36
qilishga imkon beradi
”. Elektron raqamli imzolarni
registratsiya qilish
markazi
RSA
Keon
dasturiy-texnik kompleksidan foydalanadi. Ushbu
dasturiy-texnik kompleks elektron raqamli imzo infratuzilmasi tarkibiy
qismlarining barcha elementlarini o’z tarkibiga oladi va tashkilotlarni
boshqarish bo’yicha boshqa tizimlar bilan birgalikda ishlay oladi.
4.
Kriptografiyadan kriptovalyutalarga o’tish
Internet va elektron savdo rivojlangan sayin insonlarning “
uzoqlardan-
masofadan turib
” elektron pullar to’lashlariga to’g’ri kela boshladi. Bunda
pulni masofadan turib qo’ldan qo’lga berishning esa umuman iloji yo’q.
Shuning uchun ham pullarni bir insondan ikkinchisiga
masofadan turib
o’tkazish jarayonida o’ziga hos vositachilarga, ya’ni elektron to’lov tizimlari,
bank yoki kur’yerlarga murojaat etish kerak bo’ladi. Har qanday vositachi esa
bajarayotgan pul o’tkazmalariga bog’liq bo’lgan operatsiyasi uchun
qandaydir to’lov olib qoladi, chunki hech kim tekinga ishlashni hohlamaydi.
O’tkazilayotgan pul miqdori qancha ko’p bo’lsa, vositachiga bo’lgan
to’lovlar tufayli pulni yo’qotish ham shunchalik ko’p bo’ladi, albatta.
Axborot texnologiyalari va elektron savdo rivojlangani sari ko’pchilik
odamlar pul o’tkazmalari bilan bog’liq harajatlarni kamaytirish borasida
o’ylanib qolishdi, ya’ni, qanday qilib ushbu xarajatlarni kamaytirish va pul
o’tkazmalari foydali ish koeffitsientini iloji
boricha yuz foizga oshirgan
xolda elektron biznesni yuritish mumkin?
37
Bu borada turli xildagi taklif va molohazalar juda ko’p edi, lekin
ularning barchasi bir qancha sabablarga ko’ra rad etildi. Chunki tovar va
hizmatlar oldi-sottilaridagi vositachilarga bo’lgan to’lovlarni olib tashlaganda
ham, turli-tuman firibgarlardan qanday himoyalanish – pulni aynan Siz
o’tkazganingiz yoki uni olganingizni qanday isbotlash mumkin? Bu
muammoning yechimi 2009-yillarda Satoshi Nikamoto deb nomlangan shaxs
yoki shahslar guruhi tomonidan murakkab kriptografik
matematik xisob-
kitoblar natijasida ishlaydigan yangi elektron to’lov tizimini ommaga taqdim
etgandan so’ng topildi. Bunday to’lovlarni amalga oshirishda ishlatiladigan
pul birligining nomi esa
bitkoin
deb ataldi. Bitkoin kriptografik elektron pul
birliklari maxsus elektron hamyonlarda saqlanib, bunday hamyonlarga pul
tushirish va ularni turli xil maqsadlarda ishlatish mumkin.
38
Biror-bir bitcoin-hamyon hisobidan qancha elektron pul ketgani yoki
unga
kelganini aniqlash uchun, mutaxassislar bir hamyondan yoki boshqa
manzildan ushbu elektron hamyonga qancha bitkoinlar kelganini barchaga
ochiq xolda ko’rsatishni taklif etdilar. Ya’ni, siz kriptovalyuta tarmog’iga
ulanganingizda, barcha bitcoinlar oldi-sotdisini aniq va ravshan ko’rishingiz
va kuzatishingiz mumkin bo’ladi. Shuningdek, barcha bitkoin hamyonlar
anonimdirlar (
ya’ni, hamyonning egasi
kim ekanligi aytilmaydi
), shuning
uchun ham Sizning tanishingiz qaysi hamyon uniki ekanini aytmagan bo’lsa,
Siz hech qachon bu haqida bila olmaysiz. Tizimdagi hisob-kitoblarni
muntazam ravishda amalga oshirib borish kerakligi tufayli, bitcoinlarning
ma’lumotlar bazasi tezkor ishlashi uchun
katta quvvatli zamonaviy
kompyuterlar kerak bo’ladi. Bunday quvvatli komp’yuterga ega bo’lish
uchun minglab kompyuterlarni yagona tarmoqqa ulash talab etiladi. Bu
kompyuterlar foydalanuvchilarning komp’yuterlari ham bo’lishi mumkin
albatta. Ulardan biri esa istagingizga ko’ra Sizning komp’yuteringiz bo’lishi
ham mumkin. Agarda foydalanuvchi, o’z kompyuteri videokartasi quvvatini
tegishli dasturlardan foydalangan xolda bitcoin tizimini qo’llab-quvvatlash
uchun taqdim etsa, bu yordami uchun unga o’sha bitcoin valyutasining o’zida
mukofot berishadi. Bunday pul topish usuli esa “
mayning
” deya nom olgan.
39
Quyida zamonaviy kriptovalyutaning afzallik va kamchiliklar tomonlarini
keltirib, ularga izoh beramiz.
•
Do'stlaringiz bilan baham: