42
Pu’l-mayning –
bir qancha kichik maynerlar o’zlarining resurslarini bir
joyga yiqqan xolda kriptovalyuta mayningi bilan shug’ullanadilar. Bu yakka
xolda ishlagandan ko’ra ancha havfsizroq faoliyat turi hisoblanadi. Pu’l ni
tanlash uchun tematik forumlarga o’tish va u yerdan xamkorlarni topish
mumkin. Pu’lni tanlashda quyidagilarga ahamiyat berish kerak bo’ladi:
•Foydalanuvchilarning ko’proq bo’lishi;
•Umumiy hisoblash quvvati yetarli bo’lishi;
• On-line resursning komission to’lovi kattaligi qandayligi.
RDP-mayning
– Bulutli deb nomlangan
texnologiyalarning keng
miqyosda ishlatilishi kriptovalyutalar topishning RDP-mayning kabi
kolletivizmga asoslangan turlari paydo bo’lishiga olib keldi. Uning quyidagi
ijobiy tomonlari mavjud:
Juda qimmat turadigan mayner qurilmalarini sotib olishning shart
emasligi;
Hisoblash quvvatlarini arzonga ijaraga olish yoki ularni doimiy
ishlatish uchun qo’lga kiritish;
Mayninglik faoliyatini kam mablag’ sarf qilgan xolda amalga oshirish;
Kriptovalyutalarning RDP-mayning usuli kapital qo’yilmalarni asta-
sekin ko’paytirishni ko’zda tutadi. Pullarni bosqichma-bosqich
ko’paytirish yoki olingan dividentlarni reinvestitsiya qilish ham
mumkin.
Mayningning bulutli platformalarida boshlag’ich bonusni tekinga
olish imkoniyati ham bor. Ushu bonus katta emas,
ammo ishni boshlash
uchun yetadi. Bu xolat esa reklama ro’lini o’ynab, mayning jarayoniga
yangi kriptovalyutachilarni jalb qilishga yordam beradi. RDP-mayningda
birlamchi bonusning miqdori bir ming dogikoin atrofida bo’ladi.
Foydalanuvchi
mayning
faoliyatini
boshlash
uchun
akkauntni
faollashtirishi va bonusni hisoblash quvvatiga almashtirishi kerak.
Shundan so’ng esa virtual pullarni ishlash jarayonini boshlash mumkin
bo’ladi. Hisoblash quvvatining minimal hajmi bir AQSH dollarida tengdir.
43
Mayning
jarayonini
boshlashdan
avval,
RDP
-servisda
qanday
kriptovalyuta mayningi balan shug’ullanishingizni
hal qilib olishingiz
kerak bo’ladi. O’z xoxishingizga ko’ra, bitkoin, dogikoin, bitcash,
ethirium yoki laytkoinni tanlashingiz mumkin. Agarda yangi hisoblash
quvvatlari sotib olsangiz, elektron hamyoningiz
yanada tezroq virtual
pullarga to’la boshlaydi. Virtual pullarni tizimdan chiqarib olish uchun
foydalanuvchi o’zining virtual hamyoni nomerini korsatishi kerak bo’ladi.
Pullarni tizimdan chiqarish bir necha kun davomida amalga oshadi.
Shuni ham qo’shimcha qilish lozimki, mablag’ sarf qilmasdan turib
virtual pullarni mayning qilish qonun bo’yicha ta’qiqlanmagan, ammo bunda
keyinchalik firibgarlarning tuzog’iga tushib qolmaslik
chora-tadbirlarini
ko’rib qo’yish maqsadga muvofiq bo’ladi. Avvalo tegishli forumlar orqali u
yoki bu mayning loyihasi haqida ma’lumotlar yig’ish va tegishli hulosalar
chiqarish kerak bo’ladi. Shuni ham aytish kerakki, katta mablag’ sarf
qilmasdan turib kriptovalyutalar generatsiya qilish uchun eng ma’qul
variant
bulutli taxnologiyaga asoslangan mayning hisoblanadi. Internetda ajratilgan
bonus tufayli kriptovalyutalar mayningini boshlang’ich pul mablag’lari sarf
qilmasdan turib boshlashga imkon beradigan bir qancha imkoniyatlar mavjud,
ular jumlasiga
Do'stlaringiz bilan baham: