Qo’shma fe’llarga berilgan no’tog’ri ta’rifni toping.
Birdan ortiq asosdan tashkil topadi va ular ortasiga boshqa qo’shimchalar qo’shib bo’lmaydi
Birdan ortiq asosdan tashkil topadi va bitta so’roqqa javob bo’ladi
Qo’shma fe’llarning har ikkala qismi ham o’zining lug’aviy ma’nosiga ega bo’lmaydi
Qo’shma fe’llar ajratib yoziladi
Ikki fe’l juftligidan tashkil topgan, bitta so’roqqa javob bo’luvchi va gapda bitta gap bo’lagi vazifasida keluvchi fe’llar ……….. deyiladi.
Sodda fe’llar b) qo’shma fe’llar c) juft fe’llar d) takroriy fe’llar
Juft fe’lni toping.
Yumaloqladi b) sayr etmoq c) o’yladi-o’yladi d) bajardi-qo’ydi
Juft fe’llarga berilgan to’g’ri ta’rifni toping.
Ular doimo qo’shib yoziladi b) ular bitta so’roqqa javob bo’lib, ajratib, chiziqchasiz yoziladi c) gapda bitta gap bo’lagi vazifasida kelmaydi d)ular ish-harakatning tez va kutilmaganda ro’y berishini ifodalaydi
Takroriy fe’l qatnashgan qatorni toping.
Bugun uning uchrashmoqchi bo’lgan qizi kelmadi va u kuta-kuta ketishga majbur bo’ldi
Men har doimgidek zerikanimdan keldim
Bu testlarning juda oson tuzilganligi uchun bolalar ularni tezda bajardi-qo’ydi
Bu qonli jangda Kir 2 halok bo’ldi
Fe’lning nechta ma’noviy guruhlari mavjud?
4 b) 5 c) 3 d) 2
Holat fe’li berilgan javobni toping.
O’ylamoq b) sog’aymoq c) pichirlamoq d) yurmoq
Fe’lning munosabat shakllari to’g’ri berilgan qatorni toping.
Harakat nomi, sifatdosh, ravishdosh va sof fe’l
Mayl, zamon va shaxs-son
O’tgan, hozirgi va kelasi zamon
Aniq, o’zlik, majhul, birgalik va orttirma nisbtalar
Fe’lning noaniq shakli qaysi qo’shimcha yordamida ifodalanadi?
–moq b) –gan c) –ib d) –
Fe’lning zamon shakllari to’g’ri berilgan qatorni belgilang.
O’tgan, hozirgi va kelasi zamon
O’tgan, hozirgi, kelasi va hozirgi tugallangan zamon
hozirgi tugallangan, o’tgan tugallangan, kelasi tugallangan zamon
hozirgi va kelasi zamonlar
qaysi birlari o’tgan zamon qo’shimchalari hisoblanadi?
–di 2) –gan 3) –ajak 4) –ib 5) –yapti
1,2,3 b) 1,2,3,4,5 c) 1,2,4 d)1,3,4,5
O’tgan zamoning qaysi qo’shimchasi so’zlovchining bevosita o’zi ko’rgan harakat-holatini bildiradi?
–ib b) –gan c) –di c) –
O’tgan zamonning qaysi qo’shimchasi harakat va holatning ilgariroq sodir bo’lganini bildiradi?
–ib b) –gan c) –di c) –
Qaysi biri to’liqsiz fe’l emas?
Edi b) ekan c) emish d) bo’ldi
Hozirgi zamon qo’shimchalari to’g’ri berilgan qatorni belgilang.
–di 2) –yapti 3) –ayapti 4) -ayotir 5) –moqda
2,4,5 b) 2,3,4,5 c) 1,2,3,4,5
Hozirgi zamonga berilgan noto’g’ri ifodani toping.
Ba’zi holatlarda –yap qo’shimchasi –ayap holida talaffuz qilinadi va shunday yoziladi
–yotib, -yotir qo’shimchalari unli bilan tugagan fe’l asoslariga qo’shiladi
–ayotib, -ayotir undosh bilan tugagan fe’l asoslariga qo’shiladi
Bu zamon harakat va holatning gap aytilayotgan vaqtda yuz berishini ifodalaydi
Kelasi zamon uchun berilgan to’g’ri ifodani toping.
Bu zamon harakat va holatning aytilayotgan vaqtdan oldin yuz berganini ifodalaydi
Bu zamoning –ar, -y, -(a)r qo’shimchalari qo’shilgandan keyin shaxs-son qo’shimchalari qo’shilmaydi
–a, -ar, -y qo’shimchalari kelasi zamonni gumon, taxmin yo’li bilan ifodalaydi
Kelasi zamon bo’lishsiz fe’l shakllariga –s qo’shimchasi qo’shiladi
“Anvarjon yonidagi chollarga Navoiy g’azallarini o’qib berib o’tiribdi”. Ushbu gap qaysi zamonda berilgan?
O’tgan b) hozirgi c) kelasi d) –
“Har holda, menga oxshagan o’yinqaroq bolalar uchun bu yerda o’yin topiladi”. Ushbu gap qaysi zamonda qo’llangan?
O’tgan b) hozirgi c) kelasi d) hech qaysi
Fe’lning nechta mayl shakllari mavjud?
2 b) 3 c) 4 d) 5
Harakat va holatni bajarilishi yoki bajarilmasligi haqida darakni bildiruvchi fe’l shakli …… mayli deyiladi.
Xabar b) buyruq-istak c) ijro d)A va B javoblar to’g’ri
Xabar mayliga berilgan to’g’ri izohni toping.
Harakat va holatni bajarilishi va bajarilmasligi haqida darakni bildirubvchi shakl
Ular maxsus qo’shimchalarga ega
Ular zamon va shaxs-son qo’shimchalarini qabul qiladi
“Ko’ray”, ushbu so’z xabar mayliga misol bo’la oladi
Harakat va holatning bajarilishi yoki bajarilmasligi haqida buyruq, istak va iltimos ma’nolarini bildirgan fe’l shakli ………. mayli deyiladi.
Xabar b) buyruq-istak c) shart d) majburiyat
Ushbu qo’shimchalarda qay birlari buyruq-istak mayli qo’shimchalari emas?
–(a)y, -(a)yin 2) –sa 3) –gin(-kin, -qin) 4) –gach, -gan 5) –yap, -uv
1,2,3,4,5 b) 1,2,3,4 c) 1,2,3 d) 2,4,5
Harakatning bajarilishi yoki bajarilmasligi uchun shart bo’lgan harakat va holatni, istak-xohishni bildirgan fe’l shakli ……… deyiladi.
Xabar b) buyruq-istak c) shart d) majburiyat
Shart mayli xos berilgan noto’g’ri ta’rifni aniqlang.
Shart mayli – sa qo’shimchasi yordamida yasaladi
Shart mayli edi, ekan to’liqsiz fe’llari bilan kela oladi va orzu-istakni bildiradi
–sa qo’shimchasidan keyin edi to’liqsiz fe’l shakli qo’llansa, taxmin-gumon ma’nosini ifodalaydi
–sa qo’shimchasidan keyin edi to’liqsiz fe’l qo’shilsa, ba’zan talaffuzda –saydi tarzida aytiladi va yoziladi
“Keldi” so’zini uch xil tarzda bo’lishsizlik shaklini hosil qiling.
______________________________________________________________________________
Fe’lning bo’lishsizlik shaklini yasashda berilgan to’g’ri ta’rifni aniqlang.
Fe’lning yetakchi qismi bo’lishsizlik shaklini olsa, bunda bo’lishsiz shakli davomiy bo’lishsizlik ma’nosini ifodalaydi
Fe’lning ko’makchi fe’l qismi bo’lishsizlik shaklini olsa, bunda bo’lishsiz shakli davomiy bo’lishsizlik ma’nosini ifodalaydi
Fe’lning ham ko’makchi, ham yetakchi qismi bo’lishsizlik shaklini olsa, bu holatda harakatning bir martalik inkorini ifodalaydi
“Bormaganman”- so’zi bolishsizlik shakli qo’shilganligi uchun , bu holatda ma’no borishi kerak edi , ammo, bormaganligini ifodalaydi
Fe’lda ifodalangan harakat va holatning bajaruvchi shaxsini, bu shaxning bitta yoki ko’p ekanligini bildiruvchi shakllar ……….. deyiladi.
Shaxs-son b) zamon c) mayl d) morfologiya
Shaxs-son shakllariga berilgan noto’g’ri izohni aniqlang.
o’tgan zamonning –di hamda kelasi zamon –sa shakllaridan so’ng, -m, -ng, -k, -ngiz qo’shimchalari, ravishdosh, sifatdosh shaklari hamda sof fe’lning hozirgi zamoon shakllaridan so’ng, -man, -san, -siz qo’shimchalari qo’llanadi
ba’zi holatlarda birinchi shaxsni ifodalash uchun ikkinchi shaxs qo’shimchasi, shuningdek, birlik ma’nosini ifodalash uchun ko’plik qo’shimchalari qo’llanilishi mumkin
ikkinchi shaxs va uchinchi shaxs birlik shakllari o’rnida ko’plik shakli qo’llansa, shaxs ko’pligi emas, balki shaxsga hurmat ma’nosini ifodalaydi
shaxs-son shakllarida ikkinchi shaxs buyruq mayli o’rnida uchinchi shaxs mayl qo’shimchasi hech qachon ishlatilmaydi
Do'stlaringiz bilan baham: |