Oliy va oʻrta maxsus ta’lim



Download 3,88 Mb.
bet46/252
Sana09.06.2022
Hajmi3,88 Mb.
#647199
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   252
Bog'liq
Менеж янги УУМ -2021

Boshqaruv vazifalari.


Dastlab “funksiya” va “vazifa” iboralarining lugʻaviy ma’nosi toʻgʻrisida ikki ogʻiz soʻz.
Funksiya” - bu lotincha soʻz boʻlib biror kimsa yoki narsaning ish, faoliyat doirasi, vazifasi degan ma’nolarni bildiradi.16
Vazifa” - bu amalga oshirilishi, xal qilinishi lozim boʻlgan masala, erishilishi lozim boʻlgan, koʻzda tutilgan maqsad. Yoki biror bir topshiriq, xizmat, yumush, xizmat lavozimi, mansab, amal.17
“Funksiya” tushunchasi “vazifa” tushunchasiga nisbatan tor ma’noga ega. Zero, funksiya faqat oʻz faoliyat doirasidagi vazifalarni oʻz ichiga oladi. Masalan, marketologning ishini bajarish korxona muxandisining funksiyasiga kirmaydi, chunki u shu bevosita marketolog faoliyati doirasidagi yumushdir. “Vazifa” esa oʻz faoliyat doirasidan tashqarida xam boʻlishi mumkin. Boshqarish funksiyasi deganda u yoki bu ob’ektni boshqarishga oid aniq vazifalarni xal etishga qaratilgan bir turdagi ishlar majmuasi tushuniladi.
Demak, boshqaruv muayyan funksiyalar orqali amalga oshiriladi. Funksiyalarni aniqlash, ularning mohiyatini ochish va oʻrganish boshqaruv jarayonini toʻgʻri tashkil qilishning muxim shartidir.
Boshqarish funksiyalari - koʻp qirrali tushunchadir. Shu sababli ularni muxim belgilar boʻyicha turkumlarga ajratib oʻrganish zaruriyati tugʻiladi.
Boshqaruv funksiyalarining mohiyati, klassifikatsiyasi va mazmunini oʻrganish boshqaruvning butun jarayonini tartibga solib turish uchun oʻta muximdir, chunki yuqorida ta’kidlaganimizdek, boshqaruv mazmuni jarayon sifatida uning funksiyalarida namoyon boʻladi.
Gʻarb menejmentining bugungi zamonaviy nazariyasi boshqarish funksiyalarini turkumlashda eng avvalo uning quyidagi asosiy (umumiy) funksiyalariga ustuvorlik berishadi:

  • rejalashtirish;

  • tashkil qilish;

  • tartibga solish va muvofiqlashtirish;

  • nazorat;

  • ragʻbatlantirish (motivlashtirish).

Bu funksiyalar boshqaruvning barcha boʻgʻinlarida va xamma bosqichlarida quyidagi izchillikda amalga oshiriladi.
Demak, boshqarish dastlab rejalashtirishdan boshlanib, faoliyatni tashkil qilish, uni tartibga tushirish, muvofiqlashtirish bilan davom ettirilib, nazorat bilan tugaydi. Bu erda ragʻbatlantirish barcha funksiyalar jarayonida oʻz aksini topadi.
Bu funksiyalar boshqaruvning xamma bosqichlariga xos boʻlgan umumiy xususiyatlarga ega boʻlib, boshqaruv apparatining barcha raxbarlari va mutaxassislari faoliyatida mavjud boʻladi. Ularni, shuningdek, boshqaruvning hamma tomonlarini qamragan funksiyalar deyish mumkin, chunki ular boshqaruv tizimini xam boʻyiga (vertikal tomondan), xam eniga (gorizontal tomondan) qamrab oladi.
Boshqarish funksiyasini turkumlashning ikkinchi yondoshuvida boshqarish ishini aniq ijrochilar boʻyicha taqsimlashga ustuvorlik beriladi. Bunda bir butun aniq funksiyalar tizimi ajratiladi. Masalan, zamonaviy gʻarb firmalarida ishlab chiqarishga oid 20-22 tadan kam boʻlmagan funksiyalar ajratiladi. Bular quyidagilardir:

  • asosiy ishlab chiqarishni boshqarish;

  • qoʻshimcha ishlab chiqarishni boshqarish;

  • ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi ishlab chiqarishni boshqarish;

  • marketingni boshqarish;

  • moliyaviy boshqarish;

  • sifatni boshqarish;

  • mexnatni boshqarish;

  • xodimlarni boshqarish;

  • innovatsiyani boshqarish va xokazo.

Bunday xolda ishlab chiqarishni boshqarish faoliyatining ayrim turlari va soxalari aloxida ajralib turadi.
Boshqarishning yuqoridagi sanab oʻtilgan asosiy funksiyalari ularning ishlab chiqarishni boshqarish jarayonidagi oʻrni oʻta muxim va zarur boʻlganligi tufayli yanada batafsilroq koʻrib chiqamiz.
Boshqarish faoliyatining turlariga koʻra, funksiyalar quyidagicha boʻladi:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish