Оliy vа oʻrtа mахsus ta’lim vаzirligi tоshkеnt аrхitеkturа



Download 5,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/77
Sana15.01.2022
Hajmi5,2 Mb.
#368583
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   77
Bog'liq
hayot faoliyati xafvsizligi va mehnat muhofazasi fanidan mustaqil ish bajar

 
Nurlanish normalari 
 
Radioaktiv  izotoplar  bilan  ish  bajariladigan  ish  joylarida,  bu  korxonalarda 
toʻgʻridan-toʻgʻri  shu  izotoplar  bilan  ishlayotganlardan  tashqari,  qoʻshni  yaqin 
xonalarda  boshqa  ishlar  bilan  shugʻullanayotganlar,  shuningdek  ish  joylari 
joylashgan  zonada  yashovchilar  ham  birmuncha  radioaktiv  nurlanishlar  ta’siriga 
tushib qolishlarini hisobga olish kerak. 


137 
 
Ishchilarni va boshqa ishlar bilan radioaktiv zonalarda shugʻullanayotgan va 
yashayotgan  shaxslarning  xavfsizligini  ta’minlashning  asosiy  vositalari:  xavfsiz 
oraliq  masofalari  bilan  ta’minlash,  nurlanish  vaqtini  kamaytirish,  umumiy 
muhofaza  vositalari  va  shaxsiy  himoya  vositalaridan  foydalangan  holda  amalga 
oshiriladi.  Bunda  radioaktiv  nurlanishlar  miqdorini  oʻlchash  asboblaridan 
foydalanib nurlanish dozasini bilish muhim ahamiyatga ega. 
Ionlashtirilgan  nurlanishlardan  ishchilarni  saqlash  qoida  va  normalari  va 
qoʻllaniladigan himoya vositalari juda xilma-xildir. 
Asosiy  normalovchi hujjat  sifatida:  “Radioaktiv xavfsizlik normalari (NRB-
76)”.  “Radioaktiv  moddalar  va  boshqa  ionlashgan  nurlanish  manbalari  bilan 
ishlovchilar  uchun  asosiy  sanitariya  qoidalari”  (OSP-72);  GOST  12.2.018-76 
“SSBT. Rentgen qurilmalari. Xavfsizlikning umumiy talablari”; GOST 17.4.001-
75 “SSBT. Ishchilarni muhofaza qilish vositalari. Klasslari”dan foydalaniladi. 
Joriy  qilingan  normalar  boʻyicha  nurlanishning  yoʻl  qoʻyiladigan  dozasi 
(YQD), shuningdek ishlovchi uchun bir yillik nurlanish darajasi 50 yil davomida 
organizmda  yigʻilgan  taqdirda  uning  sogʻligʻi  va  avlodlari  sogʻligʻiga  zarar 
yetmaydigan miqdorlari belgilangan. 
Radioaktiv  nurlanishlar  kishi  organizmining  hammasiga  birdan  ta’sir 
koʻrsatmasdan  ba’zi  bir  organ  va  hujayralarini  koʻproq  zararlashi  aniqlangan. 
Shuning uchun ham nurlanishning umumiy dozasi emas, balki organizmning qaysi 
qismida radioaktiv nurlanuvchi moddalar yigʻilganligini hisobga olinadi. 
Chunki  bu  yigʻilgan  qismlardagi  radioaktiv  moddalar  butun  organizm 
falokatini  ta’minlashi  mumkin.  Shuning  uchun  radioaktiv  nurlanishlar  xavfsizlik 
normalari NRB-76 boʻyicha, yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan dozalari (YQD) ichki 
va  tashqi  nurlanishlar  boʻyicha  belgilanganda,  nurlanuvchilar  kategoriyasi  va 
xavfli organlar hisobga olinadi. 
A - kategoriyasi: ionli nurlanishlar manbalarida mehnat qilganliklari sababli, 
nurlanish ta’siriga duchor boʻlishi mumkin boʻlgan shaxslar. 


138 
 
B  -  kategoriyasi:  nurlanishlar  bilan  ish  olib  boriladigan  sanoat  korxonasi 
joylashgan joyda, yoki unga yaqin zonalarda yashovchi shaxslar. 
V - kategoriyasi: mamlakatning hamma aholi yashash punktlari. 
Ichki  va  tashqi  nurlanishlar  uchun  yoʻl  qoʻyilishi  mumkin  boʻlgan  doza 
(YQD) inson organizmining muhim qismlarini 3 guruhga boʻlish bilan belgilanadi.  
I - butun tana, qizil suyak iligi; 
II  -  muskullar,  qalqonsimon  bez,  yogʻ  toʻplovchi  hujayralar,  jigar,  buyrak, 
taloq, ovqat hazm qilish organlari, oʻpka, koʻz qora chigʻi va boshqalar.  
III - suyak toʻqimalari, qoʻl terisi, yelka, boldir va tovonlar. 
A kategoriyasiga kiradigan ishchilarning muhim xavfli organlarining ichki va 
tashqi nurlanishda yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan dozasi 6.1-jadvalda keltirilgan. 
6.1-jadval 
Xavfli organlar va hujayralar 
guruhi 
Yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan doza (ber) 
1 kvartalda 
1 yilda 



II 

15 
III 
15 
30 
 
6.2-jadval  
Nurlanish ta’siridagi kishilar 
kategoriyalari 
Yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan doza (yiliga ber 
hisobida, xavfli organlar guruhlari uchun) 

II 
III 


15 
30 

0,5 
1,5 

 
Har qanday holatda ham 30 yil davomida yigʻilgan doza yoʻl qoʻyish mumkin 
boʻlgan dozadan 12 martadan katta boʻlmasligi kerak. 
Nurlanishning  yoʻl  qoʻyilishi  mumkin  boʻlgan  dozasi  A  kategoriyasidagi 
ishchilar  1  kategoriya  organlari  uchun  quyidagi  formula  bilan  aniqlanadigan 
dozadan ortib ketmasligi kerak. 
D < 5 (N - 18) 
bunda: D - doza; N - ishchining yoshi, yil. 


139 
 
Ishchilarning  ichki  nurlanishlarini  kamaytirish  uchun  radioaktiv  moddalarni 
ochiq  holatda  ishlatishga  yoʻl  qoʻymaslik,  odam  ichki  organlariga  tushib 
qolmasligini  ta’minlash,  xonadagi  havo  muhitiga  tushmasligini,  shuningdek 
radioaktiv moddalar bilan qoʻl, kiyim va xonadagi jihozlar yuzasini zararlanishdan 
saqlash  kerak.  Ochiq  holda  ishlatilganda  ichdan  nurlantirish  xavfi  boʻlgan 
radioaktiv moddalar besh guruhga boʻlinadi. 
A - nihoyatda yuqori nurlanish aktivligiga ega boʻlgan izotoplar. 
B - yuqori nurlanish aktivligiga ega boʻlgan izotoplar.  
V - oʻrtacha nurlanish aktivligiga ega boʻlgan izotoplar.  
G - kichik nurlanish aktivligiga ega boʻlgan izotoplar.  
D - nurlanish aktivligi juda kam boʻlgan izotoplar.  
Radioaktiv moddalar bilan ochiq holda ishlaganda ularning zararli nurlanish 
aktivligiga  qarab  uch  klassga  boʻlinadi.  Zararli  nurlanish  aktivligi  boʻyicha  III 
klassga mansub moddalar bilan kimyo laboratoriyalarida ishlash mumkin. I va II 
klass  moddalar  bilan  asa,  maxsus  jihozlangan  va  ma’lum  sanitariya-gigiyena  va 
texnik talabga javob beradigan xonalarda ish olib borish tavsiya etiladi. III klass 
moddalarni  ishlatganda  ba’zi  bir  yengil  operatsiyalarni  ish  stolida,  asosan  esa 
maxsus shamollatiladigan shkaflarda bajariladi. I va II klass radioaktiv moddalar 
bilan  ishlash  asosan  shamollatiladigan  shkaflarda  yoki  maxsus  bokslarda  amalga 
oshiriladi. 
Radioaktiv  moddalar  bilan  ishlaganda,  radioaktiv  modda  zarralari  ish 
joylarini, odamning qoʻllari va boshqa ochiq tana qismlariga oʻtirib qolishi, havo 
muhitiga  oʻtib  qolishi  va  u  yerda  radioaktiv  nurlanish  manbalari  hosil  qilishi 
mumkin. Shuningdek bu radioaktiv changsimon moddalar nafas yoʻllari yoki teri 
orqali organizm ichki organlariga kirib qolishi mumkin. 
Terining  nurlanish  dozasini  katta  aniqlik  bilan  hisoblash  imkoniyatlari  bor. 
Buning uchun ish bajarilayotgan zonaning zararlanish darajasi aniqlanadi. Bunda 
ishlatilayotgan  moddaning  aktivligi  va  zararlangan  yuzaning  kattaligi  hisobga 
olinadi. 


140 
 
Ichdan  nurlanish  dozasini  hisoblash  ancha  qiyin,  chunki  u  bir  qancha 
omillarga bogʻliq. Teri, shaxsiy muhofaza aslahalari va xonalar ishchi yuzalarining 
yoʻl  qoʻyiladigan  zararlanish  darajasi  aniqlanmaydi.  Bular  radioaktiv  moddalar 
bilan  ishlashda  orttirilgan  tajribalarga  asoslangan  sanitariya  qoidalarida 
belgilanadi. 
 

Download 5,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish