Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti tarix kafedrasi “tarixiy o’lkashunoslik va


-MAVZU: JANUBIY TURKMANISTON SHAHARLARI URBANIZATSIYASI



Download 0,73 Mb.
bet24/50
Sana21.07.2021
Hajmi0,73 Mb.
#124786
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   50
Bog'liq
2 5345806894088850111

9-MAVZU: JANUBIY TURKMANISTON SHAHARLARI URBANIZATSIYASI

REJA:

1. Marv tarixiy topografiyasining o’rganilish tarixi (V. A. Jukovskiy, V. V. Bartol’d, M. Ye. Masson, YuTAKE tadqiqotlari). Erkqal’a, Govurqal’a.

2. V–VII asrlarda Marvning rivojlanishi. Shahristonning shahar atrofi hududlariga ko’chishi. Sultonqal’a. Yangi rabodlar.

3. XI–XIII asrlarning boshlarida shaharlar ravnaqi, shaharlar tuzilishi, mudofaa tizimi, asosiy mahobatli qurilish ishlari. Marv mo’g’ul istilosidan so’ng. Abdullaxonqal’a. Rejalashtirish.

4. Janubiy Turkmaniston o’rta asr shaharlari: Xo’rmuzfarra, Kufen (Chugundor), Omul (Eski Chorjo’y), Dehiston (Misrian).
Hozir o’rta asrlarda aholisi million kishidan oshiq bo’lgan yirik Marv shahri o’rnida faqat xarobalar va bo’lak-bo’lak eski imoratlarni ko’rish mumkin. Bu vayronalar hamda kattagina - 10-12 metrlik madaniy qatlam – beshta turli manzilgoh izlari Qadimgi Marv nomi ostida birlashadi. Birinchisi, bu eng qadimiy, tarixdan ilgarigi davrga    mansub istehkomli shahar - Erk Qal’a; ikkinchisi, antik Marv – Gaur Qal’a shahri; uchinchisi, arab davriga xos qo’rg’on-manzilgoh -  Shoim Qal’a; keyingisi, eng gullab-yashnagani – saljuqiylar davriga mansub, shahar markazi sanalgan Sulton Qal’a qo’rg’oni bilan Ko’hna Marvdir. Nihoyat, nisbatan keyinroq, temuriylar davrida paydo bo’lgan manzilgoh – Abdullaxon qal’asi yoki Yangi Marv mo’g’ul-tatarlar tomonidan vayron qilingan eski shahar o’rnida ikki asrdan so’ng qad ko’targan. Shunday qilib, Marv – eramizgacha bo’lgan  II mingyillikda vujudga kelgan manzildir, u ko’p asrlar davomida o’z tarixiy asosi bo’ylab o’rnini o’zgartirar ekan, shu asnoda rivojlandi, taraqqiy topdi. Va har bir davr unda o’zining takrorlanmas izini qoldirdi. Marv  eramizgacha bo’lgan davrda uzoq vaqtlar Buyuk ipak yo’lining muhim zanjiri va rivojlangan Marg’iyona o’lkasining poytaxti edi. Ko’p asrlar mobaynida bu shahar Hindiston, Xitoy va Sharqning boshqa mamlakatlari bilan kuchli savdo aloqalarini yo’lga qo’ygan, unda madaniyat, fan va hunarmandchilik jadal taraqqiy topgan.  Zoroastrizm, ya’ni otashparastlik dinining muqaddas kitobi “Avesto”da u “Mouru” deb ataladi. Keyinchalik shahar nomi bir necha bor o’zgardi: Marg’ush,  Marg’iyona, Marg’ob, Maru va Marv. O’rta asrlarda Marv alohida sifatlashga ega bo’ldi - Shohijon, ya’ni “shoh qalbi”, boshqacha aytganda, Xuroson shaharlarining tirgagi, onasi. Afsuski, qadimiy Marv bino va inshootlarining katta qismi zamonlar osha shu qadar shikast topib, yemirilganki, ularning o’tmishdagi azim qiyofasi haqida faqatgina tarix   darsliklari yoki Sharq adabiyotidan o’qib bilish mumkin. Masalan, “Ming bir kecha”da Marv arab xalifaligining  ma’muriy-madaniy markazi sifatida tilga olinadi. O’sha davrlarda shaharni go’yo olamdagi bor xazinalar sohibi, afsonaviy xalifa al-Ma’mun boshqargan.

Ilk o’rta asrlardagi Marv hakim, faylasuf va sayyoh Barzuya, xonanda va sozanda Barbut, shoirlar Anvariy va Mas’udiy Marvaziy, tarixchi Somoniy, falakshunos Habash, faylasuf va shoir Umar Xayyom va yana boshqa ko’plab zotlar yetishib chiqqan ma’vo edi.

