OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG'BEK NOMIDAGI
O'ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
JIZZAX FILIALI
Psixologiya fakulteti (oilaviy munosabatlar psixologiyasi)
Yo'nalishi 1-kurs magistratura talabasi
Turdiyeva Nigora G'ani qizi
Oilada sibling munosabatlarning farzandlar xulq-atvoriga ta'siri
mavzusidagi
K U R S I S H I .
Ilmiy rahbar: Sotsiologiya fanlar doktori pf F.Jo'raqulov
MUNDARIJA
KIRISH
I BOB. OILADA SIBLING MUNOSABATLARNING TARIXIY
VA NAZARIY ASOSLARI.
1.1. Sibling maqomining oilaviy munosabatlarda o'zaro ta'siri.
1.2 Oilada sibling munosabatlarning psixologik xususiyatlari.
II.Bob. OILADA SIBLING MUNOSABATLARNING FARZANDLAR XULQ ATVORIGA TA'SIRIDA OTA-ONA ROLINING AHAMIYATI VA VAZIFALARI
1.1.O'zbekistonda va Xorij oilalaridagi sibling munosabatlarning farzandlar kasb motivatsiyasiga ta'siri
1.2. O'zbekiston Republikasi Oila kodeksining 57-moddasi qarindoshlik munosabatlar haqida aholi o'rtasida ,,Oila-ilmiy amaliy tadqiqot markazi tomonidan targ'ibot ishlarini olib borilishi.
XULOSA
ADABIYOTLAR RO`YXATI
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Xalqimiz uzoq o‘tmishdan ota-ona va farzand munosabatlaridan keyingi o‘rinda, aka-ukalik va opa-singillik munosabatlariga alohida e’tibor bilan qaragan. Oilada farzandlar o‘rtasida iliq munosabatlar bo‘lishi va saqlanib qolinishi, oiladagi farzandlar mavqeiga munsabat halq og‘zaki ijodi namunalarida o‘z aksini topgan. Bunga “Uch og‘a-botirlar”, “Kenja botir”, “Birlashgan o‘zar” kabi ertaklarni, “Shirin va Shakar” kabi dostonlarni misol qilib ko‘rsatish mumkin.
Oila bolaning ilk ijtimoiy munosabatlarga kirishadigan maskani bo‘lib, unda bolaning ota-onasi, aka-uka, opa-singillari bilan bo‘ladigan muloqati ijtimoiylashuv jarayoniga kuchli ta’sir qiluvchi omil hisoblanadi. Individual psixologiya asoschisi A.Adler bola shaxsining shakllanishi va rivojlanishi uning jinsiga, oilada nechanchi farzand ekanligiga, oilasida aka-ukalar va opa-singillari borligiga, ya’ni uning sibling maqomiga bog‘liqligi g‘oyasini ilgari surgan olim sanaladi.
Psixologik adabiyotda sibling maqomi aslida (inglizcha sibling, sibs –bir oiladagi akalar va opalar ma’nosini bildiradi) – muayyan insonning muayyan oilada tug‘ilishi, jinsi va tug‘ruqlar orasidagi rasmiy farqni ifodalovchi tushunchani bildiradi. Bolaning sibling maqomi va uning shaxsiy ko‘rsatkichlar bilan bog‘liqligi masalasiga xali aniqlik kiritilmagan, ya’ni aniq ilmiy dalillar yetarli emas. Shunga qaramay, ko‘pgina tadqiqotchilar (Richardson R., 1994; Driskoll R., Iksteyn D., 2003; Brazington R., 2003 va boshqalar) shaxsning sibling maqomi uning shaxsiga, er-xotinlik va ota-onalik maqomlariga, do‘stlar bilan muomalasiga, ishda rahbariyat va hamkasblar bilan o‘rnatadigan muloqotlarining xarakteriga ta’sir etishini o‘rganishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |