43www.deponet.uz – Қимматли қоғозлар марказий депозитарийси расмий вебсайти маълумотлари асосида тайёрланди.
44 Bob Tricker. Corporate governance: principles, policies and practices. – UK.: Oxford university press, 2012. – P. 152
Yuqoridagi jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, listingdan o‘tgan aksiyadorlik kompaniyalari xususiy kapitalida banklar va hukumat ulushi Italiyada nisbatan yuqori, 40 foiz ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Shuningdek Germaniyada xolding kompaniyalar ulushi yuqoriligi namoyon bo‘lmoqda. Keltirilgan tahlil ma’lumotlari asosida mamlakatimizda ham davlat ulushini kamaytirib borish maqsadga muvofiq.
Davlat korporativ boshqaruvda qanday tartibda ishtirok etadi?
Davlat korxonalarini va davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish bo‘yicha jahon amaliyotida eng keng tarqalgan modellar.
Oltin aksiya amaliyoti va qo‘llanish xususiyatlari.
Davlatning yagona aksiyador sifatida korporativ boshqaruvni amalga oshirishi.
Davlat aksiyalar paketlarini boshqarishning asosiy prinsiplari.
Xo‘jalik boshqaruvi organlari orqali davlatning korporativ boshqaruvdagi ishtiroki.
Davlat aksiyalar paketlarini boshqarishning modellari.
Davlat vakilining aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etish tartibi.
O‘zbekistondagi aksiyadorlik jamiyatlari ustav kapitalida davlat ishtirokini tahlil qiling.
Testlar
Davlatning korporativ tuzilmalar faoliyatidagi ishtiroki yo‘nalishlarini belgilang.
korporativ boshqaruv amaliyoti bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlarni qabul qiladi, faoliyat nazoratini olib boradi, bevosita o‘z ulushini kiritadi;
aksiyadorlarning muntazam dividend olishini ta’minlaydi, aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi ustidan nazorat o‘rnatadi;
vakil qo‘yish orqali kuzatuv kengashi va ijroiya organi faoliyati muvofiqligini ta’minlaydi, aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini o‘tkazish vaqtini belgilaydi;
davlat vakilini qo‘yish orqali qarorlar qabul qiladi, moliya inspektorini tayinlaydi.
Davlatning korporativ boshqaruvda bevosita ishtiroki nimalar asosida amalga oshiriladi?
AJ ovoz beruvchi aksiyalariga to‘liq, faqat nazorat paketiga yoki ustav kapitalida ma’lum bir ulushga egalik qilish, oltin aksiya amaliyotini joriy etish;
davlat vakilini qo‘yish orqali qarorlar qabul qiladi, aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini o‘tkazish vaqtini belgilaydi;
kuzatuv kengashi va ijroiya organi faoliyati muvofiqligini ta’minlaydi;
ijroiya organi to‘liq davlat tomonidan shakllantiriladi, boshqaruv huquqini beruvchi imtiyozli aksiyalarni joriy etadi.
Davlatning korporativ boshqaruvdagi ishtiroki kamchiliklari qaysi javobda keltirilgan?
AJ mustaqilligini chegaralaydi, veto qo‘yish huquqining berilishi qaror qabul qilishning kechikishiga olib keladi, boshqa aksiyadorlarning huquqlari chegaralanadi;
monopoliya tartibga solib turiladi va narxlar barqarorligi ta’minlanadi, professional boshqaruv amalga oshiriladi;
yirik aksiyadorlik jamiyatlari bankrotligining oldi olinadi va tugatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi;
strategik ahamiyatga ega iqtisodiyot soha va tarmoqlarida samarali davlat nazorati o‘rnatiladi, professional boshqaruv amalga oshiriladi;
Davlatning korporativ boshqaruvdagi ishtiroki afzalliklari keltirilgan javobni belgilang.
monopoliya tartibga solib turiladi, strategik tarmoqlarida samarali davlat nazorati o‘rnatiladi, yirik aksiyadorlik jamiyatlari bankrotligining oldi olinadi va tugatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi;
xususiy mulkdorlar sinfining shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, boshqa aksiyadorlarning huquqlari chegaralanishiga olib keladi;
davlatning haddan tashqari ko‘p aralashuvi korporativ tuzilmaning mustaqilligini chegaralaydi;
xususiy mulkdorlar sinfining shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, aksiyadorlik jamiyatlariga investorlarning qiziqishlari nisbatan past bo‘ladi.
“Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish” masalasi 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasining qaysi yo‘nalishida berilgan?
3.4-yo‘nalishida;
2.3-yo‘nalishida;
4.1-yo‘nalishida;
3.1-yo‘nalishida.
“Davlat ishtirokidagi biznes tuzilmalarini tashkil etishini cheklash, bu borada bozorga xos mexanizmlarni ishlab chiqish, davlatning ayrim funktsiyalarini xususiy sektorga o‘tkazish darkor”ligi Prezidentimiz Sh.Mirziyoevning qaysi ma’ruzasida berilgan?
2017 yil 22 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida;
Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak;
Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz;
Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi.
Ochiq aksiyadorlik jamiyatlarida davlat boshqaruvini saqlab qolish vositasi sifatida amal qilib, davlat vakilining alohida huquqlarga ega bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan amaliyot qanday nomlanadi?
oltin aksiya;
boshqaruv huquqini beruvchi imtiyozli aksiya;
veto aksiyasi;
davlat aksiyasi.
Davlat tomonidan kompaniyalarni moliyalashtirish va daromad olish vositasi hisoblanmaydi, oldi-sotdi qilinmaydigan aksiya qanday nomlanadi.
oltin aksiya;
davlat boshqaruvi huquqini taqdim etuvchi aksiya;
imtiyozli aksiya;
davlat aksiyasi.
Oltin aksiya amaliyotining asoschisi kim?
Margaret Tetcher;
Toni Bler;
Ronald Reygen;
Teodor Ruzvelt.
Qachon Evropa arbitraj sudi tomonidan oltin aksiya amaliyotini bekor qilish bo‘yicha qaror qabul qilingan?
2008 yilda;
1980 yilda;
2017 yilda;
1998 yilda.
Vazirlar mahkamasining “Davlat tomonidan aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda ishtirok etish maxsus huquqi («oltin aksiya»)dan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi qarori qachon qabul qilingan?
2007 yil 24 iyulda;
«Oltin aksiya» qanday aksiyadorlik jamiyatlarida joriy etilishi mumkin?
ustav kapitalida davlat ulushi mavjud bo‘lmagan yoki bu ulush 25 foizdan oshmaydigan jamiyatlarda;
ustav kapitalida davlat ulushi 50 foizdan oshmaydigan jamiyatlarda;
ustav kapitalida davlat ulushi mavjud bo‘lmagan aksiyadorlik jamiyatlarida;
ustav kapitalida davlat ulushi 50 foizdan ortiq jamiyatlarda.