Buyuk Umar Xayyom bu ajib go’shaning Erk Qal’asida – Qadimgi  Marvning qoq markazida tug’ilgan. O’pirilgan, ammo qadimgi sulukatini saqlab qolgan devorlari tufayli Erk Qal’a boshqa qo’rg’on-qal’alardan ajralib turadi. Uning maydoni kattaligi 20 gektarga yaqin. Hozirgi davrda qiyalik va tekis qirqilganday ko’rinuvchi minoralari bilan qal’a devorlarining balandligi 25-29 metrga yetadi.  Shahar markazida hukmdor saroyi qoldiqlari ko’zga tashlanadi, Erk Qal’aning shimoliy qismida esa ulkan maydon yastangan.  Aynan Erk Qal’ani qachonlardir Mouru, Marg’ush yoki Marg’iyona shahri deb atashgan. U eramizgacha bo’lgan 522 yilga taalluqli ko’hna Behistun qoyatosh bitiklarida tilga olingan. O’sha olis zamonlarda Marg’iyona serhosil voha bo’lib, uning tuprog’i barakotli ekanligi haqida afsonalar yurgan. Qadimgi yunon tarixchisi Strabonning yozishicha, bu yerdagi toklarning novdasini ikki kishi zo’rg’a ko’targan, bir bosh uzum ikki tirsak bo’yi (1 metrga yaqin) kelgan. Eramizgacha bo’lgan IV asrda Marg’ush shahri va butun Marg’iyona vohasi Aleksandr Makedonskiy qo’shinlari tomonidan istilo qilinadi. Shahar endilikda Marg’iyona Iskandariyasi deb atala boshlanadi. Biroq buyuk sarkardaning o’limidan so’ng, uning imperiyasi parchalanishi tufayli Marg’iyona yerlari Salavkiylar davlati tarkibiga o’tadi.  Strabonning guvohlik berishicha, eramizgacha bo’lgan 281 yildan 261 yilgacha hukmronlik qilgan salavkiylar shohi Antiox I Soter Marg’iyonaning hosildor zaminiga shu qadar ixlos qo’yganki, hatto vohani 250 kilometrga yaqin masofadagi himoya devori bilan o’rashni buyurgan. Antiox bu yerda  keyinchalik o’zining sharafiga Marg’iyona Antioxiyasi deb yuritilgan shaharga asos solish haqida farmon beradi. Yangi shaharning qal’a devorlari barpo qilinishida mahalliy me’morlar ellinizm shaharsozligining yuksak tajribalariga tayanishgan. Ushbu muhtasham qal’a qoldiqlari Gaur Qal’a sarhadlarida saqlanib qolgan. Qal’a maydoni 300 gektardan oshiqroq bo’lib, o’zida antik davrning qudratli inshootlarini namoyon etgan.

II asrda Marv taraqqiyotining yuqori bosqichiga chiqqan, III asrning birinchi yarmida esa uni sosoniylar egallab olishdi. Bu mashhur sulola hukmronligi 651 yilga qadar davom etdi. So’ngra Marv arablar tomonidan bosib olindi va so’nggi sosoniylar hukmdori Yazdigird III shu shaharda halok bo’ldi.

O’rta asrlardagi Marvning eng gullab-yashnagan vaqti hamda uning joylashuv o’rni borasidagi aniq xulosa XI-XII asrlarga to’g’ri keladi. Bu vaqtda shahar Buyuk Saljuqiylar davlati poytaxti edi. Saljuq sultoni Malikshoh (1072-1092 yillar) farmoniga binoan shahar mustahkam qal’a devori va xandaqlar bilan o’rab olingan. Hozirda maydoni 400 gektardan oshiq bu qal’a “Sulton Qal’a” nomi bilan mashhur. Shahar imoratlari Mahjon kanalining har ikki tarafida qad ko’targan. Sulton Qal’aning shimoli-sharqiy qismida yana bir qo’rg’on – Shahri ar-Ark qad kergan, bu yerda sulton     saroylari majmuasi, harbiy qarorgoh va ma’muriy binolar joylashgan. Iskandar Qal’a va kichik Sulton Qal’a   keyinroq, Marv yaqinidagi aholi zich yashovchi manzillar muhofazasini ko’zlab qurilgan. Saljuqiylar hukmronligi davrida shaharga xos hayot tarzi Sulton Qal’a devorlaridan oshib o’tib, undan uzoqlarga tarqalgan.

XI-XII asrlardagi Marvdan bir qancha ajib me’moriy inshootlar saqlanib qolgan bo’lib, ular turkman xalqining milliy faxriga aylangan. Ularning eng mashhurlaridan biri  -  sulton Sanjar maqbarasi.  Ushbu yodgorlik, jumladan, uning bolsheviklar pulemyotidan biroz shikastlangan gumbazi o’zida saljuqiylar davriga xos mumtoz me’morchilik uslubini aks ettiradi. 

Sulton Qal’aning qoq markazida joylashgan maqbara mo’g’ul-tatarlar bosqinidan omon qolgan. Vaqt unga o’z ta’sirini o’tkaza oldi: gumbazining moviy koshinlari ust qavati to’kilib tushdi, bino biroz soddaroq tus olib, tantanavor qiyofasini yo’qotdi. Endilikda maqbara ko’hna shahar xarobalari uzra ma’yus haybati bilan qo’r to’kib turadi, u bir necha kilometrdanoq ko’zga tashlanadi. Qanday bo’lmasin, maqbara o’rta asr me’morchiligining ajoyib namunasi hisoblanadi, uning qurilishidagi kompozitsion yechim hamon kishini hayratga soladi.

221 yilda boy va gullab-yashnagan Marv Chingizxonning o’g’li To’lixon tomonidan yer bilan yakson qilindi. Rivoyatlarga ko’ra, o’shanda shaharning 1 million 300 ming kishilik aholisi halok bo’lgan. Shahar faqatgina  Amir Temurning o’g’li Shohrux 1396 yilda Xuroson hukmdori etib tayinlanganidan so’nggina qayta tiklandi. 1407–1409 yillarda asosiy qismi janubroqda joylashgan qadimgi Marvga taqab u Yangi Marv shahriga poydevor qo’yadi, 10 yildan so’ng esa bu yerda saroylari, qo’rg’on va maydoni bilan ulkan shahar barpo etiladi. XV asr oxirlarida  Marvni o’zbeklar egallashdi, 1510 yilda esa ular o’rniga forslar kelishdi. 

Deyarli 3 asr mobaynida Marv galma-gal forslar, Buxoro, Xiva va bir qismi Afg’oniston qalamravida bo’ldi. Bir muddat, to 1790 yilda Buxoro xonligi tomonidan vayron qilinmagunicha, mustaqil hukm surdi. Shundan keyin shahar bilan birgalikda rivojlangan Marv vohasining asosiy  qismi Murg’ob daryosidagi Sultonband to’g’onining  buzilishi oqibatida inqirozga uchradi.  Bu zarba bir necha marotaba xarobalar ostidan qad tiklagan shahar uchun tuzatib bo’lmaydigan oqibat edi. 

Turkmaniston FA Prezidiumi qoshida prof. M. Ye. Masson boshchiligida tashkil qilingan (1945). JTAKE tosh davri (Jabal makoni), neolit (Joytun madaniyati), eneolit (Anov, Namozgoh tepa, Go’ksur), jez (Oltintepa) va ilk temir (Yoztepa, Dahiston) davrlari, ayniqsa Parfiya madaniyati bo’yicha muhim arxeologik tadqiqotlar olib borib, yangi va eski Yaisodagi qazishmalar vaqtida jahon tarix fani uchun o’ta muhim ashyoviy dalillar topdi, ulardan ritonlar (fil suyagidan ishlangan) xususidagi ma’lumotlar (M. ye. Massoy, G. A. Pugachenkova) Italiyada, Parfiya yozma hujjatlari (V. A. Livshits, I. M. Dyakonov) esa Angliyada nashr etildi. JTAKE shaharlar tarixiy topografiyasi va qad. karvon yo’llarini o’rganish borasida ham muhim i. t. lar olib bordi: Erk qala, Gabr qal’a hamda Sulton qal’a xarobalaridan topilgan idish va buyumlarga tayanib, Marv tarixi davrlarga bo’lindi (3. I. Usmonova, M. I. Filanovich), Marv vohasida 11 — 12-a. da hunarmandchilik taraqqiy etganligi aniqlandi. JTAKE tomonidan Islomdan avvalgi davr (mazdakiylik, buddizm, xristianlik)ga oid yodgorliklar o’rganildi (G. Ya. Dresvyanskaya). Jumladan Gabr qal’a va Xarobakoshuxdagi cherkov xarobasi hamda Turkmaniston FAning 50-y. larda boshlangan (S. A. yershova) va ayniqsa, JTAKE tomonidan 60-y. larda Marv atrofidagi nekropol to’la tekshirildi. Marvda Islomga doyr arxeologik yodgorliklar (Marvdagi dastlabki masjid, Nomozgoh tepa) xarobalarini qazib o’rganmokda (T. Xo’janiyozov, B. D. Kochnev), turkman qabilalari etnogenezi (D. I. Ovezov), qad. me’morlik uslublari va antik o’rta asr san’ati bo’yicha i. t. lar (G. A. Pugachenkova) olib bormoqda. JTAKEning 860 dan ziyod ilmiy ishlari, «Trudы YuTAKE»ning 19 jildi, «JTAKE materiallari»ning 2 nashri va bir qancha monografiyalar nashr etilgan.



Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish