Ishning hisoboti. 1. O‘tkazilgan tajriba bo‘yicha xulosalar chiqarish. 2. Eritmaning elektr o‘tkazuvchanligi va protektor ta’sir radiusi bog‘liqlik grafigini chizish.
LABORATORIYA ISHI
Mavzu: Suvda va tuzlarning suvli eritmalarida metallar korroziyasi
Ishning maqsadi: Neytral muhitda metallarning elektrokimyoviy korroziyasi bilan tanishish.
Kerakli asbob va reaktivlar: U-simon shisha nay, 20502 mm o‘lchamli rux vat emir plastinkalar, mis, rux va temir simlar, chinni kosacha, 3% li natriy xlorid eritmasi, fenolftalein eritmasi, 200 ml suvda 0,2 g qizil qon tuzi eritib tayyorlangan eritma.
Elektrolitlar ta'sirida bo'ladigan korroziya elektrokimyoviy korroziya deyiladi. Ko'pgina metallar asosan elektrokimyoviy korroziya tufayli yemiriladi. Elektrokimyoviy korroziya metalda kichik galvanik elementlar hosil bo'lishi natijasida sodir bo'ladi. Galvanik elementlar hosil bo’lishiga sabab: 1) ko'p metallar tarkibida qo'shimcha sifatida boshqa metallar bo'lishi; 2) metall hamma vaqt suv, havo namligi va elektrolitlar qurshovida turishidir. Masalan, nam havoda temirga mis metali tegib turgan bo'lsin. Bunda galvanik element hosil bo'ladi (temir – anod, mis – katod vazifasini o'taydi). Temir oksidlanadi: Fe–2e– =Fe2+
Fe2 ionlari OH– ionlari bilan birikib, Fe(OH)2 ni hosil qiladi; Fe(OH)2 havo kislorodi va namlik ta'sirida Fe(OH)3 ga aylanadi;
4Fe(OH)2 + O2 + 2H2O = 4Fe(OH)3
Natijada temir korroziyaga uchraydi. Agar vodorod ionlari mo'l bo'lsa, temirdan chiqqan elektronlar havodagi kislorodni qaytarmasdan vodorod ionlarini qaytaradi; 2H+2e– H2
Temir qalayga tegib tursa, korroziya temir misga tegib turgandagiga qaraganda sustroq sodir bo'ladi, temir ruxga tegib tursa zanglamaydi, chunki temir ruxga qaraganda asl metaldir; elektrolitlar ishtirokida rux bilan temir hosil qilgan galvanik elementda rux – anod, temir – katod vazifasini bajaradi.
Tajriba. U-simon nay osh tuzining 2% li eritmasi bilan to‘ldiriladi va bir tomoniga rux, ikkinchi tomoniga mis plastinka tushiriladi. Ikkala plastinka mis sim orqali tutashtiriladi. Nayning ikkala tomoniga ham 2-3 tomchidan fenolftalein eritmasidan tomiziladi. 0,5-1 soatdan so‘ng mis elektrod (katod) atrofi malina rangga kiradi.
Tajriba. Chinni kosachaga osh tuzining 3% li eritmasi quyiladi va 5-6 tomchi fenolftalein eritmasidan tomiziladi. Eritmaga jilvir qog‘oz bilan tozalangan va rux sim o‘ralgan mis sim tushiriladi. 2-3 minutdan so‘ng mis yuzasi qizil- malina rangga bo‘yaladi.
Tajriba. Mis sterjen o‘rniga temir mix olinadi va ruz sim bilan o‘raladi. Eritmaga tushirilganda 2-tajribadagi kabi temir mix atrofidagi eritma malina rangga kiradi.
Tajriba. Chinni kosacha osh tuzining 3% li eritmasi bilan to‘ldiriladi va unga qiozil qon tuzi eritmasidan bir necha tomchi, 5-6 tomchi fenolftalein eritmasidan tomiziladi. So‘ngra eritmaga temir sim o‘ralgan mis sterjen tushiriladi. 2-3 minutdan so‘ng mis yuzasida qizil, temirda esa to‘q-ko‘k rang hosil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |