Boshqaruv samaradorligining mohiyati va me’zonlari. Boshqaruv samaradorligi koʻrsatkichlari.
Korxonaning salohiyati har xil turdagi bozorlardagi raqobat kurashida amalga oshiriladi. Uni amalga oshirilishining muvaffaqiyati koʻproq menejerlarning san’ati, ularning bilimlari, tajribasi va kasbiy mahoratiga bogʻliq. Biznesning murakkab dunyosida bunday oʻzini oʻzi baholash yetarli emas. Ammo muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizliklarning sabablariga mustaqil ekspertlar, maslahatchilar va raqiblarning koʻzlari bilan qarash va solishtirish uchun maxsus ishlab chiqilgan standartlardan, ya’ni etalon uchun qabul qilingan har xil korxonalar, sohalar va boshqalar salohiyatilari raqobatbardoshligining baholaridan foydalanish foydalidir. Bu holda yutuqlarni oʻzi tomonidan baholashga aniqlik, tuzatishlar kiritiladi va u endi korxonaning bozor tizimidagi haqiqiy holatiga mos keladi.
Qadimgilarni aytishlaricha, dunyoni boshlanishida soʻz yotadi. Muvaf- faqiyatli biznesning asosida esa nima yotadi? Biznes strategiya (uzoq muddatli maqsadlar)ni belgilashdan, ya’ni jamiyatda qabul qilingan va mustahkamlangan qonunlar, ahloqiy me’yorlar, iste’molchilarning ruhiy qarashlari, milliy an’analar va h.k. koʻrinishidagi huquqiy, iqtisodiy, sotsial, ekologik va boshqa standartlarni hisobga olish bilan kattaroq daromad olishga imkon beruvchi resurslar(xodimlar, moddiy-ashyoviy va boshqalar)ni muvofiq tanlab olishdan boshlanadi va uning asosida taktika ishlab chiqiladi. Muvaffaqiyatli biznesning strategiyasini umumiy koʻrinishda quydagicha aks ettirish mumkin:
Ebft = DNt + Dpo + Dpb + Dpf Pht Pa yoki Pprim shartida max
bu Ebft >Ebnt, agar Ebft Ebnt, unda biznes: yo umuman, yoki korxona uchun , yoki faqat jamiyat uchun samarali boʻladi.
Evf* va Ebi* belgilanishlar tegishli ravishdagi t vaqti ichidagi biznes samaradorligining haqiqiy va me’yoriy darajasi:
Dnr va Rnt tegishli ravishdagi t vaqti ichidagi korxonaning yigʻma daromadlari va resurslari;
Dpo – soliqlar va sotsial fondlarga ixtiyoriy toʻlovlar toʻlangandan keyin korxona ixtiyorida qoladigan daromadlar;
249
Dpb – korxonaning respublika va mahalliy byudjetga topshirilgan daromadlari;
Dpf – korxonaning sotsial fondlarga ixtyoriy ajratmalar shaklida topshirilgan daromadlari;
Ra – korxona tomonidan avanslashtirilgan resurslar (korxonaning qiymatiy baholanishdagi barcha mavjud resurslari, shu jumladan rezerv qilingan ish joylari, xom ashyo, materiallarning me’yoridan ortiq zaxiralari, oʻrnatilmagan uskunalar, sugʻurta va tavakkalchilik fondlari);
Rprim – korxona tomonidan qoʻllanilgan resurslar (avanslashtirilgan resurslar minus foydalanilmagan resurslar, ya’ni rezervli ish joylari, xom ashyo, materiallarning me’yoridan ortiq zaxiralari, oʻrnatilmagan uskunalar, sugʻurta va tavakkalchilik fondlari);
Ushbu formula umuman jamiyat nuqtai nazaridan muvaffaqiyatli biznesni aks ettiradi. Chunki u soliqli byudjet tushumlari va sotsial fondlarni shakllantirishda faol ishtirok etish, hamda daromadlar va xarajatlarning faol balansi bilan raqobat qilishga qaratilgan. Bunday strategiyani amalga oshiruvchi korxonalar nafaqat raqobatbardosh salohiyatga egalar, balki davlatning iqtisodiy qudratini oshiradilar. Gʻarbda ular oʻzlarini oʻstirgan mamlakatlaring faxri boʻladilar, ularning menejerlari esa – eng mashhur va nomi chiqqan kishilardir.
Jahon amaliyotida korxona faoliyatining asosiy natijalari daromadlar kategoriyasi bilan belgilanadilar. Iqtisodiyot tilida bu – sof foyda (soliqlar va sotsial fondlarga ihtiyoriy toʻlovlar toʻlanganidan keyin korxona ixtiyorida qoladigan foyda), ishlab chiqish bilan qoʻshilgan qiymat ( sotilgan tovarlar qiymati minus xarid qilingan tovarlar va xizmatlar qiymati), yalpi daromad (sotsial toʻlovlarni oʻz ichiga oluvchi ish haqi fondi va plyus – balansli foyda). Barcha daromadlar korxona ixtiyorida qoluvchi daromadlar va undan soliqlar, rentalar, toʻlovlar, subsidiyalar, badallar, hayriyalar, hamda raqobat natijasida (narxdagi yon berishlar, holatiy yoʻqotishlar va h.k.) koʻrinishida undirib olinadigan daromadlarga boʻlinadilar. Daromadlar odatda ishga kiritiladigan resurslar (asosiy fondlar va moddiy aylanma mablagʻlar, avans qilib berilgan yoki qoʻllanilgan sarmoyalar) bilan tenglashtiriladi. Daromadlar va xarajatlar(sarmoyalar, mehnat, vaqt, bozor sigʻimining oʻzlashtirilgan ulushi)ning har xil nisbatlarini ekspert yoʻli bilan aniqlangan xuddi shunday standartlar bilan solishtirishda korxona salohiyatining raqobatbardoshligini baholashga imkon beradi. Bunday baho bir qator koʻrsatkichlar va standartlar (normativlar)dan foydalanish bilan beriladi, unga erisha turib, korxona raqobatbardosh boʻladi. Standartlarni ishlab chiqish usullari gʻoyatda turli tumanligi bilan ajralib turadi. Chunki rivojlangan mamlakatlardagi bozor munosabatlari amaliyoti asrdan ortiqqa tengdir. Hozir ular orasidan ekspertli balli baholarga afzallik berilmoqda.
Umuman, korxona salohiyati raqobatbardoshligini oʻzgarishi – bu uning tijorat sirining oʻzagidir. Shuning uchun ham bunday baholashning eng muhim va batafsil usullarini korxona menejerlari sir tutishga harakat qiladilar. Etakchi indikatorlarning aniq miqdorlari va ularni boshqarish strategiyasi odatda korporatsiyalar uchun maxfiy boʻladi. Shunga qaramasdan biznes boʻyicha gʻarb adabiyotlarini koʻrib chiqa turib, bozorning holati va korporatsiyalarning iqtisodiy
250
hulqining orqasidan kuzata turib, eng ahamiyatli va koʻproq foydalaniladigan standartlarni, korxonalar faoliyati natijalari va resurslari harakatinig ularning raqobatbardoshligi ostida yotuvchi indekslarini ajratish mumkin.
Korxonaning raqobatbardoshligi salohiyati standartlari iqtisodiy va sotsiallarga boʻlinadi. Ular odatda sinchiklab tanlab olinadilar, ular etarlicha koʻp yoki nisbatan kam boʻlishi mumkin. Bu oʻtkazilayotgan tadqiqotning kengligiga bogʻliqdir. Bizning minimum korxona salohiyati- ning iqtisodiy raqobatbardoshligini baholashga imkon beruvchi beshta indikatorlar bilan belgilanadi. Ya’ni: ashyoviy va axborat resurslari, iqtisodiy kenglik, vaqt, texnologiyalar, daromadlar darajasidan foydalanishning samaradorligi.
Ushbu maqsadlar uchun hammadan avval me’yoriy koʻrsatkichlar va korxona raqobatbardoshligining darajalarini ajratish zarur. Bunday darajalar tadqiqotning maqsadlariga koʻra bir nechta boʻlishlari mumkin. Ulardan eng muhimlarini ajratamiz. Bu jahon etakchisi (yetakchi firmalar uchun indikatorlarning aniq miqdorlarini aks ettiruvchi koʻrsatkichlar); jahon standarti (ekspert yoʻli bilan olingan me’yoriy koʻrsatkichning oʻrtacha darajasi, unga chiqish korxonani etalon- moʻljallar safiga kiritilganligini bildiradi ); xalq xoʻjaligi etakchisi; xalq xoʻjaligi standarti; sohaviy yetakchilik; sohaviy standart darajalari; chegaraviy daraja (undan keyin korxona raqobatbardosh boʻla olmaydi). Raqobatbardoshlikning har bir darajasiga aniq koʻrsatkichlar koʻrinishidagi indikatorlarning belgilangan majmuasi mos keladi. Ularning barchasi korxona salohiyati raqobatbardoshligining matritsasini tashkil qiladilar, unda tanlab olingan koʻrsatkichlarning nisbiy miqdorlari va ularning foizli-balli aks ettirilishi aks ettiriladi (2-jadval).
Ushbu matritsani aniq koʻrsatkichlar bilan toʻldirish oson ish emas. U korxonada malakali aqliy markazni mavjud boʻlishini, raqiblar tomonidan yashirilgan tijorat sirini qoʻshish va oʻzinikini saqlab qolish, hamda axborat manbalarini, shu jumladan xorijnikini qoʻshimcha oʻrganish va ulardan foydalanishni taqazo qiladi. Rivojlangan mamlakatlarda - bu “oltin yoqachalar”: maslahatchilar, menejerlar, olimlar, yuristlar, tizim tahlilchilari, hokimiyat va hokimiyatning parlament tuzilmalarining sobiq a’zolari va boshqalarning oddiy ishi boʻlsa ham. Bunday ishsiz obroʻli va oʻzini hurmat qiluvchi firma biznesdagi uzoq muvaffaqiyatga umid qilolmaydi. Raqobatbardoshlik matritsasida bugungi eng yuqori – ekspert yoʻli bilan olingan indikatorning darajasi 100% deb qabul qilinadi va shunga koʻra 100 ball boʻladi. Ushbu matritsa asosda raqobatbardoshlik darajasini ham alohidagi indikatorlar boʻyicha va ham, umuman, ularningg butun majmuasi boʻyicha balli hisoblanishlarini berish mumkin.
251
Do'stlaringiz bilan baham: |