Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti tarix kafedrasi “tarixiy o’lkashunoslik va


-MAVZU: AMUDARYO VA SURXONDARYO VOHASI SHAHARLARI URBANIZATSIYASI



Download 0,73 Mb.
bet25/50
Sana21.07.2021
Hajmi0,73 Mb.
#124786
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   50
Bog'liq
2 5345806894088850111

10-MAVZU: AMUDARYO VA SURXONDARYO VOHASI SHAHARLARI URBANIZATSIYASI

REJA:

1. Termiz V–VII asrlarda. Shahar joylashgan o’rni va tuzilishi haqida Xitoy manbalari.

2. Termiz arablar istilosi davrida. Chag’oniyon (Sag’oniyon-Budrach). Somoniy­lar davrida Termiz, rejalashtirish, asosiy qurilishlar. Arab mualliflari ma’lumotlari.

3. Termiz G’aznaviylar, Qoraxoniylar va Saljuqiylar davrida. Shahar tuzilishi va uning mavzelari, zamonaviy yirik shaharga aylanishi. Termiz mo’g’ullar istilosidan so’ng, shahar hududining o’zgarishi.

4. Temuriylar davri tarixiy manbalarida Termiz shahri, uning vazifasi va qurilishi tarixi. Termiz so’nggi o’rta asrlar davrida.
Ahamoniylar davriga kelib Baqtriya shaharsozligida sezilarli o’zgarishlar sodir bo’lgan edi. Temir qurollarining yoyildashi, sug’orma dehqonchilik va hunarmandchilikning takomillashuvi, manzilgohlar sonining ortishi, ularni maydonining kengayishi, yangi belgilar qo’shilgan holda tuzilishining murakkablashuvi aynan mana shu davrga xosdir. Baqtrada juda balandlikda qal’a qurilib, shaharni pastda qalin devor o’rab turgan. Shuningdek qal’a, akropolda ham mavjud edi. Mil.avv. I ming yillik o’rtalari Baqtriyada 4 qismli ko’rinishdan iborat turli tipdagi shaharlar mavjud edi. Ushbu tuzilish qal’a, shaharning o’zi, shaharoldi hududi qishloqlari va alohida qo’rg’onlardan iborat shahar atrofi qismlari edi. Baqtriya shaharlari mahalliy an’analar asosida shakllangan bo’lib, ushbu jarayonning ildizlari bevosita bronza davri bilan bog’lanadi14.

O’tgan asrning 50–60- yillaridan boshlab mil.avv. IV – milodiy IV asrlar O’rta Osiyo tarixini o’rganish jarayonida “antik” va “antik davr” jumlalari muomalaga kirgan edi. Antik davr butun madaniy hayotida bo’lgani kabi shaharlar hayotining o’ziga xos tomonlari mahalliy va ellinistik, ayrim hollarda hind shaharsozlik an’analarining o’zaro uyg’unlashuvi bilan izohlanadi. Makedoniyalik Iskandarning yurishlari, Salavkiylar va Yunon-Baqtriya podsholiklarining paydo bo’lishi, keyinroq Qang’, Davan va Kushonlar davlati ham shaharlar taraqqiyotiga sezilarli ta’sir ko’rsatdi15.



Termiz shahri haqidagi manbalarda Aleksandr Makedonskiygacha shahar hududi atroflarida odamlar yashaganligi, Makedonskiy o’limidan so’ng esa ko’chmanchi qabilalar tomonidan shahar vayron etilganligi, salavkiylar shohi miloddan avvalgi III asrda hukmronlik qilgan Antiox I shaharni qayta tiklagani va unga o’zining nomini bergani hamda u “Oks bo’yidagi Antioxiya” deb atala boshlagani qayd etilgan. Xaritada ushbu shahar Antioxiya-Tarmita deb nomlangan16.

Mil.avv. 140–130 yillarda Baqtriya hududiga yuechji ko’chmanchi qabilalar bostirib kirib, bu yerda Kushon davlatiga asos soldi. Kushonlar davrida dehqonchilikning rivojlanishi tufayli keng hududlar o’troq aholi tomonidan o’zlashtirildi. Ma’lumotlarga ko’ra, birgina Shimoliy Baqtriya (Surxon vohasi)da 120 dan ziyod kushonlar davriga oid shahar va qishloqlar aniqlangan.

Surxondaryo viloyatining Sho’rchi tumanidagi Dalvarzintepa yodgorligi Kushonlar davlatining birinchi poytaxti hisoblanadi. Kushon podsholaridan Kanishka davrida Dalvarzintepa shahar sifatida shakllangan. Manbalarda miloddan avvalgi I asr oxiri – milodning boshlarida Shimoliy Baqtriya hududida Dalvarzintepadan boshqa yirik shahar bo’lgani qayd etilmagan. Milodiy III asr oxiri – IV asr boshlarida Kushon podsholigi eftaliylar tomonidan zabt etilgach, Dalvarzintepa vayron qilinib, hayot faqat uning bir qismidagina, hozirgi qal’a, ya’ni shoh saroyi o’rnida saqlanib qoladi. Arablar bosqinidan keyin shahar butunlay vayron bo’ladi va hayot Dalvazintepadan 10 kilometr sharqda joylashgan Budrachtepaga ko’chadi.

Kushon davri shaharlarining kelib chiqishi va shakllanish jarayonini Dalvarzintepa nisbatan yaxshi aks ettiradi. Mil.avv. I asrning ikkinchi yarmi – milodiy I asr boshlarida dastlabki markaz o’rnida qalinligi 7 metrli devor va handaq bilan o’rab olingan mustahkam qal’a shakllanib, mustahkamlangan manzilgoh shaharga aylanadi. Ushbu shahar aniq to’g’ri burchakli rejasi va mustahkam devorlari bilan ajralib turadi. Kushonlar davrida ushbu joy shaharga aylanadi17.

Kushonlar davrida Baqtriyada yuzlab yangi shahar va qishloqlarga asos solindi, eski shaharlar esa gullab-yashnadi. Ulardan biri Termiz edi. Mazkur shahar kushonlar hukmronligi davrida gullab-yashnagan bo’lib, natijada shimoliy Baqtriyaning eng katta shaharlaridan biriga va uning poytaxtiga aylandi. Shahar tez sur’atlar bilan kengayib bordi. Hunarmandchilikning turli tarmoqlari, ayniqsa, kulolchilik metallsozlik, toshtaroshlik tez rivojlandi. Termizlik kulollar tayyorlagan ko’za, qadah, likopcha, tog’ora va boshqa ko’pgina uy-ro’zg’or buyumlari o’zining sifati, bejirim shakli va turli naqshlari bilan alohida ajralib turardi. Mazkur buyumlar faqatgina shahar aholisining ehtiyojini qondiribgina qolmay, ma’lum qismini boshqa shaharlardan va qishloqlardan kelgan odamlar ham xarid qilgan.

Kushonlar davrida Termizda savdo-sotiq ham avj olib, u asosan, tovar-pul muomalasi orqali olib borilgan. Shaharning Buyuk ipak yo’li chorrahasida joylashganligi uni iqtisodiy va madaniy jihatdan yanada yuksalishiga zamin yaratgan edi. Termizning madaniy va ma’naviy hayotida buddizm alohida o’rin egallagan. Shaharga ushbu din ilk bor miloddan avvalgi I asrning oxiri – milodning boshlarida kirib kela boshlagan. Shahar aholisining kattagina qismi va shahar hokimi hamda zodagonlar ham buddaviylik dinini qabul qilib, uning har tomonlama rivojlanishiga homiylik ko’rsatgan edi. Ular buddaviylik ibodatxonalari bunyod etgan. Bunday markaziy ibodatxonalardan ikkitasi hozirda Qoratepa va Fayoztepa nomi bilan mashhur. Ushbu yodgorliklar shahar tashqarisida joylashgan bo’lib, Shimoliy Baqtriyaning eng katta ibodatxonalaridan biri edi18.

Kushon podsholigi davrida Shimoliy Baqtriyaning qadimgi shahar madaniyati ancha ravnaq topdi. Ushbu davrda Termiz shahrining iqtisodiy, madaniy jihatdan rivojlanganligini hunarmandchilik buyumlari, uy qurish sohasidagi me’morchilik san’ati, sug’orish inshootlari va ishlab chiqargan mahsulotlari orqali ham bilib olish mumkin.

Mazkur davrda Termiz shahrining maydoni 350 gektardan iborat bo’lib, Dunyotepa va  Chingiztepa xarobalari o’rnida joylashgan. Chingiztepa va Qoratepa oralig’ida Amudaryoga qurilgan chig’iriqlar yordamida shahar markaziga ichimlik suvi chiqarilgan. Suv chiqarilgach, Qoratepa ibodatxonasida maxsus hovuzlar yordamida suv tindirilib, keyin shahar tashqi devorining shimoliy tomoni bo’ylab qurilgan ariqcha orqali shaharga taqsimlangan. Milodiy II asrda podsho Kanishka Qoratepa yodgorligi o’rnida Budda ibodatxonasini qurdiradi. Mamlakatda qishloq jamoalari ancha kengayadi. Ushbu davrda vohada ikkita yirik markaz mavjud bo’lib, bulardan biri: Amudaryo bo’yidag’i Tarmita (Termiz) bo’lsa, ikkinchisi Chag’onrud (Surxondaryo) bo’yidagi Dalvarzintepa shaharlari edi. Mazkur shaharlar Kushonlar imperiyasining siyosiy, iqtisodiy, madaniy va harbiy hayotida alohida o’ringa ega bo’lgan. Bundan tashqari, Kampirtepa, Zartepa va Hayitobodtepa kabi shaharlar ham mavjud bo’lib, ushbu shaharlar mudofaa devorlari bilan o’rab olingan edi19.

