boshqarishning iqtisodiy funksiyalari; ya’ni:
mablagʻlarning doiraviy oborotini amalga oshirish;
maxsulot ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish;
marketing xizmatini uyushtirish;
foyda olishni ta’minlash va x.k.
boshqarishning sotsial funksiyalari, ya’ni:
mexnat sharoitini yaxshilash,
xodimlarning uy-joyga extiyojini, sotsial madaniy-ma’naviy extiyojlarni qondirish;
moddiy ragʻbatlantirishni ta’minlash;
ijtimoiy ximoyani ta’minlash va x.k.
boshqarishning ma’naviy - ma’rifiy funksiyalari, ya’ni:
xodimlarni insoniylik, yaxshilik, mexr-shafqatli va oʻzaro munosabatlarda sabr- toqatli boʻlish ruxida tarbiyalash;
xodimlarni Vatanga muxabbat, insonparvarlik ruxida tarbiyalash, xalollikni, adolat tuygʻusini, bilim va ma’rifatga intilishni tarbiyalashga xizmat qilish va x.k.
boshqarishning tashkiliy funksiyalari, ya’ni:
ishlab chiqarishni tashkil qilish;
oʻzaro aloqalarni oʻrnatish va muvofiqlashtirish;
barcha boʻgʻin va boʻlimlar oʻrtasida vazifalar taqsimoti, xuquq berish va boshqarish apparati xodimlari oʻrtasida mas’uliyatlarni belgilash;
boshqarishning aniq uslubini tanlash va qaror qabul qilishda ish tartibi izchilligi, axborotlar oqimini tashkil qilish va x.k.
Qayd qilingan funksiyalar bir-biri bilan bogʻliq va ma’lum darajada tartibga solingan koʻp unsurlardan, komponentlardan iborat boʻlib, ular yaxlitlikka ega. Shuning uchun xam boshqarish jarayonida ularning birortasi xam e’tibordan chetda qolmasligi kerak.
Boshqarishning funksiyalaridan yana biri - bu tarmoqli boshqarish bilan xududiy boshqarishning mutanosibligini ta’minlashdir. ¥ar bir korxona qandaydir bir tarmoqqa (sektorga) kiradi. Ayni vaqtda u bir tuman xududida joylashganligidan maxalliy ishlab chiqarish - xududiy kompleksiga kiradi. Boshqarish jarayonida bu funksiya xam xududiy, xam tarmoq manfaatini koʻzda tutishi lozim. Tarmoqqa doir boʻlgan boshqaruv funksiyalari zarur. Busiz tarmoq “yoʻqoladi” , yagona texnik va texnologiya siyosatini amalga oshirish va butun tarmoqqa taaluqli boshqa masalalarni xal etish qiyin boʻladi.
Biroq, ayni vaqtda, boshqarishning xududiy funksiyalari xam zarur. Bu funksiya muayyan tuman, viloyat xududida joylashgan turli tarmoqlar (sektorlar)ga qarashli korxonalar faoliyatini muvofiqlashtiradi, ratsional aloqalarni oʻrnatilishini ta’minlaydi. Hududiy funksiyalar idorachilik gʻovlarini yoʻqotish, noratsional tashuvlarni kamaytirish va pirovardda samaradorlik darajasini oshirish imkoniyatini beradi.
Qayd qilingan funksiyalardan tashqari boshqarishning oʻziga xos aniq funksiyalari xam bor.
Boshqarishning oʻziga xos aniq funksiyalari deganda muayyan boshqaruv organiga va uning boshqaruvchisiga konkret biriktirilgan ishlar, mas’uliyat, maqsad va unga erishish vositalari majmuasi tushuniladi.
Tegishli funksiyalarning toʻla-toʻkis va sifatli bajarilishi uchun ishlab chiqarishning muntazam yoki umumiy raxbarlari-direktor (rais), uning oʻrinbosarlari, boʻgʻin va boʻlimlar boshligʻi, brigadir, shuningdek, xizmat koʻrsatish boʻlimlari raxbarlari-kadrlar boʻlimi boshligʻi, reja-iqtisod boʻlimi boshligʻi va boshqalar mas’uldirlar. Quyida korxona (firma, jamoa xoʻjaligi)ni boshqarishning oʻziga xos aniq funksiyalari va ularning asosiy mazmunini keltiramiz)1.
Do'stlaringiz bilan baham: |