Kurs ishining vazifasi va maqsadi: Oiladagi farzandlarning kattasi, odatda otaonasining umidi bo‘lib, ota-onalar undan ko‘p narsalarni kutadi va odatda u bu umidlarni oqlaydi ham. Undagi muvaffaqiyatlarga bo‘lgan intilish, o‘qish va kasb-hunar egallash yo‘nalishidagi yutuqlari va unga erishish imkoniyatlari ham odatda yuqori bo‘ladi. Uning muvaffaqiyatlari nafaqat ota-onaning kutishlariga bog‘liq, balki ma’lum vaqt erkalatilgan bolaning, keyinchalik “taxtdan tushishi”, mavqening birdan o‘zgarishi va kutishlar tizimining ham shunga yarasha boshqacha bo‘lib qolishi bilan bog‘liqdir. Buni Adler iborasi bilan aytganda, “detronizatsiya”, ya’ni taxtdan ayrilishi deb atash mumkin. Chunki ukasi yoki singlisi paydo bo‘lgandan so‘ng, otaonasining e’tibori birdan boshqa bolaga qaratilib, unga munosabat o‘zgarib qolganligini bola o‘ziga xos qayg‘urish bilan his qiladi. Lekin ota-onaning e’tibori va mehriga qaytadan erishish maqsadida u harakat qila boshlaydi.
I BOB. OILADA SIBLING MUNOSABATLARNING TARIXIY
VA NAZARIY ASOSLARI.
1.1. Sibling maqomining oilaviy munosabatlarda o'zaro ta'siri.
Oila deb qon-qarindoshlik, qarindoshchilik (nikoh orqali) yoki birga istiqomat qilish orqali bogʻlangan odamlardan iborat ijtimoiy guruhdir. Koʻp jamiyatlarda oila bolalar sotsializatsiyasi uchun asosiy institut vazifasini oʻtaydi. Antropologlar oilalarni matrilokal (ona va uning bolalari), er-xotin (bolalari boʻlsa, nuklear oila deyilad) va qon-qarindosh (nuklear oila va qaynata-qaynana birga yashovchi) tiplarga ajratishadi.
Oila — nikoh yoki tugʻishganlikka asoslangan kichik guruh. Uning aʼzolari roʻzgʻorining birligi, oʻzaro yordami va maʼnaviy masʼuliyati bilan bir-biriga boglangan. O.ning eng muhim ijtimoiy vazifalari — inson zotini davom ettirishdan, bolalarni tarbiyalashdan, O. aʼzolarining turmush sharoitini va boʻsh vaqtini samarali uyushtirishdan iboratdir. Oilaviy munosabatlar nisbatan mustaqil hodisa sanalsada, jamiyatdagi mavjud ijtimoiy, iqtisodiy, mafkuraviy munosabatlar bilan belgilanadi va ular taʼsirida oʻzgarib boradi. Shunga muvofiq, har bir jamiyat oʻzgarib mos O. tipini, oilaviy munosabatlarni oʻrnatadi.
Oila jamiyat tarixida azaldan mavjud boʻlmagan. Ibtidoiy jamoa tuzumining birinchi bosqichida, kishilar toʻda-toʻda boʻlib yashayotgan davrda jinslar orasidagi munosabatlar mu-ayyan tartib-qoidaga ega boʻlmay, toʻdadagi barcha erkaklar va ayollar bir-birlariga umumiy er-xotin hisoblangan. Tarixiy taraqqiyot jarayonida jinsiy munosabatlar asta-sekin muayyan tartibga solina boshlandi. Dastlab ota-ona bilan farzandlar, soʻngra aka-uka va opa-singillar orasidagi jinsiy munosabatlar taqiqlanib guruxli O. paydo boʻlgan. Lekin, bu O.larda hali er-xotin nikohi bar-qaror alohida xoʻjalikka ega boʻlmagan. Bu davrda tabiiy omil oʻz vazi-fasini tugalladi, yaʼni jinsiy munosabatlar doirasidan qonqarin-doshlar istisno qilindi, jinsiy munosabatlar faqat bir erkak va bir ayol munosabatiga aylandi (yana k,. Patriarxal oila, Poliandriya, Poligamiya, Poliginiya).
Do'stlaringiz bilan baham: |