Yuqorida ta’kidlanganidek, Kushonlar davrida Baqtriyada yuzlab shahar va qishloqlarga asos solindi.Ulardan biri Shimoliy Baqtriya hududida Oks (Amudaryo) bo’yidagi qadimiy shaharlardan biri Kampirtepa hisoblanadi. Kampirtepa milloddan avvalgi III asrda asos solingan shahar hisoblanadi. U Amudaryoning o’ng sohilida Termizdan 30 kilometr g’arbda va shu yo’nalishdagi Surxondaryo viloyati Muzrabot tumani Sho’rob qishlog’idan 1,5 kilometr masofada joylashgan. XV asr muarrixi Hofizi Abro’ asarida Kampirtepa Jayhun bo’yidagi “Pandaxeyon” nomi ostida tilga olinadi. Kampirtepa 2 qism, qal’a, undan g’arb va sharq tomonda joylashgan, atrofi devor bilan o’ralgan qismlardan iborat. Devorining umumiy uzunligi g’arbdan sharqqa tomon 750 metr, shimoldan janubga tomon esa 250 metrni tashkil etadi. Qal’a mustahkamlangan va mustahkamlanmagan qismlardan tashkil topgan bo’lib, umumiy maydoni 4 gektardan iborat edi. Uning tuzilishi arki a’lo, arki a’lo oralig’i hududi, tashqi qal’a devori, turar-joy hamda turli maqsadda foydalanilgan binolardan iborat. Arki a’lo Amudaryo tomon qaraganda baland terassa qirg’og’ida, qal’aning markazida joylashgan. G’arbdan sharqqa 150 metr, shimoldan janubga 100 metr uzunlikka cho’zilgan. Maydoni 1,5 gektar. Tashqi tomondan chuqurligi 10 metrli handaq, to’g’ri burchakli shinakli-burjlar va 5 metr qalinlikdagi devor bilan o’ralgan. Qal’aning mustahkamlanmagan qismi asosan dafn inshootlaridan iborat. Ushbu shahar Kushon podsholigi davrida, ya’ni I–II asrlarda gullab-yashnagan va 3 marta bosqinni boshdan kechirgan.

Arxeologik tadqiqotlar natijasi shuni ko’rsatadiki, Yunon-Baqtriya podsholigi davrida Kampirtepa nafaqat shahar, balki harbiy garnizon vazifasini ham bajargan. Kushon podsholigi davrida esa shaharning shahriston qismida turar-joylarni qurish qizg’in jonlanadi, galereya va ko’chalarga ajratiladi. Qazishmalar davomida moddiy va badiiy madaniyat buyumlari va tangalarning boy kolleksiyasi, shuningdek, yunon, baqtr, braxma va noma’lum xat namunalari topilgan. Ular orasida papirusga yozilgan qadimgi baqtr qo’lyozmalari Markaziy Osiyoda topilgan yozuvlar ichida eng qadimgi qo’lyozma ekanligi bilan ahamiyatlidir. Bundan tashqari, shaharchadan noyob san’at buyumlari, xususan, terrakotik haykalchalar, arxitektura bezaklari, fil suyagidan buyumlar, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar va metalllardan tayyorlangan zargarlik buyumlari, kushon hukmdorlari tomonidan zarb qilingan tangalar va boshqa ashyolar topilgan. Ushbu topilmalar Kampirtepa yodgorligida Kushon podsholigi davrida hunarmandchilik va savdo taraqqiy etganini bildiradi.

Shaharlarning gullab-yashnashi va iqtisodiy rivojlanishida Buyuk ipak yo’li muhim rol o’ynagan. Buyuk Ipak yo’li keng savdo va madaniy magistral sifatida janubiy-sharqiy yevropa, Iroq, Kavkaz, Markaziy Osiyoni Mo’g’iliston va Xitoy davlatlari bilan bog’lab turgan hamda Baqtriya hududidagi shaharlarning taraqqiyotiga katta ta’sir ko’rsatgan. Jumladan, Kampirtepa aholisi ham savdo-sotiq bilan shug’ullangan, bu esa hunarmandchilikning yangi turlari va texnologiyalari rivoji, ishlab chiqarish va mahsulotlar hajmining ko’payishiga olib kelgan. Kulolchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish kushonlar davrida yuqori nuqtaga yetadi. Sopol buyumlarda xilma-xillik ko’payadi. Turli bezakli va sifatli idishlar ishlab chiqariladi20.

Termiz shahar qal’asiga mil. avv. I ming yillikning o’rtalarida asos solingan. Shaharning nomi qadimgi baqtr tilidagi “ Taro Maetha ” so’zidan olingan bo’lib, u ” daryoning narigi sohilidagi manzilgoh “ degan ma’noni bildiradi. Mil. avv. 327 – yilda Aleksandr Makedonskiy bu qal’aga Oks bo’yidagi Aleksandriya shahri deb nom berganligi olimlar tomonidan e’tirof etiladi. Mil. avv III asrda shahar Antioksiya – Tarmita deb atalgan. Termiz IV-V asr arman manbalarida “Drmat”, VII asrga oid xitoy manbalarida “ Tami ” nomi bilan qayd qilingan. IX-XII asrlarga oid arab-fors manbalarida shaharning nomi “Tarmid”, “Tarmiz” va “Tirmiz” ko’rinishida yozilgan.

Yunon – Baqtriya podshohligi hukmronligi davri ( mil. avv. III-II asrlar) da Termiz Baqtriyaning eng yirik shaharlaridan biri bo’lib, u o’lkaning siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida muhim o’rin egallagan. Bu davrda shahar 10 gektardan ortiq maydonni egallagan va u Shimoliy Baqtriyaning eng yirik markazlaridan biri hisoblangan. Kushonlar davrida Termiz Baqtriyaning ijtimoiy – siyosiy va madaniy hayotida muhim rol o’ynagan. Shaharda ko’plab mahobatli ma’muriy va ijtimoiy binolar barpo etilgan, hunarmandchilikning turli sohalari, savdo – sotiq ravnaq topgan. Shahar Amudaryo bo’yidagi asosiy port shahriga aylangan. Shahar portidan chiqqan katta qayiq va kemalar qadimgi Xarazm va undan Uzboy orqali Kaspiy dengizigacha suzib borgan. Kushonlar davrida Termiz shahri buddaviylik dini va madaniyatining O’rta Osiyodagi eng yirik markazi sanalgan. Termiz shahri Kushon saltanatining ilm – fan rivojlangan markazlaridan biri hisolangan.

Kushonlar saltanati inqirozga uchragach, shahar alohida hokimlik sifatida ma’lum vaqt sosoniylar, eftaliylar keyinchalik Turk xoqonligi tarkibiga kirgan. VIII asr boshlarida Termiz shahri arab xalifaligiga qo’shib olingan. IX asrda shahar somoniylar davlati, XI-XII asrlarda g’aznaviylar, qoroxoniylar, saljuqiylar davlati tarkibiga kirgan. Bu davrda Termiz shahri har tomonlama ravnaq topgan. Shahar uch tarkibiy qism – qal’a, shahriston va raboddan iborat bo’lib, 500 gektardan ortiq maydonni egallagan.

Shaharda ko’plab yangi ma’muriy binolar, masjidlar bunyod etilib, keng ko’lamda obodonchilik ishlari olib borilgan. Shaharda hunarmandchilikning turli sohalari rivojlangan. Termiz hunarmandlari tayyyorlagan ko’plab maxsulotlar uzoq o’lkalarda ham juda xaridorgir bo’lgan. Xususan, Termiz sovunlari, attorlik buyumlari va qayiqlari Sharq mamlakatlarida g’oyatda qadrlangan. O’rta asr mualliflari Termizni Shimoliy Toharistonning iqtisodiy va madaniy markazi deb ta’kidlashgan. Bu davrda Termizda islom dunyosida mashhur ko’plab alloma va shoirlar yashab ijod etgan. 1220 – yil kuzida Termiz shahri Chingizxon qo’shinlari tomonidan zabt etilib vayron qilingan. Termiz aholisi bosqinchilarga mardona qarshilik ko’rsatganligi uchun shahar “Madinat ur-rijol ”, ya’ni “ erlar shahri ” deb ulug’langan.

Temuriylar va Buxoro xonliklari davrida Termiz Amudaryo bo’yidagi muhim strategik qal’a sifatida faoliyat ko’rsatgan. Qal’ada kechuvni himoya qiluvchi kuchli harbiy garnizon joylashgan. Eski Termiz qal’asi devorining balandligi 18-20 metrni, qalinligi 7-8 metrni tashkil etib, har 20-25 metr oralig’ida burjlar bo’lgan. Eski Termiz qal’asining devori janubi-g’arbiy tomon 470 metrga va shimoli-g’arbiy tomon 230 metrga cho’zilgan va qal’aning umumiy maydoni 10 gektarni tashkil etgan.



Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish