Qo‘shimcha topshiriqlar
Korporativ boshqaruvda davlat ishtirokining afzalliklari va kamchiliklari bo‘yicha T-sxemani to‘ldiring.
Afzalliklar
i
|
Kamchiliklari
|
1.
|
1.
|
2.
|
2.
|
...
|
...
|
Oltin aksiya, oddiy aksiya va imtiyozli aksiyalarning qo‘llanish xususiyatlari bo‘yicha quyidagi jadvalni to‘ldiring.
Oltin aksiya
|
Oddiy aksiya
|
Imtiyozli aksiya
|
1.
|
1.
|
1.
|
2.
|
2.
|
2.
|
...
|
...
|
...
|
Oltin aksiya amaliyoti joriy etilgan aksiyadorlik jamiyatlarida davlat vakilining tayinlanishi, vakolatlari va majburiyatlari, veto qo‘yish tartibi bo‘yicha sxema shakllantiring.
Davlat vakilining tayinlanish
tartibi
|
Davlat
vakilining vakolatlari
|
Davlat vakilining majburiyatlari
|
Qarorlarga veto qo‘yish tartibi
|
1.
|
1.
|
1.
|
1.
|
2.
|
2.
|
2.
|
2.
|
...
|
...
|
...
|
...
| XII bob. KORPORATIV MOLIYAVIY SIYOSAT VA UNING ASOSIY YO‘NALISHLARI
Korporativ moliyaviy munosabatlar tizimi
Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliya tizimining samarali ishlashi uning har bir bo‘g‘in faoliyat samaradorligi bilan bevosita bog‘liq. Bunda moliya tizimining asosiy bo‘g‘ini hisoblangan korporativ moliyada moliyaviy munosabatlarni samarali tashkil etish nafaqat har bir korporativ tuzilmada shu bilan birga har bir mamlakatda alohida muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rishimiz mumkin.
Moliya tizimining aynan shu sohasida iqtisodiyotning turli tarmoqlariga taqsimlanadigan daromadlarning asosiy qismi shakllanadi va bu daromadlar iqtisodiy taraqqiyotning hamda jamiyat ravnaqining asosiy manbasi sifatida xizmat qiladi. Bunda korporativ tuzilmalar daromadlari o‘z-o‘zini moliyalashtirish uchun, ishchi xodimlar va davlat oldidagi majburiyatlari hamda boshqa yo‘nalishlarga taqsimlanadi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda korporativ moliyaning moliya tizimi markaziy bo‘g‘ini sifatida yuzaga chiqishini ko‘rishimiz mumkin va korporativ moliyaning amal qilishini samarali tashkil etish jamiyat ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyotida doimiy e’tibor talab qilishini ta’kidlashimiz lozim. Korporativ moliya bugungi kunga kelib xalqaro moliya tizimining asosi sifatida ham xizmat qilmoqda, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Aynan shunday holatda mamlakatimizda korporativ moliyani samarali tashkil etish mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotini yuksaltirish bilan birga xalqaro iqtisodiy integratsiyalashuv jarayonining yuksalishiga imkon beradi. Chunki tashqi savdo munosabatlarida aynan davlatlar bilan bir qatorda korporativ tuzilmalar ham faol ishtirok etadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir tijorat tashkilotining asosiy maqsadi moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini samarali tashkil etish orqali yuqori foyda olish va mulkdorlar manfaatlarini qanoatlantirish hamda moddiy farovonligini oshirishhisoblanadi. Erkin bozor munosabatlarida bozorning har qanday sub’ekti sotuvchi va (yoki) xaridor sifatida qatnashishi mumkin. Umuman bozor munosabatlarini rivojlantirish korporativ moliyaning jamiyatdagi rolini kuchaytirishni talab qiladi.
Har qanday moliyaviy munosabatning moddiy asosi pul hisoblanadi. Pul mablag‘larining sub’ektlar o‘rtasidagi maqsadli harakati moliyaviy munosabatning yuzaga kelish asosiy shartidir. Korporativ tuzilma doirasida pul fondlarini shakllantirish va taqsimlash, ulardan foydalanish jarayonlari korporativ moliyaning asosi sifatida xizmat qiladi.
Shu o‘rinda ta’kidlashimiz lozimki, korporativ tuzilma bu tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxsdir. Yuridik shaxs tushunchasi esa “o‘z mulkida, xo‘jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo‘lgan hamda o‘z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o‘z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda
da’vogar va javobgar bo‘la oladigan tashkilot”45ni anglatadi. Respublikamizda korporativ tuzilmalarning eng keng tarqalgan turlari sifatida aksiyadorlik jamiyatlari va mas’uliyati cheklangan jamiyatlarni keltirishimiz mumkin. 2017 yil 1 yanvar holatiga respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan aksiyadorlik jamiyatlari soni 659 tani tashkil etadi (12.1-rasm).
12.1-rasm. Respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan aksiyadorlik jamiyatlari soni46
Yuqoridagi rasm ma’lumotlari asosida ta’kidlashimiz mumkinki, respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan aksiyadorlik jamiyatlari soni pasayish tendentsiyasiga ega. Buni samarasiz ishlayotgan aksiyadorlik jamiyatlarining tugatilayotganligi bilan izohlashimiz mumkin.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korporativ tuzilmalar quyidagi sub’ektlar bilan moliyaviy munosabatlarga kirishadi (12.2-rasm):
45O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, 39-modda.
46 Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi ma’lumotlari asosida tuzildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |