Оliy vа oʻrtа mахsus ta’lim vаzirligi tоshkеnt аrхitеkturа


Zaxarlanishni oldini olish



Download 5,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/77
Sana15.01.2022
Hajmi5,2 Mb.
#368583
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   77
Bog'liq
hayot faoliyati xafvsizligi va mehnat muhofazasi fanidan mustaqil ish bajar

Zaxarlanishni oldini olish 
Qurilishda  zaxarlannshni  dastlabki  ehtiyot  choralaridan  biri,  mehnat 
jarayonida  odamlarni  zaruriyatsiz  zararli  moddalar  bilan  bevosita  yoki  bevvosita 
yaqinlashuvlariga  yoʻl  qoʻymaslikdir.  Buning  uchun  zararli  moddalar 
ishlatiladigan qurilish jarayonlarida odamni yaqindan ishtirok ettirmaslik usullarni 
ishlab chiqish va joriy qilish, ya’niy xavfli jarayonlarni robot  -  mexaniq, robot  - 
manipulyatorlar  zimmasiga  yuklash  zararli  moddalarni  umuman  ishlatmaslik 
yoʻllarini qidirib topish, buni iloji topilguncha esa zararli modlalarni ishlatishda va 
saqlashda  ularni  bugʻlanishiga  yoʻl  qoʻymaslik  hamda  ish  joyi  havo  muhitiga 


130 
 
mutloq  tarqatmaslik  ehtiyot  tadbirlarini  yaratish  va  bajarilishini  nazorat  qilib 
borishni  ta’minlash  zarur.  Bu  borada  mehnat  sharoitini  sogʻlomlashtirish  uchun 
zararli bugʻ va gazlar yigʻilishi mumkin boʻlgan xonalarni havosini almashtirish, 
ya’niy shamollatish, zarur ehtiyot choralaridan hisoblanadi. Shamollatish tabiiy va 
sun’iy boʻlishi mumkin. Tabiiy shamollatish xonalarning eshik, deraza va fonarlari 
orqali yelvizak uyushtirish tufayli amalga oshiriladi. Bunda xonaga kirgan salqin 
havo  sekin  -  asta  isiy  boshlaydi  va  solishtirma  xajmi  oshib  yengillasha  borishi 
sababli  xonaning  yuqori qismiga  qarab harakatlana  boshlaydi.  Natijada,  xonadan 
chiqishga  intilayotgan  isigan  havo  oʻzi  bilan  ifloslangan  havoni  ham  birga  olib 
chiqib  ketadi.  Bu  yuz  foiz  qanoatlantirmasa  hamki,  har  xolda  foydadan  xoli 
boʻlmaydi. 
Sun’iy  shamollatish  usuli  esa  oʻz  navbatida  ikki  xilga,  ya’niy  umumiy  va 
mahalliyga  boʻlinadi.  Bunda  havoning  harakati  mexaniq  qurilmalar  -  havo 
soʻrgʻich  (ejektor)  lar  va  havo  haydagich  (ventilyator)  lar  yordamida  amalga 
oshiriladi. Mahalliy shamollatishni tashkil qilish jarayonida bevosita manba’lardan 
chiqayotgan  zaxarli  havoni  soʻrib  oluvchi  -  mahalliy  havo  soʻrgʻichlardan 
foydalanilsa,  umumiy  shamollatish  uchun  esa,  xonaning  havosini  batamom 
almashtirishga  xizmat  qiluvchi  umumiy  havo  soʻrgʻich  uskunalari  tizimidan 
foydalanishi mumkin. Birinchi usulning mohiyati, yuqori miqdordagi zaxarli havo 
aralashmasini manba’dan atrofga tarqatmasdan tashqi havoning yuqorigi qatlamiga 
chiqarib  tarqatib  yuborishga  qaratilgan  boʻlsa,  ikkinchisinnig  vazifasi  esa, 
xonadagi havo tarkibida mavjud zaxarli gaz bugʻ va chang moddalarining bir metr 
kub  xajmdagi  miqdori  ularning  zararsiz  REM  -  gacha  kamaytirishga  (yoki 
suyultirishga)  xizmat  qilshidir.  Ammo  bu  usullar  ayrim  -  ayrim  qoʻllanilganda 
hamma  vaqt  ham  yaxshi  foyda  bermasligi  mumkin.  Shuning  uchun  koʻpchilik 
xollarda qurilish va boshqa sanoat korxonalarida bu ikkala usul birgalikda qoʻshib 
olib borilganda yaxshi natijalarga erishiladi. 
Shamollatish  tizimlari  toza  havo  oqimini  kerakli  tomosha  yoʻnaltirish  va 
joylardan  iflos  havoni  soʻrib  olishga  xizmat  qilishi  lozim.  Xonaga  havo  oqimi 


131 
 
yoʻnaltirilganda toza havo ifloslangan havoni qisman siqib chiqarilgan. Xonadagi 
ifloslangan havo soʻrib olinganda esa eshik deraza va faromugʻlar orqali sof havo 
kirishi hisobiga havo tarkibi sogʻlomlashadi. 
Koʻpincha  mexaniq  shamollatish  jarayonida  bir  tomondan  toza  havo  oqimi 
yuborilib  ikkinchi  tomondan  ifloslangan  havoni  soʻrib  olish  qurilmasdan 
foydalaniladi. Bu xolda xonaga berilyotgan sof havo bilan soʻrib olinayotgan iflos 
havoning  nisbati  shamollatilayotgan  havo  muvozanati  deb  yuritiladi.  Agar  bu 
nisbat  teng  boʻlsa,  tenglashtirilgan  muvozanat  toza  havo  yuborish  iflos  havo 
soʻrilishga nisbatan kun boʻlsa ijobiy muvozanat aksincha boʻlsa salbiy muvozanat 
deyiladi.  Keyingi  xollarda,  ya’niy  muvozanat  tenglashtirilmagan  boʻlsa,  xonada 
hosil  boʻlgan  ortiqcha  havo  bosimi  (yoki  yetishmaydigan  havo  bosimi)  tufayli 
binoning  eshik  -  derazalaridan  tashqariga  havo  chiqib  (yoki  kirib)  turadi.  Bu 
muvozanatlashtirilmagan  havo  oqimi  tashkil  qiladi.  Butun  havo  oqimi  miqdorini 
aniqlash juda qiyin. 
Mahalliy shamollatish usullari ham bir vaqtni oʻzida ham havo surish va havo 
yuborish usuli bilan amalga oshirilishi mumkin. Chrish jarayonida zararli modda 
ajralayotgan joyda qisman havo bilan aralashib xonadan chiqarib yuboriladi. Toza 
havo  yuborish  bilan  esa,  ishchi  ishlayotgan  joydagi  havoning  tozaligini  saqlab 
yaratiladi. 
Zaxaralanishni  oldini  olish  uchun  quyidagi  vosita  va  tadbirlarni  bajarilishi 
shart.  Oʻta  zaxarli  moddalar  bilan  ish  yuritishda,  masalan  simob  yoki  radio 
izotoplap  bilan  ishlaganda  albatta  kiyimlarni  tozalash  uchun  maxsus  sanitar 
xonalari  boʻlishi,  yuvinish  uchun  barcha  shart-sharoit  yaratilgan  boʻlishi  lozim. 
Yuqori kalloriyali ovqat berilishi, ishchilarini tibbiy koʻrikdan muntazam ravshta 
oʻtkazib turish lozim. Agar betob boʻlsa kasb kasalliklari shifoxonalarida davolash, 
zaxarli  moddalar  ishlatilgan  xonalarni  par  va  devorlarini  1%  koliyli  marganets 
sharbatiga  5  mg/l  osh  toʻzi  kislotasi  qoʻshib  tayyorlangan  eritma  bilan  yuvib 
chiqish kerak boʻladi. 


132 
 
Bu  kabi  zararli  muhitda  ishlayotgan  ishchilar  xavfsizlik  qoidalari  boʻyicha 
oʻqitilgan va oʻz-oʻzi hamda sherigiga yordam berish tartiblarini oʻrgangan boʻlishi 
zarur. Oʻta xavfli muhitlarda ishchining yolgʻiz ishlashi qatiyan man etiladi. 
 
Oʻta zaxarli moddalarni qoʻllayotgan ishda (masapam, benzol, xlor, kabilar) 
ayol kishilarni va 18 yoshga toʻlmagan oʻsmirlarni ishlashi taqiqlanadi. 
Agar kuzatilgan barcha chora-tadbirlar havodagi zaxarli va zararli moddalar 
miqdorini ularning zararsiz REM dan kam boʻlishini ta’minlay olmasa, ishchilarga 
ish  davomida  GOST  12.4  0011-87  boʻyicha  kerak  boʻlgan  shaxsiy  himoya 
vositalari berilishi zarurdir. 
Bundan tashqari maxsus himoyalash imkoniga ega boʻlgan homakorlar bilan 
ta’minlangan boʻlishilari kerak. Havoning tarkibida katta miqdorda zaxarli gaz va 
bugʻ  mavjud  boʻlgan  sharoitda  ishlash  uchun  albatta  gazga  qarshi    himoya 
vositalari  qoʻllanilishi  zarur.  Agar  havoda  kislorod  18%  dan  kam  boʻlsa,  zaxarli 
gaz koʻp boʻlsa (misol uchun yertoʻla va quduqlarda) uzun
 
 gazga qarshi filtrlovchi 
himoya vositalaridan foydalanish lozim. PSH-2-57 va DPA-5 gazdan filtrli himoya 
vositalarining 
 
oʻrkachi toza havo niqobga haydaladi. 
Terini  himoya  qilish  uchun  maxsus  profil  (Xiog,  IER-1  va  AYRO)  hamda 
gidrofob  (IER-2,  Silikon)  moylari  qoʻlga  surtiladi.  Yuz  va  koʻzni  himoya  qilish 
maqsadida maxsus niqoblar va oynaband qalqonchalar ishlatiladi. 


133 
 

Download 5,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish