya ishlari to‘xtatilgan4.
Bir vaqtlar muhtasham qal’a qadimiy shaharning o‘zagi bo‘lib, eramizning II-III asrlarida Xorazm shohlarining qarorgohi bo‘lgan. Bu yerda, mudofaa devori orqasida dushman hujumlaridan himoya galereyalari bo‘lib, ko‘plab ko‘chalar va savdo rastalari joylashgan, shuningdek markazda keng old ko‘cha mavjud bo‘lgan. Qadimgi shahar shunchalik katta ediki, uning hududi 200 ga yaqin xo‘jalik va turar-joy binolaridan iborat 10 ta kvartalni o‘z ichiga olgan. Har bir kvartalda o‘zlarining kichik-markazlari bo‘lib, ularda ziyoratgohlar va hunarmandchilik binolari joylashgan. Shaharda 2,5 mingdan ortiq aholi yashagan, ularning yarmi saroy qarorgohida ishlagan5.
Tuproq-qal’ani qazish ishlari shov-shuvga sabab bo‘ldi va III asrda shahar Qadimgi Xorazmning ilg‘or poytaxti bo‘lganligi, bu zaminda qadimiy madaniyatning gullab-yashnaganligi, ko‘chalar va binolar yaxshi loyihalashtirilganligi, Tuproq-qal’ani geometriya qirolligi deb atash mumkinligi haqida xulosa qilish imkonini beradigan qiziqarli materiallar olindi6.
Milodiy II–III asrlarda Tuproqqal’a shahrida bundan ham ulug‘vor va muhtasham qurilish ishlari amalga oshirilgan edi. Shahar qudratli mudofaa devorlari bilan o‘ralib, devor burchaklarida burjlar qurilgan. Markazdan o‘tgan ko‘cha shaharni ikki qismga bo‘lgan, undan esa, yon-atrofga ko‘chalar ketgan, mahallalar bir-biridan ajralib turgan. Markaziy maydonda muhtasham saroy va ibodatxonalar joylashgan. Qasrdagi saroy devorlari shohlar, lashkarlar, sozandalar, shuningdek, hayvonlar va qushlar tasviri bilan bezatilgan. 20 dan ortiq bo‘yalgan loy haykallar zallardan biridagi tokchalarda devor bo‘ylab o‘rnatilgan7.
Tuproq qal’a (milodiy I-VI asrlar) Sulton Uvays tog’ tizmasidan bir necha kilometr janubda joylashgan. Ushbu qal’a antik davrda, Afrigiylar sulolasi hokimiyatga kelishidan oldin, Qadimgi Xorazm hukmdorlarining qarorgohi bo’lib xizmat qilgan. Yodgorlikning nomi, uning hozirgi holatidan kelib chiqib, katta tuproq tepalik degan ma’noni anglatadi8.
Tuproq qal’a majmuasi - shahar, yuqori saroy va shimoliy majmuadan iborat.

Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish