Mavzu: Reaksiya tezligiga muhit ion kuchining ta’siri Ishning maqsadi:
Kimyoviy reaksiya tezligiga muhit ion kuchining ta’siri;
Kimyoviy reaksiya tezligiga konsentratsiyaning ta’siri;
Kimyoviy reaksiyaning faollanish energiyasini aniqlash;
Topshiriqlar:
eritmada boradigan reaksiya uchun muhit ion kuchining reaksiyaning tezlik konstantasiga ta’sirini o‘rganing;
eritmada boradigan reaksiya uchun haroratning ta’sirini o‘rganing;
-kimyoviy reaksiyaning faollanish energiyasini hisoblang;
Birlamch tuz effekti. Brensted-Byerrum tenglamasi
Suyuq fazada boradigan reaksiyalar quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:
reagentlar aktivlangan
kompleks
Reaksiya mahsuloti
z – ionlarning zaryadi
Barcha reaksiyalarning tezligi kompleksning konsentratsiyasiga to‘g‘ri proporsional
1 (A B )
V=k C z z (1)
Kompleksning konsentratsiyasi ionlar va oraliq birikmalarning o‘rtasidagi muvozanatga qarab aniqlanadi:
(2)
bu yerda a – aktivlik, γ – aktivlik koeffitsiyenti.
Aktivlik koeffitsiyentining qiymati Debay – Hyukkel nazariyasiga ko‘ra suyultirilgan eritmalar uchun quyidagi tenglama bo‘yicha aniqlanadi:
bu yerda J – eritmaning ion kuchi.
Ion kuchi quyidagi tenglama bilan aniqlanadi.
(3)
(4)
Demak, aktivlik koeffitsiyentining qiymati eritmaning ion kuchiga bog‘liq ekan. Binobarin, (2) tenglamadan
kelib chiqadi, (5) tenglamani (1) tenglamaga qo‘yilsa, quyidagilar hosil bo‘ladi:
(5)
(6)
Agar aktivlik koeffitsiyenti tajriba davomida o‘zgarmasa, u holda tezlik doimiysini qo‘llash mumkin:
(7)
Bu yerda k0 – cheksiz suyultirilgan eritmalardagi reaksiyaning tezlik doimiysi.
Reaksiya o‘tkazilyotgan eritmaga aktivlik koeffitsiyenti qiymatini o‘zgartiruvchi moddalar (elektrolitlar) qo‘shish o‘zaro ta’sirlashuvchi ionlar uchun tajribada aniqlangan tezlik doimiysi qiymatining o‘zgarishiga olib keladi.
Birlamchi tuz effekti – eritmada o‘tkazilyotgan reaksiya tezlik doimiysining o‘zgarishidir. Bunda elektrolitning konsentratsiyasini o‘zgartirish natijasida reagentlar va oraliq birikma (faol kompleks)ning aktivlik koeffitsiyenti o‘zgaradi.
(7) tenglamaga (3) tenglamani qo‘yib va uni logorifmlab quyidagilarni hosil qilamiz:
(8)
bundan, lgk=lgk0+zAzAzB (9) Suv uchun 250C da A=0,51 ga teng bo‘lib, (9) tenglama soddalashadi va quyidagi holga keladi:
lgk=lgk0+zAzB (10)
(9) va (10) tenglamalar Brensted – Byerrum tenglamalari deyiladi va birlamchi tuz effektini ifodalaydi. (10) tenglamani quyidagicha yozishimiz mumkin:
(11)
Eritmalardagi har xil zarrachalarning turlicha ta’sirlashuv hollari va ular uchun Brensted – Byerrum tenglamasini qo‘llashni ko‘rib chiqamiz.
O‘zaro ta’sirlashuvchi moddalar: A – molekula, z=0, B – istalgan ishoradagi ion. Masalan, CH3COOC2H5+OH-→C2H5OH+CH3COO-
Bunday reaksiyalar uchun ZAZB=0 va (10) tenglama quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi
lgk=lgk0 (12)
Ta’sirlashuvchi moddalar : A-(+1) zaryadli ion, B-(+1) zaryadli ion Masalan: NO2COOC2H5- + OH- → N2O +CO3-2-+C2H5OH
bunday reaksiyalar uchun ZAZB=+1 va (10) tenglama quyidagicha ko‘rinishda bo‘ladi:
lgk=lgk0 +√J (13)
Ta’sirlashuvchi moddalar: A-(+1) yoki (-1) zaryadli ion, B-(+2) yoki (-2) zaryadli ion. Masalan:
S2O82-+2J-→J2+2SO42-
bunday reaksiyalar uchun ZAZB=+2 va (10) tenglama quyidagicha ifodalanadi:
lgk=lgk0+2√J (14)
Ta’sirlashuvchi moddalar A-(+2) yoki (-2) zaryadli ion, B-(2) yoki (-2) zaryadli ion. Masalan:
2[Co(NH3)5Br]2++ Hg2+ + H2O →2[Co(NH3)5(H2O)]3+HgBr2
Bunday tipdagi reaksiyalar uchun ZAAB=4 va (10) tenglama quyidagi holga keladi:
lgk=lgk0+4√J (15)
Ta’sirlashuvchi moddalar: A-(+1) zaryadli ion, B-(-1) zaryadli ion. Masalan: H2O2+2H++2Br-→2H2O+Br2
Bunday tipdagi reaksiyalar uchun ZAZB=-1 va (10) tenglama quyidagi ko‘rinishga keladi:
lgk=lgk0-√J (16)
Ta’sirlashuvchi moddalar: A-(+2) zaryadli ion, B-(-1) zaryadli ion. Masalan: [Co(NH3)5Br]2++OH-→[Co(NH3)5OH]2++Br-
bunday reaksiyalar uchun ZAZB=-2 va (10) tenglama quyidagicha ifodalanadi:
lgk=lgk0-2√J (17)
Do'stlaringiz bilan baham: |