Atmosfera havosi tarkibidagi changlar va changning zararli ta’siri
Sanoatda, transport vositalarini ishlatishda va qishloq xoʻjaligida
bajariladigan ishlarning deyarli hammasida chang hosil boʻlishi va ajralishi
kuzatiladi. Umuman changlarning turlari ularning kelib chiqish manbalarini
hisobga olib, ularni tabiiy va sun’iy changlarga boʻlib qaraladi.
Ma’lumki changlangan havo muhiti insoniyatni qadim zamonlardan beri
tagʻqib qilib kelgan. Tabiiy changlar sirasiga tabiatda inson ta’sirisiz hosil
boʻladigan changlar kiritiladi. Bunday changlar shamol va qattiq boʻronlar
ta’sirida qum va tuproqning erroziyalangan qatlamlarining uchishi, oʻsimlik va
hayvonot olamida paydo boʻladigan changlar, vulqonlar otilishi, kosmosdan yer
atmosferasi ta’siriga tushib qolgan metioritlar va boshqa kosmik jismlarning yonib
ketishidan hosil boʻladigan changlar va boshqa hollarda hosil boʻladigan
changlarni kiritish mumkin. Tabiiy changlarning atmosfera muhitidagi miqdori
tabiiy sharoitga, havoning holatiga, yilning fasllari va aniqlanayotgan zonaning
qaysi mintaqaga joylashganligiga bogʻliq. Masalan atmosferadagi changning
117
miqdori shimoliy rayonlarga nisbatan janubiy rayonlarda, oʻrmon zonalariga
qaraganda choʻl zonalarida, shuningdek qish oylariga nisbatan yoz oylarida
koʻproq boʻlishi ma’lum.
Aniqlanishicha har bir kubometr havo tarkibida katta shaharlar hududlarida
6000 arofida (ba’zibir manbalarda avtomobil vositalaridan ajralgan tutunlarni ham
kiritib 30 000 tatibida keltiriladi) har xil kattalikdagi chang zarralari boʻlishi
aniqlangan, dalalar va bogʻlarda bu miqdor oʻn marta kamayadi, togʻli
hududlarda esa undan ham kamroq chang zarralari boʻladi.
Sun’iy changlar sanoat korxonalarida va qurilishlarda insonning bevosita
yoki bilvosita ta’siri natijasida hosil boʻladigan changlar kiradi. Masalan
mashinasozlik sanoatida-choʻyan ishlab chiqaruvchi domna va marten pechlarida
va bu sanoatning hamma quyuvchilik sexlarida Issiqlik elektrostansiyalarida
yoqilgan koʻmirning ma’lum qismi kul va tutun sifatida atmosferaga chiqarib
yuboriladi, qurilish ishlarida yer qazish ishlari, portlatish ishlari, sement ishlab
chiqarish, shuningdek togʻlardan magʻdanlarni qazib olish ishlari va boshqa juda
koʻp ishlarda juda koʻp miqdorda chang ajraladiki, bu changlarni atrof-muhitga
chiqapib yuborish tabiatga halokatli ta’sir koʻrsatishi mumkin. Sanoatning ba’zi bir
tormoqlarida, masalan kimyo sanoatida shunday xavfli sanoat changlari ajraladiki,
ularni tozalamasdan chiqarib yuborish fojiali holatlarni vujudga keltirgan boʻlar
edi.
Changning kelib chiqishi boʻyicha organiq, mineral va aralashma changlar
deb belgilanadi. Changning zararli ta’sirining tavsifi asosan uning kimyoviy
tarkibiga bogʻliq.
Changning kattaligi (ya’niy dispers tarkibi) boʻyicha uch gruppaga boʻlib
qaraladi: a) kattaligi 10 mkm.dan katta boʻlgan changlar yirik changlar deb
yuritiladi. Odatda bunday changlar oʻz ogʻirligi ta’sirida yerga qoʻnadi. b) Kattaligi
10 mkm dan 0,25 mkm gacha boʻlgan changlar.
Bu changlarni mayda changlar yoki mikroskopik changlar deb yuritiladi.
Ular yerga ma’lum ijobiy sharoitlar boʻlganda, masalan yomgʻir, qor va shabnam
118
kabi yerga yogʻilayotgan ogʻir zarralarga ilashib qolgan holatlarda qoʻnishi
mumkin. v) Kattaligi 0,25 mkm.dan kichik boʻlgan changlar ultra mikroskopik
changlar deb yuritiladi va bu changlar hech qachon yerga qoʻnmay Broun harakati
qoidalariga boʻysingan holda uchib yuradi.
Mashinasozlik sanoatida changning hosil boʻlishi quymalarni tozalash va
kesish, charxlash, mahsulotga sayqal berish va silliqlash, detallarni qum oqimi
bilan tozalash ishlarini bajarganda hosil boʻladi.
Ishlab chiqarish changining ishchilar salomatligiga zararli ta’siri koʻp
omillarga bogʻliq boʻladi. Ularga birinchi navbatda chang zarralarining fizik-
kimyoviy hossalari, kattaligi va shakli, havodagi changning miqdori, smena
davomida ta’sir etish muddati va kasbda ishlash davri, muhit va mehnat faoliyati
kabi boshqa omillarning bir vaqtda ta’sir etishi kiradi. Masalan, tashqi harorat
koʻtarilganda yoki kishi jismoniy mehnat bilan shugʻullanganda tez-tez nafas
olish natijasida organizmga chang kirish darajasi oshadi. Bir vaqtda chang
tarkibida radioaktiv aerozollarning boʻlishi va havodagi boshqa gazlar ta’siri
changning organizmga zararli ta’sirini kuchaytiradi. Organizmning chang
ta’siriga koʻrsatgan zararlanishida shahsiy farqlanish boʻladi, bu nafas yoʻllarining
filtrlash hususiyati, biologik qarshilik va boshqalarga bogʻliq.
Chang ajralishning gigiyenik ta’siridan tashqari yana boshqa salbiy
tomonlari bor: u texnologik jihozlarning yemirilishini tezlashtiradi, qimmatbaho
materiallarni ishdan chiqarib iqtisodiy zarar yetkazadi. Bundan tashqari ishlab
chiqarish muhitining umum sanitariya holatini yomonlashtiradi, jumladan, deraza
va yorituvchi asboblarni ifloslantirishi oqibatida yorugʻlikni kamaytiradi.
Changning ba’zi turlari, masalan, koʻmir, yogʻoch changlari yongʻin va
portlashning yuzaga kelishiga sharoit yaratadi.
Changlarning kimyoviy tarkibi va eruvchanligi, changlarning katta-kichikligi
(dispersligi), zarrachalarning shakli, ularning qattiqligi tuzilishi (kristall, amorf),
elektr zaryadlanish hossalari organizmga ta’sir qilishda ahamiyatga molikdir.
119
Changlarning organizmga ta’sirining koʻp xil koʻrinishda boʻlishini ularning
kimyoviy tarkibi belgilaydi. Changning asosiy ta’siri eng avvalo nafas olganda
vujudga keladi. Changli havo bilan nafas olish asosan nafas organlarining
zararlanishi: bronxit, pnevmokonioz yoki umumiy zararlanish (zaharlanish,
allergiya) rivojlanishini vujudga keltirishi mumkin. Ba’zi bir changlar qoʻshimcha
kasalliklar tugʻdirish xususiyatiga ega. Changning bu asosiy boʻlmagan ta’siri
yuqori nafas yoʻllari, koʻzning shilliq qavati, teri qoplami kasalliklarida koʻzga
tashlanadi. Changning oʻpka yoʻliga kirishi pnevmoniya, sil, oʻpka rakining kelib
chiqishiga sharoit yaratishi mumkin.
Kremniy (11) oksid (ayniqsa uning kristall turi), silikatlar (kreniy
kislotasining tuzlari), koʻmir, ba’zi bir metallar (alyuminiy va boshqalar) ning
changlari, hamda har xil changlar aralashmasi masalan, mineral-metallar
changlarining aralashmasi, pnevmokonioz rivojlanishida kimyoviy tarkibiga koʻra
xavfli boʻladi. Bu changlar amalda erimaydigan boʻlib, nafas olganda nafas
tizimining chuqur boʻlimlarida tutilib qoladi va kasallikni yuzaga keltiradi,
oʻpkada biriktiruvchi toʻqimalarini rivojlanishiga olib keladi. Shu nuqtai nazardan
erkin kristall kremniy (11) oksidi ya’niy kvars changi va uning boshqa turlari eng
xavfli chang hisoblanadi. Qoʻshimcha kasallik tugʻdiruvchi changlarning
xavfliligi ularning eruvchanligi bilan toʻgʻri proporsional boʻla olmaydi. Masalan,
kvarsga qaraganda amorf kremniyning eruvchanligi yuqori, lekin kvarsning
qoʻshimcha kasallik tugʻdiruvchi xavfi katta. Eriydigan changlar nafas yoʻllarida
tutilib soʻriladi va qonga oʻtadi, organizmga koʻrsatadigan keyingi ta’siri ularning
kimyoviy tarkibiga bogʻliq. Masalan, qand changi zararsiz, qoʻrgʻoshin, mis va
boshqa metallarning changi zaharlovchi ta’sir koʻrsatadi.
Changlarning katta-kichikligi, ularning havodagi turgʻunligi, nafas yoʻllariga
kirish va qancha chuqurlikka kirib borish imkoniyatini belgilaydi. 10-20 mkm
kattalikdagi zarrachalar Nyuton qonuniga boʻysingan holda yerga tortilish kuchi
ta’sirida ma’lum tezlik bilan yerga qoʻnadi. Nafas olinganda ular nafas yoʻllarining
yuqori qismlarida ushlanib qoladi. Mikroskopik tavsivdagi zarrachalar (0,25-10
120
mkm) havoda ancha turgʻun boʻlib, bir xilda tezlik bilan yerga tushadi. Nafas
olganda alveollarga ularning asosan 5 mkm.gacha kattalikdagi zarrachalari kiradi.
Ultra mikroskopik zarrachalar kattaligi 0,25-0,1 mkm va undan kichik boʻlgan
zarrachalar Broun harakati qoidalariga boʻysingan holda havoda uzoq vaqt aylanib
yuradi. Ularning bir-birlari bilan toʻqnashishlari natijasida yiriklashib
(koagulyatsiya), yerga qoʻnishi mumkin. Nafas olingan havodagi ultra
mikrosskopik zarrachalarning 60-70% i oʻpkada ushlanib qoladi. Bu
zarrachalarning fizik-kimyoviy aktivligini belgilaydigan solishtirma yuzasining
katta boʻlishiga qaramay, changli shikastlanishlarning rivojlanishida hal qiluvchi
rol oʻynamaydi, chunki ularning massasi katta boʻlmaydi. Moddalar juda yuqori
darajada maydalanganda ularning eruvchanligining ortishi va oʻpkada ushlanish
vaqtining kamayishi natijasida oʻpka toʻqimasiga changga oʻxshash ta’sir etishi
zaiflashadi, lekin zaharli ta’siri kuchayadi.
Chang zarralarining shakli har xil boʻlishi mumkin: sferik, yassi, notoʻgʻri.
Aerozollar hosil boʻlishida chang zarralari miqdorining koʻp qismi dumaloq
shaklga ega boʻladi. Dezintegratsiya aerozollarida esa notoʻgʻri, koʻp burchakli,
yassi shaklda boʻladi. Zarrachalarning shakli aerozolning turgʻunligiga va
organizmdagi holatiga ta’sir etadi. Chetlari oʻtkir tishli chang zarrachalari oʻpka
toʻqimalarini jarohatlaydi degan tushincha notoʻgʻri ekanligi isbotlandi, chunki
ular yopishqoq limfa muhitida boʻladi, bu ularning yuqorida aytib oʻtilgan
hislatlardan mahrum qiladi. Biroq shisha tola, slyuda kabi chang turlari nafas
yoʻllariga kirganda yuqori nafas yoʻllari hujayralarini mikro zararlash xavfi aniq
boʻladi. Ular koʻzning shilliq qavatini va teriga ta’sir koʻrsatishlari mumkin.
Chang zarralarining qattiqligi ularning zararli ta’sirida aytarli rol oʻynamaydi.
Masalan, korund va karborundga oʻxshash juda qattiq moddalarning changi
ulardan ancha yumshoq boʻlgan kvars changiga nisbatan kam zararlidir.
Chang zarrachalarining elektr bilan zaryadlangan boʻlishi aerozollarning
turgʻunligiga va uning biologik aktivligiga ta’sir qiladi. Qattiq materiallarning
121
changishi vaqtida chang zarrachalarining 90-98% i musbat yoki manfiy
zaryadlanadi. Ancha yirik zarrachalar koʻp zaryadli boʻladi.
Chang zarralarining adsorbsion hususiyatlari ba’zida ta’sirlash hususiyatiga
ega boʻlgan zaharli gazsimon moddalarning chang bilan kirishiga sabab boʻladi.
Havo muhitining changli boʻlishi, uni mikrob va bakteriyalar bilan koʻp
urugʻlanishiga sabab boʻladi.
Changning zararli ta’siri pnevmokoniozlar deb ataluvchi kasb kasalligiga olib
keladi. Ular silikoz, silikatoz va boshqa shakllarga ajralgan. Silikoz-erkin
kremniy (11) oksidi changining ta’siridan rivojlanadigan pnevmokoniozning koʻp
uchraydigan va xarakterli shaklidir. Silikatoz-kremniy kislota tuzlarining changi
nafas olish yoʻllariga kirganda vujudga keladi, antrakozkoʻmir changi bilan nafas
olganda vujudga keladigan pnevmokoniozdir. Shuningdek nafas olish organlariga
ba’zi bir metallarning, masalan, alyuminiy, temir, aralash tarkibli changlar
kirganda ham pnevmokonioz rivojlanishi mumkin.
Changli havo bilan nafas olganda ancha yirik chang zarralari yuqori nafas
yoʻllarida ushlanib qoladi, asosan 5 mkm va undan kichik boʻlgan chang zarralari
nafas yoʻllarining chuqur boʻlimlariga tushadi. Organizmda ushlanib qolgan
changlar miqdori chuqur nafas olganda, masalan ogʻir ish qilganda, shuningdek,
havodagi chang miqdori ortib ketganda koʻpayadi.
Silikoz juda changli sharoitda odatda koʻp yil, koʻpincha ogʻirchang
miqdorining oʻzgarish holatini tegishli davrlar muddati xronometrik kuzatishlar
yordamida aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |