Oliy va oʻrta maxsus ta’lim


Xodimlarni rejalashtirish



Download 3,88 Mb.
bet135/252
Sana09.06.2022
Hajmi3,88 Mb.
#647199
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   252
Bog'liq
Менеж янги УУМ -2021

8.4. Xodimlarni rejalashtirish


Ish oʻrni — ishlab chiqarish makonining bir qismi boʻlib, unda barcha asosiy va yordamchi texnologik usqunalar, moslamalar, asboblar, ish mebellari va maxsus qurilmalar joylashgan boʻladi va ular muayyan turdagi ishlarni bajarish uchun moʻljallangan boʻladi. Ish oʻrni ichida ish zonasi ajratiladi, bu uch oʻlchovli makon boʻlib, uning doirasida xodimning barcha asosiy mehnat harakatlari amalga oshiriladi. Bu zona ish oʻrninint eng faol qismi hisoblanadi va uni tashkil etishga alohida talablar qoʻyiladi: insonning antropometrik va biomexanik parametrlariga mos kelishi, fiziologik jihatdan oqilona ish vaziyatini, tana a’zolarinish mehnat ashyolariga, asbob yoki mashinalar va mexanizmlarni boshqarish organlarigacha boʻlgan masofa, shuningdek mehnat harakatlarining xavfsizligini va mehnat sharoitlarining zararsizligini kafolatlash. Ish oʻrni va ish zonasini tashkil etishga qoʻyiladigan talablarni fanning maxsus tarmogʻi — ergonomika tomonidan ishlab chiqiladi. Bu fanning vazifasi — insoning mehnat jarayonlaridagi funktsional imkoniyatlarini oʻrganish va eng maqbul mehnat sharoitlarini yaratish yuzasidan tavsiyanomalar ishlab chiqishdir. Bu sharoitlar asbob-uskunalar, mehnat sharoitlari va texnologiyalarning tuzilishi inson organizmining psixo-fiziologik xususiyatlariga mos kelishishini ta’minlaydi.
Bugun ish oʻrinlari bir qator belgilarga koʻra tasniflashgiriladi. Ular mexanizatsiya darajasi boʻyicha guruhga boʻlinadi: qoʻl, mashina-qoʻl va mexanizatsiyalashtirilgan, avtomatlashtirilgan va apparaturali ish oʻrinlari.
Qoʻl ishida ish oʻrinlaridagi barcha mehnat jarayonlari qoʻl bilan amalga oshiriladi, qoʻl asboblari qoʻllaniladi, mehnat ashyolarini oʻzlashtirishning asosiy energiya manbai odamning jismoniy kuchi hisoblanadi.
Mashina-qoʻlda ish bajariladigan ish oʻrinlarida mehnat buyumlariga mexanizmlar bilan ishlov berish (oʻzgartirish) va tashqi energiya (elektr, issiqlik, kinetik) hisobiga, lekin bevosita xodimning ishtiroki bilan ishlov berish kiradi.
Mexanizatsiyalashtirilgan ish oʻrinlari qoʻl va mashina-qoʻdtsa ish bajariladigan ish oʻrinlaridan shu bilan farq qiladiki, asosiy texnologik jarayoilar toʻla-toʻkis mashinalar va mexanizmlar bilan amalga oshiriladi, xodim zimmasida esa faqat mashinalarni boshqarish qoladi, ya’ni insonning quvvati boshqaruvga sarf etiladi, mehnat buyumini oʻzgartirish esa uning zimmasiga kirmaydi. Mexanizatsiyalashtirilgan ish oʻrinlariga yarim avtomatlarda ishlaydigan stanokchilar, avtotransport haydovchilari, ekskavator yoki buldozer mashinistlari, quduqlar qaziydigan parmalovchi ustalar va boshqa koʻpgina kasblar va ish turlarini bajaradigan xodimlarning ish oʻrinlari kiradi. Bu yerda mashina avtomat tarzida emas, balki insonning doimiy boshqaruvida ishlaydi.
Avtomatlashtirilgan ish oʻrinlarida butun texnologik jarayoni stanok, mashina yoki avtomat tarzida harakat qiladigan agregat yordamida inson ishtirokisiz amalga oshiriladi, xodim zimmasida faqat avtomatni ishga tushirish va toʻxtatish uning ishini nazorat qilish va zarur boʻlganda sozlash va yarim sozlash ishlari qoladi. Xodimnint anchagina vaqti boʻshab qoladi, bu vaqgdan koʻp stanokli xizmat koʻrsatishda va mehnat unumdorligini oshirishda foydalanish mumkin boʻladi.
Apparaturali ish oʻrinlari turli apparatlar bilan jihozlangan boʻlib, ular yordamida issiqlik, elektr, kimyoviy va biologik energiya hisobiga mehnat
234

buyumiga ta’sir koʻrsatiladi. Avtomatlashgan jarayonlarda boʻlgani kabi xodim faqat apparaturalar bajaradigan jarayonlarni kuzatadi va nazorat qiladi, zarurat tugʻilganda ularni tartibga soladi.

3-rasm. Sanoat ishlab chiqarish xodimlari guruhlari.37


Ixtisoslashuv belgisi boʻyicha barcha ish oʻrinlari ixtisoslashgan va universal ish oʻrinlariga boʻlinadi. Mazqur vazifalarni bajarish uchun jihozlangan ixtisoslashgan ish oʻrinlarida bir xil yoki operatsiyaning mazmuni va ishlar turi boʻyicha bir-biriga yaqin vazifalar bajarilishi mumkin (qoliplovchi, termist, burgʻulovchi, hisoblash mashinasi operatori va hokazolarning ish oʻrinlari). Universal ish oʻrinlarida xilma-xil ishlar bajariladi. Bunday ish oʻrinlari odatda asbob-uskunalar kichik seriyali va bir xil ishlab chiqarish sharoitida bir ish tarzida tezda boshqasiga oʻtib ishlash imkonini beradigan bir qator stanoklar va mexanizmlar boʻladi (masalan, ta’mirlash — texnika ustaxonalari, aholiga maishiy xizmat koʻrsatish va shu kabi sharoitlarda).
Mehnat taqsimoti belgisi boʻyicha ish oʻrinlarining ikki turi — yakka tartibdagi ish oʻrinlari va jamoa ish oʻrinlariga ajratiladi. Yakka tartibdagi ish oʻrnida har doim bitta ijrochi xodim band boʻladi. Jamoa ish oʻrinlarida mehnat jarayonlari bir guruh xodimlari tomonidan amalga oshiriladi (masalan, mehnatni brigada tarzida tashkil etganda, yirik mashina agregatlariga va apparatura tizimlariga va shu kabilarga xizmat koʻrsatganda). Bu oʻrinda kadrlarni tanlash ijrochilar oʻrtasida vazifalarni aniq taqsimlash va xar bir xodimning jamoa mehnatiga qoʻshgan mehnat hissasiga xolisona baho berish muhim ahamiyatga egadir.
Xizmat koʻrsatiladigan asbob-uskunalar soniga karab ish oʻrinlari bir stanokli va koʻp stanokli boʻlishi mumkin. Ikki yoki undan ortiq ish oʻrinlariga yarim avtomat yoki avtomat asbob-uskuna bilan koʻp stanokli xizmat koʻrsatishda bir


37 Ortiqov A.A., Yuldasheva Sh.M., Karabaeva G., Najimaddinov R. Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish (O’quv qo’llanma). – T.: TDIU, 2004, -144 bet.
235
vaqtning oʻzida xizmat koʻrsatiladigan mashinalar va mexanizmlarning mumkin boʻlgan sonlarini toʻgʻri aniqlash zarur. Bundan maqsad ularning bekor turib qolishiga barham berish va ijrochi ishchilarni unumli mehnat turi bilan band qilishdir. Bunday xizmat koʻrsatishga ishlab chiqarish toʻliq yoki qisman avtomatlashgan taqdirda erishish mumkin, har bir stanokda mashina avtomat vaqgi mavjud boʻlib, bu vaqt mobaynida ishchi yana bitga yoki boshqa koʻpgina stanoklarga xizmat koʻrsata oladi. Hisoblash quyidagi formula boʻyicha amalga oshiriladi.
NKK = T MA / Txiz+ T ut
Bu erda: NKK — koʻp stanokli xizmat koʻrsatish normasi; T MA — bitga stanokda mashina-avtomat ishining vaqti; Txiz— bitga stanokka xizmat koʻrsatish vaqti;
T ut — bitta stanokdan boshqasiga oʻtish vaqti.
Nihoyat ish oʻrinlari barqarorlik belgisiga qarab tasniflanishi mumkin: ular bitga ish oʻrnida joylashgan va jihozlangan muhim ish oʻrinlariga (masalan, sganokchilar, yigʻuvchilar apparatchilarning ish oʻrinlari) makonda doimo joyini almashtirib turadigan koʻchma ish oʻrinlari (quruvchilar, kon ishchilari, navbatchi yoki ta’mirlovchi xodimlarning ish oʻrinlari).
Ish oʻrinlarini tasniflashning boshqa belgilari ham joriy etilishi mumkin. Masalan, ochiq va er osti kon ishchilarida parmalovchilarning ish oʻrinlari ochiq va er osti ishchilari uchun, montajchilar uchun — balandlik va er usti yuzasidagi montaj boʻyicha ishlar uchun ajratilishi mumkin va hokazo.
Lekin ish oʻrinlari qanchalik xilma-xil boʻlmasin, ular qanday turkum va guruhlarga boʻlinmasin, ish oʻrinlarini tashkil etish uchun umumiy, majburiy talablar ham mavjud. Bu talablarni aynan uchta ibora: ta’minlash, rejalashtirish va xizmat koʻrsatish degan ibora bilan ifodalash mumkin. Tashkil etishning bu elementlari juda muhim va e’tibor berishga molikdir.
Ish oʻrnini ta’minlash deganda unda jamlangan mehnat vositalari:

  • asosiy texnologik va yordamchi asbob-uskunalar texnologik va tashkiliy

  • jihozlar bilan aloqa va signal berish vositalari, mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasini jami tushuniladi. Asosiy texnologik uskunalarga: stanoklar, ish manshnalari, agregatlar, avtomat liniyalar, texnologik apparaturalar va shu kabilar, ya’ni ishlab chiqarish jarayoniga yordam beradigan barcha narsalar kiritiladn

Yordamchi asbob-uskunalar: transportyorlar, rolganglar va boshqa transport vositalarini yigʻish, payvandlash va sinash stendlari, turli yuk koʻtarish qurilmalari va hokazolar kiradi.
Texnologik uskuna tarkibiga qirquvchi va oʻlchovchi asboblar, turli moslamalar va texnik hujjatlar kiradi, tashkiliy jihozlar esa ishlab chiqarish mebeli, idishlar, signal berish vositalari, aloqa yoritish vositalari, toʻsib turuvchi va saqlovchi qurilmalar hamda mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi vositalarini qamrab oladi. Sanoatning har bir tarmogʻida asosiy va yordamchi ishchilarning, ayniqsa mashinasozlikning etakchi tarmoqlaridagi ishchilarning ish
236
oʻrinlarini jihozlashga kiradigan batafsil buyumlar roʻyxati ishlab chiqilgan boʻladi.
Asosiy va yordamchi texnologik asbob-uskunalarga hamda texnologik va tashkiliy jihozlash ashyolariga qattiq ergonomik talablar qoʻyiladi. Ergonomika insoniyatning mehnat jarayonlaridagi funktsional imkoniyatlarini oʻrganadi va ishchanlik qobiliyatini, yuksak mehnat unumdorligini va ishlovchilar sonini saklashni ta’minlaydigan qoidalarni ishlab chiqadi.
Ergonomika “Inson — mashina — muhit” tizimini oʻrganadigan, insonning tanasi antropometrik mezonlarini fiziologik va psixo-fiziologik xususiyatlarini, shuningdek ishlab chiqarishga qoʻyiladigan sanitariya-gigiena talablarini belgilab beradi.
Mashinalar, asbob-usqunalar va jihozlarni loyihalashtirish va joylashtirish uchun ish oʻrni va ish zonasining imkoniyatlari bilan makonda mos kelishi (tana a’zolarining etishi mumkin boʻlgan zonalarini aniqlash, ish harakatlari, traektoriyasi, mehnat jarayonida ish almashtirishlar va shu kabilar) muhim ahamiyatga egadir.
Bu masaladagi eng muhim narsa inson harakatlari va energiyasini tejash tamoyili hisoblanadi. Ana shu vazifalarni hal etish uchun insonning antropometrik belgilarini, ya’ni inson tanasining asosiy oʻlchovlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni hisobga olish zarur. Asbob-uskunalar va ish oʻrinlarini loyihalashtirishga fiziologik jihatdan oqilona boʻlgan ish holatini ta’minlaydigan jihatlar insonning antropometrik jihatdai mos kelish tamoyili (uning tanasi va ishchi a’zolarining muvofiqligi) va ish oʻrinlarini hamda asbob-uskunalarini jihozlashning moddiy buyumlari mosligi asos qilib olinadi.
Ish oʻrnini rejalashtirish deganda ishlab chiqarishning oʻzaro bir-biri bilan funktsional jihatdan bogʻlangan barcha vositalari, mehnat buyumlari va xodimning oʻzi uch oʻlchovli makonda maqsadga muvofiq joylashuvi tushuniladi.

237








  1. Mehnat intizomi

    Ijtimoiy-mehnat munosabatlarini tashkil etish

    Mehnatni moddiy rag’batlantirish

    Xodimlarni tanlash, tayyorlash va malakasini oshirish

    Mehnat va dam olish
    tartiblarini ishlab chiqish

    Mehnat sharoitlarini yaratish

    Mehnatni me’yorlash

    Ish joylarini tashkil etish

    Mehnat jarayonlarini tashkil etish

    Tuzilmaviy bo’linma doirasida mehnat
    taqsimoti
    rasm. Korxona faoliyati tizimida xodimlarning mehnat faoliyatini tashkiliy



Download 3,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish