Sibling maqomining bola va kattalar munosabatiga ta’siri
.Adler oilashunoslik fanida ilk marotaba bola shaxsining shakllanishi va rivojlanishi uning oilasidagi aka-ukalar va opa-singillarning borligiga bog’liqligi g’oyasini ilgari surgan. Afsuski, bu omil SHarq xalqlari, xususan, O’zbekiston uchun o’ta muhim bo’lishiga qaramay, bizda ham, kichik oilalar xos bo’lgan G’arbda ham juda kam o’rganilgan.
Psixologik adabiyotda sibling maqomi aslida (inglizcha sibling, sibs – bir oiladagi akalar va opalar ma’nosini bildiradi) – muayyan insonning muayyan oilada tug’ilishi, jinsi va tug’ruqlar orasidagi rasmiy farqni ifodalovchi tushunchani bildiradi. Bolaning sibling maqomi va uning shaxsiy ko’rsatkichlar bilan bog’liqligi masalasiga xali aniqlik kiritilmagan, ya’ni aniq ilmiy dalillar etarli emas. SHunga qaramay, ko’pgina tadqiqotchilar (Richardson R., 1994; Driskoll R., Iksteyn D., 2003; Brazington R., 2003 va boshqalar) shaxsning sibling maqomi uning shaxsiga, er-xotinlik va ota-onalik maqomlariga, do’stlar bilan muomalasiga, ishda rahbariyat va hamkasblar bilan o’rnatadigan muloqotlarining xarakteriga ta’sir etishini o’rganishgan. Empirik ma’lumotlar bunday bog’liqliklarning to’rt turi mavjudligini ta’kidlaydi.
Mazkur maqola Oʼzbekistonda oiladagi sibling munosabatlarni farzandlarning kasb motivatsiyasiga ta’sirini O’zbekolimlari tomonidan oiladagi sibling maqomi va sibling munosabatlarni farzandlarning kasb motivatsiyasiga taʼsiri haqidagi fikrlari va olib borgan tadqiqodlarini yoritib beradi.Kalit so’zlar:reproduktivvazifasi, etnopsixologik hususiyatlar, demografik,oila psixologiyasi, motivatsiya, sibling munosabatlar, oilaviy roller.Ona zaminimiz uzoq asrlik boy qadryatlari va ruhiyatiga mos boʼlgan nihoyatda muhim qadryatlaridan biri, jamiyatning yeng kichik va aziz boʼlagi-oiladir. Yurt rivojlanishi jarayonida oilaviy munosabatlar, ota-ona va farzandlarning oʼzaro munosabatlarida yuzaga keladigan muammolarini oʼrganish hamisha keng ilmiy jamoatchilik diqqat markazida boʼlib kelgan. Mazkur soxada millatimiz olimlari ham oʼzlarining munosib hissalarini qoʼshib kelmoqdalar. Respublikamizning demograf olimlari, iqtisodchi, siyosatchi, sotsiologlari -M.B.Boʼriev, I.R.Mullajonov, M.Q.Qoraxonov, O.B.Otamirzaev, R.A.Ubaydullayeva, N.S.Aliqoriyev, N.A.Aliakbarova, X.Nazarova; pedagog olimlar-D.J.Sharipova, M.Inomova, A.K.Munavvarov, O.Musurmonova, I.Nurmuhammedov; psixolog olimlar-M.G.Davletshin, V.M.Karimova, YeʼGʼ.Gʼoziev, Gʼ.N.Shoumarov, B.R.Qodirov, B.A.Tokareva, SH.R.Barotov, Z.T.Nishonova, N.S.Safarova, F.A.Akramova, E.N.Sattorov, S.X.Jalilova, SH.A.Doʼstmuhammedova, M.S.Salaeva, N.Gʼoyipova va boshqalar ilmiy izlanishlarida oʼzbek oilasining oʼziga xos hususiyatlari, munosabatlari borasida ilmiy izlanishlar olib borishgan. Oʼzbekiston Respublikasida oilaningeng muhim vazifalaridan reproduktiv vazifasi asosiy demografik jarayon sifatida mukammal oʼrganilgan. Oʼzbekistonda tugʼilish darajasining XIX asr ikkinchi yarmidan to hozirga qadar kuzatiladigan dinamikasi, hududiy va milliy hususiyatlari koʼplab olimlarimizning ilmiy tadqiqodlarida oʼz ifodasini topgan. Respublikamizning yetakchi demograf olimlaridan biri M.Boʼrieva oʼzining qator ishlarida oʼzbek oilasida farzand tugʼilishi, oilaning iqtisodiy taʼminoti, maʼlumotlilik darajasi, bolalarning taʼlim va tarbiyasi, oila aʼzolarini moddiy jihatdan qay tartibda taʼminlanganini oʼrgangan.Sotsiolog R.Ubaydullayeva zamonaviy oʼzbek oilasida farzand soniga nisbatan munosabatni aniqlashga bagʼishlangan ishlarida soʼnggi yillarda Respublikamizda bu masala boʼyicha oʼzgarishlar roʼy berayotganini taʼkidlaydi. .Pedagog olim A.K.Munavvarov ota-onalarning bolalar tarbiyasi yuzasidan masʼuliyatini kuchaytirish, tarbiyalashga oid layoqatini oshirish, oilaviy va ijtimoiy tarbiya birligini tartiblash borasida chuqurizlanishlar olib bordi.
International Congresson Multidisciplinary Studies inEducationand Applied Sciences Berlin, Germany June 3rd 2022 conferencezone.org266 Professor M.G.Davletshin va Gʼ.B.Shoumarovlar hozirgi zamon oʼzbek oilasining hususiyatlarini oʼrganib, uning oʼziga hos hususiyatlaridan biri oiladagi farzandlar soni oilaning ijtimoiy mavqeyiga taʼsir qilishini aniqladilar. Professor Ye.Gʼoziev oʼz tadqiqodlarida barkamol inson shaxsini tarkib toptirishda oʼzbek xalqining etnopsixologik hususiyatlaridan unumli foydalanish, yaʼni oʼzbek xalqining anʼanlari vositasida bolalarga ijobiy taʼsir koʼrsatish, oʼzaro ichki munosabatlarni tarkib toptirish, ota-ona va farzand munosabatlarini yaxshilashga qaratilganligini koʼrsatadi.V.M.Karimova oilaviy hayot va undagi oʼzaro murakkab munosabatlarning qonuniyatlari, mexanizmlarini oʼrganishga doir koʼplab ilmiy ishlar muallifidir. Olima yoshlarda oʼzbek oilasi haqidagi ijtimoiy tasavvurlarni oʼrganib, turli ijtimoiy guruh vakillarining oilaviy rollar, oilaviy qadriyatlar, er-xotinning oiladagi ijtimoiy mavqeyi, reproduktiv tasavvur va ustanovkalar shakllanishiga taʼsir qiluvchi omillarni tadqiq qildi. V.M.Karimova “Oilaviy hayot psixologiyasi” nomli oʼquv qoʼllanmasida (2006 y.) hamda “Oila psixologiyasi” nomli darsligida (2007 y.) Respublikamizda ilk marotaba aka-ukalik va opa-singillik, yaʼni sibling munosabatlarga yeʼtiborni qaratib,har bir sibling maqomini oʼziga hosligini taʼrifladi. Bunda er-xotin va oiladagi sibling munosabatlarning bola shaxsiga taʼsiri, jumladan, ota-onalik maqomi va farzandlar tarbiyasi sibling munosabatlarining toʼngʼich, oʼrta, kenja va yagona farzandgapsixologik taʼsirini oʼrganar ekan, bunday holatlarning boladagi shaxsiy fazilatlar va nuqsonlarning paydo boʼlishiga qanchalik taʼsir qilishini aniqlaydi[85].Gʼ.B.Shoumarov taxriri ostida ilk bor akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun nashr etilgan “Oila psixologiyasi” darsligi nashr etilib, unda ham oiladagi turli munosabatlar turlari bayon etilgan.Sh.A.Doʼstmuhammedova ham ota-ona va farzandlar oʼrtasidagi munosabat bola shaxsi shakllanishidagi yetakchi omillardan biri deb hisoblanadi.Oʼzbekiston sharoitida oʼzbek oilasini yuksak qadriyatsifatida koʼklarga koʼtarish, eng kichik va moʼjaz uyushma sifatida oilani mustaxkamlash, oiladagi sermazmun munosabatlarning tabiatini oʼrganishga qaratilgan izlanishlarning davomiyligini taʼminlaydi.Yuqorida bayon yetilgan oʼzbek olim va olimalarining olib borgan ilmiy-nazariy tadqiqotlar ota-onalarning psixologik savodxonligini oshirishga, oilalarda ota-onalar va farzandlar oʼzaro munosabatlari doirasida paydo boʼlishi mumkin boʼlgan koʼplab muammolarni oldini olishga hizmat qiladi.Bundan koʼrinib turibdiki, olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlarida oila va undagi shaxslararo munosabatlarning farzandlarning taʼlim va tarbiyasiga dahldorligi oʼrganilgan boʼlsada, biz tadqiq etayotgan muammo, yaʼni, bolalarning kasb tanlash motivatsiyasiga koʼp farzandli oilalalrdagi aka-ukachilik ham opa-singilchilik, yaʼni sibling munosabatlarning taʼsiri ilmiy jihatdan Oʼzbekiston sharoitida maxsus izlanishlarning obʼekti hamda predmeti sifatida oʼrganilmagan.
Maqolada shaxs sibling maqomi, sibling munosabatlar hamda oilaviy munosabatlarni diagnostika qilishda proyektiv metodikalardan foydalanish masalasi yoritilgan. Shu bilan birga "Oila sotsiogrammasi" metodikasi tugrisida ma’lumot berilgan. Mazkur metodika orsali usmirning oiladagi shaxslararo munosabatlarini urganishning uziga xos jщatlari yoritilgan.
Kalit suzlar: Oila, oila sotsiogrammasi, usmir, sibling matsomi, sibling munosabatlar, shaxslararo munosabatlar, proyektiv metodikalar.
Mamlakatimizda oila va uning mustaxkamligi masalalariga aloxida e’tibor karatiladi. Ijtimoiy psixologiya soxasidagi tadkikotlarning salmokli kismi xam oila va undagi munosabatlarning shaxs tarakkiyotiga ta’sirini urganishga bagishlanadi. Zero shaxsning shakllanishi va kelajagini belgilashda uning oilasidagi muxit, undagi shaxslararo munosabatlar, ya’ni bolaning ota-onasi, siblinglar bilan alokalari muximdir. Jumladan, siblinglar - aka-uka, opa-singillari bilan munosabatlarining uziga xosligi, oilada farzandlarning bir-birlarini tushunishlari, ba’zan tortishib, ba’zan dustona munosabatda bulishlari axamiyatli ta’sir kursatadi. Shu bois xam usmirning tengkurlari bilan buladigan shaxslararo munosabatlariga ta’sir etuvchi omillar katorida uning sibling makomi ta’sirini ilmiy jixatdan urganish dolzarb masalalardan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |