Shimoliy saroy majmuasi. Ushbu majmua - Tuproq qal’a shahridan taxminan 100 km. uzoqlikdagi, maydoni 12 gektar keladigan bir necha binolar jamlanmasidir. Ushbu binolardan biri oq va qora fondagi, katta va kichik rozetta va boshqa gullar bilan bezatilgan rangbarang devoriy tasvirlar, shuningdek, pastki oyoq va ko’ylakni tasvirlagan haykal qoldiqlariga ega 50 ta xonadan iborat. Shuningdek, bu yerda Kushon hukmdorlari Vima- Kadfiz, Xuvishka hukmronligi davriga oid tangalar, sherning oltin boshi va barelyef tayyorlash uchun alebaster shakllari topilgan.
2. Tuproqqal‘a kompleksi baland platforma ustida qurilgan saroy, unga janub va sharqdan tutashib ketgan olov ibodatxonasi va undan janubda joylashgan ibodatxona kvartallaridan tashkil topgan9.
To‘g‘ri burchak shaklda bo‘lib, cho‘zilgan 500x350 metr10, qadimda ikki qatorli devor bilan o‘rab olingan bo‘lib, ularning saqlanib qolgan balandligi 2-8 m. Devor burchaklarida to‘rt tomoni teng va devor bo‘ylab to‘g‘ri burchakli burjlar kuchaytirilgan va burjlar dastlab paxsadan, keyinchalik, ochiq yo‘lakli devor bilan kvadrat shakldagi xom g‘ishtdan tiklangan. Mudofaa devori va burj devorlarida nayza o‘qi uchli shinaklar mavjud bo‘lib, ular o‘rtasidagi maydon hajmi 1,10-1,30 sm. Tashqi devor qalinligi 2,20 sm, ichki esa 1,20 sm, umumiy devor qalinligi 6m. Janubiy devor o‘rtasida darvoza joylashgan, u murakab inshoot bilan kuchaytirilgan. SHaharning shimoli-g‘arbiy burchagida Ark (saroy) joylashgan, uning poydevori paxsa bloklaridan iborat bo‘lib, balandligi 14 m, maydoni 180x180 m (tomonlari 90 m) ni tashkil etuvchi platforma ustida joylashgan bo‗lib, mustahkam devor bilan o‘rab olingan11.
Shaharning butun shimoliy g‘arbiy burchagini hokimning ulkan qasr egallab, bu qasr murakkab rejali sahnadan va uch burjli ulug‘vor qal‘adan tashkil topgan bo‘lib, 25 metr baland joyiga qadar butun saqlanib qolgan12.
Saroyga tutashgan o‘ziga xos monumental binoni S.P.Tolstov olov ibodatxonasi deb ataydi. Uning markazida 40x30 m hajmdagi inshoot bo‘lib, u ham ikki qator devor bilan o‘rab olingan. Darvozadan to‘g‘riga kengligi 9 metrli ko‘cha o‘tgan bo‘lib, u shahar ichki qismini ikki mahallaga ajratgan. Shimoli-g‘arbiy tomonda yuzga yaqin uy xonalari, 8 ta saroy zali tekshirilgan. Milodiy II-III asrlarga oid madaniy qatlam o‘rganilgan. Milodiy IV-V asrlarga kelib iqtisodiy madaniy hayot inqirozga yuz tutgach, faqat uning ark-a‘lo qismida madaniy hayot davom etgan13.
Shahar o‘sha zamon harbiy g‘oyasining o‘ziga xos bir jihati e‘tiborga loyiq, qo‘shimcha to‘siq sifatida qal‘a devorlari oldida handaq qazilgan. Huddi shunday handaq Tuproqqal‘ada ham bo‘lib, shahar devorini chor atrofdan 15 metr masofada o‘rab turgan. Handaqning kengligi 16 metr, chuqurligi 3 metrdan iborat1.
Madaniy qatlamning umumiy qalinligi 4 metr, uning pastki gorizonti kushanlar
davri bilan, yuqorigisi — afrig‗iylar davri bilan sanaladi.
Qasrning markaziy massividagi binolari o‘n ikki metrli qudratli sokol
ustida, yerdan ko‘tarilib turardi. Bu sokol bir – biri bilan kesishuvchi paxsa
devorlar sistemasidan iborat bo‘lgan. Ularning orasidagi bo‘shliq g‘isht bilan
to‘ldirilgan, g‘isht terishda loy mutlaqo ishlatilmagan, u bevosita qum ustiga
qo‘yilgan. Inshootlarning sokollarini qum – g‘isht bilan to‘ldirish qadimgi
Xorazmdagi qurilish ishlarining eng xarakterli belgisidir. Sirt tomonidan paxsa
devor ―sovut bilan qoplangan qumli yoki qum – g‘ishtli sokollar mavjud
bo‘lgan. Jonbosqal‘adagi o‘txona, Ayozqala‘a – 3 dagi katta uy va boshqa
yodgorliklarning sokollarining qurilishi o‘xshashdir.
Keyinchalik, V – VI asrlardan boshlab bu uslub tamomila yo‘qoladi, qum –
g‘ishtli sokollar o‘rnini nuqul paxsa sokollar egallaydi. Poydevor o‘rnatishning
bu o‘ziga xos uslubi ya‘ni qumtepalar ustiga imorat qurishning ibtidoiy
an‘analariga borib taqalsa kerak. Qadimiy imoratlarining sokollari – sun‘iy
ravishda tiklangan va qo‘zg‘olmaydigan qilib mahkamlab qo‘yilgan barhanlar
bo‘lib, ular binoni tuproq nami va nam olib keladigan tuz ta‘siridan muhofaza
qilgan. Mustahkam ―sovut ichiga olingan qum va tuproqning elastik massasi
bir necha ming yillarga chidab bergan. Misol uchun Tuproqqal‘a singari ulkan
binolarning ―qum ustiga qurilgan burjlari ham mag‘rurlik bilan ko‘kka bo‘y
cho‘zib turibdi. Sokol maydonchasida goxo bir – biri bilan yonma-yon ketgan,
goho esa birining yon tomoniga ikkinchisi tik tushgan gumbazli ikki qavat
imorat solingan. Ba‘zi belgilarga qarab, ikkinchi qavat tomi ustiga
panjarasimon, devorlari figurali (geometrik shaklga ega bo‘lgan) yengil g‘ishtdan
qurilgan yana bir qavat xonalar bo‘lib, bular eng so‘ngi O‘rta Osiyo uylaridagi
bolaxonalarga o‘xshab ketardi. Xonalarni biridan ikkinchisiga ularni o‘zaro
bog‘lab turgan peshtoqli yo‘laklardan o‘tish mumkin. Xonalarni tepa tuynukdan tushgan nur yoritgan, pastki qavatdagi xonalarning bir qismiga tabiiy yorug‘lik
tushib turmagan, balki bu xonalarda xo‘jalik ishlari qilingan bo‘lishi mumkin1.
Tuproqqal‘a tarixi arxeologik jihatdan 3 ta asosiy davrga bo‘linadi.
Birinchi bosqichi milodiy II asr oxiri va III asrni o‘z ichiga olib, bu davrda
shahar Xorazm hukmdorlarining saroy-qarorgohi vazifasini o‘tagan.
SHahar tarixining ikkinchi bosqichida saroyda hayot bir oz so‘ngan va u
odamsiz qolgan. Bu saroy egalarining boshqa joyni qarorgoh qilib olishlari bilan
bog‘liq bo‘lishi mumkin. Saroyning tashlab qo‘yilishi harbiy-siyosiy yoki
boshqa tashqi ta‘sir tufayli sodir bo‘lmagan. Chunki buning izlari (yong‘in,
talonchilik va b.) qazishmalar jarayonida qayd qilinmagan. Mazkur xolat
Beruni yning Xorazm poytaxtini Kat yaqinidagi Al-Fir qal‘asiga
ko‘chirilishi haqida bergan ma‘lumotiga yaqin keladi.
Beruniy o‘z asarida Afrig‘ni yangi sulola asoschisi sifatida keltirilib, shu
bilan birga uning oldingi Xorazm podsholari nasabidan ekanligi ta‘kidlaydi.
Shahar tarixining uchinchi davri IV-VI asrlarga to‘g‘ri kelib, bu davrda
saroyda ma‘lum darajada qurilishlar amalga oshirilgan bo‘lsada, biroq u oldingi
davrlardagi kabi keng ko‘lamli bo‘lmagan. Tuproqqal‘a qadimgi Xorazm davlatining ma‘muriy-xo‘jalik ishlari boshqarib turiladigan podshoh qarorgohi bo‘lgan va ayni vaqtda diniy ibodat markazi vazifasini ham bajargan.
Rejaga ko'ra, shahar to'g'ri to'rtburchaklar shakliga ega edi. Gubernator saroyi - uchta minorali ulkan qasr shimoli-g'arbiy burchakda joylashgan edi. Olovli ibodatxona qal'aning janubi-sharqida edi. Shaharni ikki qismga bo'luvchi uzun ko'cha olovli ibodatxonadan janub tomonga olib borardi. Undan chiqib ketadigan yo'llar katta uy-joylarni ajratib, kech quldor Xorazmning poytaxtini tashkil etdi14.
Xonalar devori boʻrtma naqshlar va relyefli rangli haykallar bilan bezatilgan (qarang Tuproqqalʼa deeopuii rasmlari va haykalpari). T.ning sharqiy qismida qurolaslaha ustaxonasi boʻlgan, u yerdan temir nayzalar, 3 parrakli oʻqlar, saroyning yemirilib ketgan 2-qavatidagi podsho arxividan esa teri va yogʻoch taxtachalarga yozilgan 100 dan ortiq hujjat topilgan. Ular qadimiy xorazmiy tilida bitilgan (1—3-asrlar).
Tuproqqal’adan jun, shoyi, ip gazlama parchalari, boʻyra, rangli gilam, koʻplab haykal boʻlaklari, sopol buyumlar va Kushon tangalari topilgan. Tuproqqal’a sugʻorish inshootlarining buzilishi, harbiy toʻqnashuvlar natijasida xarobaga aylangan.
Qadimgi Xorazm davlatining poytaxti masalasi ham bugungi kunga kelib yanada oydinlashtirildi. XX asrning 80-yil oxirlarigacha poytaxt shaxar Tuproqqal’a shaxri deb kelingan edi. Lekin 2000- yillarda Oqchaxonqal’ada olib borilgan arxeologik tadqiqotlar qadimgi Xorazmning poytaxti Oqchaxonqal’a yodgorligi ekanligi isbotlandi. Mazkur yodgorlik o‘zining qurilish uslubi, saroy bezaklari, topilmalari va shohlarning devoriy suratlari bilan alohida ajralib turadi15. 1982-1985-yillarda G.Xojaniyozov olib borgan qazishmalari natijasida Oqchaxonqal’a qadimgi Xorazm davlatining birinchi poytaxti bo‘lishi mumkinligini aytadi. Oqchaxonqal’a qadimgi Xorazmning maydoni jihatdan Qalaliqir-1 dan keyingi eng yirik (56 gektar) shahri Oqchaxonqal’a shimol va sharqdan uzun devor bilan o‘ralgan. Bu Xorazmning boshqa yodgorligida uchramaydi. Shahar ikki qismdan iborat bo‘lgan: ichki shahar markazida Otashkada, hukmdorning qarorgohi va ibodatxona bo‘lgan. U ham mustahkam mudofaa devori bilan o‘rab olingan.
Qadimgi sharq poytaxt shaharlarida (masalan, Persopol) kuzatiladigan qabul marosimlari uchun mo‘ljallangan “yuz ustunli zal” bo‘lgan. U yerdan shohona marosimlar va diniy e’tiqodlar bilan bog‘liq ko‘plab devoriy rasmlar ham topilgan. Bunda boshiga toj kiygan shoh suratlari ham topilgan. Shoh boshiga ilohiy qush-Humo qo‘nib turgani Oqchaxonqal’a haqiqatdan ham qadimgi Xorazm davlatining poytaxti ekanligini ramziy belgisi deb izoxlashimiz mumkin.
3. Arxeologik qazishmalar davomida tangalar, ossuariylarning parchalari (zardushtiylik kanopi ko'zalari), san'at madaniyatining ajoyib namunalari: yupqa sopol buyumlar, jun, shoyi matolar, tilla taqinchoqlar va 300 dona shisha munchoqlardan iborat marjon, pasta, qahrabo, marjon, kosalar topilgan.
Arxeologlar Xorazmni mashhur qilgan kamon ishlab chiqaruvchi ustaxonalarni ham topdilar. Yodgorlik me’morchiligi qadimiy Xorazm shaharsozlik va istehkom san’atining ajoyib namunasidir. Uchta minorali gubernator saroyi alohida qiziqish uyg'otadi. Ichida xonalari 30 metr balandlikda joylashgan, bugungi kunda balandligi 25 metr bo‘lgan uchta muhtasham minora Xorazm me’morchiligi rivojlanganidan dalolatdir.
Tuproqqal'a nafaqat o'zining g'ayrioddiy me'morchiligi, balki saroyning janubi-sharqiy qismidagi to'rtta binoda topilgan qadimgi xorazm tilidagi noyob topilmalari bilan ham mashhur. Arxeologlar 116 ta hujjatni qora siyoh bilan yog‘och lavhalar va charm rulonlarda topdilar. O'n sakkizta yog'och hujjat juda yaxshi holatda qoldi. Hujjatlar hali to'liq o'qilmagan bo'lsa-da, ularning tabiati allaqachon aniqlangan. Bular saroy arxividan olingan iqtisodiy hujjatlardir. Topilgan hujjatlardan uchtasi aniq sanaga ega edi - milodiy 207, 231 va 232-yillar.
Arxiv bilan bir qatorda haykaltaroshlik va rangtasvir ham qiziqish uyg'otadi. To‘prak-qal’aning Qadimgi Xorazm tasviriy san’ati muzeyi deb nomlanishi bejiz emas. Bu Xorazm me'morchiligining to'liq qazib olingan noyob yodgorligidir. Arxitektura dizaynining o'lchamlari va dahosi To'prak-Qal'ani Xorazmning eng noyob yodgorliklaridan biriga aylantiradi16.
17
18 , 19
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Толстов С.П. Древний Хорезм. М., Наука,1948 г
Толстов С.П. По древним дельтам с древнехорезмийской цивилизации. М.,Наука, 1948 г
Толстов С.П. По следам древне Хорземийской цивилизации. М., Наука,1948 г
Толстов С.П. По древим делтьам Окса и Яксарта.М.,1962 г
Неразик Е.Е. Раскопки городища Топраккала//АО -1974. М.,Наука,1975
Неразик Е.Е. Раскопки городища Топраккала//АО-1974.М.,Наука,1975 г
A.S.Sagdullayev, V.A.Kostetskiy. Qadimgi dunyo tarixi. 6-sinf. Toshkent 2017-yil
Internet ma’lumotlari
www.advantour.com
www. uzbekistan.travel/uz
www.xorazmiy.uz
www.xabar.uz
https://karakalpakstan.travel
www.advantour.com
Do'stlaringiz bilan baham: |